Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Xavfli ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar va asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-iyulda 2695-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Xavfli ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar va asbob-uskunalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-iyun,
63-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 16-iyundagi 63-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Xavfli ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar va asbob-uskunalar
roʻyxati
1. Ishlab chiqarishlar (texnologiyalar):
a) koʻmir, kon-ruda va noruda sanoati hamda geologiya va marksheyderlik faoliyati sohasida:
yer osti inshootlarini qurish;
shaxtalarning qurilishi;
yer osti boyliklarini boyitish, briketlash, aglomeratsiyalash va qumoqlash;
foydali qazilmalarni maydalash, saralash va oʻrtacha holga keltirish;
qimmatbaho qazilmalarni qazib olish;
togʻ jinsidan oltinni chiqarib (ajratib) olish;
togʻ-kon texnik rekultivatsiyalash;
foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish (neft, gaz, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilarni va ishlab chiqarish chiqitlarini koʻmish uchun inshootlar qurish);
foydali qazilmalarni bir vaqtning oʻzida ochiq hamda yer osti usullarida qazib olish;
koʻmirni yer osti usulida gazga aylantirish;
oltinni toʻp-toʻp ishqor bilan yuvish;
yer osti usulida foydali qazilmalarni ishqor bilan yuvish;
b) neft va gaz sanoati sohasida:
neft va gaz quduqlarini burgʻulash;
neft va gaz quduqlarini mukammal taʼmirlash;
quduqlardagi portlatish ishlari;
neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish;
neft, gaz va gaz kondensatini tayyorlash;
gazni yer ostida saqlash;
neft, gaz va gaz kondensatini tashish;
v) kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati sohasida:
qora, rangli va nodir metallar ishlab chiqarish;
metallurgiya sanoatida foydalaniladigan, havoni parchalash (boʻlish) mahsulotlari — vodorod, xlor, ammiakni olish, qayta ishlash;
kimyoviy, neft-kimyo, neftni qayta ishlash, gazni qayta ishlash, kimyo-farmatsevtika, sellyuloza-qogʻoz va lok-boʻyoq ishlab chiqarish;
kauchuk, shina, rezina-texnika mahsulotlari, vitamin va dori preparatlari, kimyoviy tolalar, polimer materiallar va plastmassalar, havoni parchalash (boʻlish) mahsulotlarini, elektroliz usuli bilan suvdan vodorod va kislorod ishlab chiqarish;
g) donni saqlash va qayta ishlash sohasida:
donni qabul qilish va tozalash;
omuxta yem ishlab chiqarish;
d) boshqa xavfli ishlab chiqarish sohalarida:
portlovchi modda va portlatish vositalarini ishlab chiqarish.
2. Obyektlar:
a) koʻmir, kon-ruda va noruda sanoati hamda geologiya va marksheyderlik faoliyati sohasida:
yer osti inshootlarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan maxsus, transport va umumxoʻjalik obyektlari;
shaxta, shaxta qurilishining maxsus boshqarmasi va maxsus uchastkalari;
karyer, ochiq kon, kon;
boyitish, briketlash va aglomeratsiyalash, qumoqlash fabrikasi (zavodi);
maydalash va saralash qurilmasi, oʻrtacha holga keltirish kompleksi;
shlam toʻplagichlar, chiqindilar va texnik suv saqlagichlarning gidrotexnik inshootlari;
qimmatbaho va noruda foydali qazilmalarni qazib olish joyi;
oltin chiqarib (ajratib) olish fabrikasi (zavodi);
