O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/6-son “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2442, 2013-yil 25-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 13-son, 168-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq malakaviy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-2, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/2764-2/0308-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar (bundan buyon matnda izlanuvchi deb yuritiladi) quyidagilardan malakaviy imtihonlarni topshiradi:
ixtisoslik (dissertatsiya mavzusiga muvofiq). Matematik modellashtirish asoslari fani bo‘yicha savollar aniq va tabiiy fanlar, Matematik statistika asoslari fani bo‘yicha savollar esa, iqtisodiyot, tibbiyot va pedagogika fanlari (ixtisosliklari) bo‘yicha malakaviy imtihonlar savollari tarkibiga kiritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
chet tili (ingliz, fransuz yoki nemis tili). Dissertatsiyani bajarish uchun boshqa chet tilini bilish talab qilinadigan hollarda, chet tilidan malakaviy imtihon ish bajarilayotgan tashkilotning taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda taqdimnomada ko‘rsatilgan chet tilidan topshiriladi. Bunda IELTS (o‘rtacha 5,5 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan) hamda kamida V2 darajasidagi CEFR, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache fur auslandische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplome approfondi de langue francaise) va Davlat test markazining malakaviy sertifikatga ega bo‘lgan izlanuvchilar mazkur hujjatlarning amal qilish muddati davomida chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonni topshirishdan ozod etiladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Chet tilidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajani olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar qo‘shimcha ravishda ikkinchi chet tili fanidan malakaviy imtihon topshiradilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan xorijiy fuqarolar faqat dissertatsiya mavzusiga muvofiq ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihon topshiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihonlar huzurida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) tuzilgan tashkilot tomonidan, chet tili (ingliz, fransuz yoki nemis tili) bo‘yicha malakaviy imtihonlar esa, yetakchi ilmiy va ta’lim tashkilotlari tomonidan har 3-4 yilda (zarurat bo‘lganda qisqaroq muddatda) ishlab chiqilgan, tasdiqlangan hamda OAK tomonidan ma’qullangan dasturlar asosida topshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihon — dissertatsiya himoyasi o‘tkaziladigan Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotda o‘tkaziladi.
Ilmiy yoki ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) rahbariyatiga o‘zlari rahbarlik qilayotgan tashkilotda, vazirlik va idoralar rahbariyatiga o‘zlari rahbarlik qilayotgan tizimdagi tashkilotlarda malakaviy imtihonlarni topshirishiga ruxsat etilmaydi. Bunda OAK tomonidan tashkilot rahbariyati yoki vazirlik va idoralar rahbariyatining murojaatiga asosan, ular malakaviy imtihonlarni topshirishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar (malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar orasidan) belgilab beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonni qabul qilish huquqini olish uchun tegishli o‘quv-tashkiliy yoki ilmiy-tashkiliy tuzilmalari mavjud hamda ilmiy, ilmiy-pedagogik salohiyatga, shuningdek yetarli moddiy-texnik bazaga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan tegishli chet tilini ko‘rsatilgan holda OAKga murojaat qilinadi.
Tashkilot murojaatini OAK Rayosatining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, OAK Rayosati tomonidan tashkilotga chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, tashkilotga chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqi beriladi.
Chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqi berilgan tashkilotlar ro‘yxati OAKning rasmiy veb-sayti va “OAK Byulleteni”ning navbatdagi sonida OAK Rayosatining tashkilotga chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqini berish to‘g‘risidagi qarori e’lon qilinadi. Tashkilotlar ro‘yxati OAKning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Malakaviy imtihonlarni qabul qiladigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan OAK bilan kelishilgan holda ikki yil muddatga malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Ixtisoslik bo‘yicha komissiya ilmiy darajaga ega bo‘lgan besh — yetti nafar a’zodan, jumladan tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan nomzodi yoxud falsafa doktori (Doctor of Philosophy) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda berilgan boshqa ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassis hisoblangan raisdan iborat bo‘ladi. Bunda komissiya a’zolarining kamida ikki nafari fan doktori bo‘lishi lozim.
