Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.06.2018 14.12.2015 yildagi 358-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.06.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari faqat davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatining namunaviy pasporti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari (keyingi oʻrinlarda “yagona darcha” markazlari deb ataladi) tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan toʻlovni belgilashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari faqat “yagona darcha” tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) kiritilgan davlat xizmatlari koʻrsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb ataladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda oʻz xodimlarini va yagona darcha markazlari xodimlarini Roʻyxatga kiritilgan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibotlariga tizimli ravishda oʻqitishni taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 25-dekabrgacha boʻlgan muddatda — davlat xizmatlari olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha xususiyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 25-dekabrgacha boʻlgan muddatda — faqat “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari pasportlarini ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning muhimligini doimiy ravishda taʼminlagan holda ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda konsolidatsiya qilingan maʼlumotlarga va klassifikatorlarga ega boʻlgan, hujjatlarning namunaviy shakllarida va blankalarida koʻrsatilgan maʼlumotlarning avtomatik tarzda yangilab borilishini taʼminlash, davlat xizmatlari olishda tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlarni turkumlash imkonini beradigan axborot-maʼlumotnoma resurslarini ishlab chiqsinlar va oʻz vakolatlari doirasida tasdiqlasinlar, shuningdek ularning belgilangan tartibda “Oʻzstandart” agentligi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga qoʻshimcha davlat xizmatlarini kiritishda tegishli vakolatli organlar ushbu bandda nazarda tutilgan talablarga rioya etilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmatlari koʻrsatadigan “yagona darcha” markazlarining va vakolatli organlarning rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning “yagona darcha” markazlari faoliyatini oʻz vaqtida tashkil etish, shuningdek ular orqali tegishli davlat xizmatlari koʻrsatish tartibiga ogʻishmay rioya etish yuzasidan shaxsiy masʼuliyati toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish, shuningdek litsenziyalar va boshqa ruxsat berish tusidagi hujjatlarni berishning belgilangan tartibi va muddatlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlik choralari toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarning davlat xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatining funksional va operatsion jarayonlari ular Roʻyxatga kiritilgan sanadan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tizimli ravishda qayta tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati pasporti u tasdiqlangan sanadan boshlab bir kun muddatda vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati pasporti, hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalari, axborot-maʼlumotnoma resurslari vakolatli organlar tomonidan, keyinchalik ularni “yagona darcha” markazlariga yuborish uchun ular tasdiqlangan sanadan boshlab bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasdiqlangan davlat xizmatlari pasportlari, hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalari, shuningdek axborot-maʼlumotnoma resurslari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) davlat xizmatlari pasportlarining eʼlon qilinishini hamda Yagona portalda alohida interaktiv tarzda toʻldirish va davlat xizmatlari olish uchun elektron hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini joriy etishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Markaziy banki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi davlat xizmatlari koʻrsatish uchun toʻlovni undiradigan vakolatli organlar bilan birgalikda 2016-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portalda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlari summasini banklar kassalari va (yoki) elektron toʻlov tizimlari orqali hisobga olishning yagona billing tizimini (keyingi oʻrinlarda yagona billing tizimi deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini va vakolatli organlarni real vaqt rejimida yagona billing tizimi vositasida oʻzaro hisob-kitoblarning holati toʻgʻrisida xabardor qilish imkoniyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchilar tomonidan toʻlovlarni, shu jumladan elektron tarzdagi toʻlovlarni amalga oshirishda ularni identifikatsiyalash mexanizmini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlari summasini hisobga olishning idoraviy billing tizimlarini, ularni, shu jumladan vakolatli organlarning maʼlumotlarida foydalaniladigan buxgalteriya dasturiy taʼminotini yagona billing tizimi bilan ularni integratsiyalashni taʼminlagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” markazlari tomonidan bajariladigan qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar va funksiyalarning avtomatlashtirilishini taʼminlaydigan ariza beruvchilar bilan oʻzaro munosabatlarni boshqarishning axborot tizimini ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ushbu qarorning 5-bandida nazarda tutilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va rivojlantirish loyihalarini ikki hafta muddatda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi 2015-yil 15-dekabrgacha boʻlgan muddatda ushbu qarorning 5-bandida nazarda tutilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va rivojlantirishning kiritilgan loyihalarini amalga oshirishga davlat buyurtmasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat buyurtmasi tasdiqlangan sanadan boshlab ikki oy muddatda tanlov (tender) savdolarini oʻtkazsin va ularning natijalari boʻyicha davlat buyurtmasi loyihalarini amalga oshirish yuzasidan tegishli shartnomalarni tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi bir oy muddatda “yagona darcha” markazlari