01.07.2016 yildagi PF-4807-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanimiz istiqlolining 25 yilligini keng nishonlash munosabati bilan hamda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini taʼminlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo doʻstlik va totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va sanʼatimizni rivojlantirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni taʼsis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonining Nizomi va tavsifi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev) bir oy muddatda “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonlari va ularning guvohnomalarini belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D. Nazarmuxamedov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4807-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 1-iyuldagi PF-4807-sonli farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini taʼminlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo doʻstlik va totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va sanʼatimizni rivojlantirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha sohalari vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirlik, idora va jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, bunga vakil qilingan boshqa shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga uning guvohnomasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni koʻkrakning chap tomoniga davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 1-iyuldagi PF-4807-sonli farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI

“Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Esdalik nishonining old tomoni markazida quyosh nurlari fonida Mustaqillik maydonida joylashgan Mustaqillik va ezgulik monumentida aks ettirilgan Baxtiyor ona haykali tasvirlangan. Esdalik nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan oq emalli doirada “OʻZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA” soʻzlari, pastki qismi markazida esa ikkita sakkiz qirrali yulduz oraligʻida “25 YIL” yozuvi aks etgan. Yozuvlar zarhallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Esdalik nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi, pastki qismining markazida “2016” yozuvi tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Esdalik nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Esdalik nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻich bilan tutashtirilgan. Qadagʻich Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi, eni 20 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning boʻyi — 16 millimetr, eni — 25 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning orqa tomoniga esdalik nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 25 YIL”
esdalik nishoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2016-y., 7-son, 190-modda)