Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.2021 17.03.2017 yildagi PF-4990-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni koʻrib chiqishning yangilangan tartibini belgilash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-411-sonli Qonuniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4990-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-martdagi PF-4990-sonli Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bobning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda yoʻqotilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan uning chet el davlati armiyasiga harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmatiga, shuningdek politsiyasiga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlariga ishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoxud boshqa ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasalari hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligiga yuboradilar, Tashqi ishlar vazirligi olingan maʼlumotlarni va Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining xulosalarini oʻzining hujjatlari va xulosasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil mobaynida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda konsullik muassasalarining hujjatlari asosida hujjatlar va xulosani koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uch yillik muddat tartibi faqatgina 16 yoshga toʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi, ularning ota-onalari yoki ulardan birining iltimosnoma berganligi hollari bundan mustasno. Iltimosnomaga 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning notarial tasdiqlangan roziligi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi rahbari holatga qarab obyektiv maʼlumotlarga asoslangan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining oʻz vaqtida konsullik hisobiga turmaganlik sabablarining uzrli ekanligiga mustaqil baho beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari yoki konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olinganligi haqida maʼlumotlar yoki arizalar kelib tushgan taqdirda, shaxsning haqiqatdan ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini aniqlash uchun zarur tekshiruvlarni olib boradilar. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olinganligi holati tasdiqlangan taqdirda, Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) agar shaxs chet el davlati foydasini koʻzlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning chet davlat foydasini koʻzlab faoliyat yuritish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi ikkinchi boʻlimida nazarda tutilgan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlarni sodir etish natijasida jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazganligini tasdiqlaydigan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan hujjatlar shaxsning fuqaroligini yoʻqotish yuzasidan tashabbuskor organning asoslantirilgan taqdimnomasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi fuqarolikni yoʻqotish tashabbusi yuzasidan hujjatlar nusxalarini Tashqi ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga taqdim etadi. Ushbu tashkilotlar kelib tushgan hujjatlar asosida oʻzlarining xulosalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi fuqarolikni yoʻqotish haqidagi xulosani tegishli hujjatlarni ilova qilgan xolda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar shaxs chet el davlati fuqaroligini olgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor vazirlik va idoralar chet elda doimiy yashovchi fuqarolarga nisbatan hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligiga yuboradilar. Tashqi ishlar vazirligi hujjatlarni va Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining xulosasini qabul qilib, ularni oʻzining hujjatlari va xulosasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor vazirlik va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqarolarga nisbatan hujjatlarni Ichki ishlar vazirligiga yuboradilar. Ichki ishlar vazirligi hujjatlarni va Tashqi ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining xulosasini qabul qilib, ularni oʻzining hujjatlari va xulosasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga koʻrib chiqishga taqdim etiladigan xulosalar asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosalarda quyidagi maʼlumotlar alohida koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning davlat oldidagi bajarilmagan (ijro etilmagan) majburiyati yoki fuqarolar yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining jiddiy manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy majburiyati mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning qidiruvda ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro qilinishi lozim boʻlgan sud hukmining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ozodlikdan mahrum qilish joylarida ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishi Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligining manfaatlariga nomuvofiq ekanligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning xulosalarini koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaror qabul qilish uchun taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlashda fuqarolikni yoʻqotgan deb topilayotgan shaxsni bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida xabardor qilish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabardor qilish oʻrnatilgan tartibda shaxsning yashash joyi boʻyicha amalga oshiriladi. Shaxsning turar joyi haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, uning oxirgi yashash joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarini yoki yaqin qarindoshlarini xabardor qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab yoʻqotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining yoʻqotilganligi fakti “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31, 32-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxsning doimiy yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlari tomonidan, chet elda doimiy yashovchi shaxslar uchun esa, konsullik muassasalari tomonidan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda belgilanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 153-modda)