15.12.2015 yildagi 362-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek yer va suv resurslaridan oqilona foydalanilishini taʼminlash, fermer xoʻjaliklarining moliyaviy va iqtisodiy holatini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari tomonidan hududiy fermerlar kengashlari, fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirokida hamda jamoatchilikni keng jalb etgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini xatlovdan oʻtkazish, ulardan samarali va oqilona foydalanilishini tanqidiy tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarining moliyaviy va iqtisodiy holatini, fermer xoʻjaliklari faoliyatini samarali amalga oshirish, yer uchastkasining ijara shartnomasi shartlarini, fermer xoʻjaliklari va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida, eng avvalo, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish uchun moddiy-texnika bazasining, mehnat resurslari va aylanma mablagʻlarning mavjudligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini hududlarning mehnat resurslari bilan taʼminlanganlik darajasini, aholi zichligini, fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarini nazarda tutib, ular ishlarining samaradorligini, tegishli kasbiy jihatdan tayyorlangan kadrlar salohiyati mavjudligini hisobga olgan holda yanada maqbullashtirish ishlari amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan, xalq deputatlari tuman va viloyatlar Kengashlari tomonidan koʻrib chiqilgan va tasdiqlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini yanada maqbullashtirishning, ularning ixtisoslashuvi asosiy yoʻnalishlariga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha yigʻma yakunlari 1, 1-1 — 1-5-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarini maqbullashtirish yakunlariga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar boʻyicha fermer xoʻjaliklari soni va ularning ixtisoslashuvi yoʻnalishlarini hisobga olgan holda ularga beriladigan yer uchastkalarining oʻrtacha maydonlari 2, 2-1 — 2-13-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 2-13-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda yangi tashkil etilgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan, shuningdek yer uchastkalari maqbullashtirilgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan yer uchastkalarini uzoq muddatga ijaraga olish shartnomalari tuzish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdonmahsulot” AK bilan birgalikda oʻn kun muddatda 2016-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun boshoqli ekinlar doni sotish yuzasidan shartnomalarni qaytadan tuzish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzneftmahsulot” AK, “Oʻzkimyosanoat” AJ va qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda fermer xoʻjaliklari bilan ular tomonidan moddiy-texnika resurslari sotib olish hamda xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnomalarni oʻn kun muddatda qaytadan tuzish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda tugatilgan fermer xoʻjaliklarini yuridik shaxslarning davlat reyestridan belgilangan tartibda chiqarish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida 2015-yil 25-dekabrgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda fermer xoʻjaligining asosiy ishlab chiqarish va iqtisodiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan fermer xoʻjaliklarining yagona bazasini tashkil etsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 50-son, 627-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)