Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2023 16.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2752
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 16.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2752
Кучга кириш санаси
25.01.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish Qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 16-yanvarda 2752-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 17-martdagi 4-son va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 16-martdagi 5-sonli ““16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2752-1, 27.03.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-sonli “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilishi darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish Qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 10-dekabrdagi 104 va 41-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yoʻqotilishi darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar (bundan buyon matnda nogiron bola deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlarining (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi deb yuritiladi) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish maqsadi koʻrsatilgan mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi yoʻllanmasiga (bundan buyon matnda yoʻllanma deb yuritiladi) asosan tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (bundan buyon matnda TMEK deb yuritiladi) tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron bolani TMEKda koʻrikdan oʻtkazish nogiron bolaning qonuniy vakili (ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasining (bundan buyon matnda DPM deb yuritiladi) tibbiy-maslahat komissiyasi (bundan buyon matnda TMK deb yuritiladi) tomonidan berilgan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogiron deb topish haqidagi tibbiy xulosaning (bundan buyon matnda tibbiy xulosa deb yuritiladi) asosliligini oʻrganish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan TMEKga taqdim etiladigan yoʻllanmaga nogiron bolaga berilgan tibbiy xulosa ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. TMEKga yoʻllanma kelib tushganda, u TMEKning masʼul xodimi tomonidan mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni koʻrikdan oʻtkazish natijalarini qayd qilish jurnalida (bundan buyon matnda Jurnal deb yuritiladi) roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnalga yoʻllanmada koʻrsatilgan nogiron bola va uning qonuniy vakiliga oid maʼlumotlar ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yoʻllanma roʻyxatga olingandan soʻng TMEK tomonidan tibbiy xulosani bergan TMK tegishli boʻlgan DPMdan nogiron bolaning ambulator kartasi, kasallik tarixidan koʻchirmalar va boshqa tibbiy hujjatlar (bundan buyon matnda tibbiy hujjatlar deb yuritiladi) oʻrganib chiqish maqsadida soʻrab olinishi mumkin. Bunda TMEK tomonidan tegishli DPMga soʻrovnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DPMning masʼul xodimi TMEKning soʻrovnomasi kelib tushgandan keyin bir ish kuni ichida nogiron bolaning tibbiy hujjatlarini TMEKga yetkazib beradi. DPM tomonidan taqdim etilgan hujjatlar TMEKda oʻrganib chiqilgach, ular DPMga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TMEKning masʼul xodimi DPM tomonidan taqdim etilgan tibbiy hujjatlar haqidagi tegishli maʼlumotlarni Jurnalga kiritishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. TMEKda nogiron bolani yoʻllanmasiz koʻrikdan oʻtkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 16 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogiron deb topish 16 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2005, 2009-yil 15-sentabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nogiron bolani TMEKda koʻrikdan oʻtkazish va TMEKning konsultativ xulosasini chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. TMEK tomonidan nogiron bolaga berilgan tibbiy xulosa hamda uning tibbiy hujjatlari toʻliq oʻrganib chiqiladi va natijasi boʻyicha nogiron bolani koʻrikdan oʻtkazish yoki koʻrikdan oʻtkazmasdan sirtdan konsultativ xulosa chiqarish haqida kollegial qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. TMEK tomonidan nogiron bolani koʻrikdan oʻtkazish haqida qaror qilinganda, koʻrikdan oʻtkazish sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda TMEKda koʻrikdan oʻtish taloni rasmiylashtiriladi va u nogiron bolaning qonuniy vakiliga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nogiron bolani TMEKda koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra unga