Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 01.11.2016 yildagi 378-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish hisobiga yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini oshirish, Surxondaryo viloyatining eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoateksport” XK, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, Surxondaryo viloyati hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2019-yillar davrida Surxondaryo viloyatida paxta maydonlari va paxta xom ashyosining yalpi yig‘imini optimallashtirish parametrlari to‘g‘risidagi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida paxtadan bo‘shayotgan yerlarda 2017 — 2019-yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning maqsadli parametrlari to‘g‘risidagi 2, 2a va 2b-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2019-yillar davrida Surxondaryo viloyatida ekin maydonlari, asosiy qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining hosildorligi va yalpi yig‘imining prognoz parametrlari to‘g‘risidagi 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida 2017-yilda eski va samarasiz bog‘lar va uzumzorlarni kesib tashlash parametrlari to‘g‘risidagi 4-ilovaga* muvofiq takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surxondaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi bilan birgalikda ekin maydonlarining unumdorligi darajasini va ulardan foydalanish samaradorligini, ularning suv bilan ta’minlanganligini, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini, fermer xo‘jaliklarining rentabelligini puxta tahlil qilish asosida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlardan kelib chiqib 2017-yilda paxtadan bo‘shagan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish uchun fermer xo‘jaliklari bo‘yicha paxtadan bo‘shagan yer maydonini bir oy muddatda aniqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda paxtadan bo‘shayotgan past rentabelli va meliorativ jihatdan nobop yerlarni optimallashtirish, eski va samarasiz bog‘lar va uzumzorlarni kesish, shuningdek keyinchalik ushbu maydonlarda sabzavot-poliz ekinlari, kartoshka, intensiv bog‘lar va uzumzorlarni joylashtirish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Surxondaryo viloyati hokimligi, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari xalq deputatlari tuman kengashlari bilan birgalikda joriy yilning oxirigacha sessiyalarda paxtadan bo‘shagan yerlarda sabzavotchilik, polizchilik, bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtirilgan yangi fermer xo‘jaliklari tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi sabzavot, poliz ekinlarining seleksiya navlarini tanlash va ekish, intensiv bog‘lar va uzumzorlar tashkil etish, shuningdek har bir tumanning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan tavsiyalarni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va fermer xo‘jaliklariga yetkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, Surxondaryo viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingichka tolali paxta navlari maydonlarini bosqichma-bosqich kengaytirish hamda elita xo‘jaliklarida va boshqa urug‘chilik xo‘jaliklarida urug‘lik chigitlarni ko‘paytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga muvofiq ingichka tolali paxta navlarini yetishtirishning resurslarni tejaydigan usullarini joriy etish, qo‘sh qatorli ekin maydonlarini kengaytirish, g‘o‘zani parvarish qilish agrotexnikasi bo‘yicha takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zpaxtasanoateksport” XK, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtaning bizning mintaqamiz bilan o‘xshash tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirishga moslashtirilgan ingichka tolali navlari chigitlarini chet eldan sotib olish masalasini 2016-yil 15-noyabrgacha ishlab chiqsinlar va tegishli taklifni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab turgan paxta tozalash zavodlarini ingichka tolali paxta navlari xom ashyosini qayta ishlashga qayta ixtisoslashtirish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar tayyorlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zvinosanoat-xolding” XK, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha yirik klaster korxonalar tashkil etishni, ularga tegishli ekin maydonlarini, shu jumladan paxtadan bo‘shaydigan yerlarni biriktirishni nazarda tutuvchi meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va eksport qilish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha bir oy muddatda takliflar tayyorlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK asbob-uskunalar sotib olish va Surxondaryo viloyatida polietilen plyonka ishlab chiqaradigan korxona tashkil etish bo‘yicha ikki oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri E.M. G‘aniyev hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.N. Mamaraimov zimmasiga yuklansin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 1-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 44-son, 514-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)