1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish boʻyicha bitimlar. Uy-joyni berish.;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
3.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 – 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika shaharlarida yashayotgan aholini, shu jumladan yosh oilalarni, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarni va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalarini arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan taʼminlash orqali ularning turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaharlarda tegishli muhandislik va ijtimoiy infratuzilmalariga ega boʻlgan 5, 7 va 9 qavatli kompleks koʻrinishiga ega, energiya samarador, arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish 2017 — 2020-yillarda respublika shaharlarida imoratlar barpo etish va shahar qiyofasini yangilashning ustuvor yoʻnalishi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaharlarda energiya samarador, arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha 2017 — 2020-yillarga moʻljallangan dasturning (keyingi oʻrinlarda — Dastur) asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Dasturga muvofiq qurilgan, energiya samarador, arzon koʻp kvartirali uylardagi xonadonlar asosan yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashaydiganlarga, shuningdek, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekenergo” AJ. “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzbektelekom” AK, bosh pudrat tashkilotlari va tijorat banklari rahbarlari zimmasiga Dasturning tasdiqlangan parametrlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin, bunda quyidagilarni taʼminlaydigan chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishi hisobga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish massivlarining muhandislik jihatidan oʻz vaqtida tayyorlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylarning loyiha-smeta hujjatlari sifatli ishlab chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishda narxlarning asoslangan tarzda shakllantirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi muhandislik kommunikatsiyalar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadallik bilan qurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dasturni amalga oshirish doirasida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishga buyurtma beruvchilarga kreditlar berish, shuningdek, koʻp kvartirali uylarni sotib olish uchun qarz oluvchilarga ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish yoʻli bilan kvartiralarni sotish funksiyalarini yuklagan holda “Ipoteka bank” ATIB — moliyalashtiruvchi tijorat banki etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini, namunali loyihalarni rasmiylashtirish, koʻp kvartirali uylar massivlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan texnik nazorat olib borish funksiyalarini yuklagan holda “Oʻzshahar qurilish invest” IK — buyurtmachi etib (keyingi oʻrinlarda — buyurtmachi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal sohada, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar, xizmatlarni xarid qilish boʻyicha Idoralararo tender komissiyasi (B.I. Zakirov) tomonidan Pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan, mazkur obyektlarni qurishda tajribaga va tegishli moddiy-texnik bazaga ega boʻlgan pudrat tashkilotlari ishtirokida tender savdolarini oʻtkazish yakunlariga koʻra — muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilma obyektlari bilan birga koʻp kvartirali uylar massivlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha bosh pudrat tashkilotlari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo tender komissiyasiga (B.I. Zakirov) Dastur doirasida 2017-yilda qurilishi nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha pudrat tashkilotlarini, istisno tariqasida, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan aniqlab olishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Ipoteka bank” ATIB:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilga moʻljallangan Dasturni amalga oshirish doirasida “Oʻzshahar qurilish invest” IKga koʻp kvartirali uyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun uning loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar obyekt qiymatining 95 foizigacha miqdorda yiliga 7 foiz stavka bilan kredit liniyalarini ochsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartiralar aholiga sotilgunigacha boʻlgan davrda “Oʻzshahar qurilish invest” IKning kreditlar boʻyicha majburiyatlari taʼminoti sifatida kelgusida koʻp kvartirali uylardagi xonadonlarni sotishdan tushadigan mablagʻlarni garovga qabul qilsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashaydiganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilariga 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, dastlabki 5 yil mobaynida yiliga 7 foiz stavka bilan (2020-yilga moʻljallangan Dastur amalga oshirila boshlangach bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meʼyorda oshib boradigan stavkada) hamda keyingi davrlarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga ipoteka kreditlari berish yoʻli bilan realizatsiya qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzshahar qurilish invest” IKga koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun berilgan kreditlarni hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash toʻliq hajmda xonadonlarni sotishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilsin;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashaydiganlar va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalaridan arizalar mavjud boʻlmagan taqdirda, kvartiralar ular qiymatining kamida 50 foizini avvaldan toʻlash shartlari asosida va 6 oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 10 yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida ipoteka kreditlari berish yoʻli bilan aholining boshqa qatlamlariga qonunchilikda belgilangan tartibda sotilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning bosh ofisida va filiallarida koʻp kvartirali uylar qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va monitoring olib borish hamda aholiga kreditlar berish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar tashkil etsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Ipoteka bank” ATIBga qarz oluvchilar tomonidan oʻzlarining kredit majburiyatlarini kredit shartnomasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq toʻliq bajarmagunicha qurilishi tugallanmagan koʻp kvartirali uylarni, shuningdek, kvartiralarni tasarruf etish yuzasidan ustunlik huquqi berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2017-yilda Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish parametrlari va manbalari 2-ilovaga muvofiq belgilansin, jumladan:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat tashkilotlariga kredit berish va Dasturni amalga oshirishda qatnashuvchi jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berish uchun “Xalq banki” ATB tomonidan “Ipoteka bank” ATIBning buyurtmanomalariga asosan milliy valyutada banklararo depozit hisob raqamiga yiliga 6,5 foizlik stavkada, 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 20 yil muddatga beriladigan 751,1 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning kvartira qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand xodimlari uchun uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishda ulush qoʻshib qatnashishga tayyorligini bildirgan nodavlat tashkilotlarning oʻz mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dastur doirasida, istisno tariqasida quyidagilarga ruxsat berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-aprelga qadar koʻp kvartirali uylar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini bir vaqtda ishlab chiqqan holda qurilish ishlarini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilda “Ipoteka bank” ATIBning buyurtmanomalari asosida 2017-yil Dasturi hisobiga zaxira yaratish boʻyicha ishlarni boshlash uchun “Xalq banki” ATB tomonidan 100 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali arzon uy massivlarini qurish uchun pudrat tashkilotlariga markazlashgan holda yetkazib beriladigan asosiy qurilish materiallari va uskunalarni “Oʻzshahar qurilish invest” IK tomonidan tender savdolarini oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan xarid qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy banki bilan birgalikda har yili 1-avgustgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga Dasturni keyingi davrlarda amalga oshirishni moliyalashtirishning aniq manbalari boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish boʻyicha Ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish, zarurat boʻlganda, arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishning asosiy parametrlariga va manzilli roʻyxatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga kiritilgan arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirishda shaharsozlik, ekologiya, sanitariya, yongʻinga qarshi va boshqa majburiy norma va qoidalarga soʻzsiz rioya etilishiga yoʻnaltirilgan yagona siyosat olib borilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2017-yil 1-fevralga qadar 2017-yilgi Dastur doirasida potensial qarz oluvchilar aniqlanishini, ularning dastlabki badallari shakllantirilishini taʼminlasin, shuningdek, belgilangan tartibda keyingi yillar uchun Dastur parametrlarini tayyorlash doirasida har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-aprelga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” va “Davarxitektqurilish” davlat qoʻmitalari bilan kelishilgan holda, koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun tashqi muhandislik kommunikatsiyalaridan va ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan yer uchastkalari roʻyxatini shaharlarning tasdiqlangan bosh rejalarini hisobga olgan holda shakllantirish, keyinchalik ularni koʻp kvartirali uylar qurish uchun buyurtmachiga berishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-aprelga qadar — potensial qarz oluvchilarni aniqlash, ularning dastlabki badallari shakllantirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-iyunga