08.06.1977 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jeneva konvensiyasiga Qoʻshimcha Protokol
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyalariga doir (I protokol)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqlarning tinchlikda yashashini koʻrishdan iborat samimiy istak-xohishlari haqida bayon qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq har bir davlat oʻz xalqaro munosabatlarida boshqa har qanday davlatning hududiy yaxlitligiga yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch ishlatish xavfi bilan tahdid solishdan yoxud kuch ishlatishdan, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti maqsadlariga nomuvofiq boʻlgan boshqa xil xatti-harakatlarni sodir etishdan saqlanishga majbur ekanini eslatib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu bilan birga, urush qurbonlari himoyasini koʻzda tutuvchi qoidalarni tasdiqlash va rivojlantirish, ularning nisbatan samarali qoʻllanishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar miqyosini kengaytirish zarurligini qayd etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Protokoldagi yoki 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyalaridagi biron-bir narsa Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga nomuvofiq boʻlgan har qanday tajovuzni yoxud har qanday kuch ishlatishni qonunlashtiruvchi yoki bunday xatti-harakatlarga ruxsat etuvchi qoida sifatida talqin etilishi mumkin emasligiga ishonch bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek, mazkur Protokoldagi va 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyalaridagi qoidalar, qurolli mojaroning mazmun-mohiyati yoki kelib chiqishi, nizolashayotgan tomonlar ilgari surgan yoki ularga tegishli deb hisoblangan sabablar bilan bogʻliq qandaydir nomuvofiq tafovutlardan qatʼi nazar, har qanday sharoitda ushbu hujjatlar homiyligiga olingan barcha shaxslarga nisbatan toʻlaligicha qoʻllanishi zarurligini taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I QISM
UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda — Umumiy prinsiplar va qoʻllanish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Protokolga amal qilish va har qanday sharoitda unga amal qilinishini taʼminlash majburiyatini zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Protokolda yoki boshqa xalqaro bitimlarda koʻzda tutilmagan hollarda, fuqaro shaxslar va kombatantlar mavjud odatlar, insoniylik prinsiplari va jamoatchilikning vijdon amriga asoslangan xalqaro huquq prinsiplarining himoyasi va taʼsirida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Protokol 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Jeneva konvensiyalarini toʻldiradi va ushbu Konvensiyalar uchun umumiy boʻlgan 2-moddada qayd etilgan vaziyatlarda qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oldingi bandda qayd etilgan vaziyatlar qatoriga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida va mazkur Nizomga muvofiq davlatlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar va hamkorlik masalalariga taalluqli xalqaro huquq prinsiplari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyada mustahkamlab qoʻyilgan oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini roʻyobga chiqarish yoʻlida mustamlakachilik hukmronligi va chet el istilosiga qarshi va irqchilik rejimlariga qarshi kurash olib borayotgan xalqlar ishtirokidagi qurolli mojarolar ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda — Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokol maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Birinchi konvensiya”, “Ikkinchi konvensiya”, “Uchinchi konvensiya” va “Toʻrtinchi konvensiya” deganda tegishli tartibda Harakatdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasi; Dengizdagi qurolli kuchlar tarkibidan boʻlmish yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasi; Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasi; Urush vaqtida fuqaro aholini himoya qilish toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasi; “Konvensiyalar” deganda qurolli mojarolar qurbonlarining qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan toʻrtta Jeneva konvensiyasi nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “qurolli mojarolar davrida qoʻllanadigan xalqaro huquq normalari” iborasi nizolashayotgan tomonlar ishtirokchisi boʻlgan xalqaro bitimlarda tilga olingan va qurolli mojarolar davrida qoʻllanadigan normalarni, shuningdek, xalqaro huquqning qurolli mojarolarga nisbatan qoʻllanadigan umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini bildiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) “Homiy Davlat” deganda nizolashayotgan tomon tayinlagan, dushman tomon esa tan olgan va Konvensiyalar va mazkur Protokolga muvofiq Homiy Davlat zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga rozilik bildirgan betaraf davlat yoki nizolashayotgan tomon hisoblanmaydigan boshqa davlat tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Substitut” tushunchasi 5-moddaga muvofiq Homiy Davlatning oʻrnini bosadigan tashkilotga nisbatan ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda — Qoʻllanishning boshlanishi va toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday paytda qoʻllanadigan qoidalarga ziyon yetkazmagan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Konvensiyalar va mazkur Protokol shu Protokolning 1-moddasida tilga olingan har qanday vaziyatlar boshlanishidanoq qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Konvensiyalarning va mazkur Protokolning qoʻllanishi nizolashayotgan tomonlar hududida yalpi harbiy harakatlar toʻxtagach barham topsa, bosib olingan hududlarda esa istilo tugashi bilan toʻxtaydi. Har ikki holda ham toʻla ozod etilishi, vataniga qaytarilishi yoki joylashtirilishi kechroq amalga oshadigan shaxslar bundan mustasnodir. Bu shaxslar toʻla ozod etilishi, vataniga qaytarilishi yoki joylashtirilishi amalga oshadigan muddatga qadar Konvensiyalar va mazkur Protokolning tegishli qoidalaridan foydalanishda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda — Nizolashayotgan tomonlarning huquqiy maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyalar va mazkur Protokolning qoʻllanishi, shuningdek, ushbu hujjatlarda koʻzda tutilgan bitimlarning tuzilishi nizolashayotgan tomonlarning huquqiy maqomiga daxl etmaydi. Na biron-bir hududning istilo etilishi va na Konvensiyalar va mazkur Protokolning qoʻllanishi ushbu hududning huquqiy maqomiga daxl etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda — Homiy Davlatlar va ular substitutlarining tayinlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizolashayotgan tomonlarning vazifasi bunday mojarolarning boshlanishidanoq Homiy Davlatlar tizimining qoʻllanishi, xususan, ularning tayinlanishi va quyida keladigan bandlar asosida tan olinishi yoʻli bilan Konvensiyalar va mazkur Protokolning qoʻllanishi va ularga amal qilinishini taʼminlashdan iboratdir. Homiy Davlatlar zimmasiga nizolashayotgan tomonlar manfaatlarini muhofaza qilish vazifasi yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuqorida 1-moddada tilga olingan vaziyat yuzaga kelishi bilan nizolashayotgan tomonlarning har biri Konvensiyalarni va mazkur Protokolni qoʻllash maqsadida paysalga solmay Homiy Davlatni tayinlaydi, shuningdek, xuddi shu maqsadda dushman tomon tayinlagan va oʻzi tan olgan Homiy Davlatning faoliyat boshlashiga paysalga solmasdan ruxsat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar 1-moddada tilga olingan vaziyat yuzaga kelishi bilan Homiy Davlat tayinlanmagan yoki tan olinmagan boʻlsa, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi boshqa har qanday begʻaraz insonparvarlik tashkilotlarining xuddi shunday yoʻl tutish borasidagi huquqlariga ziyon yetkazmagan holda, nizolashayotgan tomonlarning roziligi asosida, paysalga solmasdan, nizolashayotgan tomonlar rozi boʻlgan Homiy Davlatlarni tayinlash maqsadida nizolashayotgan tomonlarga oʻz xayrli xizmatini tavsiya etadi. Shu maqsadda u, xususan, har bir tomonga murojaat qilib, mazkur tomon dushman tomonga nisbatan munosabatda oʻz nomidan Homiy Davlat sifatida faoliyat koʻrsatishi mumkin boʻlgan kamida beshta davlat roʻyxatini taqdim etishini, shuningdek, har bir tomonga murojaat qilib, mazkur tomon dushman tomon nomidan Homiy Davlat sifatida faoliyat koʻrsatishi mumkin boʻlgan kamida beshta davlat roʻyxatini taqdim etishini soʻrashi mumkin; bu roʻyxatlar shunday iltimos tushganidan soʻng ikki hafta ichida mazkur qoʻmitaga yuborilishi kerak; u ana shu roʻyxatlarni solishtirib chiqib, har ikki tomon roʻyxatida ham nomi qayd etilgan davlatning tegishli taklifga roziligini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar yuqorida bayon etilganiga qaramay, Homiy Davlat tayinlanmagan yoki faoliyat koʻrsatmayotgan boʻlsa, nizolashayotgan tomonlar Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi yoxud xolislik va samaradorlik kafolatini beruvchi boshqa har qanday tashkilotning yuqorida qayd etilgan tomonlar bilan tegishli maslahatlashuvidan soʻng va ushbu maslahatlashuvlarning natijalarini hisobga olgan holda substitut sifatida faoliyat koʻrsatishi mumkinligi haqidagi taklifini zudlik bilan qabul qiladi. Bunday substitutning faoliyati nizolashayotgan tomonlarning roziligiga asoslanadi; nizolashayotgan tomonlar substitut Konvensiyalar va mazkur Protokol boʻyicha oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishida uning faoliyatiga koʻmaklashish uchun barcha imkoniyatdan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 4-moddaga muvofiq Konvensiyalar va mazkur Protokolni qoʻllash maqsadida Homiy Davlatning tayinlanishi va tan olinishi nizolashayotgan tomonlarning yoki boshqa har qanday hududlar, jumladan, istilo etilgan hududlarning huquqiy maqomiga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida diplomatik munosabatlarning mustahkamlanishi yoki uchinchi davlatga diplomatik munosabatlarga oid xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda tomonlardan birining manfaatlarini va ushbu tomonga mansub fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish vazifasining yuklatilishi Konvensiyalar va mazkur Protokolni qoʻllash uchun Homiy Davlatning tayinlanishiga toʻsiq hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har gal mazkur Protokolda Homiy Davlat atamasi tilga olinganda, bu atama substitutga ham taalluqli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda — Maxsus tayyorlangan xodimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tinchlik davridayoq Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar Konvensiyalar va mazkur Protokolning qoʻllanishiga, xususan, Homiy Davlatlar faoliyatiga koʻmaklashish uchun maxsus xodimlar tayyorlash maqsadida Qizil Xoch (Qizil Yarim Oy, Qizil Sher va Quyosh) milliy jamiyatlari yordamida tegishli saʼy-harakat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday xodimlarni toʻplash va tayyorlash masalasi davlatlar vakolatiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar tuzishi va shu maqsadda unga yuborishi mumkin boʻlgan tegishli shaxslar roʻyxatini Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarga taqdim etish uchun oʻz qoʻl ostida tayyor holda saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har qanday vaziyatda ham bu shaxslardan milliy hududlar tashqarisida foydalanishning sharti manfaatdor tomonlar oʻrtasida tuziladigan maxsus bitimlar mavzusi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda — Kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokol depozitariysi bitta yoki bir nechta Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar iltimosiga va koʻpchilik Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar roziligiga asosan Konvensiyalar va mazkur Protokolning qoʻllanishiga taalluqli umumiy masalalarni muhokama etish uchun barcha koʻrsatib oʻtilgan Tomonlar ishtirokida kengash chaqiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II QISM.
YARADORLAR, BEMORLAR VA KEMA HALOKATIGA UCHRAGAN SHAXSLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM.
UMUMIY HIMOYA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda — Atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokol maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Yaradorlar” va “bemorlar” deganda jarohatlangani yoki bemorligi yoxud boshqa xil jismoniy yoki ruhiy xastaligi yoki nogironligi tufayli tibbiy yordamga, yoxud parvarishga muhtoj boʻlgan, har qanday dushmanlik harakatlaridan oʻzini tiyadigan harbiy xizmatchilar, shuningdek, fuqaro shaxslar tushuniladi. Bu atamalar chaqaloqli onalar, chaqaloqlar va ayni chogʻda tibbiy yordamga yoki parvarishga muhtoj boʻlgan va har qanday dushmanlik harakatlaridan oʻzini tiyadigan boshqa shaxslar, masalan, homilador va kamquvvat ayollarga ham taalluqlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “kema halokatiga uchragan shaxslar” deganda ularning oʻzlari yoki ular tushgan kema yoki uchish apparati halokatga uchrashi oqibatida dengizda yoki boshqa suvlarda xatar ostida qolgan, har qanday dushmanlik harakatlaridan oʻzini tiyadigan harbiy xizmatchilar, shuningdek, fuqaro shaxslar tushuniladi. Bu shaxslar ularni qutqarish mobaynida Konvensiyalar va mazkur Protokolga muvofiq har qanday dushmanlik harakatlaridan oʻzini tiyishda davom etish sharti bilan boshqa maqomga ega boʻlgunlariga qadar kema halokatiga uchraganlar, deb hisoblanaveradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “tibbiy xodimlar” deganda nizolashayotgan tomonlar faqat “e” bandda koʻrsatilgan tibbiy maqsadlarni bajarish, tibbiyot tuzilmalarini maʼmuriy-xoʻjalik jihatdan taʼminlash yoki sanitariya-transport vositalarida ishlash, yoxud bu vositalarni maʼmuriy-xoʻjalik jihatdan taʼminlash uchungina tayinlagan shaxslar tushuniladi. Bunday tayinlashlar doimiy yoki vaqtincha ahamiyat kasb etishi mumkin. Tibbiy xodimlar atamasi quyidagilarni qamrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) nizolashayotgan tomonlarning harbiy va fuqaro tibbiy xodimlari, shu jumladan, Birinchi va Ikkinchi konvensiyalarda qayd etilgan xodimlar va fuqaro mudofaasi tashkilotlari ixtiyoriga berilgan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) Qizil Xoch (Qizil Yarim Oy, Qizil Sher va Quyosh) milliy jamiyatlari va nizolashayotgan tomonlar tegishli tartibda tan olgan va vakolat bergan boshqa milliy koʻngilli koʻmak jamiyatlarining tibbiy xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) 9-modda 2-bandida qayd etilgan tibbiyot tuzilmalari yoki sanitariya-transport vositalarining tibbiy xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “diniy xodimlar” deganda harbiy va fuqaro shaxslar, masalan, faqat diniy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan va quyidagilar ixtiyoriga berilganlar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) nizolashayotgan tomonlarning qurolli kuchlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) nizolashayotgan tomonlarning tibbiyot tuzilmalarga yoki sanitariya-transport vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) 9-moddaning 2-bandida qayd etilgan tibbiyot tuzilmalari yoki sanitariya-transport vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) nizolashayotgan tomonlarning fuqaro mudofaasi tashkilotlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy xodimlarning mansubligi doimiy yoki vaqtincha muddatga boʻlishi mumkin va ularga nisbatan “k” bandning qoidalari amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “tibbiyot tuzilmalari” deganda tibbiy maqsadlarda, xususan, yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarni qidirish, yigʻib olish, tashish, tashxis qoʻyish yoki davolash, shu jumladan, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, shuningdek, kasalliklarning oldini olish bilan shugʻullanish uchun tuzilgan harbiy yoxud fuqaro muassasalari. yoki boshqa tuzilmalar tushuniladi. Bu atama, masalan, gospitallarga va shu kabi boshqa tibbiyot markazlari va institutlarga, shuningdek, bunday tuzilmalarning tibbiyot jihozlari omborlariga va tibbiy-farmatsevtika omborlariga ham tegishlidir. Tibbiyot tuzilmalari statsionar yoki koʻchma, doimiy yoxud vaqtincha tarzda tashkil etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “sanitariyaga taalluqli yuklarni tashish” deganda Konvensiyalar va mazkur Protokol himoyasida boʻlgan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarni, shuningdek, tibbiy va diniy xodimlarni, tibbiyot asbob-uskunalari va zaxiralarini quruqlikda, suvda va havoda tashish tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “sanitariya-transport vositalari” deganda faqat sanitariyaga taalluqli tashishlargagina moʻljallangan va nizolashayotgan tomonlarning vakolatli maʼmuriy organi nazorati ostida boʻlgan harbiy yoki fuqaro, doimiy yoxud vaqtinchalik har qanday tashish vositalari tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “yer ustidagi sanitariya-transport vositalari” deganda sanitariyaga taalluqli quruqlikda tashishning har qanday vositalari tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “sanitariya kemalari va suzish vositalari” deganda sanitariyaga taalluqli suvda tashishning har qanday vositalari tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “sanitar uchish apparatlari” deganda sanitariyaga taalluqli havoda tashishning har qanday vositalari tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) “doimiy” deganda tibbiyot tuzilmalari, tibbiy xodimlar va sanitariya-transport vositalarining noaniq muddatga faqat tibbiyot maqsadlari uchungina moʻljallanishi tushuniladi. “Vaqtincha” deganda tibbiyot tuzilmalari, tibbiy xodimlar va sanitariya-transport vositalarining cheklangan muddatlarga va shu muddatlar davomida faqat tibbiyot maqsadlari uchungina jalb etilishi tushuniladi. Boshqa maxsus tushunchalar mavjud boʻlmagan hollarda “tibbiyot tuzilmalari”, “tibbiy xodimlar” va “sanitariya-transport vositalari” iboralari ham doimiy, ham vaqtincha toifalarga taalluqli hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) “farqlovchi emblem” deganda tibbiyot tuzilmalarini, sanitariya-transport