3-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi |
Masʼul bajaruvchilar |
|
I. Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun qonunchilikni takomillashtirish | |||||
|
1. |
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
2015-yil |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, Davlat test markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
2. |
Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining yangilangan malaka talablarini, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2015-yil |
— |
Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining tasdiqlangan malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, Davlat test markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi |
|
3. |
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarining oʻtkaziladigan attestatsiyasi sifat darajasi uchun masʼuliyatni belgilagan holda attestatsiya komissiyalari raislari va aʼzolari bilan mehnat shartnomalari tuzish tartibini tasdiqlash. |
2015-yil |
— |
Attestatsiya komissiyalari raislari va aʼzolari bilan mehnat shartnomalari tuzish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
4. |
Malaka attestatlarini zarur miqdorda tayyorlash, bunda oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining har yili kutilayotgan kontingentini hisobga olish. |
Har yili |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Malaka attestati |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi |
|
II. Qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari boʻyicha zamonaviy oʻquv-metodik va axborot-maʼlumotnoma bazasini shakllantirish | |||||
|
5. |
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim muassasalarini zamonaviy darsliklar, oʻquv-metodik komplekslar hamda oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar, maʼlumotnoma-axborot nashrlari va boshqa oʻquv-ilmiy adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash, shu jumladan qayta tayyorlash va malaka oshirishning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy nashrlar va ilmiy jurnallar bilan muntazam taʼminlash. |
2015 — 2017-yillar |
Ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida |
Bajaruvchilarning kompleks chora-tadbirlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi |
|
6. |
Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining oʻquv rejalari modullari boʻyicha oʻquv-metodik materiallarni, shu jumladan elektron formatda ishlab chiqish. |
2015-yil |
Tasdiqlangan oʻquv-metodik materiallar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, | |
|
7. |
Bosh ilmiy-metodik markaz portali asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot-taʼlim muhitini shakllantirish hamda onlayn-elektron oʻquv materiallari kutubxonasini tashkil etish. |
2015-yil |
Resurslardan foydalanishning shaxsiy tizimiga ega boʻlgan Internet resurslar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, | |
|
III. Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikalari va oʻqitishning texnik vositalari bilan jihozlash | |||||
|
8. |
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun oliy taʼlim muassasalari tomonidan asoslangan ehtiyoj boʻyicha qoʻshimcha oʻquv auditoriyalari va xonalari ajratish. |
2015-yil |
— |
Vazirliklar va idoralar buyruqlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi |
|
9. |
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini oʻtkazish uchun ajratilgan oliy taʼlim muassasalarining oʻquv auditoriyalarini joriy va mukammal taʼmirlashni belgilangan tartibda amalga oshirish. |
2015-yil |
Ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida |
Bajarilgan ishlarning manzilli roʻyxatlari, dalolatnomalari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi |
|
10. |
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining hamda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha mebellar, inventarlar, axborot-kommunikatsiya texnikalari hamda oʻqitishning texnik vositalari bilan belgilangan tartibda jihozlash. |
2015-yil |
Budjet mablagʻlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Jihozlash boʻyicha manzilli roʻyxatlar |
Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi |