18.09.2015 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddimaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddimaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi va sudlar tomonidan mazkur toifadagi ishlarni ko‘rishda kelib chiqayotgan masalalarni tushuntirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning e’tibori shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi arizalarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilish fuqaroni malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi kafolatlaridan biri ekanligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30, 31-moddalariga muvofiq, agar ruhiy holati buzilgan shaxsni faqat statsionar sharoitida tekshiruvdan o‘tkazish yoki davolash mumkin bo‘lsa, ruhiy holatning buzilishi esa og‘ir va uning o‘zi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tug‘dirishi, uning nochorligi, ya’ni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi, agar shaxs psixiatriya yordamisiz qoldirilgudek bo‘lsa, ruhiy holati yomonlashuvi oqibatida uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, uni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya muassasasiga yotqizish masalasi sudlar tomonidan hal qilinishi tushuntirilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ishlar, sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘riladigan ishlarga kiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlarning e’tibori, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sudning sudloviga taalluqli ekanligiga qaratilsin (FPK 317-moddasining uchinchi qismi).
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizada “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida ko‘rsatilgan asoslar ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish zarurligi yoxud shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida bo‘lib turishi masalasini hal etadi (FPK 317-moddasining to‘rtinchi qismi).
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar o‘n kunlik muddatda statsionarga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili va statsionarga yotqizishning asosliligi to‘g‘risida xulosa bergan komissiya tarkibidagi shifokor psixiatr, prokuror, shuningdek shaxs yotgan psixiatriya muassasasi vakili ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FPK 318-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sud majlisiga muassasa vakilining uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi arizani ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud uning kelishini shart deb topishi mumkin.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday toifadagi ishlar bo‘yicha sud majlisi sudning binosida yoki ish holatiga ko‘ra, psixiatriya statsionarida o‘tkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya statsionariga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili tushunchasi va doirasi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunda belgilanganligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Qonunning 10-moddasiga muvofiq, shaxs psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda o‘z huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun o‘z xohishiga ko‘ra vakilni taklif etishga haqli. Vakillikni rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga psixiatriya yordami ko‘rsatishda uning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni vasiy, voyaga yetmagan shaxsning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni esa ota-onasidan biri yoki boshqa qonuniy vakili amalga oshiradi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi arizani ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha FPK 249 — 253, 319-moddalariga asosan hal qiluv qarori qabul qiladi.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasida, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, dispanser hisobida turgan hamda tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo‘yin tovlayotgan shaxs sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga sudning hal qiluv qarori asosida g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilishi belgilanganligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo‘yin tovlayotgan mazkur shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida beriladi. Ariza sudga shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan yoxud uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qonunning 122-moddasida, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lishining davomiylik muddati olti oygacha etib belgilanganligiga, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lishi muddati ushbu muassasa tibbiy komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan olti oygacha uzaytirilishi mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan yerdagi yoki uning yashash (turar) joyidagi sudning sudloviga taalluqlidir.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolash muddati arizaga ilova qilinayotgan xulosada ko‘rsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish uchun qonunda belgilangan o‘n kunlik muddat hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish uchun qonunda belgilangan uch kunlik muddat ariza ish yuritishga qabul qilingan va ish qo‘zg‘atilgan kundan boshlab hisoblanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza shaxs davolanishda bo‘lgan muassasa tibbiy komissiyasining shaxsning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Arizaga ilova qilinishi lozim bo‘lgan xulosada davolash o‘tkaziladigan muddat ko‘rsatiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili — tibbiy komissiyasi a’zosi, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning vakili, shuningdek prokuror ishtirokida uch kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda ko‘rib chiqilayotgan shaxs, agar uning sog‘lig‘i holati imkon bersa, sud majlisiga chaqirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FPK 322-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sud majlisiga muassasa vakilining — tibbiy komissiya a’zosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining uzrsiz sababga ko‘ra kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud ularning kelishini shart deb topishi mumkin.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan bemorning huquqlaridan kelib chiqib, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari yopiq sud majlisida ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FPK 266-moddasining 5-bandiga muvofiq sudlar tomonidan shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarori darhol ijroga qaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori ustidan psixiatriya statsionariga joylashtirilgan shaxs, uning vakili, tegishlicha psixiatriya muassasasi yoxud sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining rahbari shikoyat qilishi, prokuror protest keltirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlari arizachidan undirilmaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlar shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlarini ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni 34 va 36-moddalarida va “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 122-moddasida belgilangan muddatlarga qanchalik rioya qilinganligiga alohida e’tibor qaratishlari, ishlarni ko‘rishda aniqlangan qonun buzilishi hollariga xususiy ajrim chiqarish orqali (FPK 275-moddasi) munosabat bildirishlari lozim.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 18-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-son