Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.03.2026 27.12.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2853
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.03.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2853]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 10-martdagi 341-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va xatolar”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3797, 27.03.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 161-moddasiga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-son

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 91-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq budjet hisobini normativ tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi. Mazkur Standart budjet hisobining boshqa standartlari bilan birgalikda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet hisobi — budjet tizimi budjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni oʻzgartiruvchi operatsiyalarning holati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash, roʻyxatdan oʻtkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob siyosati — mazkur Standartning 4-bobida belgilangan prinsiplarga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishda qoʻllaniladigan aniq uslublar, asoslar, yoʻl qoʻyishlar, qoidalar hamda usullar majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Standartning maqsadi hisob siyosatini tanlash va oʻzgartirishlar kiritish mezonlarini, shuningdek budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobini va moliyaviy hisobotni tuzish, hisob siyosatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni ochib berish tartibini belgilab berishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Standart budjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlariga boʻlgan ishonchlilik darajasini va maʼlum bir davriylikdagi moliyaviy hisobotlarini, shuningdek boshqa budjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarini oʻzaro solishtirish darajasini oshirishga moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hisob siyosati budjet tashkilotlari tomonidan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida mavjud oʻzaro bir-birini istisno etuvchi bir nechta hisob yuritish usullaridan birini tanlash maqsadida tuziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Standartning qoʻllanish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Standart budjet tashkilotlarida hisob siyosatini tanlash va qoʻllash, hisob siyosatiga oʻzgarishlarning hisobini yuritish hamda moliyaviy hisobotlarni tuzishda qoʻllanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Standart barcha budjet tashkilotlariga qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hisob siyosatini shakllantirish va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hisob siyosati rahbar yoki uning oʻrinbosarining buyrugʻi yoki qarori bilan tasdiqlanadi va yildan-yilga izchil qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Budjet hisobini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan hollarda, shuningdek budjet tashkiloti qayta tashkil etilganda hisob siyosatiga oʻzgartirishlar kiritish mumkin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet hisobi maʼlumotlarini solishtirishni taʼminlash maqsadida hisob siyosatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar moliya yili boshidan, agar budjet tashkiloti qayta tashkil etilayotgan boʻlsa uni qayta tashkil etilgan sanadan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Budjet tashkiloti yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida kelgusi moliya yili uchun hisob siyosatidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida maʼlumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hisob siyosati moliyaviy hisobotni barcha qoʻllanilayotgan budjet hisobi standartlari asosida shakllantirilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy hisobot oʻziga xos talablar boʻlmaganida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ahamiyatga ega boʻlishi — maʼlumot undan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishonchli boʻlishi — budjet tashkilotlari faoliyatining barcha natijalari va moliyaviy holatini xolisona koʻrsatishi, hodisalar va operatsiyalarning iqtisodiy mohiyatini aks ettirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xolis (begʻaraz) boʻlishi va majburiy boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) toʻla (tugallangan) boʻlishi — budjet tashkiloti xoʻjalik faoliyatining barcha faktlarini toʻla aks ettirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hisob siyosati oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotining buxgalteriya xizmati tashkiliy tuzilmasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotida inventarizatsiya oʻtkazishning tartibi va muddatlarini (inventarizatsiya qilish majburiy boʻlgan hollardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkiloti tomonidan foydalaniladigan va unda sintetik va analitik schyotlar roʻyxati boʻlishi lozim boʻlgan ishchi schyotlar rejasini. Mazkur maʼlumot hisob siyosatiga ilova tarzida taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar aylanmasi grafigini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob maʼlumotlarini qayta ishlash usullarini (qoʻlda yoki dasturiy taʼminotni qoʻllash orqali);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy shakllari nazarda tutilmagan, xoʻjalik operatsiyalarini qayd qilish uchun qoʻllaniladigan birlamchi hisob hujjatlarining shakllarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy vositalarning inventar raqami tuzilmasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi hisob hujjatlariga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy fondlarni qayta baholash uslublarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inventarizatsiya qilishda (ortiqcha yoki kamomadda) mulkni baholash uslublarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi turuvchi tasarrufidagi tashkilotlarning hisobot taqdim etish muddatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar (ish, xizmat)lar kalkulyatsiyasini shakllantirish tartibini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hisob siyosatining prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob yuritish prinsipi budjet tashkiloti buxgalteriyasi barcha xoʻjalik operatsiyalarini hisob registrlarida roʻyxatga olishni ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida amalga oshirishini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi bir xoʻjalik operatsiyasi boʻyicha bir summaning budjet hisobining ikki schyotida — birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettirilishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Uzluksizlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Uzluksizlik prinsipi budjet hisobini yuritish muddati budjet tashkilotining faoliyati davriga muvofiq boʻlishini, yaʼni hisob yozuvlari yuritish budjet tashkilotining tashkil etilishidan to tugatilguniga qadar amalga oshirilishini bildiradi. Budjet tashkiloti oʻz faoliyatini tugatgan kundan boshlab budjet hisobini yuritishni toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzluksizlik prinsipiga asoslanib tayyorlangan moliyaviy hisobot budjet tashkiloti doimiy faoliyat yuritishini va nomaʼlum uzoq muddat davomida oʻz faoliyatini davom ettirishini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Xoʻjalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar va passivlarga pul bilan baho berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Barcha xoʻjalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar va passivlar yagona, bir xil birlikda oʻlchanishi — pul bilan baholanishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasida pul oʻlchov birligi — soʻm va uning yuzdan bir ulushi tiyin hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Ishonchlilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Axborotda jiddiy xatolar yoki gʻarazlilik boʻlmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin boʻlsa, u ishonchli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatsiyalar va holatlarning ishonchliligi birlamchi hisob hujjatlari bilan tasdiqlanadi va har bir hisob yozuvi haqiqatda amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalarini tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlariga asoslangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hisoblash prinsipiga muvofiq aktivlar, passivlar, daromadlar va xarajatlar, budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalari va holatlar budjet hisobida bu harakatlar yuzasidan pul mablagʻlari yoki ekvivalentlari olingan yoxud toʻlangan paytda emas, balki shu harakatlar sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik) prinsipi moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlarni oshirib baholashga hamda majburiyatlar yoki xarajatlarni kamaytirib baholashga yoʻl qoʻyilmasligini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu prinsipning qoʻllanishi yashirin zaxiralarni barpo etishga yoki taʼminotni oshirib koʻrsatishga, aktivlar yoki daromadlarni, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirishga va oshirib koʻrsatishga yoʻl qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Mazmunning shakldan ustunligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur prinsip agar hisob hujjatlari va moliyaviy hisobotlardagi axborot operatsiya va holatlarning mazmunini ishonchli aks ettirsa, mazkur axborot moliyaviy hisobotda hisobga olinishi va koʻrsatilishi lozimligini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Koʻrsatkichlarning qiyosiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli boʻlishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlar bilan qiyoslanadigan boʻlishi lozim. Foydalanuvchilar budjet tashkiloti tomonidan moliyaviy hisobot tayyorlashda foydalanilgan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha oʻzgarishlardan va shunday oʻzgarishlarning natijalaridan xabardor boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Moliyaviy hisobotdagi betaraflik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Moliyaviy hisobotda taqdim etilayotgan axborot ishonchli boʻlishini taʼminlash uchun xolisona boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi mazkur hisobot davridagi xarajatlarni amalga oshirishni taʼminlagan mazkur davrdagi daromadlarnigina aks ettirilishini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash prinsipi budjet tashkiloti uchun baholashda aktivning qiymati asos boʻlishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Axborotni ochib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Budjet tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standart nomini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob siyosatining oʻzgarish xususiyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli va talab etiladigan axborotni olish imkonini beradigan yangi hisob siyosatini qoʻllash sabablarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotda aks ettirilgan joriy davr uchun va har bir oldingi davr uchun moliyaviy hisobotning oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan qismini har bir moddalar qatoriga kiritilgan tuzatishlar summasini amalda imkoni boricha ochib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrlar moliyaviy hisobotida mazkur ochib berilgan axborotni takrorlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Budjet tashkiloti mazkur hisobot davriga oʻz taʼsirini koʻrsatayotgan yoki kelgusi hisobot davriga taʼsirini koʻrsatishi kutilayotgan hisob siyosatidagi oʻzgarishlar summasi va xarakteri toʻgʻrisidagi axborotni ochib berishi lozim, taʼsirini baholab boʻlmaydigan axborotni ochib berish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelgusi davrlarga taʼsir etuvchi summa, baholash imkoniyati boʻlmasligi oqibatida ochib berilmasa, budjet tashkiloti mazkur holatni koʻrsatib oʻtishi lozim.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 52-son, 610-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)