vositalarini, tibbiy va diniy xodimlarni, tibbiyot asbob-uskunalari va zaxiralarini himoyalashda qoʻllanilayotgan qizil xoch, qizil yarim oy yoki oq sathdagi qizil sher va quyosh farqlovchi belgilari tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) “farqlovchi belgi” deganda mazkur Protokolning I Ilova III bobiga muvofiq faqat tibbiyot tuzilmalari yoki sanitariya-transport vositalarinigina tanib olish uchun belgilangan har qanday signal yoxud xabar berish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda — Qoʻllanish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarning qismatlarini yengillashtirishga qaratilgan mazkur Qism qoidalari 1-bandda qayd etilgan vaziyatlarga daxldor boʻlgan barcha shaxslarga birdek qoʻllaniladi; bunda ularning irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini yoki eʼtiqodi, siyosiy yoxud boshqa xil maslagi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tugʻilishi yoxud shunga oʻxshash boshqa turdagi maqomi bilan bogʻliq boʻlgan hech qanday nomuvofiq tafovutlar hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birinchi konvensiyaning 27 va 32-moddalari nizolashayotgan tomonlarga quyidagilar tomonidan insonparvarlik maqsadlarida yetkazib berilgan doimiy tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalari (Ikkinchi konvensiyaning 25-moddasi qoidalari qoʻllaniladigan gospital kemalardan tashqari) va ularning xodimlariga nisbatan qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) betaraf davlat yoki nizolashayotgan tomon hisoblanmaydigan boshqa davlat tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bunday davlatning tan olingan va vakolatga ega boʻlgan koʻmak jamiyati tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) begʻaraz xalqaro insonparvarlik tashkiloti tomonidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda — Himoya va parvarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qaysi tomonga mansubligidan qatʼi nazar yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarning barchasi hurmat va himoyadan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har qanday vaziyatda ham ularga insoniy muomala qilinadi, ular salomatligining ahvoli taqozo etgan tegishli tibbiy yordam va parvarish iloji boricha qisqa muddatlarda va kengroq miqyosda koʻrsatiladi. Tibbiy nuqtayi nazardan tashqari hech qanday tushuncha asosida ularni bir-biridan farqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda — Alohida shaxslar himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dushman tomon hukmi ostida boʻlgan yoki urush tamom boʻlguncha ozodlikdan mahrum etilgan, qoʻlga olingan yoxud 1-moddada qayd etilgan vaziyatlarda boshqa xil yoʻllar bilan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning jismoniy va ruhiy salomatligiga, daxlsizligiga biron-bir oqlab boʻlmaydigan harakat yoki kamchilik tufayli ziyon yetkazilmasligi kerak Shuningdek, mazkur moddada qayd etilgan shaxslarning salomatligi taqozo etmagan va tegishli protsedurani amalga oshiruvchi tomonning hech qanday tarzda ozodlikdan mahrum etilmagan oʻz fuqarolariga nisbatan tibbiy nuqtayi nazardan oʻxshash vaziyatlarda qoʻllanishi umumeʼtirof etilgan tibbiyot qoidalariga mos kelmaydigan hollarda bu shaxslarni biron-bir tibbiy protseduraga duchor etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xususan, bunday shaxslarni hatto oʻz roziligi boʻlgan taqdirda ham quyidagilarga duchor etish taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jismoniy jarohatlar yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tibbiy yoki ilmiy tajribalarda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) boshqalarga koʻchirib oʻtkazish uchun tana toʻqimalari yoki tana aʼzolarini kesib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandda qayd etilgan talablar asosida bunday harakatlar oʻzini oqlaydigan ayrim holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Faqat koʻngilli ravishda, hech qanday undashlar va majburlashlarsiz, quyish uchun qon yoki koʻchirish uchun tana toʻqimasini topshirish hollarigina 2.s) banddagi taqiqlardan istisno sifatida qaralishi mumkin; bunday topshirishlar faqat terapevtik maqsadlarda, umumeʼtirof etilgan tibbiyot qoidalariga muvofiq tarzda va qon yoki tana toʻqimasini topshiruvchiga gʻamxoʻrlik koʻrsatishga qaratilgan muayyan nazorat ostida amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dushman tomonning hukmi ostida boʻlgan va unga mansub boʻlmagan biron-bir shaxsning jismoniy yoki ruhiy holatiga yoxud daxlsizligiga jiddiy xavf soluvchi har qanday qasddan qilingan harakat yoki atayin yoʻl qoʻyilgan kamchilik, shuningdek, 1 va 2-bandlardagi taqiqlardan birontasining buzilishi yoki 3-band talablarining bajarilmasligi mazkur Protokolni jiddiy buzish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1-bandda qayd etilgan shaxslar har qanday jarrohlik amaliyotini rad etish huquqiga ega. Rad javobi olingan hollarda tibbiy xodimlar bu haqda mijoz tomonidan imzolangan yoki tasdiqlangan tegishli yozma ariza olishga harakat qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nizolashayotgan tomonning bevosita masʼuliyati ostida 1-bandda qayd etilgan quyish uchun qon yoki koʻchirish uchun tana toʻqimasini topshirish amalga oshirilayotgan boʻlsa, har bir tegishli tomon bu topshirishlarning barchasi haqida tibbiy yozuvlarni qayd etib borishi kerak. Bundan tashqari, nizolashayotgan tomonlarning har biri urush tamom boʻlguncha ozodlikdan mahrum etilgan, qoʻlga olingan yoxud 1-moddada qayd etilgan vaziyatlarda boshqa xil yoʻllar bilan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan barcha tibbiy protseduralarni yozib borishga harakat qilishi zarur. Bunday yozuvlar har doim Homiy Davlat tekshirishi uchun taqdim etishga tayyor turishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda — Tibbiyot tuzilmalari himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tibbiyot tuzilmalari har doim hurmat va himoyadan foydalanadi va hujum uchun nishon boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band fuqaro tibbiyot tuzilmalariga ular quyidagi shartlarga javob bergan taqdirda qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nizolashayotgan tomonlardan biriga mansub boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nizolashayotgan tomonlardan biri eʼtirof etgan va vakolat bergan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) mazkur Protokolning 9-moddasi 2-bandi yoki Birinchi konvensiyaning 27-moddasiga muvofiq vakolat berilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nizolashayotgan tomonlarga bir-birlarini oʻzlarining statsionar tibbiyot tuzilmalari joylashuvi haqida xabardor etish tavsiya qilinadi. Bunday xabarlashuvning mavjud emasligi tomonlarni 1-band qoidalariga amal qilish majburiyatidan xalos etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Biron-bir vaziyatda tibbiyot tuzilmasidan harbiy obyektlarni hujumdan pana qilish uchun foydalanish mumkin emas. Nizolashayotgan tomonlar tibbiyot tuzilmalarini joylashtirish paytida iloji boricha harbiy obyektlarga qilinadigan hujum ularning xavfsizligiga tahdid solmasligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda — Fuqaro tibbiyot tuzilmalari himoyasining toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqaro tibbiyot tuzilmalaridan insonparvarlik faoliyatidan tashqari dushmanga ziyon yetkazuvchi harakatlarni sodir etishda foydalanilgan taqdirdagina ularning himoya huquqi toʻxtatiladi. Ammo himoyadan foydalanish huquqi tegishli hollarda bu haqdagi ogohlantirish eʼtiborga olinmagach, muayyan oqilona muddat belgilab ogohlantirishdan keyingina toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar dushmanga ziyon yetkazuvchi harakat deb hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tibbiyot tuzilmalari tibbiy xodimlarining oʻzini oʻzi muhofaza qilish yoki oʻz qaramogʻidagi yaradorlar va bemorlarni himoya qilish maqsadida yengil shaxsiy qurollarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tibbiyot tuzilmalarining qorovul, soqchi yoki konvoylar tomonidan qoʻriqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) tibbiyot tuzilmalarida bemorlar va yaradorlardan olib qoʻyilgan va hozircha tegishli xizmatlarga topshirilmagan oʻqotar qurollar va oʻq-dorilarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tibbiyot tuzilmalarida harbiy xizmatchilar yoki boshqa kombatantlarning tibbiyot nuqtayi nazaridan kelib chiqib joylashtirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda — Fuqaro tibbiyot tuzilmalarini rekvizitsiya qilishdagi cheklashlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Istilochi davlat istilo etilgan hududdagi fuqaro aholining tibbiy ehtiyojlarining qondirilishi davom etishini taʼminlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shuning uchun istilochi davlat fuqaro tibbiyot tuzilmalarini, ularning asbob-uskunalarini, materiallarini rekvizitsiya qilishi (qiymatini toʻlash sharti bilan majburiy ravishda davlat ixtiyoriga olishi) yoki bunday zaxiralar fuqaro aholiga tegishli darajada tibbiy xizmat koʻrsatish uchun va bu yerda davolanayotgan yaradorlar va bemorlarni muntazam parvarish qilish uchun zarur boʻlib turar ekan, bu yerda ishlaydigan tibbiy xodimlarni majburiy ravishda boshqa ishlarga jalb etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2-bandda qayd etilgan umumiy qoidalarga amal qilingan taqdirda, istilochi davlat yuqorida tilga olingan zaxiralarni quyidagi aniq shartlarga amal qilgan holda rekvizitsiya qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bu zaxiralar istilochi davlat qurolli kuchlari tarkibiga tegishli yoki harbiy asirlar sirasidan boʻlgan yaradorlar va bemorlarga tegishli darajada va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rekvizitsiya faqat bunga zarurat mavjud boʻlib turgan paytgacha davom etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) bunday rekvizitsiya daxl qilgan fuqaro aholining tibbiy ehtiyoji, shuningdek, davolanayotgan yaradorlar va bemorlarning ehtiyoji qondirilishi davom etishini taʼminlash uchun zudlik bilan tegishli choralar koʻrilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda — Fuqaro tibbiy va diniy xodimlari himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqaro tibbiy xodimlari hurmat va himoyadan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarur hollarda, harbiy harakatlar oqibatida fuqaro tibbiyot xizmatlari ishdan chiqqan hududlarda fuqaro tibbiy xodimlariga iloji boricha keng koʻlamda koʻmaklashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Istilochi davlat istilo etilgan hududlardagi fuqaro tibbiy xodimlari oʻz zimmalaridagi insonparvarlik faoliyatini koʻngildagidek bajarishiga imkoniyat yaratish uchun ularga iloji boricha keng koʻlamda yordam koʻrsatadi. Istilochi davlat bu xodimlardan ular oʻz faoliyatini bajarish chogʻida qaysidir shaxsga tibbiy mazmundagidan boshqacha alohida eʼtibor berishini talab qilishi mumkin emas. Bu xodimlar oʻzlarining insonparvarlik faoliyatiga mutanosib boʻlmagan vazifalarni bajarishga majbur etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Manfaatdor nizolashayotgan tomon zarur deb hisoblagan barcha nazorat va xavfsizlik choralariga amal qilgan fuqaro tibbiy xodimlari oʻz xizmatlariga ehtiyoj mavjud boʻlgan har qanday joyga kirish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fuqaro diniy xodimlari hurmat va himoyadan foydalanadi. Konvensiyalar va mazkur Protokolning tibbiy xodimlarni himoyalash va tanib olishga taalluqli qoidalari ushbu shaxslar uchun ham teng darajada qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda — Tibbiy vazifalarni bajaruvchi shaxslarning umumiy himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hech qanday sharoitda biron-bir shaxs tibbiyot odobi doirasida tegishli tibbiy vazifalarni bajargani uchun, bu vazifani kimning manfaati yoʻlida bajarganligidan qatʼi nazar, qandaydir jazoga tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tibbiy vazifalarni bajaruvchi shaxslar tibbiyot qoidalariga yoxud yaradorlar va bemorlar manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqa tibbiyot meʼyorlariga yoki Konvensiyalar va mazkur Protokol qoidalariga xilof ravishda harakat qilish yoxud biron ishni bajarish yoki yuqoridagi qoidalarda amalga oshirish zarur deb topilgan biron-bir harakat yoki ishni bajarmaslik uchun majbur etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻz qaramogʻidagi yoki qachondir qaramogʻida boʻlgan yarador va bemorlarga taalluqli maʼlumotlar ana shu mijozlarga va ularning oila aʼzolariga ziyon keltirishi mumkin deb hisoblagan tibbiy vazifalarni bajaruvchi shaxs dushman tomon yoki oʻzi mansub boʻlgan tomonga tegishli biron-bir kishiga bunday maʼlumotlarni taqdim etish uchun majburlanishi mumkin emas; uning oʻzi mansub boʻlgan tomon qonunchiligida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno. Ammo, yuqumli kasalliklar toʻgʻrisida bildirish borasidagi majburiy tibbiyot talablari bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda — Fuqaro aholi va koʻmak jamiyatlarining oʻrni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar hatto dushman tomonga mansub boʻlgan taqdirda ham fuqaro aholi ularga hurmat koʻrsatadi, shuningdek, ularga nisbatan zoʻravonlik harakatlari sodir etilishiga yoʻl qoʻymaydi. Fuqaro aholiga va Qizil Xoch (Qizil Yarim Oy, Qizil Sher va Quyosh) milliy jamiyatlari kabi koʻmak jamiyatlariga, hatto ularning oʻz tashabbuslari asosida, yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarni yigʻib olish va bosib olingan yoki istilo etilgan hududlarda boʻlsa ham ularni parvarishlash uchun ruxsat etiladi. Bunday insonparvarlik harakatlarini bajargani uchun hech kim hech qanday quvgʻinga, taʼqibga, hukm va jazoga duchor etilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizolashayotgan tomonlar fuqaro aholiga yoki 1-bandda koʻrsatilgan koʻmak jamiyatlariga murojaat etib, ulardan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarni yigʻib olishni va parvarishlashni, oʻlganlarni qidirishni va ular topilgan joy toʻgʻrisida xabar berishni iltimos qilishi mumkin; ular ushbu murojaatga javoban ish boshlaganlarni tegishli himoya va zarur koʻmak bilan taʼminlaydi. Agar dushman tomon tegishli hudud ustidan nazorat oʻrnatgan yoki qayta nazorat oʻrnatgan boʻlsa, u holda mazkur tomon ham tegishli ehtiyoj mavjud boʻlib turgan vaqt davomida ularni xuddi shunday himoya va zarur koʻmak bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda — Tanib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizolashayotgan tomonlarning har biri tibbiy va diniy xodimlarni, shuningdek, tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalarini tanib olishni taʼminlashga intiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizolashayotgan tomonlarning har biri, shuningdek, farqlovchi emblemalar va farqlovchi signallardan foydalanadigan tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalarini tanib olish imkonini beruvchi tegishli usul va amallarni qoʻllash va bajarishga intiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Istilo etilgan hududlarda va jang borayotgan yoki jang boshlanishi ehtimoli mavjud boʻlgan hududlarda fuqaro tibbiy xodimlari va fuqaro diniy xodimlari farqlovchi emblemalar va ularning maqomini tasdiqlaydigan shaxsiy guvohnomalar yordamida tanib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolatli maʼmuriyatlarning roziligi asosida tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalari tegishli emblema bilan belgilanadi. Kemalar va mazkur Protokolning 22-moddasida qayd etilgan suzish vositalari Ikkinchi konvensiya qoidalariga muvofiq tarzda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nizolashayotgan tomon mazkur Protokolga III Ilovaning I bobiga muvofiq tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalarini tanib olish uchun farqlovchi emblemalar bilan bir qatorda farqlovchi signallardan foydalanishga ham ruxsat etishi mumkin. Istisno tariqasida, yuqorida qayd etilgan bobda koʻzda tutilgan alohida hollarda sanitariya-transport vositalari farqlovchi emblemadan foydalanmasdan turib farqlovchi signallarni ishlatishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddadagi 1 — 5-bandlar qoidalarining qoʻllanish tartibi mazkur Protokolga III Ilovaning I — III boblariga muvofiq ravishda belgilanadi. Mazkur Ilovaning III bobida ifodalangan va faqat tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalarini tanib olish uchungina moʻljallangan signallar, mazkur bobda koʻrsatilgan holatlarni istisno etganda, ushbu bobda qayd etilgan tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalarini tanib olishdan tashqari biron-bir boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tinchlik davrida farqlovchi emblemaning qoʻllanish doirasi Birinchi konvensiya 44-moddasida koʻzda tutilganiga nisbatan kengaytirilishiga mazkur modda qoidalari ruxsat etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Konvensiyalar va mazkur Protokolning farqlovchi emblemadan foydalanish, emblemalarni qoʻllash borasida suiisteʼmolchiliklarga barham berish va ularning oldini olishga taalluqli qoidalari farqlovchi signallarga nisbatan ham birdek qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda — Betaraf davlatlar va nizolashayotgan tomonlar hisoblanmaydigan boshqa davlatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Betaraf davlatlar va nizolashayotgan tomonlar hisoblanmaydigan boshqa davlatlar oʻzlariga tegishli hududga kiritilishi yoki urush tamom boʻlgungacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin boʻlgan va mazkur Qismga muvofiq himoyadan foydalanadigan shaxslarga nisbatan, shuningdek, oʻzlari qidirib topgan va nizolashayotgan tomonlarga mansub boʻlgan marhumlarga nisbatan mazkur Protokolning tegishli qoidalarini qoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda — Repressaliylarning taqiqlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qismga muvofiq himoyaga olingan shaxslar va obyektlarga qarshi repressaliylar qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM.