Chet tili bo‘yicha komissiya tegishli mutaxassislar orasidan besh — yetti nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi. Bunda a’zolardan kamida ikki nafari fan doktori yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan nomzodi yoxud falsafa doktori (Doctor of Philosophy) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda berilgan boshqa ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lishi kerak. Yuridik fanlar sohasida chet tili bo‘yicha komissiya tarkibi eksperiment tariqasida, IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud, ilmiy darajaga ega bo‘lmagan yuqori malakali va tajribali mutaxassislardan shakllantirilishi mumkin.
Komissiya, agar uning ishida komissiya a’zolarining kamida yarmidan ko‘pi ishtirok etayotgan bo‘lsa, imtihon qabul qilishga haqli hisoblanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
9. Malakaviy imtihonlarni qabul qilish sessiya shaklida fevral, may, noyabr va dekabr oylarida belgilangan reja asosida o‘tkaziladi, mazkur Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Imtihon topshiruvchilar ro‘yxati tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va unda malakaviy imtihon o‘tkazish joyi va vaqti ko‘rsatilishi kerak. Mazkur buyruqning matni u imzolangandan so‘ng bir ish kuni ichida tashkilotning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim.
Boshqa tashkilotlar imtihon topshiruvchilar ro‘yxatiga nomzod kiritish uchun malakaviy imtihonlar o‘tkaziladigan tashkilotga nomzodlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasini ilova qilgan holda malakaviy imtihonlarni qabul qilishning navbatdagi sessiyasi o‘tkaziladigan oyning 1-sanasigacha yozma ravishda murojaat qiladi. Murojaatda nomzod bilan bog‘lanishning aloqa vositalari (telefon raqami, elektron pochta manzili va hokazo) aniq va to‘liq aks ettirilishi lozim. Mazkur murojaatga asosan nomzodlar tashkilot tomonidan imtihon topshiruvchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
11. Imtihon topshiruvchilar malakaviy imtihonlarga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kiritiladi.
12. Malakaviy imtihonlar o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin malakaviy imtihonlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar OAKga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Malakaviy imtihonlarda tashkilot huzuridagi Ilmiy kengash (agar mavjud bo‘lsa) a’zolari, tashkilot rahbariyati va tegishli vazirlik yoki idora yoxud OAK vakillari ishtirok etishlari mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Malakaviy imtihon yozma va og‘zaki shaklda o‘tkaziladi. Yozma shaklda javob tayyorlash uchun maxsus belgi qo‘yilgan imtihon varaqalari tashkilotlar tomonidan avvaldan tayyorlab qo‘yiladi. Imtihon varaqalari uch oy davomida malakaviy imtihon(lar) o‘tkazilgan tashkilotda saqlanadi va uch oydan so‘ng dalolatnoma asosida yo‘q qilinadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Imtihon topshiruvchilar savollarga komissiya a’zolari oldida javob beradi. Komissiya a’zolari tomonidan imtihon topshiruvchilarga qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Komissiya a’zolari ball qo‘yishda mustaqildir.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Komissiya a’zolari qo‘ygan ballari to‘g‘risida komissiya raisiga ma’lum qiladi va komissiya raisi tomonidan o‘rtacha umumiy ball chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Tashkilotlar tomonidan malakaviy imtihonlarni o‘tkazish jarayonlari videotasvirga olinishi mumkin. Videotasvirlar uch oy davomida malakaviy imtihon(lar) o‘tkazilgan tashkilotda saqlanadi va uch oydan so‘ng dalolatnoma asosida yo‘q qilinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Malakaviy imtihonlarni qabul qilish bayonnomasi har bir imtihon topshiruvchi va unga berilgan imtihon savollari alohida ko‘rsatilgan holda to‘ldiriladi. Malakaviy imtihonlarni qabul qilish bayonnomasi unda ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
