06.05.2016 yildagi 145-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Qoraqalpogʻiston Respublikasida baliqchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida baliqchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, “Jaltirbas”, “Sudochye” va “Ribachye” tabiiy suv havzalarining baliq mahsuldorligini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratishga, aholini yuqori sifatli baliq mahsulotlari bilan taʼminlashga doir vazifalarni hal etishga kompleks yondashish, shuningdek yuqorida qayd etilgan tabiiy suv havzalarini baliqlantirishni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moʻynoq tumani hokimligi huzurida “Moʻynoq akva sanoat” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda “Moʻynoq akva sanoat” DUK deb ataladi) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida joylashgan “Jaltirbas” (17280 ga), “Sudochye” (19000 ga) va “Ribachye” (3000 ga) tabiiy suv havzalarini (keyingi oʻrinlarda suv havzalari deb ataladi) baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish uchun belgilangan tartibda “Moʻynoq akva sanoat” DUKga doimiy alohida foydalanish uchun berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Moʻynoq akva sanoat” DUKning asosiy vazifalari hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv havzalarini kelgusida baliqlantirish uchun baliq chavoqlarini yetishtirish maqsadida suv havzalari hududida baliq pitomniklari va inkubatsiya sexlarini tashkil etish va ularning faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv havzalarida qafas usulida baliq yetishtirish texnologiyalarini yaratish va joriy etish ishlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv havzalari hududida havaskorlik va sport maqsadidagi baliq ovini, turizmni rivojlantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliq ovlash hajmini koʻpaytirish, raqobatbardosh baliq mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha texnologik jarayonlarni bosqichma-bosqich shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moʻynoq akva sanoat” DUKning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 9 nafardan iborat boʻlgan boshqaruv tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanidagi “Jaltirbas”, “Sudochye” va “Ribachye” tabiiy suv havzalarini yanada rivojlantirish va biologik resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari kompleksi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumani hokimligi “Moʻynoq akva sanoat” DUKning muassisi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moʻynoq akva sanoat” DUK oʻz faoliyatini toʻliq oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida amalga oshiradi, ishlab chiqarish-xoʻjalik va moliyaviy faoliyat masalalarini mustaqil hal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat banklariga Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanidagi “Jaltirbas”, “Sudochye” va “Ribachye” tabiiy suv havzalarini yanada rivojlantirish va biologik resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini moliyalashtirish uchun “Moʻynoq akva sanoat” DUKga belgilangan tartibda kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 761-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moʻynoq tumani hokimligi tomonidan “Moʻynoq akva sanoat” DUKning ustavi tasdiqlanishini va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moʻynoq akva sanoat” DUKning ijro etuvchi apparati tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq puxta tanlov asosida yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moʻynoq akva sanoat” DUK quyidagi manzilga joylashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Moʻynoq tumani, Ajiniyoz koʻchasi, 77-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 19-son, 212-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)