togʻ-kon texnik rekultivatsiyalash maydonlari;
foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari (neft, gaz, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilarni va ishlab chiqarish chiqitlarini koʻmish uchun inshootlar);
foydali qazilmalarni bir vaqtning oʻzida ochiq hamda yer osti usulida qazib olish shaxtalari, karerlar va hokazo;
asfalt-beton zavodlari;
avtotransport turar joyi (avtobaza, garaj);
temir yoʻl sexi (lokomotiv, elektrovagon va dizel-poyezd depolari, vagon depolari);
koʻmirni yer osti usulida gazga aylantirish (gazlashtirish) maydonlari;
oltinni toʻp-toʻp ishqor bilan yuvish sexi;
b) gaz xoʻjaligi sohasida:
bosimi 1,2 MRa gacha boʻlgan tabiiy gazdan foydalanuvchi, gaz bilan taʼminlovchi, gaz taqsimlovchi, gaz isteʼmol qiluvchi obyektlar;
suyultirilgan uglevodorod gazlarni saqlash va ulardan foydalanish obyektlari, shu jumladan gaz toʻldirish stansiyalari, gaz toʻldirish punktlari, avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari, avtonom gaztaʼminot tizimlari;
v) atom sanoati sohasida:
uran qazib olish va uni birlamchi qayta ishlash obyektlari;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi obyektlar;
yadroviy va radioaktiv materiallarni tashuvchi obyektlar;
radioaktiv chiqindilarni koʻmish bilan shugʻullanuvchi obyektlar;
yadroviy va radioaktiv materiallar, radioaktiv chiqindilarni saqlagichlari;
atom reaktorlari;
gamma qurilmalar, siklotron va tezlatgichlardan foydalanuvchi obyektlar;
g) neft va gaz sanoati sohasida:
neft va gaz uchun qazilgan parametrik, qidiruv, izlash, tuzilmaviy va ekspluatatsiya, shuningdek maxsus quduqlar;
neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish va tayyorlash obyektlari;
neft, gaz va gaz kondensatini konda va konlararo tashish obyektlari;
gazni tayyorlash obyektlari;
gaz kondensatini tayyorlash obyektlari;
neft tayyorlash obyektlari;
konlararo neft, gaz va gaz kondensati quvurlari;
neft quduqlari uchun jamlash punktlari;
gaz quvurlarining kirish qismi bloki;
magistral quvur oʻtkazgich obyektlari;
nasos, kompressor, gaz taqsimlash va bosimni koʻtarish kompressor stansiyalari obyektlari;
qatlamdagi bosimni bir maromda saqlab turish obyektlari;
neft, gaz, gaz kondensati va neft mahsulotlarini saqlash, tushirish va ortish obyektlari;
avtomobillarga yoqilgʻi qoʻyish shoxobchalari;
kompressor xoʻjaligi obyektlari (gazni quritish qurilmasi, yordamchi mashina-agregatlar);
kon ichidagi quvurlar va gaz yigʻish kollektorlari;
rezervuarlar parki;
quyish va toʻkish estakadalari;
karotaj koʻtargichlari, perforator stansiyalari laboratoriyalari va koʻchma zaryadlash ustaxonalari;
neft va gaz obyektlari qurilishlari;
neft, gaz va gaz kondensatini saqlash obyektlari;
d) kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati sohasida:
metallurgiya kuydirish va qizdirish pechlari, quritish pechlari, tanavorlarni (zagotovka) uzluksiz quyish mashinalari, saqlash va qoʻllash kopyor, lom (siniq parchalar)ga ishlov berish presslari, qoliplash presslari, prokat (chigʻirlash) va choʻzish stanlari, konveyerlar, gaz tozalash inshootlari, metallni tozalash va unga kimyoviy ishlov berish (travleniye) liniyalari, mazut saqlash sigʻimlari, payvandlash-metallarga kimyoviy ishlov berish qurilmalari;
portlash-yonish xavfi boʻlgan ishlab chiqarishlar hamda zararli va zaharli moddalar ishlatuvchi va saqlovchi obyektlar, shuningdek portlashga xavfli changsimon va gazsimon aralashmalar hosil boʻladigan obyektlar;
e) donni saqlash va qayta ishlash sohasida:
minoralar;
elevatorlar;
tegirmonlar;
omuxta yem ishlab chiqarish komplekslari;
unni qop (qanorsiz) holda saqlash omborlari;
elektrokarlarni zaryadlash sexlari;
kanalizatsiya-nasos stansiyalari;
don va don mahsulotlarini saqlash uchun silos turidagi mexanizatsiyalashtirilgan omborlar;
j) geologiya-razvedka sohasida:
qidiruv shaxtasi;
shtolnya;
shurf;
z) temir yoʻl transporti sohasida:
Temir yoʻl stansiyalarida va boshqa ichki temir yoʻllari mavjud barcha korxonalardagi temir yoʻl transporti bilan xavfli yuklarni tashish-ortish, quyish-toʻkish va saqlash joylari;
i) boshqa xavfli ishlab chiqarish sohalarida:
portlovchi moddalar va vositalarni ishlab chiqarish zavodlari va turgʻun punktlari;
portlovchi moddalar va vositalarni sinash poligonlari, laboratoriyalari va sexlari;
portlovchi moddalar, vositalar va ularning komponentlarini saqlash omborlari;
portlovchi moddalar, vositalar va ularning komponentlarini yuklash, tushirish va saqlash maydonchalari;
ishchi bosimi 0,07 MRa dan (0,7 kg s/sm2) ortiq boʻlgan va suvning harorati 1150 S dan yuqori boʻlgan bugʻ qozonlari, suv isitish qozonlari, energetik qozonlar, sodorogenerativ qozonlar, yuqori haroratda organik moddalar bilan ishlovchi qozonlar, vakuumli qozonlar, modulli (blokli) qozonxonalar hamda suvning harorati 1150 S dan yuqori boʻlgan va ishlash muhitidan qatʼi nazar, bosimi 0,07 MRa dan (0,7 kg s/sm2) ortiq boʻlgan bosim ostida ishlovchi idishlar, qopqogʻi tez yechiladigan idishlar, koʻp oʻrinli barokameralar, ballonlar (avtotransport vositalari va qishloq xoʻjalik texnikasining tegishli qurilmalari bundan mustasno), sisternalar, bugʻ va issiq suv quvurlaridan foydalanuvchi obyektlar;
minora kranlar, portal kranlar, koʻpriksimon kranlar, xarrak kranlar, strelali kranlar (avtomobil, temir yoʻl, zanjirli, pnevmo-gʻildirakli, kran-manipulyatorlar, quvuryotqizgichlar) portal kranlar, kabelli kranlar va boshqa ishlash jarayonida koʻchmas asosga oʻrnatiladigan kranlar, elektr tallar, eskalatorlar, funikulyorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllardan foydalanuvchi obyektlar.
3. Asbob-uskunalar:
a) koʻmir, kon-ruda va noruda sanoati hamda geologiya marksheyderlik sohasida:
shaxta quduqlari va ortib borayotgan ishlanmalarga kavlab kirish mashinalari va majmualari;
mexanizatsiyalashgan mustahkamlash inshootlari va tutashmalarning mustahkamlash inshootlari;
togʻ jinslarini oʻyish mashinalari;
yuk ortish mashinalari;
odamlarni, yuklarni tashuvchi lentali konveyerlar;
kon qazish, kurakli konveyerlar;
yer osti ishlarida qoʻllaniladigan saqlagichlar va boshqa chigʻir (lebyodka)lar;
shaxta koʻchma kompressorlari;
kon elektrovozlari, girovozlari, dizelevozlari (lokomotivlar);
oʻzi yurar vagon (vagonetka)lar, seksiyali poyezdlar;
dizel uzatmali oʻzi yurar mashinalar;
odam tashish vagon (vagonetka)lari;
shaxta koʻtarish mashinalari, poʻlat arqonlar, shaxta kletlari (shaxta liftlari) va skiplari uchun osma va tirkama moslamalar, shaxta kletlarining parashutlari, koprali shkivlar;
yer osti liftlari;
odam va yuklarni eltib berishga moʻljallangan va jihozlangan qiya qazilayotgan joylar;
yer osti qazish joylaridagi yuk tashish, osma, monorelsli va yerga oʻrnatiladigan temir yoʻllar;
shaxta vagonchalarini agʻdarish mexanizmlari;
yer osti va ochiq togʻ-kon ishlari uchun temir yoʻl yotqizish, tekislash, yuk ortish-tashish, yetkazib berish mashinalari;
yer ostida kovlanayotgan konda mustahkamlash inshootini qurish mashinasi, uning mexanizmlari va shiplarini mustahkamlaydigan oʻzi yurar supalar;
kolonkali qoʻl elektr parmalari va elektr arralar;
burgʻulash va togʻ jinslarini zarb bilan urib koʻchirish qurilmalari;
pnevmatik va gidravlik parmalar;
vulkanizatorlar;
gidroelevator qurilmasi va yuvish uskunalari;
yer osti va ochiq togʻ-kon ishlarida qoʻllaniladigan gidromonitorlar;
gaz va (yoki) changga toʻlish xavfi boʻlgan shaxta va konlar uchun asosiy, mahalliy (yordamchi) shamollatish ventilyatorlari;
yer osti va ochiq togʻ-kon ishlarida ishlatiladigan burgʻulash dastgohlari va mexanizmlari;
ochiq togʻ-kon ishlaridagi temir yoʻl transporti (tortish agregatlari, rels yoʻllari, strelka oʻtkazgichlari, kontakt liniyalari — kontakt tarmogʻi);
ochiq togʻ-kon ishlarida ishlatiladigan ekskavatorlar;
ochiq togʻ-kon ishlarida ishlatiladigan 45 tonnadan yuqori yuk tashuvchi mashinalar;
suv ostini kovlaydigan mashina (draga)lar va zemsnaryadlar;
suvni chiqarib tashlash va tayyorlovchi bunkerlar;
shamollatish qurilmalari (umumiy maqsadlardagi) ishlashini masofadan turib boshqarish, nazorat qilish uchun signalizatsiya apparatlari, nazorat-oʻlchov va avtomatika asboblari;
yer osti va ochiq togʻ-kon ishlarida qoʻllaniladigan, havo bosimi ostida ishlaydigan asbob-uskunalar (idishlar, quvurlar va hokazo);
koʻmir shaxtalari va konlarda chang nazorati boʻyicha qoʻllaniladigan chang bostirish, chang ushlab qolish qurilmalari;
karyerlarda qazish ishlari jarayonida qoʻllaniladigan texnologik va yordamchi transportlar;
elektr dvigatellar;
ishga tushirish taqsimlash, himoyalash apparatlari va qurilmalari;
transformatorlar, transformator podstansiyalari, komplekt taqsimlash qurilmalari;
elektr toki yoʻnalishini oʻzgartirish punktlari, komplekt koʻchma transformator podstansiyalari;
kuchlanish elektr jihozlari va yuk koʻtargich qurilmalarining himoya va signalizatsiya vositalari;
ochiq hamda yer osti togʻ-kon ishlarida elektr tokidan shikastlanishga qarshi himoya qurilmalari;
b) gaz xoʻjaligi sohasida:
bosimi 1,2 MRa gacha boʻlgan tabiiy gazdan yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi poʻlat va polietilen gaz quvurlari uskunalari (bir yilda 100000 kubometrdan oshmaydigan hajmda gaz isteʼmolchilari hamda aholi yashaydigan uylardagi gaz quvurlari va ularning jihozlari bundan mustasno);
suyultirilgan uglevodorod gazlarining yer osti va yer usti gaz quvuri uskunalari bilan, saqlash va foydalanishga moʻljallangan bosim ostida ishlaydigan statsionar sigʻimlar va guruhiy ballonlar;
v) atom sanoati sohasida:
radioaktiv materiallarni saqlovchi uskunalar;
gamma qurilmalar, siklotron va tezlatgichlar;
boshqaruv va himoya tizimlari anjomlari hamda nazorat-oʻlchov asboblari;
g) neft va gaz sanoati sohasida:
neft va gaz quduqlarini qurish uchun ishlatiladigan burgʻulash uskunalari;
neft va gaz quduqlarini joriy va mukammal taʼmirlash uchun ishlatiladigan burgʻulash uskunalari;
quduqlarni sinash uskunalari;
otqinga qarshi uskunalar;
