Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2017 14.04.2004 yildagi 183-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi respublika organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmonini bajarish yuzasidan va gidrometeorologiya, tabiiy muhit ifloslanishi darajasi ustidan kuzatish olib borish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O‘zgidromet” markazi)ga aylantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “O‘zgidromet” markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologiya kuzatishlari davlat tizimini, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, aholisi va qurolli kuchlarini gidrometeorologik ta’minlashni rivojlantirish va takomillashtirish;

respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini, korxonalar, muassasalar va fuqarolarni amaldagi va kutilayotgan gidrometeorologiya shart-sharoitlari va iqlimning o‘zgarishi, tabiiy muhitning ifloslanishi darajasi to‘g‘risidagi axborot, xavfli va stixiyali gidrometeorologiya hodisalari paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlash;

ma’lumotlarning davlat gidrometeorologiya fondini va tabiiy muhit ifloslanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning davlat fondini shakllantirish va yuritish;

“Yuza suvlar” bo‘limi bo‘yicha suvlarning davlat hisobini belgilangan tartibda yuritish, davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritish bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish, yo‘naltirish va birlashtirish;

qishloq xo‘jalik ekinlari va yaylov o‘simliklarining holati, stixiyali gidrometeorologiya hodisalari paydo bo‘lishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlar ifloslanishi ustidan muntazam kuzatuvlarni tashkil etish va olib borish;

gidrometeorologiya tavsiflari uchun kuzatishlar olib borish, ob-havoni, daryolarning suvliligini, iqlimning o‘zgarishini qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlashtirishni yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish.

