Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2025 30.03.2017 yildagi 165-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-avgustdagi 515-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ–2731-son qarorini bajarish hamda Orolboʻyi mintaqasida yashaydigan kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishning manzilliligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, bir marta beriladigan moddiy yordam olgan kam taʼminlangan oilalar ushbu moddiy yordamni olish uchun ularga bir yoʻla moddiy yordam toʻlangandan keyin bir yil oʻtgandan soʻng qayta murojaat etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan yordam shaklida yangi turdagi ijtimoiy nafaqaning maqsadi va tayinlanishi toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-martdagi 165-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvarda PQ–2731-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga, birinchi navbatda, yolgʻiz fuqarolar, pensionerlarga, boquvchisi nogironligi boʻlgan shaxs boʻlgan oilalarga hamda boshqa kam taʼminlangan aholi toifalariga va oilalarga (keyingi oʻrinlarda muhtoj oilalar deb ataladi) oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan bir marta beriladigan moddiy yordamni (keyingi oʻrinlarda bir marta beriladigan moddiy yordam deb ataladi) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qaror Fuqarolar yigʻinini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi va toʻlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlashning aniq miqdori muhtoj oila tushgan hayotiy vaziyatning murakkabligini inobatga olgan holda, alohida har bir holat boʻyicha Komissiya tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlashda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy adolatga soʻzsiz rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir marta beriladigan moddiy yordamni manzilli tarzda tayinlashni taʼminlash yoʻli bilan uni toʻlashga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng oshkoralik va ochiqlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir marta beriladigan moddiy yordamni, birinchi navbatda, mavjud hayotiy vaziyatning murakkabligini mustaqil hal qila olmaydigan, haqiqatda ehtiyojmand oilalarga tayinlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar bir marta beriladigan moddiy yordam toʻlovlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti va Xorazm viloyatining viloyat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik-tijorat Xalq banki boʻlinmalari (filiallari)dagi (keyingi oʻrinlarda Xalq banki deb ataladi) maxsus bank hisob raqamlarida toʻplanadigan budjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamgʻarmalari, yuridik hamda jismoniy shaxslarning va boshqalarning xayriya ehsonlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bir marta beriladigan moddiy yordam toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan, hayotiy murakkab vaziyatga tushgan oilalar (fuqarolar) toifalariga, birinchi navbatda, quyidagilarga Komissiya qarori bilan tayinlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz fuqarolar va pensionerlarga (ishga layoqatsizlarga va ishga layoqatli oila aʼzolari boʻlmaganlarga), boquvchisi nogironligi boʻlgan shaxs boʻlgan oilalar va boshqa kam taʼminlangan aholi toifalariga va oilalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I guruh nogironligi boʻlgan shaxs boʻlgan yoki ogʻir kasalga chalingan (butunlay yoki qisman oʻz-oʻzini boqish imkoniga ega boʻlmagan, ish faoliyatini olib bora olmaydigan) fuqarolarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlim oqibatida yagona boquvchisini yoʻqotgan oilalarga (uch oy muddat mobaynida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan bola yoki I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxs boʻlgan yoki moliyaviy xarajatlarni talab etadigan jarrohlik aralashuvi yoki uzoq vaqt (besh oydan koʻproq) ambulatoriyada davolanishi zarur boʻlgan ogʻir kasallikka chalingan boshqa oila aʼzosiga qarab turgan toʻliq boʻlmagan oilaning ota-onalariga (oila aʼzosiga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalardan biri I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxs boʻlgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini toʻxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʻlgan yoki ikkala ota-ona ham I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxs boʻlgan ikki nafar va undan qoʻp farzandli toʻliq oilalarga.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murakkab hayotiy vaziyat deganda quyidagilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga layoqatliligini yoʻqotishga olib kelgan ogʻir kasalliklar (I guruh nogironligi boʻlgan shaxs) yoki uzoq (besh oydan koʻproq) vaqt dori vositalari qoʻllashni yoxud jarrohlik aralashuvini talab etadigan kasalliklar;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turmush oʻrtogʻi, ota-onaning (boquvchining) oʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga, mulkiga zarar yetishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paydo boʻlgan murakkab hayotiy vaziyatni mustaqil hal etishga imkon beradigan moddiy (mulk) imkoniyatning (daromadning) yoʻqligi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam tayinlanishi va berilishining sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam murojaat etuvchi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga murojaat qilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlanadi. Muhtoj oilalarning bir marta beriladigan moddiy yordam olish toʻgʻrisidagi qayta murojaatlari mazkur Nizomda belgilangan tartibda, oldingi bir marta beriladigan moddiy yordam tayinlangan oydan kamida bir yil oʻtgandan soʻng koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam murojaat etuvchining doimiy turar joyi (doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi) boʻyicha, muhtoj oila aʼzosining yozma arizasi asosida Komissiya tomonidan tayinlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash toʻgʻrisidagi ariza (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi) muhtoj oila aʼzosi yoki muhtoj oilaning vakolatli vakili (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchi deb ataladi) tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq Komissiya raisi nomiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga ariza beruvchi pasportining nusxasi, muhtoj oilaning tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumot va muhtoj oilada murakkab vaziyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi protokolining koʻchirmasi, oʻlim haqidagi guvohnoma, ogʻir kasallik oqibatida ishga layoqatsizlikni tasdiqlovchi tibbiy xulosa, favqulodda vaziyat (holat)da yengilmas kuch paydo boʻlganligi haqida tegishli