quduqlar ogʻzini zich berkitish armaturalari va moslamalari, favvora armaturasi, quduqlarni yuvishda qoʻllaniladigan uskuna va jihozlar (neft va gaz quduqlarini qazishda ishlatiladigan nasoslar);
burgʻulash mexanizmini yigʻish va koʻtarishda ishlatiladigan texnologik va yuk koʻtarish jihozlari, burgʻulash quvurlari va quduqlar devorini mustahkamlash quvurlari;
perforatorlik zaryadlari, poroxli generatorlar va bosim akkumulyatorlari, portlatish pakerlari, yonboshdan otuvchi gruntonoslar, fugas torpedalari, kumulyativ torpedalar va halqasimon quvur kesish moslamalari;
neft va gaz quduqlarini ishlatishda qoʻllaniladigan asbob-uskunalar;
quduqlarda oʻrnatilgan favvora armaturalari va kolonnali kallaklar;
shleyf gaz quvurlari;
qatlamdagi bosimni bir maromda saqlab turishda hamda quduqqa va qatlamga taʼsirning boshqa turlarida ishlatiladigan uskunalar;
neft va gazni haydash stansiyalarida qoʻllaniladigan uskunalar;
neft va gaz mahsulotlari oʻtkazgichlarining magistral quvur tizimlarini, konlardagi va konlararo quvurlarni qurish, ishlatish va taʼmirlashda qoʻllaniladigan uskuna va mexanizmlar;
poʻlat va kompozitli oʻtkazgich quvurlari (neft, gaz va gaz kondensatini tashishda), shu jumladan yopuvchi, rostlovchi va saqlovchi armaturalarning quvurlari va detallari;
neft, gaz, gaz kondensati va neft mahsulotlari rezervuarlari va rezervuarlar uskunalari;
kompressor, nasos va gaz taqsimlash stansiyalari;
neft, gaz va gaz kondensatini yigʻish va tayyorlash uskunalari;
neft va gaz quduqlarini ishga tushirishda qoʻllaniladigan koʻchma nasos va kompressor qurilmalari, yuvish va sementlash agregatlari, avtotsisternalar, kislota tashish vositalari, tushirish-koʻtarishda qoʻllaniladigan asbob va uskunalar;
neftni qazib olishda qoʻllaniladigan koʻchma nasos uskunalari, guruhiy ulash uskunalari, texnologik asbob-uskunalar, shoxsimon (kustovoy) va blokli toʻp-toʻp nasoslar;
kompressor va gaz taqsimlash stansiyalari, nazorat va rostlash asboblari;
quduqlarda teshish-portlatish ishlarida qoʻllaniladigan asbob-uskunalar;
magistral quvurlar uchun asbob-uskunalar, yopish-rostlash armaturasi, nazorat va rostlash asboblari va mashʼalalar;
d) kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati sohasida:
siniq parchalar (lom)ga ishlov berish presslari;
qoliplash presslari;
chigʻirlash (prokat) va choʻzish uskunalari (stanlar);
konveyerlar;
relsli va relssiz tashish vositalari;
texnologik quvuroʻtkazgichlar va ularning uskunalari;
ammiakli sovutish qurilmalari;
e) kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoatlari, shuningdek sellyuloza-qogʻoz, tibbiyot, oziq-ovqat, yengil va sanoatning boshqa tarmoqlarida portlash-yonish xavfi yuqori boʻlgan, toksik, zaharli hamda agressiv (tajovuzkor) muhitlarida ishlaydigan asbob-uskunalar:
kolonnali apparatlar, issiqlik almashtirish, quritish, shu jumladan quritish barabanlari, aylanma harakatlanadigan pechlar va utilizatsiyalash qozonlari, fizik-kimyoviy jarayonlar apparatlari (kimyo va metallurgiya sanoati pechlari, kristallashtiruvchilar, bugʻlantirish apparatlari va qurilmalari, ekstraktorlar, elektrolizerlar, ozonlashtirish, havoni quritish uskunalari, kontakli apparatlar);
ichki qurilmalarsiz, qoʻzgʻalmas ichki qurilmali, notsilindrlik, ichki qurilmalarsiz va qoʻzgʻalmas ichki qurilmali, mexanik aralashtirish qurilmali, issiqlik almashish qurilmalari boʻlmagan silindrsimon idishlar va sigʻim apparatlari;