xodimlarining namunaviy lavozim yoʻriqnomalarini, shu jumladan oʻzi bevosita murojaat qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini qabul qilish, telefon xizmati koʻrsatish, vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, davlat xizmatlarining yuqori sifatini, shaffofligi va qulayligini taʼminlaydigan boshqa masalalar boʻyicha mufassal yoʻriqnomalarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari (keyingi oʻrinlarda “yagona darcha” markazi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Yagona darcha” markazi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmasiga kiradi va yuridik shaxs hisoblanmaydi, mol-mulkka, xoʻjalik yurituvida yoki tezkor boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, oʻz nomidan boshqa shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlmaydi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona darcha” markazining oʻz nomi yozilgan dumaloq muhri, shtampi va blankalari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Yagona darcha” markazi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yagona darcha” markazi oʻz faoliyatida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hisobot beradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Yagona darcha” markazi tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda berilgan hujjatlar yuridik kuchga ega va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. “Yagona darcha” markazlarining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar “yagona darcha” markazi faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb ataladi) bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda arizachilar deb ataladi) axborot yordami koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga aniqlangan qonunbuzarliklar, davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha qonun hujjatlari buzilishlarining belgilari, ularga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni kiritadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Yagona darcha” markazi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va oʻz ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirmagan korxonalarni tugatish boʻyicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatish roʻyxatida nazarda tutilgan, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari faqat “yagona darcha” markazlari tomonidan koʻrsatiladigan Davlat xizmatlari roʻyxatida (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) nazarda tutilgan davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizalarni (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi) qabul qiladi va roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish reyestrini (muhim oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar, bekor qilish) elektron tarzda yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchilarning vakolatli organlar bilan kontaktsiz oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizalarning vakolatli organlarga ular boʻyicha qaror qabul qilish va ularni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachilarga arizalarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha hujjatlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachilarga “yagona darcha” markaziga murojaat qilishganda axborot yordami koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilikning koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi fikrini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. “Yagona darcha” markazining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Yagona darcha” markazi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Roʻyxatga qoʻshimcha davlat xizmatlarini kiritish boʻyicha, davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida takliflarni, shuningdek arizachining davlat xizmatlari koʻrsatishning rad etilishi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun materiallarni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning tegishli bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlardan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hujjatlar hamda axborotlarni soʻrash va toʻlovsiz olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona darcha” markazi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Yagona darcha” markazi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachilar bilan oʻzaro munosabatlarni boshqarishning axborot tizimidan, Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidan (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi), idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar bilan Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tarzda hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining dasturiy-apparat vositalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha telefon xizmati (call-markaz)ning zarur darajada ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatni elektron boshqarishning samarali faoliyat koʻrsatishini va maʼmuriy boshqarishni, muayyan davrda (kun, hafta, oyda) “yagona darcha” markazi orqali xizmat koʻrsatilgan arizachilarning sonini ularning toifalari va koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari turlari boʻyicha, qabul qilish va xizmat koʻrsatilishini kutishning oʻrtacha vaqtini koʻrsatgan holda zarur darajada hisobga olishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Yagona darcha” markazi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. “Yagona darcha” markazi faoliyatini taʼminlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Yagona darcha” markazi faoliyatini taʼminlash tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat bojini toʻlashdan tushadigan mablagʻlar, “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari va yigʻimlar summasining 10 foizi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan tushadigan davlat bojining barcha summasi, shuningdek “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari va yigʻimlar summasining 10 foizi “yagona darcha” markazlarining daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomiga ochilgan maxsus shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus ochilgan hisob raqamiga