qadar — loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda tegishli muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan birga koʻp kvartirali uylar massivlarini qurish loyihasi tayyorlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-iyulga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, loyihalash tashkilotlari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda namunaviy loyihalarni joylarga bogʻlash hamda koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-avgustga qadar — qurilishlarning manzilli va titul roʻyxatlari tasdiqlanishini taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish qismida — “Ipoteka bank” ATIB tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan birga koʻp kvartirali uylar massivlarini qurish loyihasini tayyorlash qismida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining mahalliy budjetlari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzluksiz faoliyat koʻrsatish taʼminlanishini hisobga olgan holda tortib kelinadigan va maydon ichki elektr taʼminoti, gaz taʼminoti va aloqa tarmoqlarini qurish qismida — tegishli ravishda “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish suv quvuri, irrigatsiya novlari va tashqi yoritish tizimlari oʻrnatilishini hisobga olgan holda, tortib kelinadigan va maydon ichki suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, tutash hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish qismida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining mahalliy budjetlari mablagʻlari Dasturni amalga oshirish doirasida moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi asoslangan hisob-kitoblarga koʻra, koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida tegishli budjet mablagʻlarini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi manfaatdor loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda ikki oy muddatda koʻp kvartirali uylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin, bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorlikni sifat jihatidan oshirishni hamda qurilish va rekonstruksiya qilishning qiyosiy qiymatini tushirishni taʼminlaydigan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlaridan keng foydalanishni, shaharlarning bosh rejalarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qurilishning arxitektura-rejalashtirish yechimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish konstruksiyalari, kvartiralarni yoritish, isitish tizimlarini barpo etish va qurishda hamda zamonaviy hisobga olish priborlarini majburiy ravishda oʻrnatishni nazarda tutgan holda ichimlik suvini barqaror yetkazib berishni tashkil etishda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylarda yashovchilar uchun dam olish joylari tashkil etilishi, bolalar maydonchalari, chiqindi yigʻish punktlari oqilona joylashtirilishi va qurilishi, jihozlangan avtomobil toʻxtash joylarini hamda tutash hududlar obodonlashtirilishini hisobga olgan holda qurilayotgan uy-joy komplekslari hududlarining koʻcha va hovlilarini funksional jihatdan aniq ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi va “Ipoteka bank” ATIB bilan birgalikda ikki oy muddatda davlatning bank ustav kapitalidagi ulushini koʻpaytirish hisobidan “Ipoteka bank” ATIB ustav kapitalini 100 mlrd soʻmga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Ipoteka bank” ATIB bilan birgalikda Dasturning amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliyalashtirish tashkilotlari, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil 1-iyulgacha Dasturni amalga oshirish doirasida “Ipoteka bank” ATIB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini toʻlab boʻlgunga qadar sotib olingan kvartiralar boʻyicha jismoniy shaxslar (qarzdorlar)ning mulk soligʻidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-yanvargacha Dasturni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudrat va subpudrat tashkilotlari — “tayyor holda topshirish” shartlarida koʻp kvartirali uylar obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar hajmi qismida barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransportini ishlab chiqaruvchi (respublika hududidagi) tashkilotlar — koʻp kvartirali uylar obyektlarini “tayyor holda topshirish” shartlarida qurish uchun “Oʻzshahar qurilish invest” IK va pudrat tashkilotlariga sotiladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransportini hajmi qismida qoʻshilgan qiymat soligʻi va yagona soliq toʻlovlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzshahar qurilish invest” IK va bosh pudrat tashkilotlari — koʻp kvartirali uylar obyektlarini qurish uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan keltiriladigan xomashyo, buyumlar, uzellar, konstruksiyalar, qurilish materiallari, qurilish texnikasi va asbob-uskunalar, shuningdek, ularga ehtiyot qismlar, avtotransport vositalari, shu jumladan yoʻl-qurilish texnikasi uchun bojxona (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlovlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qiluvchi tashkilotlar — import qilinadigan qurilish