suyuqlik filtrlari, suyuq bir jinsli boʻlmagan tizimlarni markazdan qochma kuch hisobiga va gravitatsiya taʼsirida har xil suyuqliklarni ajratishga moʻljallangan uskunalar;
materiallarga fizik-mexanik ishlov berish uskunalari (sochiluvchan va pastasimon materiallar tegirmonlari, qorgʻichlar);
dozatorlar, titgichlar, taʼminlagichlar (pitatel), donalashtirgichlar (klassifikatorlar), polimer materiallar qayta ishlash uskunalari;
metallarga gaz-alangali ishlov berish uchun kislorod, kriogen, kompressor, sovutish uskunalari;
vakuumli va yuqori vakuumli nasoslar va agregatlar;
but texnologik liniyalar, havoni parchalash (boʻlish) qurilmalari, kamyob gazlar uskunalari, barcha turdagi sovutish qurilmalari (maishiy qurilmalardan tashqari);
suyultirilgan gazga moʻljallangan barcha turdagi va tuzilishdagi sigʻim va ballonlar (SO2, xlor, kislorod va hokazo);
yopish-rostlash armaturasi va saqlash qurilmalari, nazorat-oʻlchash asbob va uskunalari, gazsimon tashlamalarni utilizatsiyalash va yoqish mahalliy qurilma uskunalari, texnologik quvuroʻtkazgich va inshootlar;
portlash xavfi yuqori boʻlgan, toksik va tajovuzkor (agressiv) muhitlarni koʻchirishga moʻljallangan tortish-puflash mashinalari va shamollatish uskunalari;
yuqorida koʻrsatilgan xavfli ishlab chiqarishlarda qoʻllaniladigan avariyaga qarshi himoya tizimlari va ularning elementlari, shuningdek portlashdan himoyalangan boshqa asbob-uskunalar;
j) donni saqlash va qayta ishlash sohasida:
konsentratorlar;
separatorlar;
tosh ajratgichlar;
yuvish mashinalari;
donni quritgichlar va maydalash (yanchish) uskunalari;
valetsli dastgoh (stanok)lar;
yoyish va gʻalvir-shamol mashinalari;
aralashmalarni magnitli tutib qolish mashinalari;
elektrmagnitli separatorlar;
magnitli kolonkalar;
chang tutqichlar va siklonlar;
noriyalar (donni yuqoriga koʻtarib berish uskunalari);
aspiratsiya tizimi;
kompressorlar, havo berish mashinalari (vozduxoduvkalar) va havo haydash uskunalari (ventilyatorlar);
temir yoʻlning don qabul qilish qurilmalari;
avtotransport vositalari (qishloq xoʻjaligi texnikalari)dan don qabul qilish uskunalari;
shnekli transportyorlar;
RSII turidagi filtr-siklonlar;
bolgʻali maydalagich va aralashtirgichlar;
don, omuxta yem, kepak va chiqindilarni saqlash uchun metall bunkerlar;
z) geologiya-razvedka sohasida:
burgʻulash uskunalari va burgʻulash dastgohlari, yechiladigan kern qabul qilish snaryadi (SSK-snaryad syemniy kernopriyemnik) minora chigʻirlari (lebyodkalar);
tal tizimi, shu jumladan:
kronbloklar;
tal bloklari;
ilgaklar;
tushirish-koʻtarish asbobi:
elevatorlar;
farshtullar;
nagolovniklar;
yuvish nasoslari va kompressorlari;
yuvish eritmalarini tayyorlashda ishlatiladigan loy (gil) aralashtirgichlar va boshqa mexanizmlar;
vertlyug-salniklar;
burgʻu quduqlari ogʻzini germetizatsiya qilish va ularni jipslashtirish (obvyazka) moslamalari;
quvur aylantirgich va tutqichlar;
burgʻu quduqlaridan quduq devorlarini mustahkamlash (obsadka) quvurlarini chiqarib olish uchun ishlatiladigan quvur koʻtargichlari;
burgʻu quduqlarini sementlash agregatlari;
i) togʻ-kon qidiruv ishlarida qoʻllaniladigan asbob-uskunalar:
tik va qiya togʻ-kon qidirish laxmlarida odamlarni va yuklarni tushirish va koʻtarish mashinalari, chigʻir (lebedka)lari va idishlari;
kon quduqlarini kovlash hamda kon quduqlaridagi chang-gazlarni chiqarib tashlash va kon quduqlariga toza havoni haydab berishga moʻljallangan yordamchi quduqlarni kovlash uskunalari;
yer osti kon-qidiruv kovlash ishlarida qoʻllaniladigan ichki yonuv dvigatelli uskunalar;
parmalovchi va togʻ jinslarini ushatuvchi pnevmatik bolgʻalar;
elektrburgʻu
normal holatdagi va portlash xavfi boʻlgan konlarda yer osti togʻ-qidiruv inshootlari uchun moʻljallangan uskunalar;
foydali qazilma kovlab olish joyi va kovlashda qoʻllaniladigan mashina va mexanizmlar (burgʻulash, tozalash va boshqalar);
harakatlanadigan tirkamalar (vagon va vagonetka);
agʻdargichlar;
skreper qurilmalari;
barcha turdagi nasoslar va shamollatish ventilyatorlari, kompressor qurilmalari;
togʻ-kon elektr jihozlari va asboblari (sizish, yoʻqotishlarga qarshi relelar, turli maqsadlardagi xabar berish jihozlari (signalizatsiya);
k) geofizik tadqiqotlarda qoʻllaniladigan asbob-uskunalar:
karotaj koʻtargichlari;
elektrometrik ishlar uchun quduq apparatlari;
qatlamlardan namuna olish asboblari;
parmalab kern olish asboblari;
akustik karotaj asboblari;
quduqlar va togʻ-kon qazish joylarida qattiq foydali qazilmalarni izlash ishlarini amalga oshirishda qoʻllaniladigan radiometrik asboblar;
gamma-kvantlari qoʻllaniladigan asboblar;
neytron nurlanishi manbalari qoʻllaniladigan asboblar;
l) temir yoʻl transporti sohasida:
obyektlardagi ichki temir yoʻl relslari, shpalalar, tormoz boshmoqlari, shlanglar, portlashdan ximoya qilingan yoritish uskunalari, temir yoʻlda maxsus xavfli yuklarni tashishga moʻljallangan sisternalar, konteynerlar, xavfli yuklarni yetkazib berish nasoslari, temir yoʻllarda xavfli moddalarni tashish idishlari, omborlarda xavfli yuklarni saqlash rezervuarlari, temir yoʻlda xavfli yuklarni tashish vositalari (lokomotiv, teplovoz)lar;
m) boshqa xavfli ishlab chiqarish sohalari:
portlovchi moddalarni tayyorlash, portlovchi moddalar komponentlarini qorishtirish, ularni tashish, quduq va kavlangan chuqurchalarni oʻqlashga moʻljallangan, harakatlanuvchi qurilmalar, jihozlar, mexanizmlar, dozatorlar, mashinalar;
ishchi bosimi 0,07 MRa dan (0,7 kg s/sm2) ortiq boʻlgan va suvning harorati 1150 S dan yuqori boʻlgan bugʻ qozonlari, suv isitish qozonlari, energetik qozonlar, sodoregenerativ qozonlar, yuqori haroratda organik moddalar bilan ishlovchi qozonlar, vakuumli qozonlar, modulli (blokli) qozonxonalar hamda suvning harorati 1150 S dan yuqori boʻlgan va ishlash muhitidan qatʼi nazar, bosimi 0,07 MRa dan (0,7 kg s/sm2) ortiq boʻlgan bosim ostida ishlovchi idishlar, qopqogʻi tez yechiladigan idishlar, koʻp oʻrinli barokameralar, ballonlar (avtotransport vositalari va qishloq xoʻjaligi texnikasining tegishli qurilmalari bundan mustasno), sisternalar, bugʻ va issiq suv quvurlari hamda tutun moʻrilari (gʻishtli, temir-beton va poʻlat moʻrilar);
minora kranlar, portal kranlar, koʻpriksimon kranlar, xarrak kranlar, strelali kranlar (avtomobil, temir yoʻl, zanjirli, pnevmo-gʻildirakli, kran-manipulyatorlar, quvuryotqizgichlar) kabelli kranlar va boshqa ishlash jarayonida koʻchmas asosga oʻrnatiladigan kranlar, elektr tallar, eskalatorlar, funikulyorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar.