tushadigan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga asosan faqat “yagona darcha” markazlari xodimlari taʼminotiga, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, ish haqi toʻlashga va xodimlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona darcha” markazlarining mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha moliyaviy operatsiyalar, ularni hisobga olish va ular boʻyicha hisobotlar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri, zarur hollarda, “yagona darcha” markazlari tuzilmasiga barcha markaz xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. “Yagona darcha” markazi faoliyatini tashkil etish va uning ish rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Yagona darcha” markaziga direktor boshchilik qiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Yagona darcha” markazi direktori markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona darcha” markazlari xodimlari lavozim maoshlariga ustamalar (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) miqdori, mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish shartlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boʻlimlari xodimlariga tenglashtiriladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona darcha” markazlarining daromadlari va xarajatlari smetasida mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida moddiy ragʻbatlantirishning maxsus fondi nazarda tutilishi mumkin. Ushbu fond mablagʻlaridan foydalanish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Yagona darcha” markazi xodimlarining lavozim yoʻriqnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, unda ularning vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shaxsiy javobgarligi, shuningdek har bir markaz xodimiga ularning vazifa va funksiyalaridan kelib chiqib malakaviy talablar majburiy tartibda belgilanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Yagona darcha” markazida mehnat qonunchiligiga muvofiq besh kundan iborat boʻlgan ish haftasi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Yagona darcha” markazida uning 9.00 soatdan 18.00 soatgacha tanaffussiz ishlashini taʼminlaydigan grafik belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachilar bilan ishlash uchun xonalar “yagona darcha” markazi binosi (imorati)ning birinchi qavatida joylashadi, uning “yagona darcha” markazi binosiga toʻsiqsiz kirishini taʼminlaydigan alohida kirish joyi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona darcha” markazining binosi (imorati)ga kirish joyida peshlavha oʻrnatiladi, unda quyidagi mazmundagi maʼlumotlar boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” markazining joylashgan joyi (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” markazining ish rejimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telefon xizmati koʻrsatish (call-markaz) raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachilar uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Yagona darcha” markazi binosida toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha banklar kassalari joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Yagona darcha” markazi binosida navbat kutish navbatni boshqarishning elektron tizimi uskunalaridan foydalangan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino qoʻshimcha ravishda arizachilarni “yagona darcha” markazining telefoni, elektron pochtasi va Yagona portal orqali navbatga masofadan turib yozish bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Yagona darcha” markazi arizachilar uchun axborot stendlari va taxtalari bilan jihozlanadi, ular maʼlumotlar bilan tanishish uchun qulay boʻlgan joyda oʻrnatiladi va ularda maʼlumotlar bilan tanishish uchun qulaylik mavjud boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Axborot stendlarida “yagona darcha” markazi orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari olish uchun zarur boʻlgan muhim va mufassal maʼlumotlar, shu jumladan quyidagilar mavjud boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va muddatlari;
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat “yagona darcha” markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari pasportlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp beriladigan savollar va ularga javoblar (ular har oyda kamida bir marta yangilab boriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatish mexanizmi tavsiflangan rasmlar, blok-sxemalar va boshqa grafik chizmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” markazining va Internet tarmogʻidagi Yagona portalning pochta manzili, telefon xizmati (call-markaz)ning raqami, elektron pochta manzillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun bank rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarning mufassal roʻyxati, shuningdek davlat xizmatlari olish, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalari;
(23-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari olish uchun “yagona darcha” markaziga taqdim etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalarini toʻldirish namunalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stendda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar ham joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Yagona darcha” markazi xodimlariga oʻz lavozim vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda arizachilar toʻgʻrisidagi oʻzlariga maʼlum boʻlgan maʼlumotlardan qatʼiyan xizmat maqsadlarida foydalanilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. “Yagona darcha” markazi xodimlari davlat, bank, tijorat, soliq siri boʻlgan va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa maxfiy hujjatlarni va (yoki) maʼlumotlarni oshkor qilishga, ulardan shaxsiy maqsadlarda foydalanishga yoxud ularni uchinchi shaxslarga, shu jumladan vakolatli organlarga berishga haqli emas (qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari (keyingi oʻrinlarda “yagona darcha” markazlari deb ataladi) orqali davlat xizmatlari koʻrsatish, “yagona darcha” markazlarining davlat organlari hamda davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar va (yoki) davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Yagona darcha” markazlari