organlarning xulosalari) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining xohishiga koʻra arizaga haqiqatdan ham muhtoj oilaga bir marta beriladigan moddiy yordam tayinlanishi zarurligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish fuqarolar yigʻinining masʼul kotibi tomonidan maxsus roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida amalga oshiriladi, jurnalga arizaning kelib tushish sanasi, murojaat etuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, murakkab hayotiy vaziyatining qisqacha bayoni va Komissiya tomonidan qaror qabul qilingandan soʻng qaror haqidagi maʼlumotlar va protokolning sanasi va raqami kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar berilgan kun ariza roʻyxatdan oʻtkazilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Arizani koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Muhtojlikni aniqlash va bir marta beriladigan moddiy yordamni belgilash (rad etish) toʻgʻrisidagi qaror Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat tugʻilganda, muhtoj oiladagi murakkab hayotiy vaziyat mavjudligi faktini aniqlashtirish uchun Komissiya tomonidan muhtoj oilaning qoʻshnilari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza topshirilgan kunidan boshlab toʻrt kalendar kuni mobaynida Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi. Koʻrsatilgan muddat mobaynida Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan toifalarga muvofiqligini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining yashash joyiga borgan holda muhtoj oilada bir marta beriladigan moddiy yordam olish huquqini beruvchi murakkab hayotiy vaziyatning mavjudligini aniqlash uchun tekshirish oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Muhtoj oilaning birga yashovchi aʼzolarining tarkibi Komissiya tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va muhtoj oilada murakkab hayotiy vaziyat mavjudligini tekshirish natijalariga koʻra Komissiya ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq muhtoj oilada murakkab hayotiy vaziyat mavjudligini tasdiqlovchi dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiriladigan muhtoj oilaning tarkibi (ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan toifalardan birini hamda ishga layoqatli oila aʼzolarining bandligi haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga kelgan murakkab hayotiy vaziyatning qisqacha bayoni (ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan toifalardan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilgan oilaning (fuqaroning) moddiy farovonligi darajasini baholashning vizual natijasi (muhtoj oilada mavjud murakkab hayotiy vaziyatni hal eta olish imkoni bor (yoʻq)ligini koʻrsatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv yakunlari boʻyicha tavsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya quyidagi holatlarda muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam berishni rad etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining ushbu Nizomning 7-bandida sanab oʻtilgan muhtoj oilalar toifalariga kirmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhtoj oilada ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan murakkab hayotiy vaziyatning mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhtoj oilada mavjud murakkab hayotiy vaziyatni hal etishga imkon beradigan moddiy imkoniyat (daromad) borligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilmagan holatlarda muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muhtoj oilada murakkab hayotiy vaziyat mavjudligini tekshirish natijalariga koʻra Komissiya bir marta beriladigan moddiy yordamga muhtoj oilalar roʻyxatini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha oʻzining xulosasi asosida bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash, shuningdek uning miqdorini belgilash yoki muhtoj oilaga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlashni rad etish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash yoki tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Komissiya tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Komissiyaning koʻpchilik aʼzolari uning uchun ovoz bersa qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya qarori har bir ariza beruvchi boʻyicha, ariza beruvchi yoki uning oila aʼzolari ishtirokida qabul qilinadi. Agar ariza beruvchi yoki muhtoj oila boshqa oila aʼzolarining sogʻligʻi holatiga koʻra qatnasha olish imkoni boʻlmasa, Komissiya ariza beruvchining yoki muhtoj oila boshqa aʼzolarining ishtirokisiz qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qaror Komissiya majlisi protokoli bilan, quyidagilarni koʻrsatgan holda rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq ovoz berish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhtoj oilaga tayinlangan bir marta beriladigan moddiy yordamning miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov oyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror qabul qilingan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash rad etilgan taqdirda yozma xabarnomada rad etishning sabablari koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga bu haqda maʼlum qilinadi va u toʻgʻrida protokolga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Protokol Komissiya raisi tomonidan imzolanadi va ariza beruvchiga ikki kun muddatda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam Komissiya majlisining qarori protokoli asosida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi masʼul kotibi har oyda oyning oxirgi kunidan kechikmasdan, Komissiyaning majlisi qarori protokollari asosida oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti raqami, shuningdek toʻlanishi kerak boʻlgan summani koʻrsatgan holda bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash uchun uch nusxada vedomostlar tuzadi. Vedomostlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisining imzosi va muhri, shuningdek ushbu organ hududiga biriktirilgan tuman (shahar) hokimliklarining moliya boʻlimi (keyingi oʻrinlarda moliya boʻlimi deb ataladi) xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Belgilangan tartibda toʻldirilgan va tasdiqlangan vedomostlar bir marta beriladigan moddiy yordam tayinlangan oyning 5-kunigacha boʻlgan muddatda moliya boʻlimlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan vedomostlar, barcha uch nusxaning har bir varagʻiga tasdiqlovchi imzolar va tegishli shtamp qoʻyilgan holda, moliya boʻlimining masʼul xodimi tomonidan arifmetik xatolar va bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlashga budjet mablagʻlarining mavjudligi yuzasidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bir marta beriladigan moddiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida Komissiyaning qaroriga taʼsir koʻrsatgan notoʻgʻri va ishonchsiz maʼlumotlar aniqlanganda, shuningdek qonun normalarini buzgan holda muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash qayd etilgan holatlarda asossiz toʻlangan mablagʻlar aybdor shaxs tomonidan oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli maxsus bank hisob raqamiga qaytariladi, keyinchalik ular Yagona gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tumanlar va shaharlar budjeti mablagʻlaridan bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetida va Xorazm viloyatining viloyat budjetida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam pullarini toʻlash uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida, shuningdek ushbu Nizomning 5-bandida sanab oʻtilgan budjetdan tashqari manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni moliyalashtirish moliya boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida ochiladigan tegishli budjetning gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamidan muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni moliyalashtirish uchun Xalq banki boʻlinmalarida (filiallarida) ochilgan maxsus hisob raqamlariga toʻlov amalga oshiriladigan oyning 5-kunidan boshlab, biroq toʻlov oyining 25-kunidan kechikmagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki boʻlinmalari (filiallari) har oyda joriy oyning oxiriga qadar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini va moliya boʻlimlarini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tegishli maxsus bank hisob raqamlaridagi qoldiqlar, shu jumladan, joriy oy uchun va yil boshidan buyon tushgan tushumlar va amalga oshirilgan xarajatlar toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tegishli budjetdan moliyalashtirish uchun moliya boʻlimlari tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlab berish uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada buyurtmanomalar (keyingi oʻrinlarda buyurtmanoma deb ataladi) va toʻlov topshiriqnomalari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Gʻaznachilik boʻlinmalari buyurtmanomalarni roʻyxatdan oʻtkazadi va toʻlov topshiriqnomalariga asosan yagona gʻaznachilik hisob raqamidagi mablagʻlarni tegishli gʻaznachilik hisob raqamida operatsiyalarni aks ettirgan holda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maxsus bank hisob raqamlariga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlar oʻtkazilgandan soʻng buyurtmanomaning bir nusxasi gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan moliya boʻlimlariga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam boʻyicha vedomostning bir nusxasi moliya boʻlimida qoladi. Mablagʻlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga oʻtkazilgandan keyin tasdiqlangan vedomostlarning ikkinchi va uchinchi nusxalari moliya organi tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish tegishli organiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mablagʻlar ularning hisob raqamlariga tushgandan keyin vedomostlarning ikkinchi va uchinchi nusxalarini toʻlov topshiriqnomalari bilan birga, muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash uchun Xalq bankining xizmat koʻrsatuvchi boʻlinmalariga (filiallariga) taqdim etishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vedomostlar oyning oxirgi ish kunida yopiladi, tayinlangan, ammo oʻz vaqtida talab qilib olinmagan moddiy yordam muhtoj oilaning nomiga ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi va uning birinchi talabiga binoan toʻlanadi. Yopilgan vedomostning uchinchi nusxasi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga taqdim etiladi. Toʻlov bir marta beriladigan moddiy yordam oluvchi muhtoj oilaning doimiy yashash joyidagi Xalq banki boʻlinmalari (filiallari) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlarini tumanlar (shaharlar) oʻrtasida taqsimlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi moliya boshqarmasi tomonidan har bir tuman (shahar) hududida yashovchi oilalarning muhtojligidan, ushbu muhtoj oilalarning tarkibi va oldingi davrlarda ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirish (foydalanish) darajasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Nazarda tutilgan budjet mablagʻlarini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasida taqsimlash tuman (shahar) moliya boʻlimi tomonidan ehtiyojmand oilalar sonini hisobga olgan holda, moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan har oyda ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha, muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida hisobot tuziladi hamda u hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha boʻlgan muddatda moliya boʻlimlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Moliya boʻlimlari hisobot oyidan keyingi joriy oyning 15-kunigacha hisobotlarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻyicha tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Xorazm viloyati hokimligining moliya boshqarmasiga taqdim etadilar, ular oyning 20-kunigacha hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bir yil mobaynida oluvchilar tomonidan talab qilib olinmagan bir marta beriladigan moddiy yordam mablagʻlari keyinchalik Yagona gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkazish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hisob raqamlarida tiklanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ajratiladigan budjet mablagʻlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maxsus hisob raqamlariga toʻliq va oʻz vaqtida oʻtkazilishini hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini rejali tekshiruvlari davomida amalga oshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlashning asoslanganligini nazorat qilish moliya boʻlimi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Shaxsiy javobgarlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash uchun budjet mablagʻlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maxsus bank hisob raqamlariga toʻliq va oʻz vaqtida ajratilishi yuzasidan — tuman (shahar) moliya boʻlimi rahbari zimmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlashning amaldagi tartibi bajarilishini taʼminlash va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi yuzasidan — Komissiya raisi zimmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibiga rioya etilishi nazoratini taʼminlash yuzasidan — tuman (shahar) moliya boʻlimi xodimi zimmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi maxsus hisob raqamlaridan mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlash yuzasidan — Xalq bankining tuman (shahar) boʻlinmasi (filiali) rahbari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