SANITARIYAGA TAALLUQLI YUKLARNI TASHISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda — Yer ustidagi sanitariya-transport vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer ustidagi sanitariya-transport vositalari xuddi koʻchma tibbiyot tuzilmalari kabi Konvensiyalar va mazkur Protokolga muvofiq hurmat va himoyadan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda — Gospital kemalar va qirgʻoqoldi qutqaruvchi suzish vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konvensiyalar qoidalari quyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ikkinchi konvensiyaning 22, 24, 25 va 27-moddalarida qayd etilgan kemalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ulardagi qutqarish qayiqlari va kichikroq kemalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ularning xodimlari va komandasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ularning sahnida joylashgan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarga taalluqli ekanidan tashqari, shuningdek, bu kemalar tashiyotgan Ikkinchi konvensiyaning 13-moddasida koʻrsatilgan toifalarning birontasiga ham mansub boʻlmagan fuqaro shaxslar hisoblanuvchi yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarga nisbatan ham qoʻllanadi. Ammo bunday fuqaro shaxslar oʻzlari mansub boʻlmagan biron-bir tomonga topshirilishi yoki dengizda asirlikka olinishi mumkin emas. Agar bu shaxslar oʻzlari mansub boʻlmagan nizolashayotgan tomon hukmi ostiga tushib qolsa, ular Toʻrtinchi konvensiya va mazkur Protokolning taʼsir doirasida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konvensiyalarda koʻzda tutilgan kemalar himoyasi, Ikkinchi konvensiyaning 25-moddasiga muvofiq, nizolashayotgan tomonga quyidagilar tomonidan faqat insonparvarlik maqsadida ishlatish uchungina taqdim etiladigan gospital kemalarga nisbatan qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) betaraf davlat yoki nizolashayotgan tomon hisoblanmaydigan davlat tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) begʻaraz xalqaro insonparvarlik tashkiloti tomonidan, har ikkala holda ham ushbu moddada bayon etilgan talablar bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ikkinchi konvensiyaning 27-moddasida qayd etilgan kichikroq kemalar, ushbu moddada koʻzda tutilgan tartibda xabar yetkazilmagan taqdirda ham, tegishli himoyadan foydalanadi. Shunga qaramay, bunday kemalarni tanib olish va belgilashni osonlashtirish maqsadida, nizolashayotgan tomonlarga bunday kemalarga oid barcha tafsilotlardan bir-birlarini xabardor etish tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda — Boshqa sanitariya kemalari va suzish vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Protokolning 22-moddasida va Ikkinchi konvensiyaning 38-moddasida koʻrsatilgan hollardan tashqari, dengizdagi yoki boshqa suvlardagi sanitariya kemalari va suzish vositalari xuddi koʻchma sanitariya tuzilmalari kabi Konvensiyalar va mazkur Protokolga muvofiq hurmat va himoyadan foydalanadi. Ularni sanitariya kemalari yoki suzish vositalari sifatida tanish va aniqlab olish mumkin boʻlgan taqdirdagina bunday himoya samara berishini hisobga olgan holda, bu kemalarni farqlovchi emblema bilan belgilash kerak va bunda, iloji boricha, Ikkinchi konvensiyaning 43-moddasi 2-bandi qoidalariga amal qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandda koʻrsatilgan kemalar va suzish vositalari urush qonunlarining taʼsir doirasida hisoblanadi. Yuqori turgan va bu kemalarni oʻz buyrugʻini zudlik bilan bajarishga majbur etishga qodir boʻlgan har qanday harbiy kema ularga toʻxtash, tegishli hududni tark etish, muayyan yoʻnalish boʻyicha harakatlanish yuzasidan buyruqlar berishi mumkin va ular bu kabi har qanday buyruqqa boʻysunishga majbur. Bunday kemalar va suzish vositalari oʻz sahnidagi yaradorlar va bemorlar, kema halokatiga uchragan shaxslar uchun zarur boʻlib turar ekan, ularni biron-bir yoʻl bilan oʻz zimmasidagi sanitariya vazifalarini bajarishdan chalgʻitish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-bandda koʻrsatilgan himoya faqat Ikkinchi konvensiyaning 34 va 35-moddalarida bayon etilgan hollardagina barham topishi mumkin. 2-bandga asosan berilgan buyruqqa ochiq-oydin boʻysunmaslik Ikkinchi konvensiyaning 34-moddasiga muvofiq ravishda dushmanga ziyon yetkazuvchi harakat, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nizolashayotgan tomon har qanday dushman tomonga sanitar kema yoki suzish vositasining, ayniqsa, suv sigʻimi 2000 brutto-tonnadan ortiq boʻlgan kemalarning nomlanishi, texnik maʼlumotlari, suzib ketish vaqti, suzish tezligi va yoʻnalishi haqida iloji boricha suzib ketishidan oldinroq xabar berishi kerak, shuningdek, kemani tanish va aniqlab olishni osonlashtiradigan boshqa har qanday maʼlumotlarni ham xabar qilishi mumkin. Dushman tomon bunday maʼlumotlarni olganini tasdiqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ikkinchi konvensiyaning 37-moddasi qoidalari bunday kemalar va suzish vositalarida joylashgan tibbiy va diniy xodimlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ikkinchi konvensiya qoidalari Ikkinchi konvensiyaning 13-moddasida va mazkur Protokolning 44-moddasida koʻzda tutilgan va bunday sanitariya kemalari va suzish vositalarida joylashgan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi. Ikkinchi konvensiyaning 13-moddasida koʻrsatilgan toifalarning birontasiga ham mansub boʻlmagan fuqaro shaxslar hisoblanuvchi yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar dengizda paytida oʻzlari mansub boʻlmagan biron-bir tomonga topshirilishi yoki bunday kema yoxud suzish vositalaridan tushirib olinishi mumkin emas. Ammo bu shaxslar oʻzlari mansub boʻlmagan nizolashayotgan tomon hukmi ostiga tushib qolsa, ular Toʻrtinchi konvensiya va mazkur Protokolning taʼsir doirasida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda — Sanitar uchish apparatlarining himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitar uchish apparatlari mazkur Qism qoidalariga muvofiq hurmat va himoyadan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda — Dushman tomon nazorati ostida boʻlmagan hududlardagi sanitar uchish apparatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doʻst kuchlar tomonidan jismoniy nazorat oʻrnatilgan quruqlik va havo hududlarida yoki dushman tomonidan jismoniy nazorat oʻrnatilmagan dengiz va havo hududlarida nizolashayotgan tomonning sanitar uchish apparatlarining hurmat va himoyadan foydalanishi dushman tomon bilan tuziladigan biror bitimga bogʻliq emas. Shunga qaramay, ushbu hududlarda sanitar uchish apparatlaridan foydalanuvchi nizolashayotgan tomon koʻproq xavfsizlikni taʼminlash maqsadida, xususan, bu uchish apparatlari dushman tomonning “yuza-havo” rusumidagi qurollari yetmaydigan balandlikda uchayotgan boʻlsa, dushman tomonga 29-moddada koʻzda tutilgan tartibda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda — Tutash zonalar yoki shunga oʻxshash zonalardagi sanitar uchish apparatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizolashayotgan tomonlarning vakolatli maʼmuriyatlari oʻrtasida 29-moddaga muvofiq oldindan tuziladigan bitim asosidagina tutash zonalarning doʻst kuchlar tomonidan jismoniy nazorat oʻrnatilgan qismlarida va biron-bir kuch tomonidan aniq jismoniy nazorat oʻrnatilmagan joylar va uning ustidagi havo hududlarida sanitar uchish apparatlarining himoyasi toʻla amal qilishi mumkin Bunday bitim mavjud boʻlmagan hollarda sanitar uchish apparati oʻzini xavf-xatar ostiga qoʻyib harakatlanishiga qaramay, u tanib olingan paytidan boshlab hurmatdan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Tutash zona” deganda qarama-qarshi tomonlarning ilgʻor boʻlinmalari bir-biriga tutash joylashgan har qanday quruqlikdagi joy, ayniqsa, yerdan turib bir-biriga toʻgʻridan toʻgʻri moʻljallab otilgan oʻq yetib boradigan darajada yaqin joylashgan joy tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda — Dushman tomon nazorati ostida boʻlgan hududlardagi sanitar uchish apparatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dushman tomonidan jismoniy nazorat oʻrnatilgan quruqlikdagi va dengizdagi hududlar ustidan uchish paytida, agar bunday parvoz uchun bu dushman tomonning vakolatli maʼmuriyatlaridan oldindan rozilik olingan boʻlsa, nizolashayotgan tomonning sanitar uchish apparatlari himoyadan foydalanishda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dushman tomonidan jismoniy nazorat oʻrnatilgan quruqlikdagi va dengizdagi hududlar ustidan uchish paytida, agar bunday parvoz uchun 1-bandda koʻzda tutilgan rozilik olinmagan yoki parvoz davomida rozilik berish bilan bogʻliq shartlar buzilgan yoxud navigatsiya xatoliklariga yoʻl qoʻyilgan yoki parvoz xavfsizligiga favqulodda vaziyatlar xatar solib turgan hollarda, sanitar uchish apparati oʻzini tanitish va dushman tomonni bunday vaziyatlardan xabardor etish uchun barcha zarur choralarni koʻradi. Bunday uchish apparatini tanib olishi bilanoq dushman tomon, 30-moddaning 1-bandida koʻzda tutilganidek, unga yerga yoki suvga qoʻnish toʻgʻrisida buyruq berish yoxud oʻz manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan boshqa choralarni qoʻllash uchun barcha oqilona imkoniyatlardan foydalanadi va har qanday vaziyatda ham uchish apparatiga hujum qilishdan oldin, unga buyruqni bajarishi uchun vaqt beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda — Sanitar uchish apparatlaridan foydalanishdagi cheklashlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizolashayotgan tomonlarning oʻz sanitar uchish apparatlarini dushman ustidan qandaydir harbiy ustunlikka erishish maqsadlarida ishlatishi taqiqlanadi. Sanitar uchish apparatlari mavjudligidan harbiy obyektlarning hujumdan daxlsizligini taʼminlashda foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanitar uchish apparatlaridan aygʻoqchilik maʼlumotlarini toʻplash va uzatishda foydalanilishi va ularning bortida bunday maqsadlar uchun moʻljallangan biron-bir asbob-uskuna mavjud boʻlishi mumkin emas. Ularning 8-modda “f” bandida belgilangan roʻyxatga kirmagan har qanday shaxslar va yuklarni tashishi taqiqlanadi. Bortdagi shaxslarning shaxsiy buyumlarini tashish yoki bortda faqat uchishni boshqarishni, aloqa oʻrnatishni yoki tanitishni osonlashtirish uchungina xizmat qiladigan asbob-uskunalarning mavjud boʻlishi taqiqlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sanitar uchish apparatlari oʻz bortidagi yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslardan olib qoʻyilgan, bortda saqlab turilgan va hozircha tegishli xizmatga topshirilmagan oʻqotar qurollar va oʻq-dorilar, shuningdek, bortdagi tibbiy xodimlarga oʻzini oʻzi muhofaza qilishi yoki oʻz qaramogʻidagi yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarni himoyalashi uchun zarur boʻladigan yengil qoʻl qurollaridan boshqa hech qanday qurol-aslahalarni tashishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 26 va 27-moddalarda qayd etilgan parvozlarni amalga oshirish paytida sanitar uchish apparatlaridan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarni qidirish uchun foydalanish mumkin emas; dushman tomon bilan oldindan tuziladigan muayyan bitimda koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda — Sanitar uchish apparatlariga taalluqli xabar va bitimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 25-moddaga muvofiq xabarda yoki 26, 27-moddalar, 28-moddaning 4-bandi va 31-moddaga muvofiq oldindan rozilik olish boʻyicha soʻrovda sanitar uchish apparatlarining taxminiy soni, parvoz rejasi va tanitish vositalari haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻladi va ular har bir parvozning 28-moddaga muvofiq tarzda amalga oshishini bildiruvchi vositalar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 25-moddaga muvofiq yuborilgan xabarni olgan tomon zudlik bilan bunday xabarni olganini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 26-27-moddalar, 28-moddaning 4-bandi va 31-moddaga muvofiq oldindan rozilik olish boʻyicha soʻrov kelib tushgan tomon iloji boricha tezkorlik bilan soʻrayotgan tomonga quyidagilarni xabar qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrovni qondirishga rozi ekani toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻrovni rad etgani toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) soʻrovga javoban oqilona muqobil takliflar toʻgʻrisida Shuningdek, u mazkur hududda boshqa parvozlarni toʻxtatishni yoki muayyan vaqtga cheklab qoʻyishni ham taklif etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻrov yuborgan tomon muqobil takliflarni qabul qilsa, u tegishli tomonga bu takliflarni qabul qilishga rozi ekanini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlar tezkorlik bilan xabar yetkazish va bitim tuzishni taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomonlar, shuningdek, bu kabi har qanday xabar va bitimlarning mazmun-mohiyati tegishli harbiy qismlar eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi va mazkur qismlarga bunday sanitar uchish apparatlari foydalanadigan tanitish vositalari haqida tegishli tushunchalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda — Sanitar uchish apparatlarini qoʻndirish va tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dushman tomonidan jismoniy nazorat oʻrnatilgan hududlar, shuningdek, biron-bir kuch tomonidan aniq jismoniy nazorat oʻrnatilmagan hududlar ustida parvoz qilayotgani sanitar uchish apparatlariga vaziyat taqozosiga koʻra quyida qayd etilgan bandlarga muvofiq tekshirish oʻtkazish maqsadida yerga yoxud suvga qoʻnish uchun buyruq berilishi mumkin. Sanitar uchish apparatlari bu kabi har qanday buyruqqa boʻysunishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanitar uchish apparati buyruq boʻyicha yoki boshqa biron bir sabab tufayli yerga yoxud suvga qoʻngan taqdirda, u 3 va 4-bandlarda koʻrsatilgan talablarga nechogʻlik javob berishini aniqlash maqsadidagina tekshirilishi mumkin. Bu kabi har qanday tekshirish paysalga solmasdan, qisqa muddatda amalga oshiriladi. Tekshirish oʻtkazayotgan tomon yaradorlar va bemorlarning uchish apparati bortidan tashqariga chiqib turishlarini talab qilmaydi, ularning tashqariga chiqib turishi tekshirish uchun bevosita zarur boʻlgan holatlar bundan mustasno. Tekshirish oʻtkazayotgan tomon barcha hollarda yaradorlar va bemorlarning ahvoli tekshirishlar oqibatida yoki ularning uchish apparati bortidan tashqariga chiqarilishi natijasida yomonlashmasligini taʼmin etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar uchish apparatini tekshirish koʻrsatsaki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u 8-moddaning “j” bandida belgilangan sanitar uchish apparati hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 28-moddada qayd etilgan shartlarni buzmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) oldindan tuzilgan bitimsiz parvoz qilmagan yoki bunday bitim taqozo qilingan holatda bu talabni buzmagan boʻlsa, u holda mazkur uchish apparatiga va uning bortidagi dushman tomonga yoki betaraf davlatga yoxud nizolashayotgan tomon hisoblanmaydigan boshqa davlatga mansub shaxslarga parvozni toʻsqinliklarsiz davom ettirish uchun ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar uchish apparatini tekshirish koʻrsatsaki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u 8-moddaning “j” bandida belgilangan sanitar uchish apparati hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 28-moddada qayd etilgan shartlarni buzgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) oldindan tuzilgan bitimsiz parvoz qilgan yoki bunday bitim taqozo qilingan holatda bu talabni buzgan boʻlsa, u holda mazkur uchish apparati ushlab qolinishi mumkin. Uchish apparatining bortidagi barcha shaxslarga nisbatan Konvensiyalar va mazkur Protokolning tegishli qoidalariga muvofiq muomala qilinadi. Doimiy sanitar uchish apparati sifatida foydalanish uchun moʻljallangan har qanday ushlab qolingan uchish apparatidan pirovardida faqat sanitar uchish apparati sifatidagina foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda — Betaraf davlatlar yoki nizolashayotgan tomonlar hisoblanmaydigan boshqa davlatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanitar uchish apparatlari betaraf davlatlar yoki nizolashayotgan tomonlar hisoblanmaydigan boshqa davlatlar hududi ustidan parvoz qilmasligi va oldindan kelishilgan bitim taqozo etganidan tashqari xollarda bu hududlarga qoʻnmasligi kerak. Ayni chogʻda, bunday bitim mavjud boʻlgan hollarda, ular butun parvoz davomida, shuningdek, mazkur hududda amalga oshiriladigan har qanday oraliq qoʻnishlari vaqtida hurmatdan foydalanadi Shunga qaramay, ular sharoit taqozosiga koʻra yerga yoki suvga qoʻnish toʻgʻrisida berilgan har qanday buyruqqa boʻysunishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar sanitar uchish apparati betaraf davlat yoki nizolashayotgan tomon hisoblanmaydigan boshqa davlat hududi ustidan oldindan kelishilgan bitim mavjud boʻlmagan yoki uning shartlari buzilgan yoxud navigatsiya xatoliklariga yoʻl qoʻyilgan yoki parvoz xavfsizligiga favqulodda vaziyatlar xatar solib turgan hollarda parvoz qilayotgan boʻlsa, u holda oʻzini tanitish va bunday parvozdan xabardor etish uchun barcha zarur choralarni koʻradi. Bunday uchish apparatini tanib olishi bilanoq dushman tomon, 30-moddaning 1-bandida koʻzda tutilganidek, unga yerga yoki suvga qoʻnish toʻgʻrisida buyruq berish yoxud oʻz manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan boshqa choralarni qoʻllash borasida barcha oqilona imkoniyatlardan foydalanadi va har qanday vaziyatda ham uchish apparatiga hujum qilishdan oldin, unga buyruqni bajarishi uchun vaqt beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar sanitar uchish apparati bitimga muvofiq yoki 2-bandda qayd etilgan vaziyat taqozosiga koʻra betaraf davlat yoki nizolashayotgan tomon hisoblanmaydigan boshqa davlat hududidagi yerga yoxud suvga tegishli buyruq yoxud muayyan sabablar tufayli qoʻngan taqdirda, u sanitar uchish apparati ekanini aniqlash maqsadida tekshiriladi. Tekshirish paysalga solmasdan, qisqa muddatda amalga oshiriladi. Tekshirish oʻtkazayotgan tomon yaradorlar va bemorlarning uchish apparati bortidan tashqariga chiqib turishlarini talab qilmaydi, ularning tashqariga chiqib turishi tekshirish uchun zarur boʻlgan hollar bundan mustasno. Tekshirish oʻtkazayotgan tomon barcha hollarda yaradorlar va bemorlarning ahvoli tekshirishlar oqibatida yoki ularning uchish apparati bortidan tashqariga chiqarilishi natijasida yomonlashmasligini taʼmin etadi. Agar tekshirish chogʻida uning sanitar uchish apparati ekani aniqlansa, u holda mazkur uchish apparatiga va uning bortidagi shaxslar bilan birga, qurolli mojarolar davrida qoʻllaniladigan xalqaro huquq normalariga muvofiq ushlab qolinishi zarur boʻlganlar bundan mustasno, parvozni davom ettirish uchun ruxsat beriladi va parvozni davom ettirish uchun zarur boʻlgan tegishli shart-sharoit yaratiladi. Agar tekshirish chogʻida uning sanitar uchish apparati hisoblanmasligi aniqlangan taqdirda, mazkur uchish apparati ushlab qolinadi va uning bortidagi shaxslarga nisbatan 4-bandga muvofiq muomala qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vaqtincha muddatga tushirishni istisno etganda, betaraf davlat yoki nizolashayotgan tomon hisoblanmaydigan boshqa davlat hududidagi mahalliy maʼmurlar roziligiga muvofiq sanitar uchish apparatlaridan tushirib olingan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar, mazkur davlat bilan nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida boshqacha mazmundagi bitim mavjud boʻlmagan taqdirda, tegishli davlat tomonidan qurolli mojarolar davrida qoʻllaniladigan xalqaro huquq normalari taqozosiga muvofiq shunday holatda ushlab turiladiki, to ular yana qaytadan harbiy harakatlarda ishtirok eta olmasin. Gospitalga joylashtirish va urush tamom boʻlguncha ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni ushbu shaxslar mansub boʻlgan davlat oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Betaraf davlat yoki nizolashayotgan tomon hisoblanmaydigan boshqa davlat sanitar uchish apparatlarining oʻz hududlari ustidan parvoz etishi yoki bu hududga qoʻnishiga nisbatan har qanday talablar va cheklashlarni barcha nizolashayotgan tomonlar uchun tengma-teng ravishda qoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOʻLIM.
