Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining
qarori
Ulugʻ vatan urushi yillaridagi mehnat fronti qatnashchilariga imtiyozlar berish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ulugʻ Vatan urushi yillaridagi mehnat fronti qatnashchilarining moddiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar, kolxozlar va sovxozlarning rahbarlari sovetlar va kasaba uyushmalari qoʻmitalari, mehnat kollektivlari ishtirokida Ulugʻ Vatan urushi yillaridagi mehnat fronti qatnashchilariga quyidagi imtiyozlarni joriy qilsinlar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-apreldagi 178-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 8-son, 40-modda)
vrachlar retsepti boʻyicha sotib olinadigan dorilar qiymatini 50 foiz kamaytirish;
bogʻdorchilik shirkatlariga qabul qilishda ustun darajada huquq berish;
telefon oʻrnatish, kvartiralar olish va ularni remont qilishda ustun darajada huquq berish;
pensiyaga chiqishda ishlagan davrida birkitib qoʻyilgan poliklinikalardan foydalanish huquqini saqlab qolish.
Mehnat veteranlariga ilgari ishlagan korxonalarida, tashkilotlarida va muassasalarida, kolxoz va sovxozlarda ilgari foydalanib kelingan barcha imtiyozlarni saqlagan holda, otaliq qilishni oʻrnatish.
2. 1-punktning ikkinchi va uchinchi xatboshlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish boʻyicha xarajatlar mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
3. Koʻrsatilgan imtiyozlar 1991-yilning 1-yanvaridan joriy qilinsin.
Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining Raisi Sh. MIRSAIDOV
Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining Ishlar Boshqaruvchisi R. ABDUQODIROV
Toshkent sh.,
1990-yil 21-sentabr,
315-son