3. Belgilansinki, “O‘zgidromet” markazi shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazining tashkiliy tuzilmasi va uning xodimlarining umumiy cheklangan soni 15,5 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 14 nafar bo‘lgan markaziy apparati 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazi bosh direktoriga xodimlarning belgilangan soni va ular ta’minoti xarajatlar smetasi doirasida markaziy apparat tuzilmasi va shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zgidromet” markazi xodimlari uchun bepul kiyimbosh bilan ta’minlash, shuningdek borish qiyin bo‘lgan stansiyalarning xodimlarini bepul ovqat bilan ta’minlashning mavjud tartibi saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 2004-2005-yillarda qishloq xo‘jaligi korxonalarining mablag‘lari hisobiga idoraviy agrometeorologiya postlari tiklanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zgidromet” markazining gidrometeorologiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha harbiylashtirilgan boshqarmani O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ixtiyoriga berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda do‘lga qarshi ishlarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risidagi nizomni tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bo‘yicha 2004-yil uchun xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zgidromet” markazi bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat suv kadastri yuritilishini tashkil etish imkonini beruvchi yuza suvlardan foydalanish haqida hisobot berish shakllarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda uch oy muddatda aeroportlarning gidrometeorologiya stansiyalaridagi eskirgan asbob-uskunalar va priborlarni almashtirish masalasini ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati to‘g‘risida” 1992-yil 9-martdagi 110-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 7-maydagi 225-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 17-modda) qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 14-apreldagi 183-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O‘zgidromet” markazi)ning tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 14-apreldagi 183-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi markaziy apparatining tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 14-apreldagi 183-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O‘zgidromet” markazi) O‘zbekiston Respublikasida gidrometeorologiya sohasidagi vazifalarni hal etish uchun maxsus vakil qilingan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zgidromet” markazi tizimiga gidrometeorologiya bo‘yicha hududiy boshqarmalar, Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, Toshkent gidrometeorologiya kolleji, “O‘zgidrometpribor” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidrometeorologiya bo‘yicha hududiy boshqarmalar “O‘zgidromet” markaziga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zgidromet” markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, gidrometeorologiya sohasidagi xalqaro shartnomalarga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zgidromet” markazi o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zgidromet” markazining moddiy-texnika ta’minoti hamda “O‘zgidromet” markazi tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash “O‘zgidromet” markaziga ajratilgan mablag‘lar doirasida davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zgidromet” markazi va unga idoraviy mansub bo‘lgan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. “O‘zgidromet” markazining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar “O‘zgidromet” markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologiya kuzatishlari davlat tizimini, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, aholisi va qurolli kuchlarini gidrometeorologik ta’minlashni rivojlantirish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini, korxonalar, muassasalar va fuqarolarni amaldagi va kutilayotgan gidrometeorologiya shart-sharoitlari va iqlimning o‘zgarishi, tabiiy muhitning ifloslanishi darajasi to‘g‘risidagi axborot, xavfli va stixiyali gidrometeorologiya hodisalari paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlarning davlat gidrometeorologiya fondini va tabiiy muhit ifloslanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning davlat fondini shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yuza suvlar” bo‘limi bo‘yicha suvlarning davlat hisobini belgilangan tartibda yuritish, davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritish bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish, yo‘naltirish va birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jalik ekinlari va yaylov o‘simliklarining holati, stixiyali gidrometeorologiya hodisalari paydo bo‘lishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlar ifloslanishi ustidan muntazam kuzatuvlarni tashkil etish va olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologiya tavsiflari uchun kuzatishlar olib borish, ob-havoni, daryolarning suvliligini, iqlimning o‘zgarishini qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlashtirishni yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zgidromet” markazi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologiya axborotini to‘plash, uni tahlil etish va umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erdagi va aerologik gidrometeorologik kuzatishlar tarmoqlarini, shu jumladan masofadan turib zondlash uchun texnik jihozlashni rivojlantirish, ularni ishlatish va ularni ishchi holatda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatishlar ma’lumotlarini to‘plash va ularning sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish va uni ishchi holatda saqlash hamda tezkor gidrometeorologiya, iqlim xizmatlari va atrof muhitga tegishli bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatish maqsadida ularni qayta ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologik prognozlashtirish modellari va tizimlarini tashkil etish va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologik va iqlim ma’lumotlari milliy bazasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va xalqaro darajalarda ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar olib borish, gidrometeorologiya fanini zamonaviy texnologiyalar negizida rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi uchun gidrometeorologiya axboroti, prognozlar va ogohlantirishlar shaklida xizmatlarning har xil turlarini ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi, aviatsiya, milliy mudofaa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun ijtimoiy tezkor gidrometeorologiya xizmati ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosferaning ifloslanishi, yuza (tabiiy suv oqimlari), tuproq ifloslanishi monitoringi va fon monitoringini (ma’lumotlarni to‘plash, ularni qayta ishlash, tahlil etish va axborot tayyorlash), atmosfera ifloslanishi darajasi prognozini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim o‘zgarishi monitoringini ta’minlash va uning taxminiy prognozlarini taqdim etish, shuningdek uning iqlimning o‘zgarishiga ta’siri choralari va variantlarini baholashga hissa qo‘shish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meteorologiya, gidrometeorologiya va agrometeorologiya priborlari va qurilmalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish va attestatsiyadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xalqaro majburiyatlarni, shu jumladan Butunjahon Meteorologiya Tashkiloti Konvensiyasi, BMTning iqlimning o‘zgarishi bo‘yicha konvensiyasi, BMTning cho‘lga aylanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash konvensiyasi, YuNESKOning xalqaro gidrologiya dasturi doirasida majburiyatlarni bajarish, dasturlar va xalqaro faoliyatda ishtirok etish vositasida milliy manfaatlarga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon Meteorologiya Tashkilotining Jahon ob-havo xizmati tizimida mintaqaviy meteorologiya markazi funksiyalarini bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zgidromet” markazi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hududiy