* Bir martalik moddiy yordamni olgan muhtoj oilalar ularga moddiy yordam toʻlangandan keyin bir yil oʻtgandan soʻng bir martalik moddiy yordamni olish uchun takroran murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Komissiya raisiga
‎_____________________________________________
‎(fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi nomi)
‎_____________________________ tuman
‎_____________________________ viloyat __________________________________
‎__________________________________
‎____________________manzilda yashovchi
‎_________________________________dan
‎(arizachining F.I.O.)

‎‎Bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash toʻgʻrisida
‎ARIZA

‎‎Sizdan oilamga (menga) bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishingizni soʻrayman.
‎Mening oilam (men) bir marta beriladigan moddiy yordamga quyidagi sababga koʻra muhtoj(man):

____________________________________________________________________________________________
‎‎‎(murojaat sababi koʻrsatiladi)

‎‎Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:
‎‎Zarur hujjatlar nusxasi (sanab oʻtiladi):
____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________‎‎
‎‎Murojaat qiluvchining imzosi: _________________________
‎‎Sana: 20 ___ yil “___” ___________

‎‎Arizani roʻyxatdan oʻtkazdim
‎_____________________________________________

‎‎(arizani qabul qilib olganning F.I.O.)

‎‎Sana: 20__ yil “___” ________
‎___________-son

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Muhtoj oilada murakkab hayotiy vaziyat mavjudligini tasdiqlovchi
‎Dalolatnoma

‎‎____________________________________________________________________________________________
‎(komissiya aʼzolarining F.I.O.)
‎____________________________________________________________________________________________

‎‎____________________________________________________________________tarkibidagi Komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil “___” ____________dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) asosan _______________________________________________________ manzilda yashovchi ___________________ oila(fuqaro)_________________________________________________________ning

‎‎(arizachining F.I.O.)