hamda davlat organlari va qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatadigan va (yoki) davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb ataladi) oʻrtasida axborotlarni ayirboshlash idoralararo oʻzaro elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi vositasida amalga oshiriladi, bunda “yagona darcha” markazlarini avtomatlashtirishni, axborot xavfsizligini taʼminlashni hisobga olgan holda, arizachilar bilan oʻzaro munosabatlarni boshqarishning axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda Tizim deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari faqat davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan Davlat xizmatlari roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) kiritilgan davlat xizmatlari olish uchun “yagona darcha” markazlariga murojaat qilishgan tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda arizachilar deb ataladi) davlat xizmatlari koʻrsatish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga va davlat xizmati pasportiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida arizalar berish, ularni koʻrib chiqish va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hujjatlar berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Arizachi “yagona darcha” markaziga davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizani (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha, hozir boʻlish tartibida yoki pochta aloqasi vositasida beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali berilgan arizalar davlat xizmati koʻrsatadigan tegishli vakolatli organga avtomatik ravishda bevosita yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Arizachi hozir boʻlish tartibida murojaat qilgan taqdirda “yagona darcha” markazi xonasida navbat boʻyicha tartib raqami oladi va kutish uchun ajratilgan joyda “yagona darcha” markazi xodimining chaqirishini kutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi navbat raqamini olgan vaqtdan boshlab “yagona darcha” markazi xodimi tomonidan arizani ariza qabul qilib olinganligini tasdiqlaydigan hujjat arizachiga berilgungacha boʻlgan vaqt 30 daqiqadan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Arizachi chaqirilgandan keyin “yagona darcha” markazi xodimi arizaning davlat xizmati pasportiga muvofiq toʻliq toʻldirilganligini tekshiradi. Tekshirish yakunlari boʻyicha “yagona darcha” markazi xodimi arizani idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimiga kiritadi, ushbu tizim vositasida Roʻyxatga kiritilgan davlat xizmatlari koʻrsatish uchun tushgan arizalarni roʻyxatga olish Elektron jurnalida (keyingi oʻrinlarda Jurnal deb ataladi) shakllantiriladi. Jurnal idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi vositasida belgilangan shaklda, arizaga unikal roʻyxatdan oʻtkazish raqamini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin “yagona darcha” markazi xodimi arizachiga ariza olingani toʻgʻrisida tilxat beradi yoki unikal roʻyxatdan oʻtkazish raqamini koʻrsatgan holda ariza nusxasida qabul qilingani toʻgʻrisidagi tegishli yozuvni qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi orqali “yagona darcha” markazi tomonidan olingan ariza ham unga unikal roʻyxatdan oʻtkazish raqami berilgan holda Jurnalda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Yagona darcha” markazi tomonidan hozir boʻlish tartibida yoki pochta aloqasi orqali olingan ariza “yagona darcha” markazi xodimi tomonidan skanirlanadi, unga elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) qoʻyiladi va ariza olingan kuni idoralararo elektron tarzdagi hamkorlik tizimi orqali tegishli vakolatli organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona darcha” markazi xodimining ERIsi faqat berilgan arizada notoʻgʻri maʼlumot yoʻqligi faktini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boshqa joydagi “yagona darcha” markaziga hozir boʻlish tartibida yoki pochta aloqasi orqali murojaat qilingan yoki arizachi roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda ariza tegishli “yagona darcha” markazini xabardor qilgan holda idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali “yagona darcha” markazi tomonidan tegishli vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi tomonidan “yagona darcha” markaziga ariza elektron manba orqali taqdim etilgan taqdirda “yagona darcha” markazi xodimi, zarurat boʻlganda, unga arizani xizmat koʻrsatish uchun ajratilgan joyga “yagona darcha” markazi binosiga Yagona portal orqali yuborishda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza Yagona portal orqali yuborilgan taqdirda ariza, unikal roʻyxatdan oʻtkazish raqami berilgan holda, avtomatik ravishda Yagona portalda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Arizachilardan arizani qabul qilish uchun tegishli davlat xizmati pasportida nazarda tutilmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni va (yoki) hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatining tasdiqlangan pasporti qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan taqdirda arizachi ushbu pasportga muvofiq rasmiylashtirilgan davlat xizmatining toʻliq va (yoki) ishonchli boʻlmagan maʼlumotlari vakolatli organga taqdim etilganligi uchun javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tegishli vakolatli organ noaniqlik aniqlangan sanadan boshlab bir kun muddatda ushbu davlat xizmati pasportidagi noaniqlikni belgilangan tartibda bartaraf etish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Axborot ayirboshlashda texnik nosozliklar vujudga kelgan holatlarda arizachi tomonidan qogʻozda taqdim etilgan ariza u olingan sanadan boshlab bir ish kuni mobaynida “yagona darcha” markazi tomonidan pochta aloqasi vositasida (buyurtma xat bilan) yoxud oʻzining masʼul xodimi orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatli organ ariza olingan vaqtdan boshlab uning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqishda vakolatli organning qoʻshimcha hujjatlar va (yoki) maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishi, shuningdek arizasini koʻrib chiqish jarayonida davlat xizmatlari koʻrsatish uchun “yagona darcha” markaziga murojaat qilgan arizachini taklif etishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan muddat tugashidan 3 ish soatidan kechikmay:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati koʻrsatish natijasini yoki davlat xizmati koʻrsatishning asosli ravishda rad etilganini belgilangan tartibda qogʻozli manbada rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati koʻrsatish natijasi yoki davlat xizmati koʻrsatishni rad etishning asosli sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimiga va oʻzining elektron axborot resurslariga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kod (matrik shtrixli kod)da mavjud boʻlgan davlat xizmati koʻrsatish natijasini yoki davlat xizmati koʻrsatishning asosli rad etilishini — elektron hujjatni generatsiya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati koʻrsatish natijasini yoki davlat xizmati koʻrsatishning asosli rad etilishini elektron tarzda “yagona darcha” markaziga yoxud arizachiga (Yagona portal orqali murojaat qilingan taqdirda) yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat xizmati koʻrsatishning asosli rad etilishi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. QR-kodda uni tegishli dasturiy-apparat vositalari bilan sanashda tadbirkorlik subyektini identifikatsiyalash imkonini beradigan uning toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar (roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomada, hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnomada mavjud boʻlgan maʼlumotlar, shu jumladan tegishli elektron axborot resursidagi, shuningdek vakolatli organ masʼul xodimining ERIsidagi yozuvni koʻrsatadigan Internet tarmogʻidagi (havoladagi) manzil mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organlarda davlat xizmati koʻrsatishning natijasi yoki davlat xizmati koʻrsatishning asosli rad etilishi — elektron hujjatni generatsiyalashning dasturiy-texnik vositalari mavjud boʻlmaganda tegishli ravishda davlat xizmati koʻrsatish natijasi yoki davlat xizmati koʻrsatishning asosli rad etilishi vakolatli organ xodimining ERIsini imzolagan holda qogʻoz manbada aks ettirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda QR-kodning mavjud boʻlishi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona darcha” markazi tomonidan “yagona darcha” markazi muhri qoʻyilgan holda arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tushgan qogʻozli manbada bosilgan hujjat vakolatli organ tomonidan berilgan elektron hujjatga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Axborotlarni ayirboshlashda texnik nosozliklar vujudga kelgan holatlarda vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati tugagungacha arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha tayyorlangan hujjatlarni pochta aloqasi orqali (buyurtma xat bilan) yoxud oʻzining masʼul xodimi orqali “yagona darcha” markaziga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Yagona darcha” markazi davlat xizmati koʻrsatish natijasi yoki davlat xizmati koʻrsatishning asosli rad etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olingan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu toʻgʻrida arizachi arizada koʻrsatilgan usulda uni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron tarzdagi hamkorlik tizimi vositasida Jurnalga tegishli yozuvni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha hujjatlarni arizachiga berish ish kunlarida quyidagi hujjatlardan birini berishda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza olingani toʻgʻrisidagi tilxat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unikal roʻyxatga olish raqamini koʻrsatgan holda arizaning qabul qilingani toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat xizmati koʻrsatish natijasini yoxud davlat xizmati koʻrsatishning rad etilishini berish Jurnalda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jurnal idoralararo elektron tarzdagi hamkorlikning tizimida avtomatik tarzda elektron shaklda yuritiladi. Har oyda Jurnalning mazmuni qogʻozli manbaga yoziladi, uning har bir varagʻi raqamlanadi, “yagona darcha” markazining masʼul xodimi tomonidan imzolanadi va muhr qoʻyiladi. Qogʻoz manbaga bosilgan Jurnal mazmuni Jurnalning yigʻma papkasiga navbati bilan tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnaldagi har bir yozuvga tartib raqami beriladi. Tartib raqami qoʻyish har bir yozuvga bir raqamidan boshlab navbatdagi tartib raqami berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Tartib raqami keyingi kalendar yilda davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat xizmati koʻrsatganlik uchun davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar arizachining xohishiga koʻra “yagona darcha” markazi xonasidagi bank kassasi yoxud elektron toʻlov tizimlari vositasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Arizachi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tayyorlangan hujjatlarni olish uchun bevosita murojaat qilmagan holatlarda “yagona darcha” markazi ularning davlat xizmati koʻrsatish natijasini berish muddati boshlangan kundan eʼtiboran bir oy mobaynida saqlanishini taʼminlaydi, shundan soʻng ularni arizachiga pochta aloqasi orqali (buyurtma xat bilan) joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qogʻoz manbada tayyorlangan hujjatni saqlash maxsus jihozlangan shkaflarda, ularning turlari va hujjatni berish (chiqarish) sanasi boʻyicha ajratgan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “Yagona darcha” markazi xodimlari tomonidan oʻz lavozim vazifalarini amalga oshirish munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan arizachilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan qatʼiyan xizmat maqsadlarida foydalanilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Yagona darcha” markazi xodimlari davlat, bank, tijorat, soliq yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga, konfidensial axborotga ega boʻlgan hujjatlar va (yoki) maʼlumotlarni oshkor qilishga, ulardan shaxsiy maqsadlarda foydalanishga yoxud ularni uchinchi shaxslarga, shu jumladan vakolatli organlarga berishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎(Davlat xizmati koʻrsatadigan vakolatli organning
‎rasmiy blankasida)