berilgan tibbiy xulosaning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan TMEKning konsultativ xulosasi chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy xulosaning asossizligi yuzasidan TMEKning konsultativ xulosasida uni asoslantiruvchi sabablar koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tibbiy xulosa hamda tibbiy hujjatlarni oʻrganib chiqish natijasida nogiron bolada mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq Konsultativ xulosani sirtdan chiqarish huquqini beruvchi kasalliklar va patologik holatlar roʻyxatida koʻrsatilgan kasalliklar yoki patologik holatlar mavjudligi aniqlansa, nogiron bola koʻrikdan oʻtkazilmaydi. Bunda nogiron bolaga berilgan tibbiy xulosaning asosliligi yuzasidan TMEKning konsultativ xulosasi sirtdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TMEK raisi yoki aʼzolarining biri konsultativ xulosani sirtdan chiqarish toʻgʻrisidagi qarorga rozi boʻlmagan taqdirda, nogiron bola TMEK tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. TMEK tomonidan nogiron bolani koʻrikdan oʻtkazish va unga berilgan tibbiy xulosaning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan konsultativ xulosa yoʻllanma qabul qilib olingan kundan boshlab yetti ish kuni ichida chiqarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. TMEK nogiron bolaga berilgan tibbiy xulosani va uning tibbiy hujjatlarini oʻrganib chiqishda, shuningdek nogiron bolani koʻrikdan oʻtkazish vaqtida uning klinik tashxisiga aniqlik kiritish maqsadida u DPMga qoʻshimcha laborator-instrumental tekshirishga yuborilishi mumkin. Bunda nogiron bolaning qonuniy vakiliga DPMga qoʻshimcha laborator-instrumental tekshirishga yuborish boʻyicha yoʻllanma topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha laborator-instrumental tekshirish uch kun ichida oʻtkaziladi. Bunday hollarda mazkur Qoidalarning 11-bandida belgilangan muddat buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nogiron bolaning qoʻshimcha laborator-instrumental tekshirishdan oʻtkazish natijalari uning qonuniy vakili tomonidan TMEKga yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoʻshimcha laborator-instrumental tekshirish natijalari TMEK konsultativ xulosasini chiqarishda asos qilib olinadi va ular haqidagi maʼlumotlar Jurnalga qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nogiron bolani koʻrikdan oʻtkazish va TMEK konsultativ xulosasini chiqarish toʻliq tarkibda oʻtkaziladigan TMEK majlisida kollegial tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TMEK majlisida tibbiy xulosa bergan TMK raisi yoki vrachi ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nogiron boladagi kasallik turi yoki patologik holatidan kelib chiqib TMEK konsultativ xulosasini chiqarish uchun TMEK majlisida Bosh TMEKning tegishli mutaxassislari (oftalmolog, ftiziatr, psixiatr) ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. TMEK joylashgan joyda TMEK konsultativ xulosasini chiqarish imkoni boʻlmasa (nogiron bola shifoxonada yoki uyda davolanayotgan boʻlsa), TMEK konsultativ xulosasi TMK tavsiyasi asosida uyda yoki statsionarda sayyor majlisda chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. TMEK konsultativ xulosasi chiqarilishi bilan u darhol TMEK raisi tomonidan nogiron bolaning qonuniy vakiliga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. TMEK konsultativ xulosasi chiqarilganda, u haqidagi maʼlumotlar Jurnalga qayd qilinib, Jurnalning tegishli grafasida TMEK raisi va aʼzolari, Bosh TMEKning tegishli mutaxassislari (agar ishtirok etgan boʻlsa), TMK raisi yoki vrachi (agar ishtirok etgan boʻlsa) tomonidan imzolar qoʻyiladi va ularning imzolari TMEK muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. TMEK konsultativ xulosasi sirtdan chiqarilganda, Jurnalning “Izoh” grafasiga tegishli belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. TMEK konsultativ xulosasi chiqarilgan kuni u yoʻllanmaning qirqma qismiga rasmiylashtiriladi va TMEK raisi tomonidan imzolanadi. TMEK raisining imzosi TMEK muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. TMEK konsultativ xulosasi rasmiylashtirilgan yoʻllanmaning qirqma qismi tibbiy xulosa bilan birga uni yuborgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga u rasmiylashtirilgan kunning oʻzida yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. TMEK konsultativ xulosasidan norozi boʻlgan TMK Bosh TMEKga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish qoidalariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani TMEKda koʻrikdan oʻtkazish uchun
‎YOʻLLANMA

