Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2024 29.12.2016 yildagi PQ-2707-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni oʻz ichiga olgan Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan dastur (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning asosiy parametrlari, moliyalashtirish hajmi va manbalari 2, 3-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilishning asosiy parametrlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim sifatini oshirish, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qoʻllaniladigan zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash boʻyicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha taʼlim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2200 ta maktabgacha taʼlim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va multimediali vositalar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan dasturning bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan masʼul boʻlgan vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirishni, belgilangan tadbirlarning toʻliq va sifatli bajarilishi hamda asosiy parametrlarga erishilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnomasi boʻyicha maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli roʻyxatiga tasdiqlangan asosiy parametrlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shuningdek oʻyin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini oʻrash maqsadlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim muassasalari hududini obodonlashtirish va ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim muassasalarini jihozlash uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining xarajatlar smetasida Dasturni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarning taʼlim sohasiga har yilgi ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida alohida satr bilan ajratilishini nazarda tutsin.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish namunaviy loyihalar boʻyicha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi zimmasiga yuklatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim muassasalarini jihozlash, mol-mulkidan samarali foydalanish hamda malakali kadrlar bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi buyurtmasi asosida “ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, yangidan qurilishi belgilangan quvvati 70 va 120 oʻrinli zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasalarining namunaviy loyihasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar bilan pudratchilar oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, jumladan tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlariga qoʻyiladigan talablarga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq, tasdiqlangan maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning asosiy parametrlari samarali va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasi va qurilishning manzilli roʻyxatini shakllantirishda yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash hamda ularni zaruriy jihoz va inventarlar bilan taʼminlashning moliyalashtirish hajmini aniqlagan holda, maktabgacha taʼlim muassasalarining aniq soni va roʻyxatini belgilash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari zimmasiga quyidagilarni amalga oshirishda shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash manzilli roʻyxatiga kiritilgan obyektlar boʻyicha tanlov (tender) savdolarini oʻz vaqtida oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim muassasalarida qurilish-montaj ishlarining bajarilishi va foydalanishga topshirilishida tasdiqlangan namunaviy loyiha, shaharsozlik normalari va qoidalariga qatʼiy rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2707-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 11-modda, 35-son, 923-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)