2-ILOVA
|
Ko‘rsatiladigan xizmat, beriladigan hujjat nomi |
Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ |
Joriy etish muddati | ||
|
1. |
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya |
(Xadjibayev A.M.) |
2017-yil 1-iyul | |
|
2. |
Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya |
Tibbiy faoliyat | ||
|
3. |
Voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari reklamasini joylashtirishga ruxsatnoma |
Voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari reklamasini joylashtirish | ||
|
5. |
O‘z tarmog‘ini yaratish huquqisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlari ko‘rsatishga litsenziya |
O‘z tarmog‘ini yaratish huquqisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlarini taqdim etish |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Mirzaxidov X.M.) |
2017-yil 1-iyul |
|
6. |
Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasida faoliyat ko‘rsatishi huquqiga litsenziya |
Nodavlat ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2017-yil 1-oktabr |
|
7. |
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma |
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish |
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Abdusamatov B.X.) |
2017-yil 1-oktabr |
|
9. |
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma |
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqish | ||
|
10. |
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma |
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qo‘yish | ||
|
14. |
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya |
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish |
Davlat arxitektura (Zakirov B.I.) |
2017-yil 1-oktabr |
|
18. |
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi |
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga oid faoliyatni amalga oshirish |
Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi (Sabirov B.B.) |
2017-yil |
3-ILOVA
| T/r | Beriladigan hujjat, ko‘rsatiladigan xizmat nomi | Joriy qilish muddati | Mas’ul organlar | ||
| I. Ruxsat berish tartib-taomillari | |||||
| 3. | 3. | Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma | 2019-y. | Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Hamroyev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev A.M.), Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (Turamuratov I.B.), “Sanoatgeokontexnazorat” DI (Gulyamov B.V.) | |
| 4. | 4. | Yo‘llar, yo‘l inshootlari, temir yo‘l o‘tkazgichlari, yo‘llar va ko‘chalar bo‘ylab joylashgan servis shoxobchalari, AYQSh, AGTQS va AGQS, bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini kelishish | 2019-y. | Ichki ishlar vazirligi(Azizov A.A.) | |
| 8. | 8. | 2019-y. | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev A.M.) | ||
| 10. | 10. | Dori vositasi va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma | 2019-y. | ||
| 12. | 12. | Loyihaviy hujjatlarning me’moriy-rejalashtirish topshirig‘iga muvofiqligi nuqtai nazaridan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi me’moriy-shaharsozlik kengashi bilan kelishish | 2018-y. | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (To‘xtayev A.X.) | |
| 13. | 13. | Me’moriy-rejalashtirish topshirig‘i | 2019-y. | ||
| 15. | 15. | Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma | 2018-y. | Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Abdusamatov B.X.) | |
| 16. | 16. | Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma | 2018-y. | ||
| 17. | 17. | Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma | 2018-y. | ||
| 18. | 18. | 2018-y. | |||
| 21. | 21. | Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik | 2018-y. | Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Xidoyatov D.A.) | |
| 22. | 22. | Qonunchilikda belgilangan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik | 2018-y. | ||
| 30. | 30. | Bojxona omborini ta’sis etish | 2019-y. | ||
| 31. | 31. | Bojsiz savdo do‘konini ta’sis etish | 2019-y. | ||
| 32. | 32. | 2019-y. | |||
| 35. | 35. | Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma | 2019-y. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov K.I.) | |
| 36. | 36. | Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma | 2019-y. | Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi (Rizayev D.X.) | |
| 38. | 38. | 2019-y. | |||
| 40. | 40. | “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi obyektlarda elektr qurilm?larni sozlash ishlarini bajarishga ruxsatnoma | 2020-y. | “Sanoatgeokontexnazorat” DI (Gulyamov B.V.) | |
| 41. | 41. | Uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa sig‘imlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarishga ruxsatnoma | 2020-y. | “Sanoatgeokontexnazorat” DI (Gulyamov B.V.) | |
| 42. | 42. | 2020-y. | “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” DI (Axmedov D.B.), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Dexkanov D.T.) | ||
| 45. | 45. | Obyektning yong‘inga qarshi xavfsizligi va seysmik barqarorligi to‘g‘risida davlat ekspertizasi xulosasi | 2019-y. | Davlat ekspertiza organlari | |
| 49. | 49. | Muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish uchun texnik shart | 2018-y. | Foydalanish tashkilotlari | |
| II. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari | |||||
| 51. | 2. | Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyati | 2019-y. | Moliya vazirligi (Xodjayev B.A.) | |
| 53. | 4. | 2019-y. | |||
| 54. | 5. | Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish | 2018-y. | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov) | |
| 58. | 9. | 2019-y. | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (To‘xtayev A.X.) | ||
| 60. | 11. | 2019-y. | Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi | ||
| 62. | 13. | 2020-y. | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Sharapov A.K.) | ||
| 65. | 16. | 2020-y. | |||
| 66. | 17. | Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat bilan shug‘ullanish | 2019-y. | Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish markazi (Shakirov B.A.) | |
Xalq bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar, tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar litsenziya va ruxsatnoma berish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish jarayonlarida davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishni samarali tashkil etishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib kelayotganini ko‘rsatmoqda.