BEDARAK YOʻQOLGAN SHAXSLAR VA VAFOT ETGANLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda — Umumiy prinsip
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Boʻlim qoidalarini qoʻllashda Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar, nizolashayotgan tomonlar va Konvensiyalarda va mazkur Protokolda qayd etilgan xalqaro gumanitar tashkilotlar oʻz faoliyatida birinchi navbatda oilalarning oʻz qarindoshlari taqdiri haqida xabardor boʻlish huquqidan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda — Bedarak yoʻqolgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vaziyat taqozo etgan paytdanoq va eng kechi bilan faol harbiy harakatlar tugaganidan keyin nizolashayotgan tomonlarning har biri dushman tomon bedarak yoʻqolgan deb xabar bergan shaxslarni qidirishga kirishadi. Dushman tomon esa qidiruvga koʻmaklashish maqsadida bunday shaxslar haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuqoridagi bandga muvofiq maʼlumotlar yigʻishga koʻmaklashish maqsadida nizolashayotgan tomonlarning har biri bundan keyin Konvensiyalar va mazkur Protokolda koʻzda tutilgan qulay munosabatdan foydalanmaydigan shaxslarga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) harbiy harakatlar yoxud istilo natijasida qoʻlga olingan, qamalgan yoki boshqacha yoʻsinda ikki haftadan ziyod muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoxud ana shunday tutqunlikda paytida vafot etgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni Toʻrtinchi konvensiyaning 138-moddasida koʻzda tutilgan tartibda roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bunday shaxslarni qidirish, agar ular harbiy harakatlar yoki istilo tufayli boshqa bir vaziyatda vafot etgan boʻlsa ularga tegishli maʼlumotlarni roʻyxatga olish borasidagi ishlarga imkon qadar keng miqyosda koʻmaklashadi va zarur hollarda bunday qidirish va roʻyxatga olish ishlarini oʻzi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-bandga muvofiq bedarak yoʻqolganligi haqida xabar berilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va bunday maʼlumotlar boʻyicha soʻrovlar bevosita Homiy Davlat yoki Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasining Markaziy maʼlumotlar agentligi orqali yoxud Qizil Xochning (Qizil Yarim Oyning, Qizil Sher va Quyoshning) milliy jamiyatlari orqali yuboriladi. Maʼlumotlar Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi va uning Markaziy maʼlumotlar agentligi orqali yuborilmagan taqdirda, nizolashayotgan tomonlarning har biri bunday maʼlumotlar Markaziy maʼlumotlar agentligiga ham joʻnatilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nizolashayotgan tomonlar qidirish, tanib olish va tashish uchun komandalar tuzish toʻgʻrisida bitimlar tuzishga, shu jumladan, zarur hollarda bu komandalar dushman tomon nazorati ostidagi hududlarda oʻz vazifasini bajarayotganida ularga dushman tomon xodimlarining hamrohlik qilishi toʻgʻrisida ham bitim tuzishga intiladi. Bunday komandalarning xodimlari oʻz vazifalarini bajarayotgan davrdagina hurmat va himoyadan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda — Marhumlarning xoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Istilo bilan bogʻliq sabablarga koʻra yoki harbiy harakatlar yoxud istilo tufayli qamoqxonada vafot etgan shaxslar va oʻzlari harbiy harakatlar oqibatida vafot etgan muayyan mamlakatning bevosita fuqarosi hisoblanmagan shaxslarning xoklari hurmat qilinadi va barcha bunday shaxslar dafn etilgan joylar ham hurmat qilinadi, shuningdek, agar bunday shaxslarning xoklari va qabrlari Konvensiyalar va mazkur Protokolda koʻzda tutilganidan koʻra foydaliroq muomaladan foydalanmayotgan boʻlsa, u holda ular Toʻrtinchi konvensiyaning 130-moddasida qayd etilgan tartibda saqlanadi va belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dushman tomonlar oʻrtasidagi munosabat yoki mavjud vaziyat taqozo etishi bilanoq, hududida harbiy harakatlar yoxud istilo tufayli yoki qamoqxonada vafot etgan shaxslarning qabrlari va balki ularning xoklari dafn etilgan boshqa joylar joylashgan Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagi maqsadlarda bitim tuzadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) marhumlar qarindoshlarining va qabrlarni roʻyxatga oluvchi rasmiy xizmatlar vakillarining qabristonga kirishi uchun koʻmaklashish, shuningdek, qabristonga kirishni taʼminlashga koʻmaklashadigan amaliy choralarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bunday qabrlarni saqlash va ularga muntazam qarab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) marhumlar mansub boʻlgan mamlakatning iltimosiga muvofiq yoki ushbu mamlakat eʼtiroz bildirmasa, marhumlar qarindoshlarining iltimosiga muvofiq ularning xoklarini va shaxsiy yuklarini vataniga qaytarishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar “2.b” yoki “2.s” bandda koʻzda tutilgan bitimlar mavjud boʻlmasa yoxud marhumlarning vatani hisoblangan mamlakat ular dafn etilgan joylarni oʻz hisobidan saqlab turishni taʼminlashga rozilik bildirmasa, u holda hududida bunday dafn etish joylari joylashgan Oliy Ahdlashuvchi Tomon bu marhumlarning xoklarini vataniga qaytarishda koʻmaklashishni taklif etishi mumkin Bunday taklif qabul qilinmagan taqdirda, Oliy Ahdlashuvchi Tomon muayyan taklif kiritilgan sanadan besh yil oʻtgandan soʻng va marhumlarning vatani hisoblangan mamlakatni tegishli tartibda xabardor etgan holda qabriston va qabrlarga nisbatan oʻz qonunchiligida koʻzda tutilgan choralarni qoʻllashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddada qayd etilayotgan hududida bunday dafn etish joylari joylashgan Oliy Ahdlashuvchi Tomonga faqat quyidagi hollardagina eksgumatsiya qilish uchun ruxsat etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “2.s” va 3-bandlar asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuksak ijtimoiy zarurat, jumladan, tibbiy zarurat va tekshirish oʻtkazish zarurati tufayli eksgumatsiya qilish shart boʻlgan hollarda; bunda Oliy Ahdlashuvchi Tomon har doim xoklarga nisbatan hurmat bilan yondashadi va marhumlarning vatani hisoblangan mamlakatni eksgumatsiya qilish niyati haqida xabardor etadi, shuningdek, unga qayta dafn etish taxmin etilayotgan joy toʻgʻrisida batafsil maʼlumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III QISM.
HARBIY HARAKATLAR YURITISH USULLARI VA VOSITALARI — KOMBATANTLAR VA HARBIY ASIRLARNING MAQOMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM.
HARBIY HARAKATLAR YURITISH USULLARI VA VOSITALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda — Asosiy meʼyorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har qanday qurolli mojaro yuz bergan hollarda, nizolashayotgan tomonlarning harbiy harakatlar yuritish usullari yoki vositalarini tanlash huquqi cheklanmagan deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ortiqcha vayrongarchilik va ortiqcha azob-uqubat keltirishga qodir boʻlgan qurol-yarogʻlar, snaryadlar, harbiy harakat yuritish vositalari va ashyolarini qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tabiat va atrof-muhitga keng miqyosli, uzoq muddatli va jiddiy ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan yoxud xuddi shu maqsadga qaratilgan harbiy harakat yuritish usullari yoki vositalarini qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda — Qurol-yarogʻlarning yangi turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi qurol-yarogʻlarni, harbiy harakatlar yuritish usul va vositalarini tadqiq etish, ishlab chiqish, sotib olish yoki isteʼmolga kiritish chogʻida Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ularni qoʻllash mazkur Protokolda yoki Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarga nisbatan joriy etilgan boshqa biron-bir xalqaro huquq normasida qisman yoki butunlay taqiqlangan yoxud taqiqlanmaganligini aniqlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda — Munofiqlikni taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dushmanni munofiqlik yoʻli bilan oʻldirish, yarador qilish yoki asir olish taqiqlanadi. Munofiqlik, deganda dushmanning ishonchini qozonish va uni qurolli mojarolar paytida qoʻllanadigan xalqaro umumnormalariga muvofiq tegishli himoyada boʻlish yoxud himoyalanish uchun imkon berish boʻyicha haqli ekaniga aldab ishontirishga qaratilgan xatti-harakat tushuniladi. Quyidagi xatti-harakatlar munofiqlikka misol boʻla oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yarashish bayrogʻi ostida muzokara olib borish niyati borligi haqida mugʻombirlik bilan aldash yoki taslim boʻlish haqida mugʻombirlik bilan aldash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yaradorligi yoki bemorligi tufayli safdan chiqqani haqida mugʻombirlik bilan aldash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) fuqaro shaxs yoki nokombatant maqomiga egaligi haqida mugʻombirlik bilan aldash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Birlashgan Millatlar Tashkiloti, betaraf davlatlar yoki nizolashayotgan tomonlar hisoblanmaydigan boshqa davlatlar belgilari, emblemalari yoxud formali kiyimlaridan foydalanib, oʻzining himoyaga olingan shaxs maqomiga egaligi haqida mugʻombirlik bilan aldash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harbiy hiylalar taqiqlanmaydi. Bunday hiylalar dushmanni chalgʻitish yoki shoshqaloqlikka undashga qaratilgan ammo munofiqlik hisoblanmaydigan xatti-harakat boʻlib, bunda qurolli mojarolar davrida qoʻllanadigan biron-bir xalqaro huquq normasi buzilmaydi hamda ana shu huquq asosida beriladigan himoyaga nisbatan dushman tomonning ishonchi aldanmaydi. Quyidagi xatti-harakatlar bunday hiylalarga misol boʻla oladi: maskirovka qilish, pistirmalar qoʻyish, soxta operatsiyalarni bajarish va yolgʻon maʼlumot tarqatish usullaridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda — Emblemani tan olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konvensiyalarda yoki mazkur Protokolda koʻzda tutilgan qizil xoch, qizil yarim oy yoki qizil sher va quyosh kabi farqlovchi emblemalarni yoxud boshqa emblemalar, belgilar yoki signallarni maqsadga xilof ravishda ishlatish taqiqlanadi. Shuningdek, qurolli mojarolar paytida xalqaro doirada tan olingan boshqa himoya emblemalarini, belgi va signallarni, shu jumladan, yarashish bayrogʻi va madaniy qadriyatlar himoyasi emblemasini atayin suiisteʼmol qilish taqiqlangandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining farqlovchi emblemasidan mazkur Tashkilot ijozatisiz foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda — Milliy emblemalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qurolli mojaroda betaraf davlatlarga yoki nizolashayotgan tomonlar hisoblanmagan boshqa davlatlarga mansub bayroqlar, harbiy emblemalar, harbiy unvon belgilari yoki formali kiyimlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dushman tomonlarga mansub bayroqlar, harbiy emblemalar, harbiy unvon belgilari yoki formali kiyimlardan hujum paytida yoxud harbiy harakatni yashirish, unga koʻmaklashish, uni himoyalash yoki qiyinlashtirish maqsadida foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddadagi yoki 37-moddaning 1. d) bandidagi biron-bir narsa xalqaro huquqning josuslikka yoki dengizdagi qurolli mojarolar vaqtida bayroqlardan foydalanishga nisbatan qoʻllanadigan umumeʼtirof etilgan muayyan normalariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda — Rahm-shafqat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech kimni omon qoldirmaslik haqida buyruq berish, shunday deb dushmanga tahdid etish yoki shundan kelib chiqqan holda harbiy harakatlar yuritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda — Dushman tomonning safdan chiqqan shaxslari uchun kafolatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Safdan chiqqan deb eʼtirof etilgan yoki ayni sharoitda shunday deb eʼtirof etilishi lozim boʻlgan shaxsga qarshi hujum qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi holatlarda har qanday shaxs safdan chiqqan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dushman tomonning hukmi ostida boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) asir tushish niyatini ochiq-oydin bildirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) hushsizligi, yaradorligi yoxud bemorligi tufayli safdan chiqqan boʻlsa-yu, shuning oqibatida himoyalanishga qodir boʻlmasa, bu holatlarning har birida ushbu shaxs har qanday dushmanlik xatti-harakatidan oʻzini tiyishi va qochishga urinmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harbiy asir sifatida himoya huquqiga ega boʻlgan shaxslar harbiy harakatlar paytidagi gʻayriodatiy sharoitda dushman tomon hukmi ostiga tushib qolgan taqdirda, ularni Uchinchi konvensiyaning I Qism III Boʻlimida koʻzda tutilgan tartibda evakuatsiya qilishning imkoni boʻlmasa, u holda ushbu shaxslar ozod etiladi va ularning xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur ehtiyot choralari koʻriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda — Uchish apparatlari bortidagi shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Falokatga uchragan uchish apparatini parashyutda tark etgan biron-bir shaxs yerga tushib olishiga qadar unga qarshi hujum qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Falokatga uchragan uchish apparatini parashyutda tark etgan biron-bir shaxs dushman tomon nazoratidagi yerga tushgan paytda uning dushmanlarcha xatti-harakat sodir etayotgani yaqqol ayon boʻlmagan taqdirda, hamla uchun nishon boʻlmasidan oldin unga asir tushishi uchun imkoniyat yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Havo-desantchi qoʻshinlariga nisbatan mazkur modda himoyasi tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM.
KOMBATANTLAR VA HARBIY ASIRLAR MAQOMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda — Qurolli kuchlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizolashayotgan tomonning qurolli kuchlari, ushbu tomon dushman tomonidan tan olinmagan hukumat yoki maʼmuriyat boʻlgan taqdirda ham, tegishli tomon oldida oʻziga tobe kishilar yurish-turishi uchun masʼul hisoblangan shaxsning qoʻmondonligi ostidagi barcha tashkillashtirilgan qurolli kuchlar, guruh va boʻlinmalardan iboratdir. Bunday qurolli kuchlar qurolli mojarolar davrida qoʻllanadigan turli qoidalar qatori xalqaro huquq normalariga ham amal qilinishini taʼminlaydigan ichki intizom tartibiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizolashayotgan tomonlar qurolli kuchlari tarkibiga kiruvchi (Uchinchi konvensiyaning 33-moddasida qayd etilgan tibbiy va diniy xodimlardan tashqari) shaxslar kombatantlar hisoblanadi, yaʼni ular harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nizolashayotgan tomon har gal oʻz qurolli kuchlari tarkibiga tartib saqlashni taʼminlovchi yarim harbiy yoki qurolli tashkilotni kiritar ekan, bu haqda boshqa nizolashayotgan tomonlarni xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda — Kombatantlar va harbiy asirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuqoridagi 43-moddada taʼriflangan har qanday kombatant dushman tomon hukmi ostiga tushib qolgach, harbiy asir hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Barcha kombatantlar qurolli mojarolar davrida qoʻllanadigan xalqaro huquq normalariga amal qilishga majbur ekaniga qaramay, bu normalarning buzilishi kombatantni kombatant hisoblanish huquqidan yoki dushman tomon hukmi ostiga tushib qolgan taqdirda, harbiy asir hisoblanish huquqidan mahrum etmaydi; 3 va 4-bandlarda koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hujumda yoki hujumga tayyorgarlik hisoblangan harbiy amaliyotda ishtirok etayotgan vaqtida kombatantlar harbiy harakatlar oqibatlaridan fuqaro aholini himoyalashni yanada kuchaytirishda koʻmaklashish maqsadida oʻzlarini fuqaro aholidan farqlashga majburdirlar. Ammo qurolli nizolar vaqtida harbiy harakatlar mazmunidan kelib chiqqan holda kombatant oʻzini fuqaro aholidan farqlashi mumkin boʻlmagan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, u quyidagi hollarda ochiq qurol taqib yurish sharti bilan oʻzining kombatantlik maqomini saqlab qoladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har bir qurolli toʻqnashuv paytida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u shaxsan ishtirok etishi zarur boʻlgan hujumga tayyorgarlik munosabati bilan jangovar amallarni bajarish jarayonida dushmanga ochiq-oydin koʻrinib turgan paytida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur band talablariga javob beradigan xatti-harakatlarga 37-moddaning “1.s” bandida koʻzda tutilgan munofiqlik tushunchasi mazmunidan kelib chiqib yondashilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uchinchi bandning ikkinchi qismida bayon etilgan shartlarni bajarmayotgan paytda dushman tomon hukmi ostiga tushib qolgan kombatant harbiy asir hisoblanish huquqidan mahrum boʻladi, ammo shunga qaramasdan, unga nisbatan Uchinchi konvensiya va mazkur Protokolga muvofiq harbiy asirlar foydalanadigan himoyaga teng boʻlgan himoyadan foydalanish imkoni beriladi. Bunday himoya qatoriga Uchinchi konvensiyaga muvofiq harbiy asir oʻzi sodir etgan har qanday huquqbuzarlik uchun sud qilingan va jazoni oʻtayotgan paytda foydalanishi mumkin boʻlgan himoya ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hujumda yoki hujumga tayyorgarlik hisoblangan harbiy amaliyotda ishtirok etmagan har qanday kombatant dushman tomon hukmi ostiga tushib qolgan taqdirda, u ilgari sodir etgan xatti-harakatlari nuqtayi nazaridan kombatant va harbiy asir hisoblanish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur modda har qanday shaxsning Uchinchi konvensiya 4-moddasiga muvofiq holda harbiy asir hisoblanish huquqiga ziyon yetkazmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur modda nizolashayotgan tomonlar muntazam qoʻshinlari qurolli boʻlinmalarining formali kiyimdagi tarkibiga kiritilgan kombatantlarning formali kiyim kiyishi yuzasidan davlatlar oʻrtasida umum qabul qilingan amaldagi tartibni oʻzgartirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻymagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Birinchi va Ikkinchi konvensiyalarning 13-moddasida qayd etilgan shaxslar toifasiga qoʻshimcha sifatida, mazkur Protokolning 43-moddasida belgilangan nizolashayotgan tomonlar qurolli kuchlari tarkibiga kiruvchi barcha shaxslar, mabodo yarador yoki bemor boʻlsa, mazkur Protokolga muvofiq yoki dengizda yoxud boshqa suvlarda kema halokatiga uchragan taqdirda Ikkinchi konvensiyaga koʻra himoyadan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda — Harbiy harakatlarda qatnashayotgan shaxslar himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy harakatlarda qatnashayotgan va dushman tomon hukmi ostiga tushib qolgan shaxs harbiy asir hisoblanadi va shu tufayli Uchinchi konvensiya himoyasidan foydalanishi mumkin. Bunda ushbu shaxs harbiy asirlik maqomiga daʼvo qilishi va uning bunday huquqqa egaligi ayon boʻlishi yoki ushbu shaxs mansub boʻlgan tomon uni ushlab turgan davlatni, yoxud Homiy Davlatni xabardor etish yoʻli bilan unga nisbatan shunday maqom berilishini talab etishi zarur boʻladi. Bu kabi shaxslarning harbiy asir maqomiga ega boʻlish huquqi mavjudligi borasida qandaydir shubha yuzaga kelgan taqdirda, ular vakolatli sud organi tomonidan oʻz maqomlari aniqlashtirib berilishiga qadar ushbu maqomlarini saqlab qoladi va shu bilan birga, Uchinchi konvensiya va mazkur Protokol himoyasidan foydalanishda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar dushman tomon hukmi ostiga tushib qolgan shaxs harbiy asir sifatida ushlab turilmagan boʻlsa va uning harbiy harakatlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun sud qilinishi kutilayotgan taqdirda, ushbu shaxs sudlov organi oldida oʻzining harbiy asir maqomiga egalik huquqi tiklanishini va bu masala yuzasidan tegishli qaror chiqarilishini talab qilish huquqiga egadir. Amaldagi protsedura boʻyicha mumkin boʻlgan hollarda bunday qaror tegishli huquqbuzarlik uchun sud boshlanishidan oldin chiqariladi. Homiy Davlat vakillari ushbu masala yuzasidan sud qarori chiqariladigan sudlov jarayonida hozir boʻlish huquqiga ega; tegishli davlatning xavfsizligi nuqtayi nazaridan sud majlisining yopiq eshiklar ortida oʻtkazilishi bundan mustasno. Bu holda muayyan davlat Homiy Davlatni tegishli tartibda xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harbiy harakatlarda qatnashgan, ammo harbiy asirlik maqomiga ega boʻlmagan va Toʻrtinchi konvensiyaga muvofiq tarzda nisbatan qulay muomala imkoniyatidan foydalanmayotgan har qanday shaxs barcha hollarda mazkur Protokolning 75-moddasida koʻzda tutilgan himoyadan foydalanish huquqiga egadir Istilo etilgan hududda joylashgan bu kabi har qanday shaxs, agar josus sifatida qoʻlga olinmagan boʻlsa, Toʻrtinchi konvensiyaning 5-moddasidan mustaqil ravishda, mazkur Konvensiyaga muvofiq aloqa huquqiga ham ega hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda — Josuslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konvensiyalarning yoki mazkur Protokolning boshqa har qanday qoidasidan qatʼi nazar, nizolashayotgan tomon qurolli kuchlari tarkibiga mansub har qanday shaxs josuslik bilan shugʻullanayotgan paytida dushman tomon hukmi ostiga tushib qolgan taqdirda, u harbiy asir maqomidan foydalanish huquqiga ega hisoblanmaydi va unga nisbatan josus sifatida muomala qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizolashayotgan tomon qurolli kuchlari tarkibiga mansub shaxs mazkur tomon nomidan dushman tomon nazoratida boʻlgan hududda axborot yigʻayotgan yoki yigʻishga urinayotgan taqdirda, agar bunday faoliyat bilan shugʻullanayotgan paytida oʻz qurolli kuchlarining formali kiyimida boʻlsa, u josuslik bilan shugʻullangan shaxs, deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nizolashayotgan tomon qurolli kuchlari tarkibiga mansub boʻlgan va dushman tomon bosib olgan hududda yashayotgan shaxs ushbu hududda oʻzi mansub tomon nomidan harbiy ahamiyatga molik axborot yigʻayotgan yoki yigʻishga urinayotgan taqdirda, agar bunday faoliyat bilan shugʻullanayotgan paytida munofiqlik bilan harakat qilmayotgan yoxud ataylab xufiya usullardan foydalanmayotgan boʻlsa, u josuslik bilan shugʻullangan shaxs, deb hisoblanmaydi. Bundan tashqari, bunday shaxs harbiy asir maqomiga egalik huquqini yoʻqotmaydi va agar bu shaxs josuslik qilayotgan paytida qoʻlga olinmagan boʻlsa, unga nisbatan josuslardek muomala qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nizolashayotgan tomon qurolli kuchlari tarkibiga mansub boʻlgan, ammo dushman tomon bosib olgan hududda yashamaydigan shaxs ushbu hududda josuslik bilan shugʻullanayotgan taqdirda, bunday shaxs harbiy asir maqomiga egalik huquqini yoʻqotmaydi va unga nisbatan josuslardek muomala qilinmaydi. Bu shaxsning oʻzi mansub qurolli kuchlarga yana qoʻshilib ulgurmasidan ilgari qoʻlga olingani bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda — Yollanma shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yollanma shaxs kombatant yoki harbiy asir maqomiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yollanma shaxslar qatoriga quyidagi har qanday shaxslar kirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurolli mojaro tarkibida kurashish uchun mahalliy joyda yoki chet elda maxsus yollangan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harbiy harakatlarda bevosita qatnashuvchi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) harbiy harakatlarda asosan shaxsiy manfaat nuqtayi nazaridan qatnashadigan va ularga nizolashayotgan tomondan bevosita yoki shu tomon koʻrsatmasi bilan mazkur tomon qurolli kuchlari shaxsiy tarkibiga mansub xuddi shu daraja va shu vazifani bajaruvchi kombatantlarga vaʼda qilingan yoki toʻlanadigan muayyan mablagʻga nisbatan anchagina koʻp miqdordagi haq rostdan ham toʻlanadigan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) nizolashayotgan tomon fuqarosi hisoblanmaydigan va nizolashayotgan tomon nazorati ostida boʻlgan hududda muqim yashamaydigan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) nizolashayotgan tomon qurolli kuchlari shaxsiy tarkibiga kirmaydigan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) nizolashayotgan tomon hisoblanmagan davlat tomonidan uning qurolli kuchlari tarkibiga kiruvchi shaxs sifatida rasmiy vazifani bajarish uchun yuborilmagan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV QISM.
FUQARO AHOLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM.
HARBIY HARAKATLAR OQIBATLARIDAN UMUMIY HIMOYALANISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB.
ASOSIY QOIDA VA UNING QOʻLLANISH SOHASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda — Asosiy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashayotgan tomonlar fuqaro aholi va fuqaro obyektlarini hurmat qilish va himoyalashni taʼminlash uchun har doim fuqaro aholi bilan kombatantlar oʻrtasidagi, shuningdek, fuqaro obyektlari bilan harbiy obyektlar oʻrtasidagi tafovutni aniq bilib olishlari va oʻz harakatlarini faqat harbiy obyektlarga qarshi qaratishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda — Hujum tushunchasi va uning qoʻllanish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Hujum” deganda, hamla qilish yoki mudofaalanish paytida amalga oshirilishidan qatʼi nazar, dushmanga qarshi kuch ishlatish harakati tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Protokoldagi hujumga taalluqli qoidalar qaysi hududda, shu jumladan, nizolashayotgan tomonga tegishli, ammo dushman tomon nazorati ostida boʻlgan milliy hududda ham sodir etilayotganidan qatʼi nazar, barcha hujumlarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Boʻlimdagi qoidalar quruqlikda, havoda yoki dengizda amalga oshirilayotgan va fuqaro aholiga, alohida fuqaro shaxslarga yoki quruqlikda joylashgan fuqaro obyektlariga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday harbiy harakatlarga nisbatan qoʻllanadi. Bu qoidalar, shuningdek, quruqlikdagi obyektlarga qarshi dengizdan yoki havodan amalga oshiriluvchi barcha hujumlarga nisbatan qoʻllanadi, ammo dengizdagi yoxud havodagi qurolli mojarolar davrida qoʻllanadigan xalqaro huquq normalariga boshqacha bir tarzda daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Boʻlimdagi qoidalar Toʻrtinchi konvensiyada, xususan, shu Konvensiyaning II Qismida va Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar uchun majburiy hisoblangan boshqa xalqaro bitimlarda koʻzda tutilgan insonparvarlik himoyasiga taalluqli qoidalarni toʻldiradi, shuningdek, fuqaro aholi va fuqaro obyektlarini quruqlikda, dengizda yoki havoda harbiy harakatlar oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan boshqa xalqaro huquq normalarini toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB.
