O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2016 — 2020-yillarda rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlarni davom ettirish, sanoatni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, rangli va nodir metallarning g‘oyat boy mineral-xom ashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash, shu maqsadda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish asosida tashqi bozorlarda talab qilinadigan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish hajmlari hamda turlarini kengaytirish maqsadida:
1. Rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash negizida tashqi bozorlarda talab qilinadigan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish topshiriqlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” davlat korxonasi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zqurilishmateriallari” AK, “O‘zbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zeltexsanoat” AK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, boshqa aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalar rahbarlari — mas’ul bajaruvchilar zimmasiga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash negizida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqlar belgilangan muddatlarda sifatli va to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PF-5300-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son)
3. 2016 — 2020-yillarda rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash hamda eksportga yo‘naltirilgan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan yangi korxonalar barpo etish hamda ishlab turganlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zbekneftgaz” MXK, “Toshkent temir-tersak, rangli metallar chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ, “O‘zeltexsanoat” AK, “O‘zmetkombinat” AJ, “Bektemir metall konstruksiyalari” IP MCHJ hamda boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda 3-ilovada ko‘rsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, ularda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishning aniq muddatlarini, qurilish-montaj ishlarini bajarish, zamonaviy texnologik talablarga javob beradigan ilg‘or texnologiyalarni tanlash, shuningdek quvvatlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirishni nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2998-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 419-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi aksiyadorlik kompaniyalari va korxonalar — 3-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining mas’ul bajaruvchilari bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tashqi bozorlarga olib chiqilishini kafolatlaydigan xorijiy kompaniyalarni keng ko‘lamda jalb etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda ushbu qarorning 3-ilovasida ko‘rsatilgan loyihalar, ularni moliyalashtirish hajmlari va manbalari aniqlashtirilgan holda belgilangan tartibda unga kiritilishini ta’minlasinlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
9. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qaror bilan ma’qullangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan keltiriladigan texnologik uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar 2021-yilning 1-yanvariga qadar bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno).
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-may,
PQ-2533-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 2-son, 27-modda, 22-son, 419-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son)