Ta’kidlash joizki, tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun hanuzgacha turli davlat organlariga murojaat etishga majbur bo‘lmoqda, litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan zarur darajada foydalanilmayapti, ko‘pchilik davlat xizmatlari, afsuski, hali ham an’anaviy usullarda, qog‘oz shaklida ko‘rsatilmoqda.
Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, “yagona darcha” markazi kabi institutlar davlat xizmatlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda hamda davlat organlarining tadbirkorlik tuzilmalariga o‘z vaqtida ko‘maklashishga doir faoliyati samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Mazkur sohada tadbirkorlik subyektlari ko‘targan dolzarb muammo va takliflar, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida sansalorlik, byurokratik to‘siqlar va rasmiyatchilik holatlari vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali ularning sifati va samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan.
Qarorga muvofiq tuman va shaharlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqaruviga o‘tkazilmoqda. Bu esa �yagona darcha” markazlarini samarali boshqarish, ularning faoliyatini va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etishga nisbatan tizimli yondashuvni belgilash imkoniyatini beradi.
Banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish “yagona darcha” markazlari zimmasiga yuklatilmoqda. Bunday chora tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning mavjud tarqoq tizimi o‘rniga yangi, yaxlit tizimni yaratishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “yagona darcha” markazlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ etib belgilandi.
Mazkur vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, joylarda esa uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.
“Yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlarini sifatli va samarali ko‘rsatishga to‘sqinlik qiladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika va hududiy komissiyalar tashkil etilmoqda.
Mazkur komissiyalar tizimli ravishda, shu jumladan joylarda xalq bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish orqali muammolarni aniqlash va davlat xizmatlarining sifati, ochiqligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan zarur choralarni ko‘rish bilan shug‘ullanadi.
“Yagona darcha” markazlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 16 turdagi ruxsatnomalarni boshqa idoralarga bormasdan rasmiylashtirish amaliyoti sansalorliklarning oldini olishga, tadbirkorlik subyektlarining vaqti va moddiy sarf-xarajatlarini tejashga ko‘maklashdi.
Ana shunday ijobiy amaliyotni yanada kengaytirish maqsadida qarorda talab eng yuqori bo‘lgan qo‘shimcha 86 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni “yagona darcha” markazlari orqali rasmiylashtirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilmoqda.
Endilikda tadbirkorlik subyektlari yuqoridagi litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun boshqa idoralarga bormasdan, ularni aniq muddatlarda beradigan “yagona darcha” markazlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Yagona darcha” markazlari barcha zarur kelishish tartib-taomillarini tadbirkorlik subyekti ishtirokisiz mustaqil amalga oshiradi.
Bundan tashqari, 2018-yil 1-yanvardan boshlab “yagona darcha” markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qog‘oz shaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi. Bunda berilgan, to‘xtatib qo‘yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi orqali olish imkoniyati yaratiladi.
2017-yilning I choragidan ishga tushiriladigan “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi:
tegishli davlat organiga bormasdan turib, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini elektron shaklda olishga;
ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi, shuningdek ruxsatnoma va litsenziyalar reyestridagi ma’lumotlardan masofadan turib foydalanishga;
“yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari bo‘yicha ruxsatnoma va litsenziya berish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni va natijasini, qayerda va qay tarzda murojaat etganidan qat’i nazar, kuzatishga imkoniyatlar yaratadi.
Qarorni amalga oshirish, shubhasiz, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga, aholining davlatga nisbatan ishonchini oshirishga, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyani hayotga joriy etishga ko‘maklashadi.