28.01.2016 yildagi 18-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 23-noyabrdagi PQ-2438-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktablari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktablari sportchilarini yashash uchun jihozlar, ovqat, sport kiyim-boshi va anjomlari, forma bilan ta’minlash normativlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktablarining Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktablariga sportchilarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarni oliy mahorat sport maktablariga qabul qilish sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning asosiy tarkibi a’zolari va zaxirasidan, shuningdek sport maktablarida, olimpiya zaxirasi ixtisoslashtirilgan sport maktablari va kollejlarida dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan, sportning muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun zarur sport ko‘rsatkichlariga va yuqori mahoratli sportchilar salohiyatiga ega bo‘lgan istiqbolli sportchilar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir oliy mahorat sport maktabining umumiy kontingenti 100 nafargacha sportchini tashkil etadi, ular o‘qish davrida bepul yashab, to‘rt mahal ovqat hamda sport anjomlari va formasi bilan ta’minlanadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, maktablar faoliyati ixtisosligi bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining xayriya ehsonlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalariga oliy mahorat sport maktablarini qurish va mukammal rekonstruksiya qilishni ta’minlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari mablag‘lari oliy mahorat sport maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil uchun Jamg‘armaning tasdiqlangan daromadlari va xarajatlari parametrlari doirasida oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurish hamda rekonstruksiya qilishni boshlashga zarur mablag‘lar ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-noyabrdagi PQ-2438-son qarori bilan tasdiqlangan 2016 — 2020-yillarda tashkil etiladigan oliy mahorat sport maktablari ro‘yxatiga muvofiq oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamg‘armaga mablag‘lar ajratish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport obyektlarini barpo etish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganish asosida har yili loyiha tashkilotlari o‘rtasida oliy mahorat sport maktablarining sport turlari bo‘yicha ixtisoslashuvini va joylashtirishning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish muddatlari bilan bog‘liq holda ularning aniq loyihalarini ishlab chiqishga tanlovlar o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilishga loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin va qurilish-montaj ishlari bajarilishi sifati yuzasidan zarur darajadagi davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy mahorat sport maktablarining ma’qullangan loyihalari asosida sport maktablarining mavjud binolari va ishnootlarini hisobga olgan holda, oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smeta hujjatlarining o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, foydalanishga tayyor shartlarida qurilish-montaj ishlari bajarilishiga tanlov (tender) savdolari o‘tkazilishini va obyektlarning belgilangan muddatlarda topshirilishini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish parametrlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlasinlar, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parametrlar bajarilishi to‘g‘risidagi axborotni kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy mahorat sport maktablarining sport turlari bo‘yicha ixtisoslashganligini hisobga olgan holda, ularni xalqaro talablarga javob beradigan eng yangi sport asbob-uskunalari va anjomlari, shuningdek mebel va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlash normativlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktablari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oliy mahorat sport maktablari (keyingi o‘rinlarda sport maktablari deb ataladi) faoliyati va uni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sport maktablari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan sport-ta’lim muassasalari hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligiga hisobot beradi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport maktablarining ixtisoslashuvi mintaqalarda shakllangan maktablarni, an’analarni, trener-o‘qituvchilar tartibini va erishilgan sport natijalarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sport maktablari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda o‘z ustavlariga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sport maktablari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hududiy boshqarmalarining idoraviy mansub tashkilotlari hisoblanadi, o‘z ustaviga, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, burchakli shtampga, o‘z nomi yozilgan blankalarga ega bo‘ladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sport maktablari faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sport maktablari davlat muassasasining tashkiliy-huquqiy shaklida tashkil etiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sport maktablarida sportchilarni tayyorlash bo‘yicha har yilgi o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, sportchilar uchun nazorat normativlari sport federatsiyalari (uyushmalari)ning takliflariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sport maktabida sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sport maktabida sportchilarning ko‘p yillik sport tayyorgarligi o‘quv-mashq bosqichida, sport kamoloti va oliy sport mahorati bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sport maktablari sport turlari bo‘yicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Sport