materiallari, buyumlari, xomashyo, uzel va konstruksiyalari, shu jumladan yogʻoch-taxta materiallari va tom yopish uchun metall listlar, yoʻlovchi liftlari, alohida isitish qozonlari, ular uchun uskunalar va ehtiyot qismlar, shu jumladan ularni ishlab chiqarish (yoki yigʻish) uchun ehtiyot qismlar va materiallar uchun bojxona (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlovlaridan, shuningdek, import qilinayotgan tovarlarni “Oʻzshahar qurilish invest” IK va bosh pudrat tashkilotlari manziliga yetkazib berish qismida qoʻshilgan qiymat soligʻi va yagona soliq toʻlovlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar (xizmatlar)ni bajaruvchi tashkilotlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari — Dasturni amalga oshirish bilan bogʻliq qismida qoʻshilgan qiymat soligʻi va yagona soliq toʻlovlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzshahar qurilish invest” IK — barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2020-yil 1-iyulgacha “Oʻzshahar qurilish invest” IK tomonidan 2017 — 2019-yillarga moʻljallangan Dastur doirasida qurilgan uy-joylar (koʻp kvartirali uylardagi xonadonlar) sotilishi boʻyicha aylanma qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish masalalari boʻyicha pudrat tashkilotlari bilan nizolarni hal etish, shuningdek, koʻp kvartirali uylarda kvartira sotib olish uchun berilgan ipoteka kreditlari boʻyicha qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolari boʻyicha umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat boji toʻlovlaridan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har yilgi moddiy balanslarda Dastur doirasida koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun pudrat tashkilotlariga eʼlon qilingan narxlarda va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha zarur hajmlarda metall prokati va sement ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda, belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan arxitektura-qurilish, texnik va mualliflik nazorati olib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prognozlashtirilayotgan davrda quriladigan koʻp kvartirali 1 kvadrat metr uy-joyning qiymati, boshqa va koʻzda tutilmagan xarajatlarni hisobga olgan holda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilishini taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Markaziy banki, “Ipoteka bank” ATIB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Dasturning maqsad va vazifalarini, shuningdek, uni amalga oshirish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni tashkil etsin, mazkur mavzudagi koʻrsatuv va maqolalarni ijtimoiy reklama axboroti shaklida joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Moliya vazirligi, “Ipoteka bank” ATIB hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek, koʻp kvartirali uylarni yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda koʻp kvartirali uyning tannarxini aniqlash uchun buyurtmachi, pudratchi va moliyalashtiruvchi bank xarajatlari tarkibining hisob-kitobini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda jismoniy shaxslarga ipoteka krediti ajratish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Koʻp qavatli uylarning parametrlariga tegishli shaharlarning bosh rejalarini kelishishda aniqlik kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda shaharlarda koʻp kvartirali arzon uylarni qurish dasturini amalga oshirishni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARAMETRLARI VA MANBALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Parametrlar turar joylar umumiy maydonining 1 m.kv uchun Toshkent shahrida — koʻpi bilan 1,94 mln soʻm, respublika shaharlarida esa 7 qavatli uylar uchun — koʻpi bilan 1,77 mln soʻm, 5 qavatli uylar uchun 1,94 mln soʻm miqdoridagi hisoblangan qiymatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash yakunlariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2020-yillarga moʻljallangan Shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Zokirov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari
B. Xodjayev
—
iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
M. Mirzayev
—
moliya vaziri oʻrinbosari
S. Arabov
—
“Davergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi
A. Tadjiyev
—
“Davarxitektqurilish” raisi oʻrinbosari
A. Yuldashev
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
S. Xodjayev
—
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari
I. Mahkamov
—
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori
A. Abdullayev
—
“Xalq banki” AK boshqaruvi raisi
O. Musayev
—
“Ipoteka-bank” ATB boshqaruvi raisi
F. Salomov
—
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi
Sh. Maxmudov
—
“Oʻztransgaz” AK boshqaruvi raisi
B. Abdullayev
—
“OʻzshaharsozlikLITI” DUK direktori
A. Muxamadiyev
—
“ToshkentboshplanLITI” DUKdirektori
lavozim boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari
B. Qodirov
—
Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi, Komissiya kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh zarurat boʻlganda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.