FUQARO SHAXSLAR VA FUQARO AHOLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda — Fuqaro shaxslar va fuqaro aholi tushunchalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uchinchi konvensiyaning 4-moddasida (A.1, A.2, A.3 va A.6) va mazkur Protokolning 43-moddasida koʻrsatilgan biron-bir shaxslar toifasiga mansub boʻlmagan har qanday shaxs fuqaro shaxs hisoblanadi. Biron-bir shaxsning fuqaro shaxs ekani toʻgʻrisida shubha tugʻilgan holda ham u fuqaro shaxs hisoblanaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqaro aholi fuqaro shaxs hisoblangan barcha shaxslardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqaro aholi orasida fuqaro shaxs tushunchasiga mos kelmaydigan alohida shaxslarning mavjudligi bu aholini fuqaroviy mazmunga egaligidan mahrum etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda — Fuqaro aholi himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqaro aholi va alohida fuqaro shaxslar harbiy amaliyotlar munosabati bilan yuzaga keladigan xavf-xatardan saqlanishda umumiy himoyadan foydalanadi. Bu borada qoʻllanadigan xalqaro huquqning boshqa normalariga qoʻshimcha sifatida ushbu himoyani amalga oshirishda barcha hollarda quyidagi qoidalarga amal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqaro aholi hisoblanuvchi aholi, shuningdek, alohida fuqaro shaxslar hujum uchun nishon boʻlmasligi kerak. Fuqaro aholini terror qilishga qaratilgan zoʻravonlik harakatlarini sodir etish yoki shunday zoʻravonlik bilan tahdid qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqaro aholi mazkur Boʻlimda koʻzda tutilgan himoyadan foydalanadi; ularning harbiy harakatlarda toʻgʻridan toʻgʻri qatnashish hollari va qatnashgan davri bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlamay hamla qilish mazmunidagi hujumlar taqiqlanadi. Tanlamay hamla qilish mazmunidagi hujumlar qatoriga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aniq harbiy obyektlarga yoʻnaltirilmagan hujumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aniq harbiy obyektlarga yoʻnaltirish mumkin boʻlmagan harbiy harakat yuritish usuli yoki vositalari qoʻllaniladigan hujumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) oqibatlarini mazkur Protokol talablari asosida cheklash mumkin boʻlmagan harbiy harakat yuritish usuli yoki vositalari qoʻllaniladigan hujumlar va shu taxlit, yuqoridagi hollarning har birida harbiy obyektlar bilan birga fuqaro shaxslar yoki fuqaro obyektlariga ham tafovut qilinmagan holda talafot yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shular qatorida quyidagi hujum turlari ham tanlamay hamla qilish mazmunidagi hujum hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shaharda, qishloqda yoki fuqaro shaxslar yoxud fuqaro obyektlari joylashgan boshqa bir hududda yaqqol koʻrinib turgan va bir-biridan uzoqda boʻlgan muayyan harbiy obyektlarga yagona harbiy obyekt sifatida yondashgan holda bomba tashlash yoki boshqa har qanday usul va vositalar yordamida hujum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) erishilishi koʻzda tutilayotgan aniq va bevosita harbiy ustunlikka nisbatan oʻta ziyod boʻlgan, yoʻl-yoʻlakay fuqaro aholi oʻrtasida qurbonlar paydo boʻlishiga, fuqaro shaxslarning yaralanishiga va fuqaro obyektlariga talafot yetishiga yoki bularning barchasi bir yoʻla sodir boʻlishiga olib kelishini kutish mumkin boʻlgan hujum qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqaro aholiga yoki alohida fuqaro shaxslarga repressaliy tartibida hujum qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fuqaro aholi yoki alohida fuqaro shaxslarning mavjudligi yoxud harakatlanayotgani holatidan muayyan punkt yoki hududlarni harbiy harakatdan himoyalash, xususan, harbiy obyektlarni hujumga nishon boʻlishdan saqlab qolish yoxud harbiy harakatni yashirish, unga koʻmaklashish yoki xalal berish maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nizolashayotgan tomonlar harbiy obyektlarni himoya qilish yoxud harbiy amaliyotni yashirish maqsadlaridan kelib chiqib, fuqaro aholi yoki alohida fuqaro shaxslarning harakatlanishiga yoʻnalish berishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bu taqiqlarga nisbatan har qanday xilof ish tutish nizolashayotgan tomonlarni fuqaro aholi va fuqaro shaxslarga nisbatan zimmasida boʻlgan huquqiy majburiyatlardan, shu jumladan, 57-moddada koʻzda tutilgan ehtiyot choralarini qoʻllash majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB.
FUQARO OBYEKTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda — Fuqaro obyektlarining umumiy himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqaro obyektlari hujum yoki repressaliylar uchun nishon boʻlmasligi kerak. Fuqaro obyektlari, deganda 2-bandda tushuncha berilgan harbiy obyektlar qatoriga kirmaydigan barcha obyektlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hujum qatʼiy ravishda faqat harbiy obyektlarga hamla qilish bilan cheklanishi shart. Harbiy obyektlar, deganda mazmun-mohiyati, joylashuvi, moʻljallanishi va foydalanilishi jihatlaridan harbiy harakatlarga samarali ulush qoʻshishi bilan birga, toʻla yoki qisman vayron etilishi, bosib olinishi yoki taʼsiriga barham berilishi tegishli shart-sharoitda sezilarli harbiy ustunlik sanaladigan muayyan doiradagi obyektlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Odatda fuqaroviy maqsadlar uchun moʻljallangan obyektdan, masalan, ibodat maskani, uy yoki boshqa xil turar-joy imorati yoxud maktabdan harbiy harakatlarni samarali qoʻllab-quvvatlashda foydalanilmayotgani borasida muayyan gumon mavjud boʻlgan taqdirda, bunday obyektdan fuqaroviy maqsadlarda foydalanilayotgani taxmin etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda — Madaniy qadriyatlar va ibodat maskanlari himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli mojarolar davrida madaniy qadriyatlarni himoyalash toʻgʻrisida 1954-yil 14-mayda qabul qilingan Gaaga konvensiyasi qoidalariga va boshqa tegishli xalqaro hujjatlarga ziyon yetkazmagan holda, quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalqlarning madaniy yoki maʼnaviy merosi sanaladigan tarixiy yodgorliklar, sanʼat asarlari yoxud ibodat maskanlariga nisbatan biron-bir dushmanlik xatti-harakatini sodir etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bunday obyektlardan harbiy harakatlar jarayonini qoʻllab-quvvatlashda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) bunday obyektlarni repressaliylar obyektlariga aylantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda — Fuqaro aholi jon saqlashi uchun zarur boʻlgan obyektlar himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqaro aholini och qoldirishni urush yuritishning usuli sifatida qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqaro aholi foydalanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun yoki aholini ochlikka duchor etish, ularni koʻchib ketishga majbur qilish yoxud boshqa sabablar boʻyicha ulardan jon saqlash vositasi sifatida foydalana olmasligi maqsadida fuqaro aholi jon saqlashi uchun zarur boʻlgan obyektlarga, masalan, oziq-ovqat zaxiralari, oziq-ovqat yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi hududlari, ekinzorlar, chorva, ichimlik suvi gʻamlash inshootlari va suv zaxiralariga, shuningdek, irrigatsiya inshootlariga hujum qilish, ularni yakson etish, koʻchirib ketish yoxud yaroqsiz holga keltirish taqiqlanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuqorida 2-bandda koʻzda tutilgan taqiqlar dushman tomonning xizmatida boʻlgan mazkur bandda qayd etilgan quyidagi obyektlarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) faqat oʻz qurolli kuchlari shaxsiy tarkibini saqlab turish uchungina zarur boʻlgan obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaxsiy tarkibni saqlab turish uchun boʻlmasa ham, harbiy harakatlarni bevosita qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan obyektlar; bunda mazkur obyektlarga nisbatan, kelgusida fuqaro aholining yetarli miqdordagi oziq-ovqat va ichimlik suvisiz qolishi va oqibatda aholi oʻrtasida ochlik boshlanishi yoki ular koʻchib ketishi ehtimoli mavjud boʻlgan xatti-harakatlarni qoʻllash mutlaqo taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bu obyektlar repressaliy obyektlariga aylanmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muayyan nizolashayotgan tomon buni oʻz milliy hududini istilodan mudofaa etish ehtiyoji yuzasidan hayotiy muhim deb eʼtirof etgan taqdirda, uning nazoratidagi hududning qatʼiy harbiy vaziyat taqozo etgan qismiga nisbatangina 2-moddada koʻzda tutilgan taqiqlardan chekinilishi uchun ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda — Tabiat muhofazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy harakatlar yuritish davrida tabiiy muhitni keng miqyosli, uzoq muddatli va jiddiy talafotlardan himoyalash uchun gʻamxoʻrlik qilinadi. Urush harakatining tabiiy muhitga shunday ziyon yetkazish maqsad qilib olingan yoki u tufayli ziyon yetishi mumkin boʻlgan va buning natijasida aholi sogʻligʻiga yoxud uning jon saqlashiga ziyon yetishi ehtimol tutilgan usul va vositalaridan foydalanishni taqiqlash ana shunday himoya jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tabiiy muhitga repressaliy sifatida ziyon yetkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda — Xatarli kuchga ega qurilma va inshootlar himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xatarli kuchga ega qurilma va inshootlar, xususan, toʻgʻonlar, dambalar va elektr stansiyalariga hujum qilinishi oqibatida ulardagi xatarli kuchlarning boʻshalib ketishi va fuqaro aholi oʻrtasida ogʻir talafotlar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud boʻlgan taqdirda, bunday obyektlar harbiy obyekt hisoblangan holda ham, ular hujum uchun nishon boʻlmasligi kerak. Ana shu qurilma va inshootlar ichida yoki ularning yaqinida joylashtirilgan boshqa harbiy obyektlarga hujum qilinishi oqibatida ulardagi xatarli kuchlarning boʻshalib ketishi va fuqaro aholi oʻrtasida ogʻir talafotlar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud boʻlgan holda ham, bu obyektlar hujum uchun nishon boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarga nisbatan 1-bandda koʻzda tutilgan hujumdan alohida himoya qilish barham topadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻgʻonlar va dambalarga nisbatan, agar qandaydir yoʻl bilan ushbu obyektlardan ularning odatdagi faoliyatidan farqli oʻlaroq boshqa maqsadlarda va harbiy harakatlarni muntazam, izchil va bevosita taʼminlab turishda foydalanilayotgan boʻlsa va bu obyektlarga hujum qilish bunday qoʻllab-quvvatlashga barham berishda yagona amaliy imkoniyat hisoblangan hollardagina;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) atom elektr stansiyalariga nisbatan, agar ular harbiy harakatlarni muntazam, izchil va bevosita taʼminlab turish uchun elektr energiyasi ishlab chiqarayotgan boʻlsa va bu obyektlarga hujum qilish bunday qoʻllab-quvvatlashga barham berishda yagona amaliy imkoniyat hisoblangan hollardagina;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) ushbu qurilma va inshootlar ichida yoki yaqinida joylashtirilgan boshqa harbiy obyektlarga nisbatan, agar ulardan harbiy harakatlarni muntazam, izchil va bevosita taʼminlab turishda foydalanilayotgan boʻlsa va bu obyektlarga hujum qilish bunday qoʻllab-quvvatlashga barham berishda yagona amaliy imkoniyat hisoblangan hollardagina.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqaro aholi va alohida fuqaro shaxslar barcha hollarda xalqaro huquq tomonidan beriladigan toʻla himoyalanish huquqidan, shu jumladan, 57-moddada koʻzda tutilgan ehtiyot choralarini qoʻllash yoʻli bilan himoyalanish huquqidan foydalanishda davom etadi. Agar himoya toʻxtatilib, 1-bandda qayd etilgan qurilma, inshoot yoki harbiy obyektlarning birontasiga nisbatan hujum qilingan taqdirda, xatarli kuchlarning boʻshalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida barcha amaliy ehtiyot choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuqoridagi 1-bandda qayd etilgan har qanday qurilma, inshoot yoki harbiy obyektlarni repressaliy obyektlariga aylantirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nizolashayotgan tomonlar 1-bandda koʻrsatilgan qurilma va inshootlar yaqinida hech qanday harbiy obyektlarini joylashtirmaslikka harakat qilishi zarur. Ammo himoyadan foydalanadigan ushbu qurilma va inshootlarni hujumdan mudofaa qilishdek yagona maqsad bilan muayyan inshootlar tiklanishiga yoʻl qoʻyiladi; bu inshootlardan himoyadan foydalanadigan qurilma va inshootlarga nisbatan hujumlarni qaytarish uchun zarur mudofaa harakatlaridan boshqa biron-bir harbiy harakatlar yuritishda foydalanilmagan taqdirda va ularning qurol-yarogʻlari tarkibi faqat himoyadan foydalanadigan qurilma va inshootlarga nisbatan hujumlarni qaytarishgagina moʻljallangan qurollar bilan cheklangan boʻlsa, bunday hollarda mazkur inshootlar hujum uchun nishon boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va nizolashayotgan tomonlarga xatarli kuchga ega obyektlarni qoʻshimcha himoyalashni taʼminlash yuzasidan oʻzaro boshqa bitimlar tuzish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur moddaga muvofiq himoyadan foydalanadigan obyektlarni tanib olishni osonlashtirish maqsadida, nizolashayotgan tomonlar ularni mazkur Protokolning I Ilovasi 16-moddasida (oʻzgartirish kiritilgan Ilovaning 17-moddasida) koʻrsatilgan tartibda, yagona oʻqda joylashgan bir guruh och-sariq doiralar shaklidagi maxsus belgi yordamida belgilashlari mumkin. Bunday belgilarning mavjud emasligi nizolashayotgan tomonlarning birontasini ham mazkur moddada ularning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlardan mutlaqo xalos etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOB.
EHTIYOT CHORALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda — Hujum paytidagi ehtiyot choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy amaliyotlarni bajarish paytida har doim fuqaro aholini, fuqaro shaxslarni va fuqaro obyektlarini ehtiyotlash uchun gʻamxoʻrlik qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hujumlarga nisbatan quyidagi ehtiyot choralari koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kimki, hujum qilishni rejalashtirgan yoki uni amalga oshirishga ahd qilgan boʻlsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) hujum qilinadigan obyektlar na fuqaro shaxslar, na fuqaro obyektlari emasligi va alohida himoyadan foydalanmasligi, balki 52-moddaning 2-bandida qayd etilgan mazmundagi harbiy obyektlar ekani va mazkur Protokol qoidalariga muvofiq ularga hujum qilish taqiqlanmasligiga toʻla ishonch hosil qilish uchun tegishli barcha imkoniyatlardan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) fuqaro aholi oʻrtasida tasodifiy talafotlar yuz berishi, fuqaro shaxslarning yaralanishi va fuqaro obyektlariga tasodifiy ziyon yetkazilishining oldini olish, hech boʻlmaganda, bunday talafotlarni kamaytirishga erishish maqsadida hujum vositalari va usullarini tanlashda tegishli barcha ehtiyot choralaridan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) fuqaro aholi oʻrtasida tasodifiy talafotlar yuz berishi, fuqaro shaxslarning yaralanishi va fuqaro obyektlariga tasodifiy ziyon yetkazilishi yoki barchasining birgalikda sodir boʻlishi va bunday oqibatning qoʻlga kiritish taxmin etilgan aniq va bevosita harbiy ustunlikka nisbatan haddan ziyod ekani kutilayotgan har qanday hujumni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan saqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar obyekt harbiylarga tegishli emasligi va alohida himoyadan foydalanishi, unga hujum qilish fuqaro aholi oʻrtasida tasodifiy talafotlar yuz berishi, fuqaro shaxslarning yaralanishi va fuqaro obyektlariga tasodifiy ziyon yetkazilishi yoki barchasining birgalikda sodir boʻlishi va bunday oqibatning qoʻlga kiritish taxmin etilgan aniq va bevosita harbiy ustunlikka nisbatan haddan ziyod ekani ochiq-oydin maʼlum boʻlgan hollarda hujumni amalga oshirish bekor qilinadi yoxud vaqtincha toʻxtatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) fuqaro aholiga daxl qilishi mumkin boʻlgan hujum toʻgʻrisida oldindan samarali ravishda ogohlantirish beriladi; vaziyat taqozo etmagan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tengma-teng darajadagi harbiy ustunlikka erishish uchun bir necha harbiy obyektlardan birini tanlash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, unga hujum qilish oqibatida fuqaro shaxslar va fuqaro obyektlariga iloji boricha kamroq xavf tugʻiladigan obyekt tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dengizda yoki havoda harbiy amaliyotlarni bajarish davrida nizolashayotgan tomonlarning har biri qurolli mojarolar paytida qoʻllanadigan xalqaro huquq normalarida koʻzda tutilgan oʻz huquq va majburiyatlariga muvofiq holda fuqaro aholi oʻrtasida talafotlar yuz berishi va fuqaro obyektlariga ziyon yetkazilishining oldini olishga qaratilgan barcha oqilona ehtiyot choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur moddaning biron-bir qoidasi fuqaro aholiga, fuqaro shaxslar yoki fuqaro obyektlariga qandaydir hujumlar qilish uchun ruxsat beradigan mazmunda talqin etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda — Hujumlar oqibati yuzasidan qoʻllanadigan ehtiyot choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashayotgan tomonlar iloji boricha imkoniyat darajasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Toʻrtinchi konvensiyaning 49-moddasiga ziyon yetkazmagan holda, oʻz nazorati ostida joylashgan fuqaro aholini, alohida fuqaro shaxslarni va fuqaro obyektlarini harbiy obyektlar yaqinidagi hududlardan imkon qadar uzoqlashtirishga intiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harbiy obyektlarni aholi zich joylashgan hududlarga yoki bu hududlar yaqiniga joylashtirmaslikka harakat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) oʻz nazorati ostida joylashgan fuqaro aholini, alohida fuqaro shaxslarni va fuqaro obyektlarini harbiy amaliyotlar tufayli yuzaga keladigan xavf-xatarlardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan boshqa ehtiyot choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOB.
MAXSUS HIMOYA OSTIDA BOʻLGAN JOYLAR VA ZONALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda — Mudofaa etilmaydigan joylar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizolashayotgan tomonlarga mudofaa etilmaydigan joylarni biron-bir vosita yordamida hujumga duchor etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizolashayotgan tomonlarning tegishli maʼmuriyatlari qurolli kuchlarga tutash yoki ularning yaqinida joylashgan va dushman tomon istilo etishi uchun ochiq boʻlgan har qanday aholi yashash manzilini mudofaa etilmaydigan joy, deb eʼlon qilishi mumkin. Bunday joy quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) barcha kombatantlar, shuningdek, koʻchma harbiy vositalar va koʻchma harbiy aslaha-anjomlar evakuatsiya qilingan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) turgʻun harbiy qurilma yoki inshootlardan dushmanlik maqsadlarida foydalanilmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) na maʼmurlar va na aholi tomonidan dushmanlik xatti-harakatlari sodir etilmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) harbiy amaliyotlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan biron-bir harakat qilinmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bu joyda Konvensiyalar va mazkur Protokolga muvofiq alohida himoyadan foydalanadigan shaxslarning mavjudligi, qonun ustuvorligi va tartib-qoidani taʼminlashdan iborat yagona maqsad uchun qoldirib ketilgan politsiya kuchlarining mavjudligi 2-bandda bayon etilgan talablarga zid kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dushman tomonga 2-bandda koʻzda tutilgan tartibda bayonot beriladi va unda mudofaa etilmaydigan joyning aniq taʼrifi va tasnifi koʻrsatiladi. Bunday bayonotni olgan tegishli nizolashayotgan tomon olganligini tasdiqlaydi va koʻrsatilgan joyga mudofaa etilmaydigan joy sifatida yondashadi; 2-bandda koʻzda tutilgan talablarga amal qilinmagan holatlar bundan mustasno; bu holda tegishli tomon bayonot bergan tomonni zudlik bilan xabardor etadi. Hatto 2-bandda koʻzda tutilgan talablarga amal qilinmagan holatlarda ham bunday joylar mazkur Protokolning boshqa qoidalarida va qurolli mojarolar davrida qoʻllanadigan xalqaro huquq normalarida koʻzda tutilgan himoyadan foydalanishda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nizolashayotgan tomonlar muayyan joylar 2-band talablariga javob bermagan taqdirda ham ularni mudofaa etilmaydigan joylar, deb eʼlon qilishga kelishib olishlari mumkin. Bunday bitimda mudofaa etilmaydigan joyning taʼrifi va tasnifi iloji boricha aniq ifoda etilishi kerak; zarur hollarda unda nazorat usuli ham koʻzda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bunday bitimning mavzusi hisoblangan tegishli joyni oʻz nazorati ostida saqlab turgan tomon iloji boricha bu joyni boshqa tomon bilan kelishib olingan muayyan belgilar bilan belgilashi va bu belgilarni koʻzga yaqqol tashlanadigan yerlarda, joyning barcha perimetrlarida, katta yoʻllarning boʻylarida oʻrnatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bu joy 2-bandda bayon etilgan talablarga yoki 5-bandda tilga olingan bitim shartlariga javob bermay qoʻygan taqdirda, oʻzining mudofaa etilmaydigan joy, degan maqomini yoʻqotadi. Bunday hollarda bu joy mazkur Protokolning boshqa qoidalarida va qurolli mojarolar davrida qoʻllanadigan boshqa huquq normalarida koʻzda tutilgan himoyadan foydalanishda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda — Qurolsizlantirilgan zonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizolashayotgan tomonlarning tegishli bitim asosida qurolsizlantirilgan hududlar maqomi berilgan hududlarga oʻz harbiy amaliyotlarini yoyishi, bu tilga olingan bitim qoidalariga zid kelgan hollarda, taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday bitim aniq ifoda etilgan, ogʻzaki yoki yozma shaklda, bevosita yoxud Homiy Davlat yoki har qanday begʻaraz tashkilot vositasida tuzilgan va oʻzida oʻzaro bir toʻxtamga kelingan bayonotlarni jamlagan boʻlishi lozim. Bitim tinchlik paytida, shuningdek, harbiy harakatlar boshlanganidan soʻng tuzilishi mumkin va unda qurolsizlantirilgan zonalarning aniq taʼrifi va tavsifi, zarur hollarda nazorat usulini oʻrnatish tartibi ochiq-oydin ifoda etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Odatda quyidagi talablarga javob beradigan har qanday zona bunday bitimlarning mavzusi boʻla oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) barcha kombatantlar, shuningdek, koʻchma harbiy vositalar va koʻchma harbiy aslaha-anjomlar evakuatsiya qilingan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) turgʻun harbiy qurilma yoki inshootlardan dushmanlik maqsadlarida foydalanilmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) na maʼmurlar va na aholi tomonidan dushmanlik xatti-harakatlari sodir etilmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) harbiy harakatlar bilan bogʻliq har qanday faoliyatga barham berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashayotgan tomonlar “d” bandchada bayon etilgan talabni izohlash boʻyicha va 4-bandda tilga olinganlardan tashqari qurolsizlantirilgan zonaga kirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida kelishib olishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bu zonada Konvensiyalar va mazkur Protokolga muvofiq alohida himoyadan foydalanadigan shaxslarning mavjudligi, qonun ustuvorligi va tartib-qoidani taʼminlashdan iborat yagona maqsad uchun qoldirib ketilgan politsiya kuchlarining mavjudligi 3-bandda bayon etilgan talablarga zid kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bunday zonani oʻz nazorati ostida saqlab turgan tomon iloji boricha bu zonani boshqa tomon bilan kelishib olingan muayyan belgilar bilan belgilashi va bu belgilarni koʻzga yaqqol tashlanadigan yerlarda, zonaning barcha perimetrlarida, katta yoʻllarning boʻylarida oʻrnatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar harbiy harakatlar qurolsizlantirilgan zonaga yaqinlashib kelsa va agar nizolashayotgan tomonlar bunga kelishgan boʻlsa, u holda tomonlarning birontasi bu zonadan harbiy harakatlar yuritishga taalluqli maqsadlarda foydalanishi yoki uning tegishli maqomini bir tomonlama bekor qilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar nizolashayotgan tomonlarning biri 3 yoki 6-banddagi qoidalarga xilof ish tutsa, u holda ikkinchi tomon bu zonaga qurolsizlantirilgan zona maqomini berish toʻgʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan oʻz majburiyatlaridan xalos boʻladi. Bunday hollarda bu zona oʻzining maqomini yoʻqotadi, ammo mazkur Protokolning boshqa qoidalarida va qurolli mojarolar davrida qoʻllanadigan boshqa xalqaro huquq normalarida koʻzda tutilgan himoyadan foydalanishda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOB.
FUQARO MUDOFAASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda — Tushunchasi va qoʻllanish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokol maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Fuqaro mudofaasi” deganda fuqaro aholini xavf-xatarlardan himoyalash, ularga bevosita harbiy harakatlar va falokatlar oqibatlarini tugatishda koʻmaklashish, shuningdek, ularning jon saqlashi uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan va quyida koʻrsatilgan insonparvarlik vazifalarining ayrimlari yoki toʻlaligicha bajarilishi tushuniladi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) evakuatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) pana joy berish va joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) chiroqdan maskirovka qilish boʻyicha tadbirlar qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V) qutqaruv ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI) tibbiy xizmat, shu jumladan, birinchi yordam va diniy yordam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII) yongʻinga qarshi kurash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII) xavfli hududlarni aniqlash va belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX) zararsizlantirish va shu kabi boshqa himoya choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X) tezkorlik bilan boshpana berish va taʼminotni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI) tezkorlik bilan falokat joylaridagi tiklash va tartibni saqlash ishlariga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII) tezkorlik bilan zarur kommunal xizmatlarni tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII) tezkorlik bilan jasadlarni dafn etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIV) jon saqlash uchun oʻta zarur hisoblangan obyektlarni saqlab qolishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XV) yuqorida qayd etilgan vazifalardan har qandayini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha faoliyat, masalan, rejalashtirish va tashkilotchilik va hokazolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “fuqaro mudofaasi tashkilotlari” deganda “a” bandda tilga olingan vazifalardan har qandayini bajarish uchun nizolashayotgan tomonlarning vakolatli maʼmuriyatlari tashkil etgan yoki vakolat bergan va xuddi shu vazifalarni bajarishga moʻljallangan va faqat shu maqsadlardagina foydalaniladigan muassasalar va boshqa tashkiliy birliklar tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) “xodimlar” deganda nizolashayotgan tomon faqat “a” bandda tilga olingan vazifalarnigina bajarishi uchun tasdiqlagan shaxslar, shu jumladan, nizolashayotgan tomonlarning vakolatli maʼmuriyatlari tegishli fuqaro mudofaasi tashkilotlarini boshqarish uchun tayinlagan xodimlar tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “moddiy qism” deganda fuqaro mudofaasi tashkilotlari “a” bandda tilga olingan fuqaro mudofaasiga taalluqli vazifalarni bajarish uchun foydalanadigan asbob-uskunalar, jihozlar, materiallar va transport vositalari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda — Umumiy himoya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqaro mudofaasi boʻyicha fuqaro tashkilotlari va ularning xodimlari mazkur Protokol qoidalari asosida, ayniqsa, ushbu boʻlim qoidalariga muvofiq ravishda hurmat va himoyadan foydalanadi. Ular fuqaro mudofaasi yuzasidan oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish huquqiga ega; muqarrar harbiy zaruriyat taqozo etgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqaro mudofaasi boʻyicha fuqaro tashkilotlariga aʼzo hisoblanmasligiga qaramay, vakolatli maʼmuriyatlarning chaqirigʻi asosida va ularning nazorati ostida fuqaro mudofaasi vazifalarini bajarayotgan fuqaro shaxslarga nisbatan ham 1-band qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Protokolning 52-moddasi fuqaro mudofaasi maqsadlari uchun foydalaniladigan bino va moddiy qismga, shuningdek, fuqaro aholi uchun beriladigan pana joylarga ham taalluqlidir. Tegishli tomondan oʻzga tomonlar fuqaro mudofaasi uchun foydalaniladigan obyektlarni yakson etishi yoki ulardan boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda — Istilo etilgan hududlardagi fuqaro mudofaasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Istilo etilgan hududlarda fuqaro mudofaasi boʻyicha fuqaro tashkilotlari maʼmuriyatdan oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tegishli koʻmakni oladi. Hech qanday vaziyatda ularning xodimlari ushbu vazifalarni lozim darajada bajarishni qiyinlashtiradigan ishlarga majbur etilmaydi. Istilochi davlat ushbu tashkilotlar tizimiga yoki xodimlari tarkibiga ular faoliyatining samarali bajarilishini xavf ostida qoldirishi mumkin boʻlgan biron-bir oʻzgartirish kiritmaydi. Bunday tashkilotlardan ushbu davlat fuqarolari va manfaatlari ustuvorligiga amal qilish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Istilochi davlat fuqaro mudofaasi boʻyicha fuqaro tashkilotlarini oʻz vazifalarini fuqaro aholi manfaatlariga qaysidir jihatdan ziyon yetkazadigan ahvolda bajarishga undashi, majburlashi yoki zoʻrlashi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Istilochi davlat xavfsizlik nuqtayi nazaridan kelib chiqib, fuqaro mudofaasi xodimlarini qurolsizlantirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Istilochi davlat tomonidan fuqaro mudofaasi tashkilotlariga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan ishlatilayotgan binolar yoxud moddiy qismning belgilangan maqsadlari oʻzgartirilishi, rekvizitsiya qilinishi fuqaro aholiga ziyon yetkazadigan boʻlsa, u holda bunday oʻzgartirish yoki rekvizitsiya qilishni amalga oshirish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar 4-banddagi umumiy qoidalarga amal qilinishi davom etayotgan boʻlsa, istilochi davlat quyidagi aniq shartlar mavjud boʻlgan hollarda ushbu resurslarni rekvizitsiya qilishi yoki moʻljallangan maqsadini oʻzgartirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bu binolar yoki moddiy qism fuqaro aholining boshqa ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan hollarda, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rekvizitsiya qilish yoki maqsadini oʻzgartirish faqat bunga zarurat mavjud boʻlib turgandagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Istilochi davlat fuqaro aholi foydalanishi uchun moʻljallangan yoki mazkur aholiga zarur hisoblangan pana joylarning maqsadini oʻzgartirishi yoxud ularni rekvizitsiya qilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda — Betaraf davlatlar yoki nizolashayotgan tomonlar hisoblanmagan boshqa davlatlarning fuqaro mudofaasi boʻyicha fuqaro tashkilotlari va xalqaro muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Protokolning 62, 63, 65 va 66-moddalari qoidalari, shuningdek, nizolashayotgan tomon hududida shu tomon roziligi asosida va nazorati ostida 61-moddada qayd etilgan fuqaro mudofaasiga doir vazifalarni bajarayotgan betaraf davlatlar yoki nizolashayotgan tomonlar hisoblanmagan boshqa davlatlarning fuqaro mudofaasi boʻyicha fuqaro tashkilotlariga nisbatan ham qoʻllanadi. Har qanday manfaatdor dushman tomon bunday yordam toʻgʻrisida iloji boricha tezkorlik bilan xabardor etiladi. Hech qanday vaziyatda bu faoliyat mojaroga aralashish sifatida baholanmaydi. Shu bilan birga, bunday faoliyatni manfaatdor nizolashayotgan tomonlar xavfsizligi manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu 1-bandda qayd etilgan yordamni oluvchi nizolashayotgan tomonlar va bunday yordamni koʻrsatuvchi Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar zarur hollarda fuqaro mudofaasi sohasidagi bu faoliyatni xalqaro doirada muvofiqlashtirish uchun koʻmaklashadi. Bunday hollarda mazkur Bob qoidalari tegishli xalqaro tashkilotlarga ham taalluqli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Istilo etilgan hududlarda istilochi davlat fuqaro mudofaasiga taalluqli vazifalarning oʻz vositalari yoki istilo etilgan hududda mavjud vositalar yordamida tegishli darajada bajarilishini taʼminlay olgan taqdirdagina, bu davlat tomonidan betaraf davlatlar yoki nizolashayotgan tomonlar hisoblanmagan boshqa davlatlarning fuqaro mudofaasi boʻyicha fuqaro tashkilotlari va xalqaro muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar faoliyati taqiqlanishi yoki cheklab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda — Himoyalashning toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqaro mudofaasi boʻyicha fuqaro tashkilotlari, ularga tegishli xodimlar, binolar, pana joylar va moddiy qism bevosita oʻz vazifasidan tashqari dushmanga ziyon yetkazadigan harakatlarni sodir etgan yoki shu kabi harakatlarni sodir etish uchun ishlatilgan taqdirdagina, ular foydalanadigan himoyalash huquqi toʻxtatiladi. Ammo himoyalashni toʻxtatish har gal, zarur hollarda oqilona tarzda aniq muddatlarni koʻrsatib, tegishli ogohlantirish yuborilgach va ushbu ogohlantirish eʼtiborga olinmaganidan soʻnggina amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar dushmanga ziyon yetkazuvchi harakatlar, deb hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) harbiy maʼmuriyatlar rahbarligi yoki nazorati ostida fuqaro mudofaasi vazifalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqaro mudofaasi vazifalarini bajarish borasida fuqaro mudofaasi fuqaro xodimlarining harbiy shaxsiy tarkib bilan hamkorlik qilishi yoki harbiy xizmatchilardan muayyan miqdorining fuqaro mudofaasi boʻyicha fuqaro tashkilotlariga berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) fuqaro mudofaasi boʻyicha vazifalarni bajarish harbiylar tarkibidan hisoblangan qurbonlarga, xususan, safdan chiqqanlarga yoʻl-yoʻlakay foyda keltirishi mumkin boʻlgan vaziyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shuningdek, fuqaro mudofaasining fuqaro xodimlari tartibni saqlash yoki oʻzini oʻzi muhofaza qilish maqsadida yengil shaxsiy qurol taqib yurishi ham dushmanga ziyon yetkazuvchi harakat, deb hisoblanmaydi. Ammo jang borayotgan yoki jang boshlanishi ehtimoli mavjud boʻlgan quruqlikdagi hududlarda fuqaro mudofaasi xodimlarini kombatantlardan ajratib olishni osonlashtirish maqsadida nizolashayotgan tomonlar bunday qurollarni pistoletlar yoxud revolverlar kabi qoʻl qurollari bilan cheklash uchun barcha zarur choralarni koʻradi. Hatto fuqaro mudofaasi xodimlari bunday hududlarda boshqa turdagi yengil shaxsiy qurol taqib yurgan taqdirda ham, ular tegishli maqomda tanib olinishi bilanoq hurmat va himoyadan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqaro mudofaasi boʻyicha fuqaro tashkilotlarini harbiy namunaga muvofiq tashkil etish va ularda majburiy xizmat tartibni joriy qilish ham ularni mazkur bobda