19. Malakaviy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan izlanuvchilarga o‘n kun ichida mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi guvohnoma beriladi. Guvohnoma komissiya raisi va tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Malakaviy imtihonlarni tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar (imtihon varaqalari va videotasvirlar bundan mustasno) imtihon o‘tkazilgandan keyin uch oy davomida imtihon o‘tkazilgan tashkilotda saqlanadi hamda uch oydan so‘ng belgilangan tartibda tashkilot arxiviga topshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Malakaviy imtihonlarning belgilangan talablar asosida o‘tkazilmaganligi holati bo‘yicha ikki oy ichida OAKga shikoyat qilinishi mumkin. OAK tomonidan shikoyatni o‘rganish natijasida malakaviy imtihonlarning belgilangan talablar asosida o‘tkazilmaganligi tasdiqlangan taqdirda, malakaviy imtihon natijalari OAK Rayosatining qaroriga asosan bekor qilinadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-1, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 571-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Imtihon topshiruvchi uzrli sababga ko‘ra imtihon(lar)ga kelmagan va uzrli sababni tasdiqlovchi hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda, tashkilot rahbarining yozma ruxsati asosida joriy sessiya davomida malakaviy imtihonlarni topshirish huquqiga ega. Bunda tashkilot rahbari tegishli imtihon topshiruvchilar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritadi va OAKni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Malakaviy imtihonlar bir sessiya davomida takroran yoki malakaviy imtihonlarni qabul qilish sessiyasidan tashqari davrda topshirilishi mumkin. Bunda imtihon topshiruvchi sababini (agar mavjud bo‘lsa, asoslovchi hujjatlar ham ilova qilinadi) ko‘rsatgan holda OAKga murojaat qiladi. Murojaatni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, bu haqda murojaat qilgan shaxsga va u imtihon topshiradigan tashkilot(lar)ga OAK tomonidan ma’lum qilinadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Tashkilotlar har bir sessiyadan so‘ng, sessiya tamom bo‘lgandan keyin besh ish kuni ichida malakaviy imtihon(lar)ni o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotni va har yili 10-yanvargacha esa, yillik tahliliy ma’lumotni elektron shaklda OAKga taqdim etadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
25. Malakaviy imtihonlarni tashkil etish natijalari OAKning rasmiy veb-sayti va “OAK Byulleteni”da e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Mazkur Nizom talablari buzilgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Tashkilot rahbari malakaviy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazishda mazkur Nizom talablariga rioya qilinishini ta’minlash uchun mas’uldir.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)
28. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
____________________________________________________________________________________________ | ||||||||
GUVOHNOMA _________-son | ||||||||
___________________________________________________________________________ ixtisosligi bo‘yicha | ||||||||
(ixtisoslik shifri va nomi) | ||||||||
__________________________________________________________ fani bo‘yicha ilmiy darajani olish uchun | ||||||||
(fan tarmog‘i) | ||||||||
_______________________________________________________________________ dan malakaviy imtihonni | ||||||||
(ixtisoslik va chet tili) | ||||||||
muvaffaqiyatli topshirdi va quyidagicha baholandi: | ||||||||
Malakaviy imtihonning turi (ixtisoslik, chet tili) | Malakaviy imtihon topshirilgan sana | Malakaviy imtihon balli | Malakaviy imtihon komissiyasi raisi va a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni hamda lavozimlari | |||||
Mazkur guvohnoma besh yil muddatda amal qiladi. | ||||||||
Komissiya raisi | ____________ | __________________________________________________ | ||||||
(imzo) | (F.I.O.) | |||||||
Tashkilot rahbari | ____________ | __________________________________________________ | ||||||
(imzo) | (F.I.O.) | |||||||
20_____ yil “___” ______________ |
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2022-yil 5-yanvardagi IHL-1880/21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2764-3, 24.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/2764-3/0066-son)