Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2019 27.02.2017 yildagi 103-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-sonli “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining o‘qitish shakllari va usullarini, pedagog kadrlar tarkibining sifat darajasini zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 442-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi Nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R.S. Kasimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tmagan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari bir yil mobaynida pulli asosda o‘qishning tegishli yoki turdosh yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi yakunida attestatsiyadan o‘tishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini takroran o‘zlashtirishi asosiy ishdan ajralmagan holda kurslarning o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qitish usullari orqali o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qitish usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlari bo‘yicha tayyorlanib kelgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Yakuniy attestatsiya tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari huzuridagi attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 121-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“121. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida uzrsiz sabablarga ko‘ra dars qoldirgani uchun tinglovchilar safidan chiqarilgan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kursidan takroran o‘tishi hamda o‘qishning tegishli yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursida attestatsiyadan o‘tishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan takroran o‘tish 288 soat hajmida tashkil etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 13-bandning ikkinchi xatboshidagi “3 yil” so‘zlari “bir yil” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 16-bandni o‘zbek tilidagi matnining uchinchi xatboshidagi “bazaviy” so‘zi “tayanch” so‘zi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 18-bandning uchinchi xatboshidagi va 35-bandning ikkinchi xatboshidagi “Nizom 12 va 13-bandlarining” so‘zlari “Nizom 121 va 13-bandlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“23. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv jarayonini takomillashtirish mexanizmlari va uslublarini belgilaydi, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni (masofadan o‘qitish ta’lim usullarini tashkil etish va o‘tkazish, tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish, pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish tartiblarini) tasdiqlaydi, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlarining oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar klassifikatori bilan mutanosibligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan, shuningdek masofadan o‘qitish usullari orqali kurslardan o‘tishi kerak bo‘lgan tinglovchilarning prognoz qilinayotgan kontingentini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining talab qilinadigan malakasini ta’minlash bo‘yicha maqsadli topshiriqlarni tasdiqlaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) o‘zbek tilidagi matnning to‘rtinchi xatboshidagi “bazaviy” so‘zi “tayanch” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kurslar yakunidagi attestatsiyadan o‘tmagan tinglovchilar uchun tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli yo‘nalishlarning o‘quv dasturiga mos holda ishlab chiqilgan o‘quv-metodik resurslar asosida masofadan o‘qitishning onlayn va offlayn shakllarida takroriy qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“masofadan o‘qitish usullari asosida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 30-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masofadan o‘qitish usullari asosidagi takroriy kurslarda o‘quv mashg‘ulotlari onlayn va offlayn shakllarida tashkil etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 32-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilar kontingenti yetarli bo‘lmagan yo‘nalishlarda, jumladan rus yoki qoraqalpoq tilida dars olib boriladigan guruhlarda, tinglovchilar kontingenti bir guruh me’yorida yig‘ilmaydigan kam sonli alohida ta’lim yo‘nalishlarida o‘quv jarayonini tashkillashtirishda bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil davomida 5 nafargacha pedagog kadrlar yig‘ilmaydigan alohida ta’lim yo‘nalishlarida malaka oshirish guruhi mavjud holatdan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda, qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasining buyrug‘i bilan tinglovchilar soni 5 nafardan kam guruh shakllantirilishi yoki ular uchun malaka oshirish masofadan o‘qitish usullari orqali amalga oshirilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 34-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masofadan o‘qitish usullari asosidagi takroriy kurslarda tinglovchilarning assisment topshiriqlari (joriy nazorat) onlayn shaklida tashkillashtiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nizomga ilovaning (Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish sxemasining) 5-bosqichidagi “pulli asosda kurslardan takroran o‘tishi va o‘qishning tegishli yo‘nalishi” so‘zlari “pulli asosda o‘qishning tegishli yo‘nalishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 9-son, 129-modda)