‎‎murakkab hayotiy vaziyatining mavjudligi yuzasidan tekshiruv oʻtkazildi va quyidagilar aniqlandi:
1. Fuqaro _________________________ ning oilasi ____nafardan iborat, shundan:
‎14 yoshgacha boʻlgan bolalar — ____ nafar, ulardan ____ nafari nogironligi boʻlgan shaxs;
‎ 14 yoshdan katta bolalar — ____ nafar, ulardan ____ nafari nogironligi boʻlgan shaxs;
‎ oilaning mehnatga layoqatli, balogʻatga yetgan aʼzolari — ____ nafar, ulardan:
‎____ nafari ish bilan band;
‎ doimiy ish joyiga ega boʻlmaganlar ____ nafar;
‎ ishsiz deb roʻyxatga olinganlar ____ nafar;
‎pensionerlar — ____ nafar, ulardan ___ nafari I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs.
‎ Oila (fuqaro) quyidagi toifaga kiradi:
________________________________________________________________________________

‎‎(Nizomning 7-bandidagi toifalarning birini koʻrsatish lozim)

‎‎2. Nizomning 8-bandida belgilangan ogʻir vaziyat mavjud (yoki mavjud emas).
‎____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________

‎‎(vaziyatning qisqacha bayoni)

‎‎3. Qoʻshimcha maʼlumot: _________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎‎4. Oilaning moddiy taʼminlanganlik darajasi quyidagicha (keraklisini tagiga chizish kerak):
‎“juda past”, “past”, “oʻrtacha”, “yuqori”.
‎‎Oila (fuqaro)ning moddiy taʼminlanganlik darajasini baholashning sababini hamda oila(fuqaro)da yuzaga kelgan murakkab hayotiy vaziyatni mustaqil hal eta olish imkoni bor(yoki yoʻq)ligini koʻrsatish:
‎___________________________________________________________________________________________,
‎___________________________________________________________________________________________,
5. Komissiya tavsiya qiladi:‎ ‎‎oila (fuqaro) _________________________________________________________

‎‎(arizachining F.I.O.)

‎‎bir martalik moddiy yordamni ________________________________20___ yilning____________________dan.

‎‎(tayinlash /rad etish)

‎‎(toʻlov boshlangan oy)

‎‎Komissiya aʼzolari imzolari:

‎‎__________________________________
‎__________________________________
__________________________________
‎‎_________________________________
‎_________________________________
‎‎Qoʻshnilar imzolari (ular jalb qilinganda):
‎‎__________________________________ ‎‎_________________________________
‎‎Tekshiruv oʻtkazilgan sana:
‎20____ yil “____” ___________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlash uchun budjetdan ajratilgan
‎mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha
‎___________-son BUYURTMANOMA

‎20____ yil “______” ______________

‎‎Boʻlinmaning nomi ____________________________________
‎‎Boʻlim va kichik boʻlim ‎‎____________________________________
‎‎Boshliq ‎‎____________________________________
‎‎Gʻaznachilik shaxsiy hisob-raqami ‎‎____________________________________

‎‎Oluvchining nomi

‎‎Gʻaznachilik hisob raqami

‎‎Maqsadli mablagʻlarning nomlanishi

‎‎Maqsadli mablagʻning ajratilishi uchun asos

‎‎Miqdori (soʻm)

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎Boʻlinma boshligʻi

‎‎_________________

‎‎____________________________________

‎‎(imzo)

‎‎F.I.O.

‎‎Boʻlim boshligʻi

‎‎_________________

‎‎____________________________________

‎‎(imzo)

‎‎F.I.O.

20___ yil “___” ________da soat “___” dan “___” daqiqa oʻtganda gʻaznachilik boʻlimining masʼul xodimi qabul qilib oldi.
_________________ ____________________________________

‎‎(imzo)‎

‎‎F.I.O.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida
HISOBOT

20___ yilning _________________ oyi uchun

tuman (shahar)

raisning F.I.O.

(fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi nomi)

(tuman (shahar)nomi)

T/r

Koʻrsatkichlarning nomi

Oʻlchov birligi

Hisobot oyi uchun

Yil boshidan

1.

Moliya organlari tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari miqdori

soʻm

2.

Vedomost boʻyicha tayinlangan bir marta beriladigan moddiy yordam miqdori

soʻm

3.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ushbu organi hududida yashovchi oila(fuqaro)lar soni

ta

x

4.

Koʻrib chiqilgan arizalar roʻyxati

ta

4.1

shundan: bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash boʻyicha rad etilgan arizalar soni

ta

5.

Bir marta beriladigan moddiy yordam tayinlangan arizalar soni

ta

6.

Vedomost boʻyicha bir marta beriladigan moddiy yordam olayotgan oila(fuqaro)lar soni

ta

x

shu jumladan:

6.1

ogʻir kasallik sababli;

ta

x

6.2

yaqinlarining oʻlimi sababli;

ta

x

6.3

tabiiy ofat(favqulodda vaziyat)lar oqibatida jabr chekkanlar;

ta

x

6.4

boshqa holatlar oqibatida.

ta

x

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi

Tuman(shahar) hokimligi moliya boʻlimining xodimi

M. Oʻ.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 210-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)