Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2019 08.08.2016 yildagi 253-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Veterinariya xizmati yosh kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish, mutaxassislarining malakasini oshirish, shuningdek ularni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2016 — 2020-yillarda qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 29-dekabrdagi PQ-2460-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tarmoqning kadrlar salohiyatini o‘rganish va tahlil qilish asosida mintaqaviy xususiyatlarni va iqtisodiyot real sektorining aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda veterinariya sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga har yilgi qabul kvotalarini ko‘paytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh.J. Teshayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 8-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-avgustdagi 253-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi tashkilotlarning rahbar va mutaxassislari (keyingi o‘rinlarda veterinariya xizmati mutaxassislari deb ataladi) malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha mutaxassisliklar va lavozimlar nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi (keyingi o‘rinlarda Malaka oshirish markazi deb ataladi) veterinariya xizmati mutaxassislari malakasini oshirishning bazaviy metodik markazi hisoblanadi, Markaz veterinariya xizmati mutaxassislari malakasini oshiruvchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslarini, o‘quv-metodik hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etadi, mexanizmlari va metodlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish (keyingi o‘rinlarda malaka oshirish deb ataladi) Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali tomonidan, to‘lov-kontrakt asosida, veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish tizimining tashkiliy tuzilmasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarida o‘qitish ishlab chiqarishdan ajralgan, asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va egallab turgan lavozimi saqlangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish ushbu Nizomning 2-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Malaka oshirish tizimini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tizimiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirishga yuborilayotgan veterinariya xizmati mutaxassislarining o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek malaka oshiruvchilarning tuzilgan ro‘yxatini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qo‘mita:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi 624-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 857-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirishga yuborilayotgan veterinariya xizmati mutaxassislarining har yilgi ro‘yxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirishning to‘liq hamda sifatli o‘tkazilishi yuzasidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Malaka oshirish markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini, o‘quv-uslubiy hujjatlarini, yagona ta’lim mexanizmini ishlab chiqish ishlarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalar uchun xos bo‘lgan hayvonlar kasalliklarini hisobga olgan holda malaka oshirish kurslarining o‘quv rejasi va dasturlarini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarida ta’lim jarayonini takomillashtirish mexanizmlarini va metodlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya va chorvachilik sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani umumlashtirgan holda davolash va diagnostikaning zamonaviy, samarali usullari va metodlarining, yangi texnologiyalarning o‘quv jarayoniga joriy qilinishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish bo‘yicha xorijiy tajribani va ilg‘or ta’lim muassasalari yutuqlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarining zarur darajada tashkil etilishi va o‘tkazilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, veterinariya xizmati mutaxassislari, amaliyotchi mutaxassislarning malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlarni o‘tkazishga qonunchilikda belgilangan tartibda, mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari bilan jalb etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha zarur axborot-ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, malaka oshirish jarayoni uchun zamonaviy innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishlab chiqilishini va ularning malaka oshirish jarayoniga joriy etilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya xizmati mutaxassislariga malaka oshirish davrida oliy ta’lim muassasalarining yotoqxonalarida yashash joyi berish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish natijalarining ichki monitoringini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar, chorvachilik xo‘jaliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish amaliyotini o‘tashga ko‘maklashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy bilimlar va veterinariya amaliyotining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Malaka oshirishning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Veterinariya xizmati mutaxassislarining veterinariya sohasidagi xalqaro tajribani o‘zlashtirishini, zarur kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yangilashini, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ularning kasbiy layoqati va mahoratining doimiy rivojlanishini ta’minlash malaka oshirishning maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar malaka oshirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy layoqat va mahoratni yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya xizmati mutaxassislarining mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek ularning bilimlarini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari, Internet jahon axborot tarmog‘i imkoniyatlaridan ishda foydalanishning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya xizmati mutaxassislariga hayvonlarni davolash va profilaktika qilishning zamonaviy metodlarini, shuningdek veterinariya-sanitariya tadbirlarini o‘tkazishda qo‘llanadigan texnologiyalar xususiyatlarini o‘rgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya xizmati mutaxassislariga veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bo‘yicha nazariy bilimlar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Malaka oshirish jarayonining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ta’lim jarayonining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Malaka oshirish tizimida mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlari Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining yetakchi mutaxassislari va professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan, ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, chorvachilik xo‘jaliklarining yetakchi olimlari va mutaxassislarini jalb etgan holda ishlab chiqiladi hamda ular ta’lim jarayonini uslubiy ta’minlashning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
annotatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish (o‘quv dasturining maqsadi va vazifalari, kutilayotgan natijalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy qism (leksiyalar, amaliy va ko‘chma mashg‘ulotlar mavzulari, ularni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar, zarur bilimlar va ko‘nikmalar ro‘yxati, o‘quv yuklamasi hajmi, o‘quv adabiyotlari va monografiyalar ro‘yxati).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda soatlarning modullar bo‘yicha 10 % gacha o‘zgartirilishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘quv dasturi mazmuniga qo‘yiladigan talablar veterinariya xizmati mutaxassislarining kasbiy tavsifnomasiga qat’iy muvofiq ravishda ularning zarur bilim va ko‘nikmalarni egallashini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quv rejalari va dasturlarida veterinariya fani, texnikasi, texnologiyalari sohasidagi yutuqlar aks ettirilishi, shuningdek ular veterinariya ta’lim tizimida yagona uzviylik va izchillikni ta’minlash talablariga javob berishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Malaka oshirish amaliyoti o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ilmiy-tadqiqot institutlarida, veterinariya tizimiga kiruvchi tashkilotlarda, yetakchi chorvachilik xo‘jaliklarida o‘tkaziladi, unda davolash-diagnostika usullarini aniqlash bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish va veterinariya xizmati mutaxassislarini veterinariya sohasidagi fan va texnologiyalarning yangi yutuqlari bilan tanishtirish ko‘zda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Malaka oshirish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Malaka oshirish kurslarining davomiyligi quyidagicha bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlar uchun — 1 haftadan 2 haftagacha (36 — 72 soat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislar uchun — kamida 4 hafta (144 soat).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Rahbarlarni qisqa muddatli (36 — 72 soat) o‘qitish kurslari ularga veterinariya sohasini boshqarishning zamonaviy metodlarini o‘rgatish maqsadida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Malaka oshirish kurslariga veterinariya xizmati tizimida kamida 3 yil ishlagan, bakalavr, magistr darajasiga yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan veterinariya xizmati mutaxassislari yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish tizimida haftalik o‘qish yuklamasi ko‘pi bilan 36 soatni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Veterinariya xizmati mutaxassislariga malaka toifalari berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Malaka oshirish kurslarida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan veterinariya xizmati mutaxassislariga belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarini o‘taganligi to‘g‘risidagi sertifikat hamda ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Veterinariya xizmati mutaxassislariga malaka toifasi 5 yil muddatga beriladi. Ushbu muddat o‘tgandan keyin veterinariya xizmati mutaxassislari o‘z malaka toifasini oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ikkinchi malaka toifasini olish uchun veterinariya xizmati mutaxassislari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davolash, profilaktika ishlari va diagnostika usullarini erkin qo‘llashdagi bilimlari, maxsus anjomlardan foydalanish ko‘nikmalari darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) malaka oshirish kurslaridagi o‘qish natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Birinchi malaka toifasini olish uchun veterinariya xizmati mutaxassislari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) veterinariya xizmati rahbariyati tomonidan veterinariya xizmati mutaxassisi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar darajasi, o‘z faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish mahorati, shuningdek ilmiy va nazariy bilimlari darajasi to‘g‘risida berilgan ijobiy fikrnomaning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchi malaka toifasiga egaligi va veterinariya xizmati mutaxassisligida kamida 3 yillik ish tajribasi bo‘lishi (ikkinchi malaka toifasi berilgan sanadan boshlab);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) malaka oshirish kurslaridagi o‘qish natijalari.

27. Oliy malaka toifasini olish uchun veterinariya xizmati mutaxassislari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) veterinariya xizmati rahbariyati tomonidan veterinariya xizmati mutaxassisining veterinariya sohasidagi ilmiy yutuqlarni umumlashtirish va amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalari, shuningdek paydo bo‘ladigan kasbiy tarmoq masalalarini hal etishga ijodiy yondashish qobiliyati darajasi to‘g‘risida berilgan ijobiy fikrnomaning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) birinchi malaka toifasiga egaligi va veterinariya xizmati mutaxassisligida kamida 3 yillik ish tajribasi bo‘lishi (birinchi malaka toifasi berilgan sanadan boshlab);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) malaka oshirish kurslaridagi o‘qish natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ilmiy darajaga ega bo‘lgan veterinariya mutaxassislariga oliy malaka toifasi beriladi. Bunda ularga ushbu Nizom 27-bandining “b” va “v” kichik bandlari talablari tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Malaka oshirish sifatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Veterinariya xizmati mutaxassislarining malaka oshirish sifatini baholash va nazorat qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ichki nazorat quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy bilimlarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi bilimlar, ko‘nikmalar va kasbiy mahoratini joriy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislik bo‘yicha attestatsiya natijalari yuzasidan yakuniy nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qo‘mita, shuningdek veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan tashqi nazorat.
(29-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi 624-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 857-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yakuniy nazoratni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Attestatsiya komissiyasi deb ataladi) tarkibi Veterinariya bosh boshqarmasi bilan oldindan kelishgan holda tegishli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Malaka toifasi berish bo‘yicha attestatsiya natijalari Attestatsiya komissiyasi majlisida e’lon qilinadi va Attestatsiya komissiyasining protokoli tarzida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Malaka oshirish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risida hujjat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Veterinariya xizmati mutaxassislari malaka oshirish kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat (keyingi o‘rinlarda sertifikat deb ataladi) mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shakl bo‘yicha 5 yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sertifikat qat’iy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi, hisob seriyasi, raqami va himoya elementiga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat blankalari Malaka oshirish markazi buyurtmasiga muvofiq, belgilangan tartibda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish markazi sertifikatlarning hisobini yuritish, saqlash va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘ta olmagan veterinariya xizmati mutaxassislari 6 oy mobaynida o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lov asosida ushbu kurslardan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish kurslaridan takroran o‘tgan, lekin o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘ta olmagan veterinariya xizmati mutaxassislarining malaka toifasi pasaytiriladi yoki ularning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi to‘g‘risidagi masala belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Veterinariya xizmati mutaxassislari Attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lsa, ular natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida oliy ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bu holda oliy ta’lim muassasasi rahbari buyrug‘i bilan 3 (uch) kishidan kam bo‘lmagan tarkibda Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellatsiya komissiyasi veterinariya xizmati mutaxassisining arizasini shu kunning o‘zida ko‘rib chiqadi va o‘z xulosasini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Sertifikat dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yo‘qotib qo‘yilgan yoki foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan sertifikatlar o‘rniga uning egasi tomonidan berilgan yozma arizaga binoan uch kun mobaynida sertifikatning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sertifikatning dublikatida uning avvalgi ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va hujjatning amal qilish muddati ko‘rsatiladi, unga “Dublikat” so‘zi yozib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizom talablarini bajarish munosabati bilan paydo bo‘ladigan nizolar belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya xizmati mutaxassislari malakasini oshirish tizimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAShKILIY TUZILMASI

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya xizmati mutaxassislari malakasini oshirish kurslarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎

O‘zbekiston respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Veterinariya xizmati mutaxassislari malakasini oshirish
‎kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risida
SERTIFIKAT

‎MO № 000000

20___ yil “___” ________‎

______________________
‎(berilgan joyi)

_______________________________________________________________________‎‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

20___ yil “____”____________dan 20___ yil “____”________________________gacha

____________________________________________________________________dagi(ta’lim muassasasining nomi)

______________________________________________________________________da(malaka oshirish kurslarining nomi)

_______________________________________ soatli kurslardan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Attestatsiya komissiyasining 20__ yil “____”_______________________________dagi ‎‎
‎‎“____”-son qaroriga binoan unga ___________________________________________
‎‎malaka toifasi berildi.

‎‎(oliy, birinchi, ikkinchi)‎

Attestatsiya komissiyasining raisi _________________ _________________________

(imzo)‎ ‎‎

(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎‎‎

‎‎M.O‘.‎
Amal qilish muddati: 5 yil
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 32-son, 389-modda; 2017-y., 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)