29.04.2004 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 29-apreldagi 203-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 11-son, 126-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi”da (1-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga (va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga), shuningdek Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga va ularning qaramogʻida boʻlgan ularning oila aʼzolariga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandning “a” kichik bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kelmoqchi boʻlgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlar konsullik muassasalariga ikki nusxada toʻldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnoma va milliy pasportni yoki uning oʻrnini bosadigan hujjatni (keyingi oʻrinlarda matnda “milliy pasport” deb yuritiladi) ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xorijiy fuqarolar — xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlari hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida viza olish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xorijiy fuqarolarga taklifnomalarni faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga viza berilishida yordam koʻrsatish toʻgʻrisida iltimosnoma berganlaridan keyingina yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining yozma murojaatlarini koʻrib chiqadi va chet eldagi konsullik muassasalariga tegishli koʻrsatmalar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning taklifnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga kontrakt va shartnomalar boʻyicha uch oydan ortiq muddatga ishga kelayotgan xorijiy fuqarolarga vizalar berish belgilangan tartibga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyatiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqarolar — xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari xodimlari va ularning oila aʼzolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillari va ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viza berish hujjatlarini koʻrib chiqish va xorijiy fuqaroga kelish vizasini rasmiylashtirish muddati 10 sutkadan oshmasligi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarida (2-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-banddagi “diplomatik korpus hamda doimiy xorijiy vakolatxonalar” soʻzlari “xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bandning “v” kichik bandidagi “xalqaro tashkilotlar” soʻzlari “xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat avtomobil nazorati” soʻzlari “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 951-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va begʻaraz texnik koʻmakdan maqsadli foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Oʻzbekistonda muruvvat yordami koʻrsatuvchi xalqaro va hukumatga qarashli boʻlmagan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari va filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtadilar. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksining xulosasi xalqaro va hukumatga qarashli boʻlmagan xorijiy tashkilot vakolatxonasi yoki filialini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 199-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2014-y., 11-son, 126-modda; 2017-y., 36-son, 951-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)