maktabining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar sport maktabining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnik hamda o‘quv-mashg‘ulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro musobaqalarda — jahon va Osiyo chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Universiadalar hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda O‘zbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlashda ushbu bazalardan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni — murabbiylar, psixologlar va uslubchilarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni keng jalb etish orqali oliy mahorat sport maktablari murabbiy-o‘qituvchilari tarkibini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, o‘quv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan ularni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh istiqbolli sportchilarni tanlash va tarbiyalash masalalari bo‘yicha bolalar-o‘smirlar sport maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish, ularga o‘quv-metodik hamda me’yoriy-axborot yordami ko‘rsatishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy mahorat sport maktablari bazasida milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish va muntazam ravishda o‘tkazib borish, murabbiylar hamda sportchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish bo‘yicha xorijiy sport maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun sport maktabi belgilangan tartibda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qobiliyatli va istiqbolli sportchilarning yanada sport kamolotiga erishishlari uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tanlash va tayyorlashning metodik va tibbiy ta’minlanishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qitishning barcha bosqichlarida sportchilarning sport tayyorgarligining ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq o‘quv-mashq jarayonining tashkil etilishi va o‘tkazilishini, unga ilg‘or ilmiy texnologiyalar va metodikalar joriy etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq jarayoni natijalarini, sportchilarning jismoniy fazilatlari rivojlanishining yakka tartibdagi ko‘rsatkichlari o‘sishi dinamikasini, sport turi texnikasining asoslari o‘zlashtirilishini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning o‘quv-mashq yig‘inlarida, tuman, viloyat, respublika va xalqaro sport tadbirlarida ishtirokini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlarida eng yangi jahon ilmiy-metodik tavsiyalarini va texnologiyalarini qo‘llagan holda kuchli sportchilar — respublikaning milliy terma jamoalariga nomzodlarni va ularning eng yaqin zaxiralarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning sport musobaqalarida, chempionatlarda, kubok o‘yinlarida, turnirlarda, festivallarda, konferensiyalarda, simpoziumlarda, seminarlarda, yig‘inlarda va boshqa jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda, shu jumladan xalqaro tadbirlarda ishtiroki orqali sportchilarning sport mahoratini, sport maktablarining murabbiylari va boshqa mutaxassislarining malakasini oshirish tadbirlarini o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Sport maktabining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sport maktabi belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlash davri va bosqichiga qarab o‘quv-mashq ishining bir haftalik rejimini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qitish va tarbiyalashning qonunchilikka zid bo‘lmagan shaklini, vositalarini va usullarini tanlash;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish uchun maktabga biriktirilgan moddiy-texnik baza va mol-mulkni tasarruf etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sport maktabi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq va tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, xodimlar va sportchilar tomonidan o‘z majburiyatlari, o‘quv dasturlari va topshiriqlar bajarilishini ta’minlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida sport maktabining yillik o‘quv rejasini, o‘quv jadvalini va o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jadvalini ishlab chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari bo‘yicha o‘quv dasturlari talablariga va o‘quv rejalariga muvofiq o‘quv-mashq va tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq jarayonini o‘tkazish davrida sport maktabining sportchilari va xodimlarining xavfsizligini ta’minlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq va tarbiyaviy jarayonni o‘tkazish yuzasidan joriy nazoratni amalga oshirishga, sportchilarni test sinovidan o‘tkazishga va ular tomonidan nazorat normativlari topshirilishini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktabining moddiy-texnika bazasi va mol-mulki saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sport maktabi qonunchilikda belgilangan tartibda:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq jarayonining qo‘llaniladigan shakllari, usullari va uni tashkil etish vositalarining sportchilarning yoshi bilan bog‘liq ruhiy-jismoniy xususiyatlariga, mayllariga, qobiliyatlariga, qiziqishlariga, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar va xodimlarning huquq va erkinliklariga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktabiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Sport maktabining sportchilari, qabul qilish va sport o‘quv guruhlarini to‘ldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sportchilarni oliy mahorat sport maktablariga qabul qilish sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning asosiy tarkibi a’zolari va zaxirasidan, shuningdek bolalar-o‘smirlar sport maktablarida, olimpiya zaxirasi ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va kollejlarida dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan, sportning muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun zarur sport ko‘rsatkichlariga va yuqori mahoratli sportchilar salohiyatiga ega bo‘lgan istiqbolli sportchilar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport maktablariga yosh yigit va qizlar jinsidan, tilidan, irqidan, millatidan, diniy mansubligidan, ijtimoiy kelib chiqishidan, mashg‘ulotlari turidan, ijtimoiy maqomidan, yashash joyidan, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaganligidan qat’i nazar qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sportchilarni sport maktabiga qabul qilish belgilangan tartibda sport maktabi direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sport maktabi sportchilarini o‘tkazish, chetlatish va tiklash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sport maktabi sportchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq murabbiy-o‘qituvchining rahbarligida sport tayyorgarligidan o‘tish, o‘quv mashq jarayonida va sport musobaqalarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktabi tomonidan belgilangan tartibda sport maktabining axborot resurslari, jismoniy tarbiya-sport inshootlari, sport anjomlari va asbob-uskunalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda foydalaniladigan sport formasi va anjomlarini belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jarayonida sog‘lig‘ining xavfsiz shart-sharoitlari va muhofaza qilinishi, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sport maktabining sportchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z nazariy, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini doimiy ravishda oshirib borishga, sport mahoratini takomillashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi va guruhli mashg‘ulotlarning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport rejimiga va gigiyena talablariga rioya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murabbiy-o‘qituvchilar va boshqa sportchilarning sha’ni va shaxsiy qadriyatini hurmat qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktabining mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga, sport maktabining ichki tartibiga rioya etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy nazorat talablariga qat’iy rioya qilishga, muntazam ravishda, 6 oyda kamida bir marta dispanser ko‘rigidan o‘tishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sport maktabi sportchilarining ro‘yxatdagi tarkibi va o‘quv guruhlari soni har yili (o‘quv yili boshlangunga qadar) sport maktabi direktorining O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy bo‘linmalari va sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan kelishilgan taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sport maktabida o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi. O‘quv yilining qancha davom etishi sport turining o‘ziga xosligiga, sport musobaqalari taqvimiga, sport tayyorgarligining davriylashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi va sportning har bir turi uchun sport maktabi rahbariyati tomonidan yakka tartibda belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sportchilar bilan o‘quv-mashq mashg‘ulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv dasturlari va yillik o‘quv rejasi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘quv-mashq mashg‘ulotlari jadvali mashqlarning yanada qulay rejimini belgilash, sportchilarning dam olishi, bolalarning yosh xususiyatlari va belgilangan sanitariya qoidalari, normalar va gigiyena normativlari hisobga olingan holda sportchilarni umumta’lim muassasalarida va boshqa muassasalarda o‘qitish maqsadida murabbiy-o‘qituvchining taqdimnomasi bo‘yicha sport maktabi ma’muriyati tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. O‘quv-mashq mashg‘ulotlarining mazmuni belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv dasturlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. O‘quv-mashq jarayoni o‘qitishning texnik vositalari keng qo‘llangan, tiklash tadbirlari o‘tkazilgan holda sport mashqlarining zamonaviy metodikalari asosida murabbiylar-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi hamda mashq qilish va musobaqalashish faoliyatini birga qo‘shib olib borish negizida quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Quyidagilar sport maktabi o‘quv-mashq jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruhlar bo‘yicha va yakka tartibdagi o‘quv-mashq va nazariy mashg‘ulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq yig‘inlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning sog‘lig‘ini tiklash, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlarini, tibbiy-biologik tekshirishlarni, pedagogik testdan o‘tkazishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning musobaqalarda va turli darajadagi musobaqa uchrashuvlaridagi ishtirokini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport-sog‘lomlashtirish lagerlarida sportchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv videoyozuvlarini, kinodasturlarni, shuningdek yetakchi sportchilar ishtirokidagi sport musobaqalarini ko‘rish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning instruktorlik va hakamlik amaliyotini o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishga qo‘yilgan jamoalar va sportchilarni tayyorlash maqsadida, sport maktabi o‘quv-mashq ishlariga ajratilgan mablag‘lar doirasida, sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. O‘quv-mashq yig‘inlarini tashkil etish va o‘tkazish belgilangan tartibda sport maktabining kalendar yil boshlanishidan ikki oy oldin tasdiqlanadigan sport-ommaviy tadbirlar kalendar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. O‘quv-mashq yig‘inlarining vazifalari tuman, viloyat, respublika va xalqaro sport tadbirlarining kalendar