Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 27-iyundagi PF-3099-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni belgilangan tartibda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-iyun,
235-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “OʻzDEUavto” AJ mahsulotini eksport qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 302-son qarorining 3-bandi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksining Biznes-markazi binosidan foydalanish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 20-apreldagi 156-son qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) 13-bandi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Afgʻoniston hududiga tijorat yuklarini tashishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-yanvardagi 41-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 6-modda) 5-bandi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 96-modda; 2003-y., 1-2-son, 6-modda)