Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025 21.05.1999 yildagi 263-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, korporativ qimmatli qog‘ozlarni saqlash, hisobga olish va ular harakatining yagona tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligining o‘z faoliyatini tezkor boshqarish huquqida va xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar hamda boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiradigan davlat unitar korxonasi shaklidagi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (keyingi o‘rinlarda Markaziy depozitariy deb ataladi)ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy xizmatlari uchun tariflar miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, quyidagilar Markaziy depozitariyning mutlaq funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlarni hisobga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatli qimmatli qog‘ozlarni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘yicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya vositachilarining depo hisobvaraqlarini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlardagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deponentlarning yagona bazasini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga xalqaro kodlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tizimlashtirish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Markaziy depozitariy qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritishga doir vazifalarini bajarayotganda investitsiya vositachilaridan mazkur reyestrlarni shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarni so‘rash va olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritish funksiyalarini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritish funksiyalarini bajarayotganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan reyestrlarini saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotni “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotning maxfiyligini ta’minlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini yuritish funksiyalarini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligiga hisobot beradi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariyning joriy faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash uning Ustavga muvofiq ko‘rsatiladigan depozitar va boshqa xizmatlari uchun olinadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy faoliyatiga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Bosh direktor va uning o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaziy depozitariyning xodimlar cheklangan soni 98 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 1-ilovaga muvofiq, “Vaqt” milliy depozitariysi xodimlari soni doirasida tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Vaqt” milliy depozitariysi aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan 1999-yil 1-yanvardagi qoldiq qiymati bo‘yicha 138,0 mln so‘m miqdoridagi asosiy va aylanma mablag‘lar ko‘rinishidagi aksiyadorlik jamiyati mol-mulkining bir qismi, keyinchalik Markaziy depozitariyning ustav fondiga ulush sifatida qo‘shish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan sotib olinishi haqidagi taklif qo‘llab-quvvatlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Vaqt” milliy depozitariysi bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan bitishuvni bir hafta muddatda belgilangan tartibda rasmiylashtirsin va o‘zaro majburiyatlar bajarilishini nazarda tutgan holda bir oy muddatda uni tugallasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mol-mulkning ko‘rsatib o‘tilgan qismi, sarflangan summa Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan keyinchalik uch yildan oshmaydigan muddatda “Vaqt” milliy depozitariysining davlatga tegishli aksiyalarini sotish hisobiga respublika budjetiga qaytarilgan holda, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lar hisobiga sotib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligining Markaziy depozitariy ustav fondining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vaqt” milliy depozitariysining Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan sotib olingan texnikaviy va aylanma mablag‘lar ko‘rinishidagi mol-mulki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan institutsional qayta o‘zgartirishlar bo‘yicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzi bo‘yicha qolgan mablag‘lar hisobiga sotib olinadigan 97 ming AQSH dollari miqdoridagi dasturiy mablag‘lar hisobiga shakllantirilishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariyga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlariga ular tomonidan korporativ xatti-harakatlarni amalga oshirishda hamda qimmatli qog‘ozlar emissiyasini tayyorlashda maslahat xizmatlari ko‘rsatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldindan haq undirmasdan amalda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq olgan holda depozitar xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘laridan uning ixtiyorida qoladigan mablag‘larning bir qismini Markaziy depozitariyning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yo‘naltirishga ruxsat berilsin.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligi Davlat markaziy depozitariysi Ustavini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini qonun hujjatlari bilan unga yuklangan vazifalarga muvofiq uch oy muddatda tashkil etsin. Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shu yil avgust oyida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, yuridik va jismoniy shaxslarning “Depo” hisobvaraqlari xizmat ko‘rsatish uchun boshqa depozitariylarga o‘tkazilgunga qadar bo‘lgan davrda ushbu hisobvaraqlarni yuritish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “Vaqt” milliy depozitariysining huquq va majburiyatlarini Markaziy depozitariy o‘ziga rasmiylashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Markaziy depozitariy bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitar hisobga olish, saqlash va depozitariylarning hisobot berishi qoidalariga rioya qilgan holda texnologiyalar, dasturiy ta’minlashning zarur darajasiga ega bo‘lgan ikkinchi bosqich depozitariylari shakllantirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilarining depozitar, kliring va savdo tizimlari o‘zaro munosabatlarining amaldagi texnologiyasi va sxemasi bo‘yicha o‘zaro hamkorligini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda “Vaqt” milliy depozitariysida va uning filiallarida saqlanayotgan va hisobga olingan qimmatli qog‘ozlarni xatlash bo‘yicha komissiya tashkil etsin hamda ularni Markaziy depozitariyga o‘tkazish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Vaqt” milliy depozitariysi, uning texnologiyalari, dasturiy ta’minoti va iqtisodiy normativlari Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining normativ hujjatlari talablariga muvofiqlashtirilgan holda, ikkinchi bosqich depozitariyga aylantirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markaziy depozitariy apparati Toshkent shahar, Mustaqillik shohko‘chasidagi 107-uyda joylashtirilsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 738-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1047-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Markaziy depozitariyni belgilangan tartibda zarur telefon va kommunikativ aloqa bilan, shu jumladan uchta Hukumat aloqasi telefoni bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ularga o‘zgartirishlar, to‘ldirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-maydagi 263-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-maydagi 263-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining o‘z kuchini yo‘qotgan va o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritiladigan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va qiymatli qog‘ozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi;
Oldingi tahrirga qarang.
(I bo‘limning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘limning 1—3-bandlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 6-maydagi 195-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston fond bozorini xalqaro sarmoya bozoriga integratsiyalash bo‘yicha bosqichma-bosqich harakat qilish rejasi”da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bosqich uchinchi bandining uchinchi va to‘rtinchi ustunlaridagi, II bosqich to‘rtinchi bandining to‘rtinchi ustunidagi “Vaqt” milliy depozitariysiga ko‘rsatmalar Markaziy depozitariyga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish kengashi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 15-sentabrdagi 395-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorga 1-ilovadagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish kengashi tarkibiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markaziy depozitariy bosh direktori — lavozim bo‘yicha” oxirgi xatboshi qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorga 2-ilova — “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish kengashi to‘g‘risida nizom”ning 8-bandidagi “7” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan 2-ilova “Investitsiya fondlari to‘g‘risida nizom”ning 51-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Investitsiya fondi aksiyalarining har bir chiqarilishi hisobi depozitariyda yuritiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qaroriga 3-ilova bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirish investitsiya fondlari to‘g‘risida nizom”ning 27, 29, 36-bandlaridagi “Vaqt” milliy depozitariysiga ko‘rsatmalar Markaziy depozitariyga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 29-yanvardagi 54-f-son farmoyishiga 3-ilova 9-bandining “b” kichik bandidagi “Vaqt” milliy depozitariysi va uning filiallariga” so‘zlari “Markaziy depozitariyga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 5-son, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda, 39-son, 507-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda, 38-son, 1047-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)