17.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2684
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2684]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2684-4, 23.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2023-y., 10/23/2684-4/0421-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom umumiy oʻrta taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) oʻquvchilarini sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2684-4, 23.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2023-y., 10/23/2684-4/0421-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinfdan sinfga oʻtkazish — oʻquvchini bir sinfdan boshqa parallel sinfga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish — oʻquvchini bir maktabdan boshqa bir maktabning tegishli sinfiga oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom talablari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladigan hududlarda oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 2-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2684-4, 23.06.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2023-y., 10/23/2684-4/0421-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻquvchilarni nodavlat taʼlim muassasalaridan maktablarga oʻtkazish mazkur Nizomda belgilangan tartibda, maktablardan nodavlat taʼlim muassasalariga oʻtkazish mazkur Nizom va nodavlat taʼlim muassasalarining ustavlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga oʻtkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktab oʻquvchilarini sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish masalalari umumiy oʻrta taʼlimning majburiyligi hamda Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslarning taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ota-onalar farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maktab direktori arizani qabul qilib olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida koʻrib chiqadi va oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinfdagi oʻquvchilar soni belgilangan meʼyordan ortiq boʻlgan taqdirda, maktab direktori oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazishni rad qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinfdan sinfga oʻtkazish rad etilganligi haqida maktab direktori tomonidan uch kun ichida ota-onalarga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maktab direktorining oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻquvchini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ota-onalar oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ota-onalar farzandini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza maktab direktori tomonidan bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga taqdim etish uchun ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda maktabdan ketish taloni beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ota-onalar farzandi oʻqishni davom ettirishi uchun tanlangan maktab direktoriga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga maktabdan ketish taloni ilova qilinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 17-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2684-1, 29.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2019-y., 10/19/2684-1/2548-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori ariza va maktabdan ketish talonini qabul qilib olgach, shu kunning oʻzida ota-onalarga oʻquvchi taʼlim olayotgan maktabga taqdim etish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda maktabga kelish talonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab direktori maktabga kelish talonini qabul qilib olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi. Maktab direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi toʻgʻrisida tilxat oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchining maktab oʻquvchilari safidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchining tibbiy kartasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Nodavlat umumtaʼlim tashkilotidan oʻqishini davlat umumtaʼlim muassasasiga koʻchirgan oʻquvchilarning ota-onalari oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktoriga taʼlim oluvchilar safidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, oʻqiganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma hamda taʼlim oluvchining baholar (oʻzlashtirish) tabelini taqdim etadi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 27-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2684-2, 10.02.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 10/20/2684-2/0162-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, kelish taloni va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktorining oʻquvchining oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma oʻquvchining maktabda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori boshqa maktabdan oʻtkazilayotgan oʻquvchining oʻquv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan hujjatlarni qabul qilib olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab direktori mazkur buyruqdan koʻchirmani bir ish kuni ichida oʻquvchi ilgari taʼlim olgan maktabga maʼlumot uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻquvchini oʻquvchilar safidan chiqarish toʻgʻrisida yoki maktab oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgach, uch kun muddatda sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga oʻtkazilgan oʻquvchi oʻn kun ichida sababsiz yoki maktab rahbariyati va sinf rahbarini xabardor qilmasdan dars mashgʻulotlariga kelmasa, maktab direktori bu haqda ota-onalarni, oʻquvchining yashash joyidagi Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasini hamda oʻquvchi ilgari taʼlim olgan maktab direktorini yozma ravishda ogohlantiradi va bir vaqtning oʻzida oʻquvchining darslarga kelmaganligi sabablarini aniqlash va uni dars mashgʻulotlariga jalb etish choralarini koʻradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 26-oktabrdagi 31-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2684-3, 06.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2021-y., 10/21/2684-3/1031-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bob Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 17-avgustdagi 44-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2684-6, 28.08.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.09.2026-y., 10/26/2684-6/0882-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 8-avgustdagi 8-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2684-5, 20.08.2025-y.) asosan 5-bobning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-sentabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 10/25/2684-5/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻquvchini ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan sinfga yoki ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabga oʻtkazish, shuningdek ularni ichki tartib qoidalarni buzganligi uchun ushbu sinflardan (maktablardan) boshqa sinflarga (maktablarga) oʻtkazish Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2321, 2012-yil 1-fevral) muvofiq amalga oshiriladi, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalarning istagiga koʻra oʻquvchini ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan sinfdan boshqa sinfga yoki ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabdan boshqa maktabga oʻtkazish mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarni maktab oʻquvchilari safidan chiqarish Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 26-oktabrdagi 31-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2684-3, 06.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2021-y., 10/21/2684-3/1031-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 2-iyun

Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 2-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat test markazi direktori J. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 2-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎______________________________________________
(viloyat (respublika, shahar), tuman (shahar)
‎ ‎
____-sonli maktabdan
‎KETISH TALONI
‎‎

‎‎Ushbu talon 20 __ yil ____ _______________ da ________________ tumani (shahri)dagi ____ -sonli maktabning ____ -sinf oʻquvchisi __________________________________

(oʻquvchining F.I.O.) ‎

‎‎boshqa maktabga oʻtkazilayotganligini tasdiqlash uchun berildi.

_________‎

‎‎________________________

(imzo) ‎

‎‎(maktab direktorining F.I.O.)

M.Oʻ.‎

‎‎Maktab direktorining
‎telefon raqami: _______________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎______________________________________________
(viloyat (respublika, shahar), tuman (shahar)

‎____-sonli maktabga
‎ KELISH TALONI
‎ ‎
‎‎

‎‎Ushbu talon 20 __ yil ____ _______________ da ________________ tumani (shahri)dagi ___ -sonli maktabning ___ -sinf oʻquvchisi ___________________________________ga

(oʻquvchining F.I.O.) ‎

u ___________________ tumani (shahri)dagi ____ -sonli maktabga ketish talonini topshirganligini tasdiqlash uchun berildi.

_________‎

‎‎________________________

(imzo) ‎

‎‎(maktab direktorining F.I.O.)

M.Oʻ.‎

‎‎Maktab direktorining
‎telefon raqami: _______________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 319-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2019-y., 10/19/2684-1/2548-son; 10.02.2020-y., 10/20/2684-2/0162-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 06.11.2021-y., 10/21/2684-3/1031-son; 23.06.2023-y., 10/23/2684-4/0421-son; 21.08.2025-y., 10/25/2684-5/0755-son; 02.09.2026-y., 10/26/2684-6/0882-son)