rejasini hisobga olgan holda sport maktabining murabbiylar kengashi tomonidan aniqlanadi. O‘quv-mashq yig‘inlari sportchilarning sport mahoratini oshirishni ta’minlashi kerak, ular maqbul sharoitlarda va mashq tizimining muayyan davrlarida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sport maktabining turli sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlardagi, shu jumladan turli tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlardagi ishtiroki tasdiqlangan kalendar rejasiga va ularning reglamentlariga, nizomlariga yoki rasmiy takliflarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sport maktabi o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jarayonida direktor tasdiqlagan rejaga muvofiq sportchilar bilan tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Sport maktabining tarbiyaviy ishlari shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi va sportchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga ehtiyojni, ularning o‘z bilimlari, mahorati va ko‘nikmalarini doimiy ravishda to‘ldirib borishiga yo‘naltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Sport maktabi o‘quv-mashq va tarbiya jarayonini tashkil etish va o‘tkazish uchun qonunchilikda va sport maktabining ustavida belgilangan tartibda zarur hujjatlarni yuritadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Sport maktabini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sport maktabini boshqarish ushbu Nizomga, qonunchilikka va sport maktabining ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Sport maktablari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tuzilma bo‘yicha tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sport maktabiga O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hududiy boshqarmalari taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport maktabi direktori maktabda rivojlangan sport turlari, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha oliy jismoniy tarbiya ma’lumotiga hamda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha tashkilotlarda kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Direktor sport maktabi ishlariga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati yuzasidan to‘liq javob beradi, murabbiylar jamoasi bilan birgalikda sport maktabini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, davlat va jamoatchilik tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalaydi, sport maktabining xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni hal qiladi, kadrlarni tanlaydi va joy-joyiga qo‘yadi, xodimlarni, shu jumladan murabbiylarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sport maktabi direktorining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda sport maktabi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Direktorning o‘quv-mashq jarayoni bo‘yicha o‘rinbosari jismoniy tarbiya sohasida oliy ma’lumotga hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida murabbiy-o‘qituvchi yoki jismoniy tarbiya o‘qituvchisidan past bo‘lmagan lavozimda kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorning o‘quv-mashq jarayoni bo‘yicha o‘rinbosari o‘quv jarayoni va tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi, sport bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchilar malakasini oshirish ishlari yuzasidan javob beradi, maktabda sport musobaqalarining o‘tkazilishini hamda sport maktabi sportchilarining tuman, shahar va boshqa sport musobaqalarida chiqishlarini ta’minlaydi, sportchilarni o‘qitish va mashq qildirish metodikasini takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi, o‘quv-mashq mashg‘ulotlarining sifati, o‘quv rejalarining va mashg‘ulotlar jadvalining bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Direktorning moddiy-texnik va ijtimoiy-maishiy baza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ma’muriy-xo‘jalik faoliyatiga doir tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorning moddiy-texnik va ijtimoiy-maishiy baza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘quv-mashq jarayoni uchun moddiy-texnik sharoitlarning yaratilishi, sport maktabining mol-mulki va anjomlarining saqlanishi va soz holatda bo‘lishi, bino va xonalardan foydalanish, ularni zarur darajada sanitariya holatida bo‘lishi, transportni saqlash va undan foydalanish yuzasidan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Sport maktabida tashkiliy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish va metodik ishlarni oliy jismoniy tarbiya ma’lumotiga va murabbiy-o‘qituvchilik ishida kamida bir yil tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan tayinlanadigan instruktor-metodist amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Instruktor-metodist o‘quv-mashq mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi, sport turlari bo‘yicha dasturlar, o‘quv rejalari va mashg‘ulotlar jadvalining bajarilishi, o‘quv-metodik hujjatlarning yuritilishi, sport maktabining razryadchilari va sport rekordlarining hisobga olinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, sport maktabining metodik kabineti ishlariga rahbarlik qiladi, tibbiyot muassasalari, ta’lim muassasalari va o‘quv-tarbiya jarayoni masalalari bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan aloqani ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sport maktabining katta instruktor-metodisti instruktor-metodist lavozimida kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta instruktor-metodist instruktor-metodistlar ishlariga rahbarlik qiladi va o‘quv-mashq jarayonining o‘tkazilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi, metodik kabinet ishlarini tashkil qiladi, sport maktabi tadbirlarini amalga oshiradi, sportchilarni jismoniy tarbiyalash bo‘yicha umummaktab tadbirlarining o‘tkazilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Sport maktabining murabbiy-o‘qituvchilar tarkibi oliy yoki o‘rta maxsus, jismoniy tarbiya bo‘yicha kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchilar o‘quv guruhlarini tanlash va to‘ldirishni, sportchilar bilan tarbiya va o‘quv-mashq ishlarini amalga oshiradi, sportchilarning tibbiy va dispanserizatsiya ko‘rigidan o‘z vaqtida o‘tishini nazorat qiladi, sportchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ular uchun o‘quv-mashq rejalarini ishlab chiqadi, o‘quv-mashq jarayoniga eng samarali hamda zamonaviy shakllar va metodlarni joriy etish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Sport maktabida sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan kelishgan holda murabbiylar kengashi tashkil etiladi, u o‘quv-mashq va tarbiyaviy ishlar, sportchilarni tayyorlashni yakka tartibda rejalashtirish, sport maktabining sport tadbirlaridagi ishtiroki masalalarini, shuningdek sport maktabining ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Sport maktabini boshqaruv, yordamchi, xo‘jalik va tibbiyot xodimlari bilan to‘ldirish belgilangan tartibda tasdiqlangan normativlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Sportchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) sport maktabida o‘tkaziladigan o‘quv-mashq va tarbiya jarayoni bilan tanishish, shuningdek sport maktabining ustavida nazarda tutilgan tartibda unda qatnashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Tibbiy nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Sport maktabida sportchilar sog‘lig‘ining holati yuzasidan tibbiy nazorat sport maktabining tibbiyot xodimi, u bo‘lmagan taqdirda — belgilangan tartibda maktabga biriktirilgan tegishli hududiy sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Sport maktabi sportchilarini puxta tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish sport maktabi joylashgan joydagi tegishli sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Sport maktabining tibbiyot xodimi o‘quv-mashq jarayonini, sport musobaqalarini va sport-sog‘lomlashtirish lagerini tibbiy jihatdan ta’minlashni, mashqlar yuklamalarining hajmi va intensivligini nazorat qiladi, sportchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi rejalarini tuzishda va tasdiqlashda qatnashadi, ularning puxta tibbiy tekshirishdan o‘tishini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Sport maktabining sportchilari uchun belgilangan namunadagi tibbiy -nazorat kartasi to‘ldiriladi, unda sportchilar sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi, u sport maktabining tibbiyot kabinetida yoki sport maktabi joylashgan joydagi sog‘liqni saqlash muassasasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Sport maktabining moddiy ta’minoti, uning moliyalashtirilishi va hisobotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Sport maktabi o‘z mol-mulkiga ega bo‘ladi va o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mol-mulkni sotib oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Sport maktabi o‘zida mavjud bo‘lgan va qonunchilikka muvofiq unga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni tasarruf etadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Sport maktabining sport asbob-uskunalarini, anjomlarini, metodik adabiyotlarini va ko‘rgazmali qo‘llanmalarini, sport kiyimlari va formalarini sotib olish, shuningdek sportchilarning sport tadbirlarida va o‘quv-mashq yig‘inlarida qatnashishini ta’minlash sport maktabiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida uning tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan yillik rejada nazarda tutilmagan tadbirlar o‘tkaziladigan taqdirda ularni tashkil etish budjetdan tashqari manbalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Sport maktabi faoliyatini moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda:
(53-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtda mol-mulkni ijaraga topshirishdan tushadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(53-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Sport maktabi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlarning tasdiqlangan smetasi asosida moliyalashtiriladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Sport maktablari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidagi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Sport maktablarining murabbiy-o‘qituvchilari mehnatiga haq to‘lash bir nafar sportchi hisobiga normativlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Sport maktabi muassis bilan kelishgan holda o‘zining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejalashtiradi, qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Sport maktabi belgilangan tartibda moliya va statistika hisobotini yuritadi, operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Sport maktabining moliya-xo‘jalik faoliyati va moliya intizomiga rioya qilishi yuzasidan nazorat qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Xalqaro faoliyat
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Sport maktabi qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat va jamoatchilik tashkilotlari orqali jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalariga doir xalqaro faoliyatni amalga oshirish, sport maktabining murabbiy-o‘qituvchi xodimlari va sportchilarini ayirboshlash bo‘yicha xorijiy sport tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish, birgalikda sport tadbirlari, bayramlar, ko‘riklar, seminarlar o‘tkazish huquqiga ega.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Sport maktabini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktablari to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktablarining ixtisoslashuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Oliy mahorat sport maktablarining nomi

Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashuv

1.

Nukus oliy mahorat sport maktabi

Sport kurashi

2.

Andijon oliy mahorat sport maktabi

Boks

3.

Buxoro oliy mahorat sport maktabi

Gimnastika

4.

Jizzax oliy mahorat sport maktabi

Boks

5.

Qarshi oliy mahorat sport maktabi

Dzyudo

6.

Navoiy oliy mahorat sport maktabi

Sportning suv turlari

7.

Namangan oliy mahorat sport maktabi

Velosport (shosse, trek)

8.

Samarqand oliy mahorat sport maktabi

Yengil atletika

9.

Termiz oliy mahorat sport maktabi

Sport yakka kurashi

10.

Guliston oliy mahorat sport maktabi

Tennis, stol tennisi

11.

Toshkent viloyati oliy mahorat sport maktabi

O‘q otish sporti

12.

Farg‘ona oliy mahorat sport maktabi

Taekvondo WTF

13.

Urganch oliy mahorat sport maktabi

Og‘ir atletika

14.

Toshkent shahar oliy mahorat sport maktabi

Sportning o‘yin turlari

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar: Zaruriyat bo‘lganda hamda zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar mavjud bo‘lganda Sport vazirligi bilan kelishgan holda sportchilar umumiy sonining 20 foizidan ortiq bo‘lmagan kontingent bilan sportning boshqa turlari bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etishga ruxsat beriladi.
(izohning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktablarining loyiha-smeta hujjatlari sportning har xil turlari bo‘yicha sport obyektlaridan ko‘p maqsadli foydalanishni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi, bunda kelgusida ularning bazasida sportning muqobil turlarini rivojlantirish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktablari to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni (murabbiy-o‘qituvchilar tarkibidan, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlardan tashqari) — 16 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 9 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Murabbiy-o‘qituvchilar tarkibining soni tegishli oliy mahorat sport maktabi o‘quv guruhlarining to‘ldirilganligiga va o‘quv-mashq ishlarining rejimiga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni olimpiya zaxiralari kollejlarida alohida lavozimlarni joriy etish normativlariga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktablari sportchilarini yashash uchun jihozlar, ovqatlanish, sport kiyim-boshi va anjomlari, forma bilan ta’minlash normativlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy mahorat sport maktablari sportchilarini yashash uchun jihozlar bilan ta’minlash normativlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Jihozning nomi

O‘lchov birligi

1 sportchi uchun ehtiyoj

Foydalanish muddati*

1.

To‘shak

ta

1

5 yil

2.

Paxtali adyol

ta

1

3 yil

3.

Yostiq

ta

1

3 yil

4.

Choyshab

ta

1

5 yil

5.

Jun adyol

ta

1

3 yil

6.

Sochiq

ta

2

1 yil

7.

Yostiq jildi

ta

2

1 yil

8.

Prostinya

ta

2

1 yil

9.

Ko‘rpajild

ta

2

1 yil

10.

Kiyim uchun javon

ta

1

5 yil

11.

Tumbochka

ta

1

5 yil

12.

Stol

ta

1

5 yil

13.

Stul

ta

1

5 yil

14.

Grafin va stakan

kompl.

1

3 yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yashash uchun jihozni almashtirish tegishli jihozning haqiqiy holati va foydalanishga yaroqliligi hisobga olingan holda almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy mahorat sport maktablari sportchilarini oziq-ovqat bilan ta’minlash normativlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(bir kunda)

T/r

Mahsulotlarning nomi

Gramm (brutto)

1.

Bug‘doy non, 1-nav

600

2.

Bug‘doy un, 1-nav

30

3.

Yorma, makaron mahsulotlari

160

4.

Qand-shakar

100

5.

Asal

30

6.

Qandolatchilik mahsulotlari

120

7.

Sariyog‘

80

8.

O‘simlik moyi

30

9.

Sut, sut-qatiq mahsulotlari

600

10.

Quyuq qaymoq

50

11.

Tvorog

100

12.

Pishloq

50

13.

Go‘sht, parranda go‘shti

410

14.

Kolbasa mahsulotlari

70

15.

Baliq

100

16.

Tuxum (dona)

2

17.

Kartoshka

500

18.

Sabzavotlar, shu jumladan tomat pastasi

700

19.

Mevalar, rezavor meva, sharbat, vitaminlashtirilgan ichimliklar

800

20.

Quruq mevalar, shu jumladan na’matak 5 gr., turshak

50

21.

Choy

3

22.

Kakao

5

23.

Yodlangan tuz

10

24.

Xamirturush

1

25.

Mineral suv

500

Oqsillar

231,8

Yog‘lar

228,8

Uglevodlar

957,9

Kaloriyalilik

6693,8 kkal

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ushbu norma maksimal norma hisoblanadi. Oliy mahorat sport maktablari sportchilari uchun aniq normalar sportning turiga, sportchining yoshi va jinsiga, shuningdek o‘qitish bo‘g‘iniga bog‘liq ravishda sanitariya qoidalari, normalar va gigiyenik normativlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy mahorat sport maktablari sportchilarini sport kiyim-boshi va anjomlar, forma bilan ta’minlash normativlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomi

O‘lchov birligi

Soni

Foydalanishning cheklangan muddatlari

1.

