Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 839-sonli “Telekommunikatsiyalar uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2026-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy eʼlon qilingan kunidan boshlab olti oydan keyin amalga kiritilsin.
* 1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlarning amalga kiritilishi munosabati bilan ularda koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllashning ixtiyoriylik tusiga ega boʻlishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Oʻzstandart” agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligiga qoʻyiladigan majburiy talablarni belgilovchi standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylik tusini bekor qilish va ixtiyoriylikni taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida keng xabardor qilinishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-fevral,
102-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 128-modda)