4. Mazkur Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Davavianazorat” inspeksiyasi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Navoiy KMK” DK, “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzkimyosanoat” DAK, “Oʻzavtoyoʻl” DAK, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzbekyengilsanoat” DAK, “Oʻzfarmsanoat” DAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK, “Oʻzbekneftegaz” MXK, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzspirtsanoat” AK, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, “Oʻzavtosanoat” AK, “Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, “Oʻzeltexsanoat” AK, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “Suvsoz” DUK va “Sifat” markazi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 15-iyun
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 15-iyun
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TESHAYEV
2015-yil 12-iyun
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXABOV
2015-yil 12-iyun
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2015-yil 11-iyun
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
2015-yil 11-iyun
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2015-yil 10-iyun
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
2015-yil 10-iyun
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
2015-yil 10-iyun
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
2015-yil 9-iyun
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
2015-yil 8-iyun
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
2015-yil 8-iyun
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi I. TURAMURATOV
2015-yil 5-iyun
“Davavianazorat” inspeksiyasi boshligʻi T. ULJAYEV
2015-yil 5-iyun
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2015-yil 5-iyun
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi A. AKBARXOʻJAYEV
2015-yil 4-iyun
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi R. IKRAMOV
2015-yil 4-iyun
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori U. XOLMUXAMEDOV
2015-yil 4-iyun
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi V. ISMOILOV
2015-yil 3-iyun
“Navoiy KMK” DK bosh direktori K. SANAQULOV
2015-yil 1-iyun
“Oʻzbekenergo” DAK boshqaruvi raisi I. BASIDOV
2015-yil 1-iyun
“Oʻzkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisi N. IBRAGIMOV
2015-yil 29-may
“Oʻzavtoyoʻl” DAK boshqaruvi raisi A. ABDUVALIYEV
2015-yil 29-may
“Oʻzdonmahsulot” AK raisi E. KUDRATOV
2015-yil 29-may
“Oʻzbekyengilsanoat” DAK boshqaruvi raisi I. XAYDAROV
2015-yil 28-may
“Oʻzfarmsanoat” DAK boshqaruvi raisi M. DUSMURATOV
2015-yil 28-may
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2015-yil 26-may
“Oʻzbekneftegaz” MXK raisi Sh. FAYZULLAYEV
2015-yil 28-may
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori V. TYAN
2015-yil 28-may
“Oʻzspirtsanoat” AK boshqaruvi raisi A. ABDULLAYEV
2015-yil 27-may
“Oʻzqurilishmateriallari” AK boshqaruvi raisi E. AKRAMOV
2015-yil 27-may
“Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi U. ROZUQULOV
2015-yil 26-may
“Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK boshqaruvi raisi A. SHODIYEV
2015-yil 26-may
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi A. SALIMOV
2015-yil 25-may
“Oʻzeltexsanoat” AK boshqaruvi raisi E. IMINOV
2015-yil 25-may
“Oʻzmetkombinat” AJ bosh direktori A. NURITDINOV
2015-yil 22-may
“Olmaliq KMK” AJ bosh direktori A. FARMANOV
2015-yil 22-may
“Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori N. UMAROV
2015-yil 19-may
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
2015-yil 20-may
“Sifat” markazi bosh direktori X. UMARXODJAYEV
2015-yil 19-may
“Suvsoz” DUK boshqaruvchisi X. MAXKAMOV
2015-yil 19-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 366-modda)