boshqarmalar va o‘ziga idoraviy mansub tashkilotlar orqali hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. “O‘zgidromet” markazining huquq va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zgidromet” markazi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va davlat boshqaruvi boshqa organlaridan, korxonalar va tashkilotlardan “O‘zgidromet” markaziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan gidrometeorologiya bo‘yicha materiallarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon Meteorologiya Tashkiloti va Gidrometeorologiya bo‘yicha Davlatlararo Kengashda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlarning mutaxassislarini ekspert sifatida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik shartnomalari asosida ixtisoslashtirilgan gidrometeorologiya xizmati ishlarini bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zgidromet” markazi, o‘z vakolatlari doirasida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazi, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va hujjatlar chiqarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “O‘zgidromet” markazi o‘ziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. “O‘zgidromet” markazi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “O‘zgidromet” markaziga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktorning bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazining bosh direktori maqomiga ko‘ra vazirga, bosh direktorning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bosh direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazi faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va “O‘zgidromet” markaziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, “O‘zgidromet” markazi tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, “O‘zgidromet” markazi faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini hamda o‘ziga qarashli bo‘linmalar va tashkilotlar ishini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazi tizimi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazining tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, “O‘zgidromet” markazi markaziy apparatining shtat jadvalini, shuningdek “O‘zgidromet” markazi markaziy apparati, markazga qarashli bo‘linmalar va tashkilotlarning xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazining tarkibiy va hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, “O‘zgidromet” markazi tizimiga kiradigan o‘ziga qarashli tashkilotlarning nizomlari (ustavlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazi markaziy apparati xodimlarini, “O‘zgidromet” markazi tizimiga kiradigan tarkibiy va hududiy boshqarmalar va tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hududiy bo‘linmalar o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda “O‘zgidromet” markazi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazining viloyat bo‘linmalari rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasi bo‘yicha “O‘zgidromet” markazining Bosh direktori tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “O‘zgidromet” markazini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 14-apreldagi 183-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi to‘g‘risida” 1993-yil 7-iyundagi 271-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining boshlig‘i” so‘zlari “Gidrometeorologiya xizmati markazining bosh direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-oktabrdagi 375–f-son farmoyishi 1-bandidagi “Boshgidromet” boshqarmasi” so‘zlari “O‘zgidromet” markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori 13-bandining birinchi xatboshidagi “Boshgidromet” boshqarmasi” so‘zlari “O‘zgidromet” markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 7-son, 59-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 218–f-son farmoyishining 1-bandi va 2-bandi birinchi xatboshidagi “Boshgidromet” boshqarmasi” so‘zlari “O‘zgidromet” markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-iyuldagi 549-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo bo‘shlig‘idan foydalanishga buyurtma va Havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlariga xabarnoma berish tartibining 3-bandidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” so‘zlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Havo bo‘shlig‘idan foydalanish yagona tizimining idoralararo komissiyasi va boshqaruv organlari to‘g‘risidagi nizom 3-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” so‘zlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-banddagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” so‘zlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17—19, 22, 28—30-bandlardagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘zgidromet” markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-banddagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining” so‘zlari “O‘zgidromet” markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha funksiyalari” bo‘limining nomi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha funksiyalari” deb nomlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-banddagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” so‘zlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37, 38, 41, 42-bandlaridagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasiga” so‘zlari “Gidrometeorologiya xizmati markaziga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan 1999—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturini amalga oshirish tadbirlarining 2.12-bandidagi “Boshgidromet” boshqarmasi” so‘zlari “O‘zgidromet” markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni o‘zlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qarorining 6 va 7-bandlaridagi “Boshgidromet” boshqarmasi” so‘zlari “O‘zgidromet” markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlarining dasturini amalga oshirish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 9-oktabrdagi 389-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” so‘zlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarning 3, 6, 8 va 10-bandlaridagi “Boshgidromet” boshqarmasi” so‘zlari “O‘zgidromet” markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Yer monitoringi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” so‘zlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan Tugatilayotgan yoki boshqa idoralarga berilayotgan hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqarilayotgan tashkilotlar va korxonalar ro‘yxatining 6-bandi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2002-yil 3-apreldagi 111-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 4-son, 19-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning birinchi xatboshidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” so‘zlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bandning uchinchi xatboshidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” so‘zlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 1 va 2-ilovalardagi “Boshgidromet” boshqarmasi” so‘zlari “O‘zgidromet” markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “2003—2007-yillar davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi barqaror rivojlantirilishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 1-avgustdagi 276-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshidagi “Boshgidromet” boshqarmasi” so‘zlari “O‘zgidromet” markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 16-son qarori bilan tasdiqlangan 2003—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturida, A.2, A.3, A.4, A.5, A.6.1, B.1, B.2, V bandlaridagi “Boshgidromet” boshqarmasining” so‘zlari “O‘zgidromet” markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-dekabrdagi 576-son qarori bilan tasdiqlangan 2004-yil uchun statistik ishlar Dasturida, “Boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan bajariladigan statistik ishlar” II bo‘limdagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” so‘zlari “Gidrometeorologiya xizmati markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 15-son, 179-modda; 2005-y., 7-son, 59-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda)