O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Shahrisabz shahrining chegarasini tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Shahrisabz shahrining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan chegarasi ilova qilinayotgan chegara tavsifi va grafik chizmaga muvofiq tasdiqlansin (1, 2-ilova)*.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2010-yil 15-mart,
48-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 3-son, 104-modda)