‎‎Sana: ____________
‎№ _______________
‎‎
‎‎___________________________________________________________________________ Sizning

‎‎(vakolatli organning toʻliq nomi)

‎‎20____ yil “_____”_____________dagi ‎‎‎‎‎‎ roʻyxatdan oʻtkazish

‎‎(yil, kun, oy (yozuv bilan)

‎‎raqamiga ega boʻlgan arizangizni qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqib
‎__________________________________________________________________________________

(davlat xizmatining toʻliq nomi)

‎‎davlat xizmati koʻrsatishning rad etilgani toʻgʻrisida xabar qiladi.
‎‎Quyidagilar davlat xizmati koʻrsatishning rad etilgani uchun asos hisoblanadi: __________________
‎__________________________________________________________________________________

‎‎(qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda rad etishning asoslangan sabablari qisqacha yoziladi)

1.
‎2.
‎3.‎

‎‎Qoʻshimcha ravishda shuni xabar qilamizki, davlat xizmati koʻrsatishning rad etilgani uchun asos boʻlgan sabablar 20__ yil “__” __________gacha boʻlgan muddatda (shu kunning oʻzi ham kiradi) bartaraf etilgan taqdirda, ariza rad etishning sabablari bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi ariza va rad etish sabablarining bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab ___ ish kunidan oshmaydigan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.

‎Ariza takroran koʻrib chiqilgani uchun toʻlov ______________________________________________
‎__________________________________________________________________________________

‎‎(___soʻm miqdoridagi toʻlovning undirilishi yoki undirilmasligi koʻrsatiladi).

