10.01.2017 yildagi PQ-2724-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport xizmatlari bilan ta’minlash sohasini yanada rivojlantirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda mamlakat shahar va qishloqlarida aholi bandligi muammolarini hal etishda avtotransport xizmatlari ko‘rsatishning rolini kuchaytirish, yo‘lovchilar tashish xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli tashlamalarni qisqartirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar respublikada avtomobil transportida yo‘lovchilar tashishni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatdagi tarkibni zamonaviy, qulay avtobuslar va mikroavtobuslar bilan yangilash, yo‘nalishlarni oqilona tashkil etish va kengaytirish, yo‘l qoplamalarini birinchi navbatda qishloq joylarda yaxshilash hisobiga aholining avtomobillarda tashuvlarga bo‘lgan talab-ehtiyojini yanada to‘liq qondirishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar tashish xavfsizligi chora-tadbirlarini kuchaytirish, yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish jadvallariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat darajasini oshirish, yo‘lovchilar tashish sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini shakllantirish, yo‘lkira haqi uchun naqd pulsiz to‘lov tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslar va mikroavtobuslardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, avtomobil transporti korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar tashishni boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vazirligi zimmasiga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan kompleks amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va tizimli asosda amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifasi yuklansin, quyidagilar vazirlikning qo‘shimcha funksiyalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazifasi yuklansin, quyidagilar agentlikning qo‘shimcha funksiyalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish transportida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan namunaviy kontraktlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, ularda aholiga sifatli va xavfsiz avtotransport xizmatlarini kafolatli ta’minlash uchun optimal shart-sharoitlarni nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar tashishni amalga oshirish yuzasidan doimiy ravishda markazlashtirilgan monitoring olib borilishini ta’minlash, “onlayn” (GPS) rejimida masofadan kuzatish tizimini hamda rasmiy veb-sayt va “ishonch telefonlari” orqali aholi bilan muloqot mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchilar tomonidan yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish yuzasidan litsenziya talablari va shartlarining, kontraktlarning bajarilishi, yo‘lovchilar huquqlariga, belgilangan harakatlanish jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etilishi, qonunchilikning, shu jumladan xizmat ko‘rsatish madaniyatining past bo‘lishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etish.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2017 — 2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga* muvofiq 2017 — 2021-yillarda yo‘lovchilar tashiydigan yangi avtobus yo‘nalishlarini tashkil etishning maqsadli parametrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaga muvofiq 2017 — 2021-yillarda yangi avtobuslar sotib olish parametrlari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilovaga* muvofiq 2017 — 2021-yillarda yo‘lovchilar avtovokzallari va avtostansiyalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish tadbirlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshirilishi yuzasidan mas’uliyat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar va parametrlarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ikki hafta muddatda ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida shahar yo‘lovchilar tashish transportida yo‘lkira uchun naqd pulsiz haq to‘lash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risida axborot kiritilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda ikki oy muddatda, yengil konstruksiyalardan hamda narxlari va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha qulay bo‘lgan, asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan materiallardan (metall konstruksiyalar, sendvich-panellar va shu kabilardan) foydalangan holda avtovokzallar, avtostansiyalar va yo‘nalishlardagi to‘xtash punktlarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalliy budjetlar, “O‘zavtosanoat-lizing” MCHJ, boshqa lizing tashkilotlari mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aksiyadorlik-tijorat “Xalq banki”ga, zarurat bo‘lganda, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan foiz stavkasi bilan, kelgusida “O‘zavtosanoat-lizing” mas’uliyati cheklangan jamiyat va boshqa lizing tashkilotlarini moliyalashtirish uchun yillik 0,5 foizdan ko‘p bo‘lmagan tijorat banklari marjasi bilan umumiy miqdori 100 mlrd. so‘mgacha resurslar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2022-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan keltiriladigan va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, muntazam yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarida band bo‘lgan avtobuslar va mikroavtobuslarning ishi ustidan “onlayn” rejimida (GPS), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha shahar yo‘lovchilar tashish transportida yurganlik uchun elektron to‘lov tizimlarini masofadan kuzatib borishni joriy etish uchun mo‘ljallangan uskunalar, mexanizmlar, materiallar, butlovchi buyumlar bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing tashkilotlari va avtomobil transporti tashkilotlari — Dastur doirasida sotib olinadigan mikroavtobuslarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda avtotransport yig‘imi to‘lovidan;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transporti tashkilotlari — yo‘lovchilarni shahar atrofida va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda (qishloq joylarda) avtobuslar va mikroavtobuslarda tashish hajmi bo‘yicha yagona soliq to‘lovidan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika shaharlari va qishloqlarida aholiga. transport xizmati ko‘rsatish va avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha bir oy muddatda qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh. vazirining birinchi o‘rinbosari —“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2724-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda yangi avtobuslar sotib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(dona)

T/r

Hududlar

Sotib olinadigan avtobuslar soni

Shu jumladan:

2017-yil

2018-yil

2019-yil

2020-yil

2021-yil

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

112

30

40

10

13

19

2.

Andijon viloyati

319

22

77

78

76

66

3.

Buxoro viloyati

350

50

81

64

77

78

4.

Jizzax viloyati

106

45

23

10

6

22

5.

Qashqadaryo viloyati

287

59

51

60

70

47

6.

Navoiy viloyati

83

26

16

15

14

12

7.

Namangan viloyati

415

45

83

106

114

67

8.

Samarqand viloyati

460

73

81

81

88

137

9.

Surxondaryo viloyati

85

35

6

10

16

18

10.

Sirdaryo viloyati

103

34

27

26

9

7

11.

Toshkent viloyati

178

40

25

37

37

39

12.

Farg‘ona viloyati

281

43

40

52

67

79

13.

Xorazm viloyati

133

35

21

41

13

23

JAMI:

2 912

537

571

590

600

614

shundan:

shaharlararo yo‘nalishlar uchun

226

26

50

50

50

50

shahar va shahar atrofidagi yo‘nalishlar uchun

2 686

511

521

540

550

564

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 2-son, 33-modda, 28-son, 636-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)