Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2017 27.10.2015 yildagi PF-4761-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlash, paxta tolasini jahon bozori talablaridan kelib chiqqan xolda eksport qilish boʻyicha yagona kompleksni yaratish, paxta va yogʻ-moy mahsulotlarining sifatini hamda raqobatdoshligini oshirish, shuningdek respublikaning paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi muassislarining paxta tolasini qabul qilish, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin, xolding kompaniyasi tarkibiga aksiyadorlik jamiyati shaklidagi quyidagi birlashmalar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlashni tashkil qilish boʻyicha — tugatilayotgan “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi negizida tashkil etilayotgan “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari, ushbu aksiyadorlik jamiyatiga “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat paketlarini topshirish hisobiga uning ustav fondi shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini saqlash va eksport qilishni taʼminlash boʻyicha — “Oʻzpaxtaeksport” aksiyadorlik jamiyati, uning ustav fondi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi tashqi savdo kompaniyalarining paxta terminallari ustav fondlaridagi ulushlarini baholash qiymati boʻyicha topshirish hisobiga shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta yogʻi ishlab chiqarish boʻyicha — “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati, uning ustav fondi paxta yogʻi ishlab chiqaruvchi korxonalarni Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tarkibidan chiqargan holda ularning ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlarini topshirish hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon va mintaqaviy paxta bozorlari konyunkturasini oʻrganish boʻyicha tizimli marketing tadqiqotlari olib borish va shu asosda, mazkur bozorlarda tarkib topayotgan tendensiyalardan kelib chiqib, paxta xomashyosi yetishtirishning hajmlari, assortimenti va navlari boʻyicha gʻoʻzaning rayonlashtirilgan navlarini hududiy joylashtirish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta xomashyosini fermer xoʻjaliklardan qabul qilib olish va qayta ishlash, yuqori sifatli, tashqi bozorlarda raqobatdosh paxta tolasini ishlab chiqarish, xalqaro talablar va standartlarga muvofiq uni saqlash bilan bogʻliq ishlarning butun kompleksini tashkil qilish va amalga oshirish sohasida yagona siyosat oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklaridan qabul qilinadigan paxta xomashyosining miqdori, sifati va navlari, paxta tolasi va chigitning chiqishiga oid koʻrsatkichlari, kompaniya korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan hamda sotilayotgan paxta tolasi va yogʻ-moy mahsulotlarining oʻrnatilgan standartlar va tuzilgan shartnomalarga muvofiq miqdori va sifati boʻyicha maʼlumotlarni qatʼiy hisobga olish va nazorat qilish, shuningdek tarmoq ichki nazorat-taftish ishlarini oʻtkazish uchun mintaqalardagi inspektorlar bilan Nazorat-taftish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorining konyunkturasidan kelib chiqqan holda, paxta tolasini yetkazib berish toʻgʻrisida eksport shartnomalari tuzilishini tashkil qilish hamda ularning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalar va kontraktlarga muvofiq xarid qilinayotgan paxta xomashyosi hamda eksportga va ichki isteʼmolchilarga joʻnatilayotgan paxta mahsuloti uchun oʻzaro hisob-kitoblarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chigitning chuqur qayta ishlanishini tashkil qilish hamda sifatli paxta yogʻi va boshqa yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona texnika siyosatini oʻtkazish hamda modernizatsiyani amalga oshirishda, zamonaviy ilgʻor texnika va texnologiyalarni joriy qilishda, investitsiyalar, avvalo toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni tarmoqqa keng jalb etishda paxta tozalash korxonalariga, yogʻ zavodlariga, paxta terminallariga koʻmak berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtani qayta ishlash va yogʻ-moy sanoati kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining boshlangʻich ustav kapitali tugatilayotgan “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining mulki, shuningdek tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan birlashmalar — “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzpaxtaeksport” AJ, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ aksiyalari paketlarining 100 foizini topshirish hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi va uning tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish boʻyicha barcha tashkiliy tadbirlar kompleksini amalga oshirishdagi ishlarni muvofiqlashtirish va koʻmak berish uchun ilovaga* muvofiq tarkibda Hukumat komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova rus tilida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat komissiyasi (Sh.Mirziyoyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi hamda “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzpaxtaeksport” AJ, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ birlashmalarini tashkil etish yuzasidan barcha zarur tashkiliy tadbirlar kompleksi bajarilishini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish, korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillariga hamda aksiyadorlik jamiyatini boshqarishning tasdiqlangan namunaviy tuzilmasiga muvofiq xolding kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi birlashmalarni boshqarish tuzilmalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzpaxtaeksport” AJ, “Oʻzpaxtayogʻ” AJlarining ustavlari hamda taʼsis hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda xolding kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari ijro etuvchi apparatiga yuqori malakali mutaxassislar sinchiklab tanlab olinishi va toʻldirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzpaxtaeksport” AJ, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ emissiya qilinadigan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qimmatli qogʻozlar chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4761-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 43-son, 548-modda)