‎‎_________________________
‎(masʼul shaxsning lavozimi)*‎‎

__________________
‎(imzo)*‎‎

‎M.Oʻ.*

_______________________
‎(F.I.O.)*‎‎

‎‎Masʼul shaxsning elektron raqamli imzosidan iborat
‎boʻlgan QR-kod

‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Elektron raqamli imzoni generatsiyalashning dasturiy-texnik vositalari va QR-kod mavjud boʻlgan taqdirda shaxsning lavozimi, imzosi, initsiallari va vakolatli organning muhri koʻrsatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari faqat davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy pasporti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN” ______________________________________
‎davlat xizmati koʻrsatadigan vakolatli organ rahbarining lavozimi ‎‎

“KELIShILGAN”
‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri ‎‎

______________
‎imzo, muhr‎‎

________________________
‎(rahbarning familiyasi, initsiallari)‎‎

______________
‎‎imzo, muhr‎‎ ‎‎

_______________________
‎(familiyasi, initsiallari)‎‎

20__ yil “___” ____________ ‎‎

‎‎
‎“KELIShILGAN”
‎Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

‎‎20__ yil “___” ____________ ‎‎

‎‎
‎“KELIShILGAN”
‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Savdo-sanoat palatasi raisi

______________
‎‎imzo, muhr‎‎ ‎‎

_______________________
‎‎(familiyasi, initsiallari)‎‎ ‎‎

______________
‎‎imzo, muhr‎‎ ‎‎

_______________________
‎‎(familiyasi, initsiallari)‎‎ ‎‎


‎‎‎20__ yil “___” ____________ ‎‎ ‎‎


‎‎‎20__ yil “___” ____________ ‎‎ ‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari faqat yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan
DAVLAT XIZMATI PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Davlat xizmatining nomi

___________________________________________________________

___________________________________________________________

Izoh:davlat xizmati nomi davlat xizmatlari, shakllari va blankalarining Yagona reyestriga muvofiq koʻrsatiladi.

2.

Davlat xizmati koʻrsatadigan davlat organi va boshqa tashkilotning nomi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi)

Toʻliq nomi: ________________________________________.

Qisqartirilgan nomi: ___________________________________.

3.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar

□ yuridik shaxslar;

□ jismoniy shaxslar;

boshqalar:______________________________________________.

4.

Davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda qatnashadigan va/yoki davlat xizmati koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarga ega boʻlgan organlar va tashkilotlarning mufassal roʻyxati

Davlat xizmati koʻrsatish jarayonida quyidagilar qatnashadilar:

1) _______________________________________________________;

2) _______________________________________________________;

n) _______________________________________________________.

Izoh: vakolatli organ koʻrsatilgan organlar va tashkilotlar bilan arizachini jalb etmasdan mustaqil ravishda oʻzaro hamkorlik qiladi.

5.

Davlat xizmati olish uchun arizachi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning mufassal roʻyxati va soni

Arizachi davlat xizmati olish uchun quyidagilarni taqdim etadi:

1) _____________________________________________________

□ asl nusxasi: ___ (nusxalar soni);

□ nusxasi: ___ (nusxalar soni).

2) _____________________________________________________

□ asl nusxasi: ___ (nusxalar soni);

□ nusxasi: ___ (nusxalar soni).

n) _____________________________________________________

□ asl nusxasi: ___ (nusxalar soni);

□ nusxasi: ___ (nusxalar soni).

6.

Davlat xizmati koʻrsatish uchun zarur boʻlgan, vakolatli organ tomonidan arizachining ishtirokisiz mustaqil ravishda olinadigan hujjatlar va maʼlumotlarning batafsil roʻyxati va soni

Vakolatli organ davlat xizmati koʻrsatish uchun quyidagilarni mustaqil ravishda oladi:

1) _____________________________________________________ —

□ asl nusxasi: ___ (nusxalar soni);

□ nusxasi: ___ (nusxalar soni).

2) _____________________________________________________ —

□ asl nusxasi: ___ (nusxalar soni);

□ nusxasi: ___ (nusxalar soni).

n) _____________________________________________________

□ asl nusxasi: ___ (nusxalar soni);

□ nusxasi: ___ (nusxalar soni).