‎Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
‎budjetdan tashqari ‎Pensiya jamgʻarmasi ______________ tuman
‎ (shahar) boʻlimi

20___ yil “___”__________‎‎

‎‎_______-son

‎‎_______________________________ ___-sonli

‎‎(viloyat (shahar) / respublika)

‎‎___________________________ TMEK raisiga

‎‎(tuman / tumanlararo / shahar / ixtisoslashtirilgan)

1. Nogiron bolaning F.I.O.:__________________________________________________________.
‎2. Nogiron bolaning tugʻilgan sanasi: __________________________________________________.
‎3. Nogiron bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxsning F.I.O.: ________________________________________________________________________________.
‎4. Nogiron bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxsning yashash joyi va telefon raqami: __________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________.
‎5. TMK tomonidan tibbiy xulosa berilgan sana: _________________________________________.
‎6. TMK tegishli boʻlgan DPMning nomi: ________________________________________________.
‎7. Nogiron bolani TMEKga koʻrikdan oʻtkazish uchun yuborishning maqsadi: ________________________________________________________________________________.

‎‎Pensiya jamgʻarmasi
‎boʻlimi boshligʻi

‎‎M.Oʻ.


‎‎‎____________
‎(imzo)


‎‎‎__________________
‎(F.I.O.)


‎----------------------------------------------------------- (qirqish chizigʻi) ----------------------------------------------------------‎‎

‎‎16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani TMEKda koʻrikdan oʻtkazish uchun yoʻllanmaning qirqma qismi
‎(Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga qaytariladi)

‎‎_______-son

_______________________________ ___-sonli ___________________________________ TMEK

(viloyat (shahar) / respublika)

‎‎(tuman / tumanlararo / shahar / ixtisoslashtirilgan)

‎‎tomonidan ____ yilda tugʻilgan _______________________________________________ koʻrikdan

‎‎(nogiron bolaning F.I.O.)

‎‎oʻtkazilib, unga TMK tomonidan berilgan “____” __________ 20___ yildagi ______ -sonli tibbiy xulosa ____________________________ toʻgʻrisida konsultativ xulosa chiqarildi.

‎‎(asosliligi / asossizligi )

‎‎Tibbiy xulosa asossizligining sababi (agar asossiz deb xulosa qilingan boʻlsa):
‎_________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________.
‎TMEK konsultativ xulosasi chiqarilgan sana: 20__ yil “_____”_______________.

‎‎TMEK raisi

‎‎M.Oʻ.

‎‎______________
‎(imzo)

‎‎___________________
‎(F.I.O.)

‎‎
‎20__ yil “_____”_______________.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani koʻrikdan oʻtkazish natijalarini qayd qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuritilish boshlandi: _________ yil.
‎Yuritilish tugatildi: _________ yil.

T/r‎

Yoʻllanmaning sanasi va soni, uning TMEKda roʻyxatga olingan sanasi

Nogiron bolaning F.I.O.

Nogiron bolaning tugʻilgan sanasi

Nogiron bolaning qonuniy vakilining F.I.O.

Nogiron bolaning qonuniy vakilining yashash joyi va telefon raqami

TMK tomonidan nogiron bolaga berilgan tibbiy xulosaning sanasi va soni

DPM tomonidan taqdim qilingan tibbiy hujjatlar

Nogiron bolaga belgilangan qoʻshimcha laborator-instrumental tekshirishning turi, yoʻllanma berilgan sana (agar nogiron bola tekshirishga yuborilgan boʻlsa)

Qoʻshimcha laborator-instrumental tekshirish natijalari (agar nogiron bola tekshirishdan oʻtgan boʻlsa)

TMEK konsultativ xulosasi

TMEK konsultativ xulosasini chiqarishda ishtirok etgan shaxslarning F.I.O va imzosi (TMEK raisi va aʼzolari, Bosh TMEKning tegishli mutaxassislari, TMK raisi yoki vrachi)

Izoh

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish qoidalariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsultativ xulosani sirtdan chiqarish huquqini beruvchi kasalliklar va patologik holatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I boʻlim. Ichki aʼzolar kasalliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Birlamchi arterial gipertoniya (gipertoniya kasalligi) (buyraklar shikastlanishi ustunligi bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qon aylanishining III darajasi bilan kechuvchi koronar yetishmovchiligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qon aylanishi yetishmovchiligining III darajasi bilan kechuvchi yurak kasalliklari va nuqsonlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Surunkali buyrak yetishmovchiligining III bosqichi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nafas yetishmovchiligining III darajasi bilan kechuvchi surunkali oʻpka kasalliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jigarning tugʻma, irsiy, orttirilgan kasalliklarida kuchli turgʻun qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Atsetonuriya va komatoz holatlarga moyillik bilan kechuvchi qandli diabetning ogʻir turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Gipofizar nanizm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kuchli ifodalangan gormonal buzilishi bilan kechuvchi endokrin tizimi kasalliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.Tik turish va tos aʼzolari faoliyati buzilishi bilan namoyon boʻlgan umurtqa pogʻonasi sili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Addison kasalligi (surunkali buyrak usti bezi yetishmovchiligi bilan kechuvchi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. OIV infeksiyasining III darajasi va OITS.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Leykozlar (oʻtkir limfoleykoz, surunkali miyeloleykoz, oʻtkir nolimfatik leykozlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Gemofiliyaning hamma turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II boʻlim. Asab tizimining kasalliklari va ruhiy buzilishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Surunkali rivojlanib boruvchi va turgʻun harakat, nutq, koʻrish faoliyatining buzilishi (parkinsonizm, falaj, afaziya, muvozanatni buzilishi, ataksiya) bilan kechuvchi markaziy asab tizimining yuqumli kasalliklari, rivojlanib boruvchi miya shishi (kuchli gidrotsefaliya), tos aʼzolari faoliyatining buzilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ensefalitlar, ensefalomiyelitlar, miyelitlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yon amiotrofik skleroz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tarqalgan skleroz (miyacha va spinal turi, kuchli muvozanatning buzilishi, paraparez bilan kechishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bosh va orqa miya jarohatining uzoq muddatdan keyingi asoratlarining kuchli harakat buzilishlari bilan kechishi holatlari (gemiplegiya, kuchli ifodalangan gemiparez, paraplegiya, kuchli ifodalangan paraparez, triplegiya, kuchli ifodalangan triparez, tetraplegiya, kuchli ifodalangan tetraparez, afaziya).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Orqa miyaning uzoq muddatdan keyingi turgʻun asoratlarining kuchli ifodalangan harakat buzilishlari bilan kechishi (falajlar va kuchli ifodalangan parezlar, tos aʼzolari faoliyatining kuchli buzilishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bosh miya qon aylanishi buzilishining ogʻir asoratlari (gemiplegiya, kuchli ifodalangan gemiparez, psixoz, kuchli ifodalangan aqliy kobiliyatning buzilishi), bolalar tserebral falaji.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tez-tez qaytalanuvchi epilepsiya (shaxs oʻzgarishi va aqliy pastligi bilan kechishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Markaziy asab tizimining kuchli rivojlanib kechuvchi kasalliklari: miopatiya, miotoniya, qaltiroq, falajning kuchli rivojlangan va muvozanatning buzilishi bilan kechishi holatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Periferik asab tizimining uzoq vaqtdan keyingi orqaga qaytmas asoratlari, qoʻl-oyoqlarning uzoq vaqt falajligi, kuchli ifodalangan parezlar, trofik buzilishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bosh miya va orqa miyaning nooperabel oʻsmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kelib chiqishi har xil boʻlgan aqliy zaiflikning chuqur va ogʻir turi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Aqliy qobiliyatni keskin pasayishi bilan kechuvchi shizofreniya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Daun kasalligi (21 juft xromosomaning toʻliq trisomiyasi, intellektning buzilishi va 1-B darajadagi qon aylanishining buzilishi bilan kechishida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III boʻlim. Xirurgik kasalliklar va anatomik nuqsonlar hamda deformatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bir yoki ikkala qoʻllarda tugʻma va orttirilgan ogʻir darajadagi deformatsiyalar va amputatsion choʻltoqlar: yelka, bilak choʻltoqligi, kaftning yoʻqligi, rezeksiyadan keyingi osilib turuvchi yelka va tirsak boʻgʻimlari, barmoqlarning yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bir yoki ikkala oyoqlarda tugʻma va orttirilgan ogʻir darajadagi deformatsiyalar va amputatsion choʻltoqlar: son, boldirning choʻltogʻi, kaftning yoʻqligi, rezeksiyadan keyingi chanoq-son va tizza boʻgʻimlari oʻynoqiligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Umurtqa pogʻonasining jarohatdan keyingi asoratlari, tos aʼzolari faoliyatining turgʻun buzilishi (oʻtkir va oʻtkir osti davrda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nefro yoki pulmonektomiyadan keyingi asoratlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Inkurabel yomon sifatli oʻsmalarning ogʻir shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV boʻlim. Koʻz va uning qoʻshimcha apparati kasalliklari va jarohatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Koʻz soqqasining yoʻqligi (anoftalm).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Koʻz soqqasining subatrofiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ikki tomonlama koʻrlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V boʻlim. Quloq, tomoq va burun kasalliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bolalikdan kar-soqov.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 27-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)