Sport kostumi

ta

1

1 yil

2.

Shamoldan himoya qiluvchi kostum

ta

1

2 yil

3.

Maxsus sport kostumi

ta

1

1 yil

4.

Futbolka (och rangli)

ta

1

2 oy

5.

Futbolka (to‘q rangli)

ta

1

2 oy

6.

Kalta shimlar

ta

1

6 oy

7.

Mashqlar uchun sochiq

ta

1

6 oy

8.

Paypoqlar

juft

1

3 oy

9.

Krossovkalar

juft

1

1 yil

10.

Maxsus sport poyabzali

juft

1

1 yil

11.

Sport sumkasi

ta

1

2 yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktablarining Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oliy mahorat sport maktablarining Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan o‘quv-mashq jarayonini takomillashtirishda, moddiy-texnik bazani mustahkamlashda, yuqori malakali murabbiy-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlashda, sport tadbirlarini o‘tkazishda, tashkiliy-kadrlar bo‘yicha va metodik yordam ko‘rsatish borasida o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. O‘quv-mashq jarayonini takomillashtirishda tashkiliy-kadrlar bo‘yicha va metodik yordam ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) sport maktablari faoliyatida quyidagi vositalar orqali umumiy tashkiliy-kadrlar bo‘yicha o‘quv-metodik va ilmiy yordam ko‘rsatishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda o‘quv-mashq jarayoniga eng yangi ilmiy-metodik texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan sport maktablari xodimlarining nazariy va texnik-taktik tayyorgarligi sifatini muntazam ravishda oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablarining o‘quv-mashq jarayoniga federatsiya (uyushma)larning kadrlar va ilmiy-metodik salohiyatini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablarining o‘quv-metodik va ilmiy-metodik kompleksini ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi sport mutaxassislari, shu jumladan olimlar, o‘qituvchilar, psixologlar, vrachlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqalar orasidan kompleks ilmiy guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarda sport turlari bo‘yicha sport maktablari murabbiylari va mutaxassislarining tajriba almashishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablari sportchilari o‘rtasida seleksiya ishlarini amalga oshirish, shuningdek ularni sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar tarkibiga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari bo‘yicha sportchilar, murabbiylar va sport hakamlarini tegishli razryadlar va unvonlar berish uchun tanlash va tavsiya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari qoidalariga o‘zgartirishlar bo‘yicha, shuningdek yuqori mahoratli sportchilar tayyorlashning zamonaviy metodlari bo‘yicha axborotlardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sport maktablari O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) yordamida ham O‘zbekiston Respublikasida, ham chet ellarda sport turlari bo‘yicha yuqori klassli sportchilar, yuqori malakali murabbiylar tayyorlash bo‘yicha, shuningdek tajribali mutaxassislarni sport maktablarining o‘quv-mashq jarayoniga jalb etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda sport maktablari, klublar va markazlar faoliyatini o‘rganishda qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sport federatsiyalari (uyushmalari) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda sport maktabining moddiy-texnik bazasi holatini o‘rganishni va uni xalqaro standartlar va talablarga muvofiq mustahkamlash bo‘yicha Sport vazirligiga muntazam ravishda takliflar kiritishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) zarur sport anjomi va uskunasini sport maktabiga foydalanish uchun berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tajriba almashish va yuqori malakali murabbiy-o‘qituvchilar tarkibini tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) quyidagilarni ta’minlashi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar, o‘qituvchilar (metodistlar) va boshqa mutaxassislar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablarining xorijiy sport maktablari, klublar va markazlar bilan murabbiy-o‘qituvchilar va sportchilarning professional darajasini oshirish uchun tajriba almashish bo‘yicha xalqaro sport hamkorligini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablariga o‘quv seminarlari, konsultatsiyalar, mahorat darslari o‘tkazish uchun xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni jalb etish tadbirlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablari mutaxassislari malakasini oshirish jadvalini ishlab chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi bilan birgalikda, Xalqaro federatsiya murabbiylarini o‘qitish dasturlaridan foydalangan holda, malaka oshirish kurslari, o‘quv seminarlari, konsultatsiyalar, mahorat darslari tashkil qiladilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sport federatsiyalari (uyushmalari) sport maktablarining murabbiylari-o‘qituvchilarini murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun attestatsiyadan o‘tishga tayyorlashni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Birgalikda sport tadbirlari o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) sport maktablari bazalarida O‘zbekiston Respublikasining yetakchi sportchilari ishtirokida respublika va hududiy sport musobaqalari hamda o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sport maktablari O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan birgalikda sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sport maktablari har yili jismoniy tarbiya va sport sohasidagi sportchilar, murabbiy-o‘qituvchilar, sport hakamlari uchun tasdiqlangan kalendar rejasiga binoan o‘quv seminarlari, konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) o‘z vakolatlari doirasida sport maktablariga tashkiliy-kadrlar bo‘yicha va metodik yordam ko‘rsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktabiga sportchilarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oliy mahorat sport maktabiga (keyingi o‘rinlarda sport maktabi deb ataladi) sportchilarni tanlash va qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sportchilarni sport maktabiga qabul qilish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga binoan, faqat tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sportchilarni sifatli tanlashni ta’minlash maqsadida sport maktabi ommaviy axborot vositalarida o‘qishga qabul qilishdan kamida ikki oy oldin tanlov va uni o‘tkazish shartlari to‘g‘risida tegishli e’lon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qabul komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sportchilarni sinash va sport maktabiga tanlash, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hududiy boshqarmasining buyrug‘i bilan tasdiqlangan qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Sportchilarning hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va saqlash uchun qabul komissiyasining raisi va kotibi mas’ul hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya raisi tajribali, malakali trenerlar orasidan tayinlanadi. Sport maktabining direktori ham komissiya raisi etib tayinlanishi mumkin. Sport maktabining xususiyatidan kelib chiqqan holda komissiya tarkibiga psixolog, tibbiyot xodimi, sport federatsiyalari (uyushmalari), shuningdek boshqa manfaatdor sport tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qabul komissiyasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar, ota-onalar, jamoatchilik o‘rtasida sport maktabining faoliyati, unga qabul qilish tartibi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlash o‘tkazilgungacha sportchilar va ota-onalar uchun mutaxassislar konsultatsiyalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlashni o‘tkazish, sportchilarni qabul qilish yakunlarini tahlil qilish, umumlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasining protokolini kotib rasmiylashtiradi va rais tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. O‘quvchilarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktabiga qabul qilish to‘g‘risida direktor nomiga ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki pasportning nusxasi (asl nusxasi qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilishda ko‘rsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
086/u shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchining 3x4 sm yoki 4x6 sm hajmidagi 6 ta fotosurati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sport maktabiga hujjatlarni qabul qilish tanlash sinovlari boshlanishidan bir hafta oldin, qabul qilish qabul komissiyasi tomonidan to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hujjatlarni qabul qilish har yili 20-iyul-10-avgust mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tanlashni o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlash sinovlari va sport maktabiga tanlash qabul komissiyasi tomonidan har yili 15-25-avgust mobaynida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoidaga ko‘ra, sport maktabiga 17 yoshdan katta — sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar asosiy tarkibining va zaxirasining, olimpiya zaxiralari kollejlarida yoki sport maktablarida o‘qishni tugatgan a’zolari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sport maktabiga qabul qilish qabul komissiyasining qat’iy nazoratida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan birgalikda sport maktabi tomonidan ishlab chiqilgan sportchilarni qabul qilishda o‘tkaziladigan sinovlar (suhbatlar, testlar, yozma ishlar) shakllarini, sinov materiallarini va ushbu sinovlarni (har qaysi yo‘nalish bo‘yicha alohida) o‘tkazadigan komissiyalar tarkibini, sinovlarni o‘tkazish muddatlari aniq ko‘rsatilgan jadvalni tasdiqlaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Test imtihon sinovlarining yakunlari imtihon sinovlaridan keyin 3 kun mobaynida e’lon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘qishga kiruvchilarning ko‘nikmalari, mahorati va bilimlari 100 balli (eng yuqori ball) tizim bo‘yicha baholanadi, ulardan 70 ballgachasi — maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun va 30 ballgachasi — umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘qishga qabul qilish rejasi bajarilmagan holatlarda bo‘sh o‘rinlarga qo‘shimcha tanlash o‘tkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Talabgorlarning ballari teng bo‘lgan holatlarda qo‘shimcha suhbatlar o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlashdan muvaffaqiyatli o‘tgan sportchilar qabul komissiyasi protokoli asosida direktorning buyrug‘i bilan sport maktabiga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktabiga sportchilarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy mahorat sport maktabiga sportchilarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 4-son, 37-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda, 38-son, 1049-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)