Izoh: vakolatli organ koʻrsatilgan hujjatlarni va maʼlumotlarni arizachini jalb etmasdan mustaqil ravishda ushbu Pasportning 4-bandida koʻrsatilgan organlar va tashkilotlardan oladi.

7.

Davlat xizmati koʻrsatish shakli

Davlat xizmati koʻrsatishda AKTni qoʻllash:

□ Davlat xizmati koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi axborotni Internet orqali olish.

Internet tarmogʻidagi manzil: ______________________________;

□ zarur hujjatlar shakllari va blankalarini Internet orqali olish.

Internet tarmogʻidagi manzil: ______________________________;

□ zarur hujjatlar shakllari va blankalarini Internet orqali interaktiv toʻldirish.

Internet tarmogʻidagi manzil: ______________________________;

□ hujjatlar shakllari va blankalarini interaktiv toʻldirish va ularni Internet orqali taqdim etish.

Internet tarmogʻidagi manzil: ______________________________;

□ hujjatlar shakllari va blankalarini interaktiv toʻldirish, ularni Internet orqali taqdim etish va natijalarini olish.

Internet tarmogʻidagi manzil: ______________________________.

8.

Davlat xizmatining qiymati va uni toʻlash tartibi

Davlat xizmati koʻrsatish uchun:

□ toʻlov undirilmaydi;

□ quyidagilar (davlat boji, yigʻim, boshqa toʻlov) undiriladi:

1) _____________ soʻm miqdorida davlat boji;

2) _____________ soʻm miqdorida yigʻim;

3) boshqa toʻlovlar: ___________soʻm miqdorida _______________.

Toʻlash tartibi:

□ ariza bergungacha yoxud uni berish vaqtida;

□ arizani koʻrib chiqish jarayonida;

□ davlat xizmati koʻrsatish fakti boʻyicha.

9.

Davlat xizmati koʻrsatish muddati

Davlat xizmatlari koʻrsatishning cheklangan muddatlari:

a) ____ ish kuni — yangidan berilgan arizani koʻrib chiqishda;

b) ____ ish kuni — davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha ilgari berilgan rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin taqdim etilgan takroriy arizani koʻrib chiqishda.

10.

Davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha beriladigan hujjatlar nomi

Arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha arizachiga quyidagilar beriladi:

a) ijobiy hal etilganda:

1) _______________________________________________________;

2) _______________________________________________________;

n) _______________________________________________________.

b) davlat xizmati koʻrsatish rad etilganda:

1) asoslangan tarzda rad etish;

2) _______________________________________________________;

n) _______________________________________________________.

11.

Davlat xizmati reglamenti

Davlat xizmati koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati:

T/r

Normativ-huquqiy hujjatning nomi

Sanasi

Raqami

1.

2.

n.

12.

Vakolatli organning harakatlari (harakatsizligi) toʻgʻrisida arizachining murojaatlarini (takliflarini), shikoyatlarini koʻrib chiqish huquqiga ega boʻlgan yuqori yoki boshqa organning nomi

Arizachining murojaatlarini koʻrib chiqish huquqiga ega boʻlgan yuqori yoki boshqa organ:

T/r

Nomi

Bogʻlanish telefoni

Joylashgan joyi (pochta, elektron manzili)

1.

2.

n.

Qoʻshimcha axborot*

13.

Koʻrsatilgan davlat xizmatlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar**

Oxirgi hisobot yilida davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisida tushgan arizalar soni: _____ ta.

Oxirgi hisobot yilida tushgan arizalardan qoniqtirilganlarining soni: _____ ta.

14.

Vakolatli organning davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish uchun masʼul boʻlgan xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

T/r

Hududlar nomi

F.I.O./
lavozimi

Bogʻlanish maʼlumotlari

(telefoni, elektron pochtasi raqami)

1.

2.

n.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Davlat xizmati pasportini kelishishda unga ilova tarzida alohida taqdim etiladi va vakolatli organning rasmiy saytida, interaktiv davlat xizmatlarining Yagona portalida, shuningdek “yagona darcha” markazlarining axborotlar stendida joylashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Davlat xizmati pasportini kelishish bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 50-son, 626-modda; 2016-y., 43-son, 501-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda)