Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2006 22.06.1999 yildagi 309-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2006
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT MULKINI XORIJIY INVESTORLARGA SOTISh BOʻYIChA TENDER SAVDOLARI OʻTKAZUVChI DAVLAT KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDAGI YaNGI TAHRIRDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-sonli “Baʼzi Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish masalalarini tezlikda hal etishda tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat Komissiyasining rolini oshirish, xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy sarmoya jalb qilinishini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi yangi tahrirdagi Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birlamchi tender hujjatlarini bevosita ishlab chiquvchi hamda potensial xorijiy investorlarning investitsiya takliflarini ekspert baholovchi idoralararo ishchi guruhlarga rahbarlik qilish va ular faoliyati uchun javobgarlik Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
22-iyundagi 309-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son, “1999-2000-yillarda xususiylashtirishni chuqurlashtirish va davlat mulkini sotishdan davlat budjetiga mablagʻlar tushishini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son va 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qarorlarini bajarish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 20-maydagi 258-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladigan davlat korxonalari (mulk)ni, shuningdek, davlatga tegishli aksiyalar paketlarini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruv organlari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari (xoʻjalik uyushmalari), mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Savdolar Komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. KOMISSIYANING VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlari, xususiylashtiriladigan korxonalar, yuridik shaxslar birlashmalari, hokimiyat va boshqaruv mahalliy organlari, shuningdek, jalb qilingan xorijiy ekspert kompaniyalar va vositachilarning sotishdan oldingi tayyorgarlik va tender obyektlarini xorijiy investorlarga sotish masalalari boʻyicha birgalikdagi faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotishdan oldingi tayyorgarlik va xususiylashtirish obyektlarini sotish uchun xorijiy texnik, moliyaviy va boshqa maslahatchilar hamda ekspertlarni jalb qilish shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy talabgorlarning korxonalar va aksiyalarning davlat paketlarini sotib olish toʻgʻrisidagi eng foydali takliflarini ekspertiza qilish va tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oshkoralik, baholashning xolisligi va talablarning yagonaligi asosida tender qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. KOMISSIYANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ishlari tartibini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender qatnashchilarini malakali tanlash va tender takliflarini baholash maqsadida aksiyalarni xorijiy investorlarga sotish boʻyicha xalqaro tendyerlar oʻtkazish uchun idoralararo ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender hujjatlarini va tender obyektlarining sotilish bahosini, tender obyektlarini sotishga jalb qilinadigan xorijiy ekspert kompaniyalar va vositachilarni tanlash shartlari va mezonlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan obyektga (aksiyalar paketiga) talab konyunkturasiga koʻra hamda tegishli investitsiya majburiyatlari boʻlgan aniq strategik investorlar mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq tender obyektlarining boshlangʻich narxini oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar va aksiyalarni ham erkin muomaladagi valyutada, ham milliy valyutada haq toʻlashning aralash shakllarida va xorijiy investor tomonidan erkin muomaladagi valyutada aniq investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan zamonaviy texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish hisobiga sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenderga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun xorijiy texnik, moliyaviy, yuridik ekspertlar va vositachilarni, ular faoliyatiga institutsional oʻzgartirishlarni amalga oshirishga Jahon banki qarzi mablagʻlaridan, shuningdek, davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablagʻlardan haq toʻlagan holda, keyinchalik xarajatlarni tender boʻyicha obyektlar (aksiyalar)ni sotishdan olingan tushumdan qoplagan holda, tanlov asosida taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruv organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, yuridik shaxslar birlashmalari va xususiylashtiriladigan korxonalardan Komissiyaga yuklangan vazifalarni taʼminlash uchun zarur axborotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni xususiylashtirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishdagi sansalorlik, toʻrachilik, muddatlarni choʻzish hollari hamda korxonalar va aksiyalarni xorijiy investorlarga sotishni jadallashtirish boʻyicha mustaqil qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tender obyektlarini sotishni tashkil etish boʻyicha qarorlarini bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender savdolarini oʻtkazish natijalari boʻyicha Komissiya qarorlari bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshirishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. KOMISSIYA IShINI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Tender savdolarini, shu jumladan, investitsiya savdolarini tashkil etish va ularni oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga 3-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Komissiya majlislari uning aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi qatnashgan holda zaruratga qarab vaqti-vaqti bilan oʻtkazib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlari majlisda qatnashgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan va Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imzolanayotganda Komissiya aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini bildirishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Tender obyektlarini uning gʻoliblariga berish Komissiyaning tegishli qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Tender takliflarini koʻrib chiqish va baholash toʻgʻrisidagi axborot baholash tartibotiga rasmiy ravishda aloqasi boʻlmagan shaxslarga bildirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari koʻrsatib oʻtilgan axborotni oshkor qilganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Komissiyaning tendyerlarni tashkil etish va ularni oʻtkazish, shuningdek, xorijiy ekspert kompaniyalarni va vositachilarni tender asosida tanlash xarajatlari hamda ularga toʻlanadigan pul mukofotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
