O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Eksport salohiyatini kengaytirish, tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksportga yetkazib berish hajmlarini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PF-5287-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. 2016-yil 20-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 19-sentabr,
PQ-2603-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2603-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2016-yil 20-sentabrdan boshlab kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son qarorining 6-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qarorining 3-bandida:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirdagi oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksportga yetkazib berish yuklab jo‘natilayotgan mahsulot qiymatining kamida 30 foizini oldindan to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi, qolgan qismiga esa tasdiqlangan bank akkreditivi ochiladi yoxud birinchi klassli xorijiy bank kafolati rasmiylashtiriladi.
Bunda “O‘zagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport kontraktlari asosida, shuningdek fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar va qayta ishlovchi korxonalar bilan tuzilgan komissiya shartnomalari bo‘yicha, oldindan to‘lovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochmasdan yoxud birinchi klassli xorijiy bank kafolatini rasmiylashtirmasdan va hisob-kitoblar to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etmasdan:
“O‘zagroeksport” AJning chet elda ochilgan qo‘shma korxonalari va savdo uylari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha ishonchli va uzoq muddatli sheriklar hisoblanadigan yetakchi xorijiy tashkilotlar — import qiluvchilar manziliga chiqarish va sotish huquqiga ega”;
yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 38-son, 447-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 06/17/5287/0425-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)