Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.2021 17.02.2016 yildagi PF-4779-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko‘rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuniga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 17-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4779-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-fevraldagi PF-4779-sonli farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. bo‘lim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IV. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish asoslari va uni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish quyidagi hollarda fuqarolik to‘g‘risidagi Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat armiyasida harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmatiga, shuningdek chet davlatda politsiyaga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining o‘zga organlariga ishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar, yoxud boshqa ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasalari materiallarni Tashqi ishlar vazirligiga yuboradilar, bu vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatidan xulosalarni olib, o‘z xulosasi bilan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaga taqdim etadi. Komissiya O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qaror qabul qilishi uchun takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agarda, chet elda doimiy yashovchi shaxs 5 yil mobaynida uzrli sabablarsiz konsullik hisobidan o‘tmagan taqdirda konsullik muassasalari materiallarni Tashqi ishlar vazirligiga yuboradilar. Tashqi ishlar vazirligi o‘z xulosasi bilan materiallarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaga yuboradi. Komissiya taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qaror qabul qilishi uchun taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 yillik muddat to‘g‘risidagi qoida 16 yoshga yetmagan shaxslarga taalluqli bo‘lmaydi. Konsullik muassasasining rahbari O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi o‘z vaqtida konsullik hisobidan o‘tmaganligi sabablari uzrli yoki uzrli emasligini vaziyatga qarab mustaqil baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yolg‘onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi olinganligi aniqlangan taqdirda, bu to‘g‘risida ma’lumotlar yoki arizalar tushgan chog‘da ichki ishlar organlari mazkur shaxs haqiqatan ham O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi ekanligi yuzasidan zarur tekshirishlar o‘tkazadilar. Yolg‘onligi shak-shubhasiz yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish fakti tasdiqlangan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaga taqdim etadilar. Komissiya materiallarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror qabul qilishi uchun takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa ham O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat foydasiga faoliyat yuritish natijasida jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilganligini, yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan o‘rnatilgan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi ikkinchi bo‘limida nazarda tutilgan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlardan birining fuqaro tomonidan sodir etilishini tasdiqlovchi hujjatlar shaxsning fuqaroligini yo‘qotish haqida tashabbus bilan chiqqan organning asoslantirilgan taqdimnomasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi fuqarolikni yo‘qotish tashabbusi haqidagi materiallarning nusxasini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga taqdim etadi, ular kelib tushgan materiallar asosida o‘zlarining asoslantirilgan xulosalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi fuqarolikni yo‘qotish haqidagi asosli xulosani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiya taqdim etilgan materiallarni, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralarning xulosalarini ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror qabul qilishi uchun takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish to‘g‘risidagi masalani O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish to‘g‘risida qaror qabul qilishga asos bo‘luvchi sabablar va vaziyatlar haqida shaxsga ma’lum qilingandan keyingina ko‘rib chiqish mumkin. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab yo‘qotilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish fakti “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31, 32-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida shaxs doimiy istiqomat qiladigan joydagi ichki ishlar organlari tomonidan, chet davlatda doimiy istiqomat qiluvchilar uchun esa konsullik muassasalari tomonidan qayd etiladi.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 8-son, 72-modda)