Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2023 16.03.2016 yildagi PQ-2507-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini yanada kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan fermer xo‘jaliklarining mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish, eksportga chiqarishdan oldingi moliyalash sharoitlarini yaxshilash hamda respublikaning eksportga yo‘naltirilgan xo‘jalik subyektlarining ustav kapitalida qatnashishini tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari, shuningdek boshqa tijorat banklari, moliya institutlari va donorlarning Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining ustav kapitalini, 1-ilovaga muvofiq, ta’sischilarning ixtiyoriy badallari hisobiga 5,3 mlrd so‘mdan 10,3 mlrd so‘m va 2,0 mln AQSh dollariga yetkazgan holda uning umumiy miqdorini 3,0 barobar oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar ro‘yxati quyidagilarni nazarda tutgan holda kengaytirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma, qonunchilikka muvofiq, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun yetarli mablag‘lari bo‘lmagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ustav kapitalida ishtirok etish, keyinchalik Jamg‘arma ulushini mahsulot ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berish boshlanganidan so‘ng ikki yil mobaynida bozor qiymatida sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va kengaytirish, mahsulotning dizayn darajasini xalqaro standartlarga yetkazish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etish hamda chet elda mahalliy mahsulotga bo‘lgan talabni inobatga olib, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplagan holda moliyaviy yordam ko‘rsatish, Jamg‘arma tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan keyinchalik qaytarish sharti bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ularga tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatganligi uchun Jamg‘armaga to‘lanadigan komissiya to‘lovlari shartnoma qiymatining 3 foizidan 1 foizigacha, biroq 100,0 ming so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorga tushirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi belgilangan tartibda xorijiy davlatlarda o‘z vakolatxonalarini ochish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘arma Kengashi (S.B. Rahimov) bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni qayta ko‘rib chiqsin, unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ustav kapitallarida Jamg‘arma ishtirokining miqdor va muddatlari, shuningdek Jamg‘armaning, shu jumladan, xorijiy valyutadagi mablag‘larini quyidagi maqsadlarga sarflanishi nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘naltirilgan mablag‘lardan eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik uskunalarini xarid qilish uchun foydalangan holda, kichik tadbirkorlik subyektlarini eksportdan oldingi moliyalanishini va ustav kapitallarida Jamg‘armaning ishtirokini ta’minlash orqali kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining mahsulotlari (tovarlari, ishlari, xizmatlari) eksportini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq zarur litsenziya, ruxsatnoma, sertifikatlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xorijda reklama qilish xarajatlarini to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport shartnomalarini tuzish bo‘yicha maslahatlar bergan holda, xorijiy ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarni to‘lash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, O‘zbekiston Fermerlar kengashi kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari, boshqa tijorat banklari, moliya institutlari va donorlar bilan birgalikda Jamg‘arma ustaviga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartishlarning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 8-avgustdagi PQ-2022-sonli qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Markaziy banki Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2507-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-martdagi PQ-2507-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining ustav kapitali miqdorini oshirish uchun qo‘shimcha badallar kiritadigan jamg‘arma ta’sischilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Jamg‘armaning ustav kapitali miqdorini oshirish uchun qo‘shimcha badallar kiritadigan Jamg‘arma ta’sischilari nomlanishi

Qo‘shimcha badal miqdori

mln so‘m

mln AQSh dollari

1.

O‘zbekiston milliy banki

2300,0

2,0

2.

“Asaka” ATB

700,0

3.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

700,0

4.

O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi

700,0

5.

“O‘ztreyd” AJ

50,0

6.

“O‘zsanoateksport” AJ

50,0

7.

Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari

500,0

Jami:

5000,0

2,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-martdagi PQ-2507-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 8-avgustdagi PQ-2022-sonli qaroriga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kirish qismidagi “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari” so‘zlari “kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandidagi “respublika mintaqalarida hududiy filiallari” so‘zlaridan keyin “, shuningdek xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari” so‘zlari “kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilardagi “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari” so‘zlari “kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari” so‘zlari “kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari” so‘zlari “kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari” so‘zlari bilan, shuningdek “xalqaro amaliyotda umum qabul qilingan miqdorlarda — shartnoma qiymatining 3 foizigacha” so‘zlari tegishli ravishda “shartnoma qiymatining 1 foizigacha, ammo 100 ming so‘mdan kam bo‘lmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari” so‘zlari “kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagi mazmundagi 41-bandi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. Jamg‘arma quyidagi huquqlarga ega ekanligi belgilab qo‘yilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun yetarli mablag‘lari bo‘lmagan kichik tadbirkorlik subyektlarining ta’sischilari (ishtirokchilari) tarkibiga kirish, keyinchalik Jamg‘arma ulushini tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berish boshlangandan so‘ng ikki yil mobaynida bozor qiymatida sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklariga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va kengaytirish, mahsulotning dizayn darajasini xalqaro standartlarga yetkazish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etish hamda chet elda mahalliy mahsulotga bo‘lgan talabni inobatga olib, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplagan holda moliyaviy yordam ko‘rsatish. Jamg‘arma tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan keyinchalik qaytarish sharti bilan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 6-bandidagi “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari” so‘zlari “kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagi mazmundagi 71-bandi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“71. Jamg‘arma Kengashi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqqan holda, Jamg‘armaning, shuningdek uning respublika mintaqalaridagi hududiy filiallarining hamda xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari shtatlar birligi va tuzilmasini belgilasin”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 12-son, 110-modda; 2017-y., 22-son, 422-modda)