institutsional oʻzgartirishlarni amalga oshirish uchun Jahon banki qarzi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender obyektini sotishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Tenderga tayyorgarlik koʻrishga xorijiy ekspert kompaniyalar va vositachilar tender asosida taklif qilingan hollarda Komissiya Yakka tartibda xususiylashtirish byurosi bilan tuziladigan shartnomani koʻrib chiqadi, uning asosiy mazmuni quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukofot miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning majburiyatlari va shartnomaning amal qilishini toʻxtatish shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan maʼqullangandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. IDORALARARO IShChI GURUHLARNING VAKOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Idoralararo ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda ishchi guruhlar deb ataladi) korxonalarning qaysi tarmoqqa qarashliligiga qarab Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari hamda tegishli tarmoqlar va korxonalar vakillaridan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhlarga Bosh vazir oʻrinbosarlari — Vazirlar Mahkamasining tegishli tarmoqlar komplekslari rahbarlari boshchilik qiladilar. Ishchi guruhlar aʼzolarining shaxsiy tarkibi Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi guruhlarning ish rejasi Bosh vazir oʻrinbosari — ishchi guruh raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(5.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8noyabrdagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Ishchi guruhning asosiy funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-noyabrdagi 477-son qaroriga 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq obyektlar texnik-iqtisodiy koʻrsatgichlari, ularni rivojlantirish istiqbollari toʻgʻrisidagi barcha birlamchi axborotlarni Komissiya ishchi organiga taqdim etish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tendyerlarni tashkil etishga jalb qilinadigan vositachilar uchun texnik topshiriqlarni tuzishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish obyektlarini, aksiyalar paketlarini sotuvga qoʻyish shartlari, ularni sotish qiymati, investitsiya takliflarini baholash tartibi, gʻolibni tanlash mezonlari, toʻlovlar tartibi va shartlari boʻyicha Komissiya ishchi organiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xorijiy investorlarni xususiylashtiriladigan korxonalar bilan tanishtirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert baholashni amalga oshirish va xorijiy investorlardan tushayotgan investitsiya takliflari boʻyicha xulosalar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Ishchi guruh raisi tasarrufidagi tarmoqlarning sotiladigan obyektlari boʻyicha xorijiy investorlarning takliflari koʻrib chiqilayotganda Tender komissiyasi majlislarida, shuningdek, xususiylashtirishni oʻtkazish uchun jalb qilinayotgan xorijiy texnik, moliyaviy va boshqa maslahatchilar hamda ekspertlarni tanlashda qatnashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Ishchi guruh majlisi uning aʼzolarining toʻrtdan uch qismi qatnashganda haqiqiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh majlislari qarorlari majlisda qatnashgan ishchi guruhining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorlar majlisda qatnashayotgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. KOMISSIYANING IShChI ORGANI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Komissiyaning tender savdolarini tayyorlash va oʻtkazishni amalda tashkil qilishni amalga oshiruvchi (tushayotgan takliflarni ekspert baholash, tender hujjatlarini va Komissiya hujjatlarini rasmiylashtirish, reklama ishlari, Komissiyada ish yuritish) ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Komissiyaning ishchi organi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Komissiyaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik xorijiy texnik, moliyaviy, yuridik ekspertlarni va vositachilarni taklif qilish hamda tender savdolarini tayyorlash va oʻtkazish jarayonida ularning qatnashish shartlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender savdolarini tayyorlash va oʻtkazishning moliyaviy va texnik shartlari, investitsiya takliflarini baholash tartibi, gʻolibni tanlash mezonlari, toʻlovlar tartibi va shartlari boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, yuridik shaxslar birlashmalari va xususiylashtiriladigan korxonalardan unga yuklangan vazifalarni taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) idoralararo ishchi guruhlar ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Komissiya bilan kelishgan holda tender savdolarini oʻtkazish va ularning yakunlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida oʻz nomidan eʼlonlar chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Komissiyaning ishchi organi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir xususiylashtirish obyekti toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, tartibga solish va ishlashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial investorlarga obyektlar haqidagi umumiy majburiy axborotlar va ularning soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha axborot oʻz vaqtida joʻnatilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita yoxud sotish boʻyicha boshqa agentlar bilan birgalikda texnik topshiriq, kontrakt loyihalarini va Komissiya tasdigʻiga kiritiladigan boshqa tender hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo guruhlarning loyihalarni ishlab chiqish va sotiladigan obyektlar boʻyicha tushayotgan takliflarni ekspert baholash yuzasidan ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tendyerlarni oʻtkazish boʻyicha reklama-maʼrifiy ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarini chaqirishning barcha tashkiliy masalalarini hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyada aniq va toʻliq ish yuritish, Komissiya xat-xabarlarini hisobga olish va turkumlash, Komissiya va idoralararo guruhlar barcha majlislarining bayonnomalarini oʻz vaqtida va toʻliq rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi aksiyalar paketlari va korxonalarni xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlarning soʻzsiz bajarilishi, xususiylashtirishdan valyuta resurslarining qoʻshimcha toʻldirilishi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-maydagi 258-son qarori talablariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarishdan tushumlarni taqsimlash yuzasidan talablarga qatʼiy rioya qilinishi uchun toʻliq javob beradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 6-son, 32-modda)