belgilangan himoyadan mahrum etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda — Tanib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizolashayotgan tomonlarning har biri oʻziga tegishli fuqaro mudofaasi tashkilotlari, ularning xodimlari, binolari va moddiy qism faqat fuqaro mudofaasiga taalluqli vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan muayyan davrda ularning tanib olinishi uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrishga harakat qiladi. Fuqaro aholiga moʻljallangan pana joylarni tanib olishni ham xuddi shu tartibda taʼminlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizolashayotgan tomonlarning har biri, shuningdek, fuqaro mudofaasining xalqaro farqlovchi belgi joylashtiriladigan fuqaro mudofaasi tashkilotlarini, ularning xodimlarini, binolari va moddiy qismini tanib olish imkonini beradigan tegishli usul va protseduralarni qabul qilish va qoʻllashga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jang borayotgan yoki jang boshlanishi ehtimoli mavjud boʻlgan istilo etilgan hududlarda fuqaro mudofaasi xodimlari fuqaro mudofaasining xalqaro farqlovchi belgisi va ularning maqomini tasdiqlovchi shaxsiy guvohnomalar yordamida tanib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqaro mudofaasining xalqaro farqlovchi belgisi fuqaro mudofaasi tashkilotlarini, ularning xodimlarini, binolari va moddiy qismini, shuningdek, fuqarolar uchun pana joylarni himoyalash maqsadida foydalanilayotgan hollarda sariq taglikdagi teng tomonli zangori uchburchak koʻrinishida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nizolashayotgan tomonlar fuqaro mudofaasini tanib olish maqsadida farqlovchi belgilardan tashqari farqlovchi signal belgilaridan foydalanish haqida ham oʻzaro kelishib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddaning 1 — 4-bandlari qoidalarining qoʻllanishi mazkur Protokolga I Ilovaning V bobi asosida qatʼiy tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tinchlik davrida 4-bandda tavsiflangan farqlovchi belgidan fuqaro mudofaasini tanib olish maqsadlarida vakolatli davlat maʼmurlari ruxsati asosida foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va nizolashayotgan tomonlar fuqaro mudofaasining xalqaro farqlovchi belgisidan foydalanish boʻyicha nazoratni taʼminlash va bu boradagi qandaydir suiisteʼmolchiliklarning oldini olish va ularga barham berishni taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqaro mudofaasining tibbiy va diniy xodimlarini, tibbiy tuzilmalari va sanitariya-transport vositalarini tanib olish, shuningdek, 18-modda asosida tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda — Fuqaro mudofaasini tashkil etish uchun tayinlangan qurolli kuchlar shaxsiy tarkibi va harbiy boʻlinmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqaro mudofaasini tashkil etish uchun tayinlangan qurolli kuchlar shaxsiy tarkibi va harbiy boʻlinmalar quyidagi shartlar asosida hurmat va himoyadan foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bunday shaxsiy tarkib va bunday harbiy boʻlinmalar faqat 61-moddada qayd etilgan vazifalardan birini bajarish uchun doimiy tayinlanadi va ularni bajarish bilangina mashgʻul boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bunday tartibda tayinlangan shaxsiy tarkib mojaro davrida boshqa hech qanday harbiy majburiyatlarni bajarmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) ushbu shaxsiy tarkib qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslardan oʻzlarining koʻrinarli joylarida iloji boricha kattaroq oʻlchamdagi fuqaro mudofaasi xalqaro farqlovchi belgisini taqib yurishi bilan ajralib turadi va bu shaxsiy tarkib mazkur Protokolga I Ilovaning V bobida qayd etilgan, ularning maqomini tasdiqlovchi shaxsiy guvohnomalar bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bunday shaxsiy tarkib va bunday harbiy boʻlinmalar tartibni saqlash yoki oʻzini-oʻzi muhofaza qilish maqsadida faqat yengil shaxsiy qurolgagina ega boʻladi. Bunday hollarda 65-modda 3-bandining qoidalari ham qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) bunday shaxsiy tarkib harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmaydi va fuqaro mudofaasi boʻyicha zimmasiga yuklangan vazifalardan tashqari dushman tomonga ziyon yetkazuvchi harakatlar sodir etmaydi yoxud bu kabi harakatlarni sodir etishda ulardan foydalanilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) bunday shaxsiy tarkib va bunday harbiy boʻlinmalar oʻzlarining fuqaro mudofaasi boʻyicha vazifalarini faqat oʻzlari mansub tomonning milliy hududi doirasidagina amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi “a” va “b” bandlarda qayd etilgan shartlarga daxldor boʻlgan qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi har qanday shaxs tomonidan yuqoridagi “e” bandda bayon etilgan talablarga amal qilmaslik taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi va fuqaro mudofaasi tashkilotlarida xizmat qiluvchi shaxslar dushman tomon hukmi ostiga tushib qolgan taqdirda, ular harbiy asir hisoblanadi. Zarurat tugʻilgan hollarda istilo etilgan hududda ular faqat ushbu hududning fuqaro aholisi manfaatlari yoʻlidagina fuqaro mudofaasi vazifalarini bajarish uchun jalb etilishi mumkin va bunda muayyan xatarli ishlarni bajarish uchun ular ixtiyoriy ravishda rozilik bildirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqaro mudofaasini tashkil etish uchun tayinlangan harbiy boʻlinmalarning binolari, yirik asbob-uskunalari va transport vositalari fuqaro mudofaasi xalqaro farqlovchi belgisi bilan aniq-ravshan belgilanishi kerak. Bu farqlovchi belgi iloji boricha kattaroq oʻlchamda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqaro mudofaasini tashkil etish uchun doimiy asosda tayinlangan va faqat fuqaro mudofaasi boʻyicha vazifalarnigina bajarishga moʻljallangan harbiy boʻlinmalarning moddiy qism va binolari dushman tomonning qoʻliga tushib qolgan taqdirda, ular urush qonunlariga boʻysunishda davom etadi. Toki fuqaro mudofaasi boʻyicha vazifalarni bajarishda ulardan foydalanish zarurati mavjud ekan, ularni fuqaro mudofaasi maqsadlaridan boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas; agar fuqaro aholi ehtiyojlarini yetarli darajada taʼminlash borasida oldindan tegishli choralar koʻrilmagan boʻlsa, qatʼiy harbiy zarurat taqozosiga koʻra ulardan foydalanish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM.
FUQARO AHOLIGA YORDAM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-modda — Qoʻllanish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu boʻlim qoidalari mazkur Protokolda tushuncha berilgan fuqaro aholiga nisbatan qoʻllanadi va Toʻrtinchi konvensiyaning 23, 55, 59, 61 va 62-moddalari va boshqa tegishli moddalariga qoʻshimcha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda — Istilo etilgan hududlardagi asosiy ehtiyojlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toʻrtinchi konvensiyaning 55-moddasida sanab oʻtilgan oziq-ovqat va tibbiy dori-darmonlar taʼminotiga taalluqli majburiyatlarga qoʻshimcha sifatida istilochi davlat oʻz ixtiyoridagi vositalardan imkon qadar keng foydalanib va hech qanday nomuvofiq tafovutlarni hisobga olmagan holda, istilo etilgan hududdagi fuqaro aholini yotarjoy buyumlari, boshpana uchun vositalar va jon saqlash uchun oʻta zarur boʻlgan boshqa xil zaxiralar, shuningdek, diniy marosimlarni oʻtash uchun zarur boʻlgan narsalar bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Istilo etilgan hududlar fuqaro aholisiga yordam koʻrsatish boʻyicha tadbirlar Toʻrtinchi konvensiyaning 59, 62, 108, 111-moddalari, shuningdek, mazkur Protokolning 71-moddasi bilan tartibga solinadi va paysalga solinmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-modda — Yordam koʻrsatish tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar mojaroda qatnashayotgan tomonning nazorati ostida joylashgan istilo etilgan hududlardan boshqa barcha hududlardagi fuqaro aholi 69-moddada qayd etilgan zaxiralar bilan yetarli darajada taʼminlanmayotgan boʻlsa, u holda yordam koʻrsatish tadbirlari amalga oshiriladi; bunday tadbirlar insonparvarlik va xolislik mazmuniga ega boʻlib, ular bu kabi yordam koʻrsatishdan manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga muvofiq va hech qanday nomuvofiq tafovutlarni hisobga olmasdan amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan talablarga javob beradigan tartibda yordam koʻrsatish boʻyicha tushgan takliflarga qurolli mojaroga aralashish yoki gʻayridoʻstona xatti-harakatlar sifatida qaralmaydi. Yetkazib berilgan yordamni taqsimlashda Toʻrtinchi konvensiya yoki mazkur Protokolga muvofiq alohida imtiyozlar va alohida himoyadan foydalanadigan shaxslarga, masalan, bolalar, homilador ayollar, chaqaloqli va yosh bolali onalarga alohida eʼtibor beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizolashayotgan tomonlar va Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri mazkur Boʻlimga muvofiq yordam koʻrsatish maqsadida taqdim etilayotgan barcha yuklar, asbob-uskunalar va xodimlarning tezkorlik bilan va toʻsiqlarsiz yetkazib borilishiga ruxsat etadi va bunday yordam dushman tomonning fuqaro aholisiga moʻljallangan boʻlsa ham, uni yetkazishda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nizolashayotgan tomonlar va Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri 2-bandga muvofiq yordam koʻrsatish maqsadida yuklar, asbob-uskunalar va xodimlarning yetkazib borilishiga ruxsat etishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bunday yetkazib borishga ruxsat berishdan oldin bajarilishi lozim boʻlgan muayyan texnik choralarni, shu jumladan, tekshiruvni joriy etish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bunday yordamning taqsimoti Homiy Davlat nazorati ostidagi joyda amalga oshirilishi sharti bilan uni yetkazib borishga ruxsat etishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) yordam yukining dastlabki moʻljalini mutlaqo oʻzgartirmaydi va ularni yetkazib borishni toʻxtatib qolmaydi; tegishli fuqaro aholi manfaatlari taqozo etadigan shoshilinch zarurat hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nizolashayotgan tomonlar yetkazib beriladigan yordam himoyasini taʼminlaydi va ularning zudlik bilan taqsimlanishiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nizolashayotgan tomonlar va Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri 1-bandda qayd etilgan yordam koʻrsatish tadbirlarini samarali xalqaro muvofiqlashtirishni ragʻbatlantiradi va bu borada koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-modda — Yordam koʻrsatish tadbirlarida qatnashuvchi xodimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zarur hollarda yordam koʻrsatish tadbirlarini amalga oshirishda, ayniqsa, yetkazib beriladigan yordamni tashish va taqsimlash uchun koʻmaklashishda tegishli xodimlarni jalb etish mazkur tadbirlarning uzviy qismini tashkil etishi mumkin; bunday xodimlarning yordam koʻrsatish tadbirlarini bajarishda qatnashishi uchun ular oʻz vazifalarini bajaradigan hudud mansub boʻlgan tomonning roziligi olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday xodimlar hurmat va himoyadan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yetkazib beriladigan yordamni oluvchi har bir tomon 1-bandda qayd etilgan xodimlarga yordam koʻrsatish borasidagi vazifalarini bajarishida imkoniyat yoʻl qoʻygan darajada koʻproq koʻmaklashadi. Faqat qatʼiy harbiy zarurat tufayligina bunday xodimlarning faoliyati va harakatlanishi vaqtincha muddatga cheklab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hech qanday vaziyatda yordam koʻrsatish tadbirlarida qatnashuvchi xodimlar mazkur Protokolda qayd etilgan vazifalari doirasidan chetga chiqishlari mumkin emas. Xususan, ular oʻz zimmalaridagi vazifalarini bajarayotgan hudud mansub boʻlgan tomonning xavfsizlik boʻyicha talablarini eʼtiborga olishi shart. Ushbu shartlarga amal qilmagan taqdirda, bunday xodimlar tarkibiga kiruvchi har qanday shaxsning faoliyati toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOʻLIM.
NIZOLASHAYOTGAN TOMON HUKMI OSTIDA BOʻLGAN SHAXSLAR BILAN MUOMALA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB.
QOʻLLANISH SOHASI. SHAXS VA OBYEKTLAR HIMOYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-modda — Qoʻllanish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Boʻlim qoidalari Toʻrtinchi konvensiyadagi, xususan, uning I va III Qismidagi, nizolashayotgan tomon hukmi ostida boʻlgan fuqaro shaxslar va fuqaro obyektlarini gumanitar himoyalash borasidagi qoidalariga, shuningdek, qoʻllanadigan xalqaro huquqning xalqaro qurolli mojarolar davrida insonning asosiy huquqlari himoyasiga taalluqli qoidalariga qoʻshimcha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73-modda — Qochoqlar va apatridlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor tomonlar qabul qilgan tegishli xalqaro hujjatlar boʻyicha yoki boshpana bergan davlat yoxud yashash joyi hisoblangan davlat milliy qonunchiligiga muvofiq harbiy harakatlar boshlanishiga qadar apatridlar yoki qochoqlar sifatida qaralgan shaxslar Toʻrtinchi konvensiyaning I va III qismlari mazmuniga koʻra tegishli himoyadan har qanday shart-sharoitda va qandaydir nomuvofiq tafovutlarsiz foydalanuvchi shaxslar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-modda — Ajralgan oilalarni birlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va nizolashayotgan tomonlar qurolli mojarolar natijasida ajralib ketgan oilalarni birlashtirish borasida barcha imkoniyatlaridan kelib chiqib koʻmak beradilar, xususan, Konvensiyalar va mazkur Protokol qoidalariga muvofiq va ularning tegishli xavfsizlik qoidalari asosida bu borada muayyan vazifalarni bajarayotgan insonparvarlik tashkilotlarining faoliyatini ragʻbatlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-modda — Asosiy kafolatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Protokolning 1-moddasida qayd etilgan vaziyat taqozosidan kelib chiqqan holda, mojaroda ishtirok etayotgan tomonning hukmi ostida boʻlgan va Konvensiyalar yoki mazkur Protokolga muvofiq tegishli imtiyozli muomaladan foydalanmayotgan shaxslarga har qanday vaziyatda ham insoniy muomala qilinadi va ular kamida oʻzlarining irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini yoki eʼtiqodi, siyosiy yoxud boshqa xil maslagi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tugʻilishi va boshqa biron-bir maqomi va shunga oʻxshash xilma-xil jihatlarga asoslangan nomuvofiq tafovutlarning hech qaysisini hisobga olmagan holda ushbu moddada koʻzda tutilgan himoyadan foydalanadi. Har bir tomon bunday shaxslarning shaxsiyati, or-nomusi, eʼtiqodi va diniy taomillariga hurmat bilan qarashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi xatti-harakatlar, ularni fuqaro tashkilotlari yoki harbiy organlar vakillari sodir etishidan qatʼi nazar, taqiqlangan va har doim har qayerda taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga va jismoniy yoki ruhiy holatiga nisbatan zoʻravonlik ishlatish, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) oʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) jismoniy yoki ruhiy jihatdan barcha turdagi qiynoqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) tan jazolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) shikast yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) insoniy qadr-qimmatni tahqirlash, xususan, kamsitish va haqoratomuz muomala qilish, fohishabozlikka majburlash yoki boshqa har qanday shakldagi nomunosib tazyiqlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) garovga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ommaviy jazolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yuqorida koʻrsatilgan harakatlardan birontasini sodir etish bilan tahdid qilish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurolli mojaro bilan bogʻliq harakatlari uchun qamalgan, qoʻlga olingan yoki urush tamom boʻlguncha ozodlikdan mahrum etilgan har qanday shaxs bunday choralar koʻrilishi sabablari toʻgʻrisida oʻzi uchun tushunarli boʻlgan tilda kechiktirmay xabardor etilishi zarur. Jinoiy huquqbuzarlik yuzasidan qamash yoki qoʻlga olish holatlari bundan mustasno; bunday shaxslarning qamalgani, qoʻlga olingani yoki urush tamom boʻlguncha ozodlikdan mahrum etilganini oqlovchi tegishli shart-sharoit barham topishi bilanoq ular qisqa muddatlar ichida ozod etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurolli mojaro bilan bogʻliq jinoiy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan hech qanday hukm chiqarilishi va ularning hech qanday jazoga tortilishi mumkin emas; xolis va tegishli tartibda taʼsis etilgan va quyida sanab oʻtilgan odatdagi sudlov ishlarining umumeʼtirof etilgan prinsiplariga amal qiladigan sudlarning hukm haqidagi qarorlari bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) protsedurada ayblanuvchi oʻziga ayb sifatida yuklanayotgan huquqbuzarlikning tafsilotlaridan kechiktirmasdan xabardor etilishi, unga sudgacha va sud paytida barcha zarur huquqlar va himoya vositalari berilishi koʻzda tutilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaxsan jinoiy javobgarlikka asoslanmagan holda biron-bir shaxs sud qilinmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) biron-bir shaxs tomonidan muayyan harakat yoki adashish sodir etilgan paytda harakati bevosita bu shaxsga taʼsir etadigan milliy qonunchilik yoki xalqaro huquq normalarida jinoiy huquqbuzarlik sifatida qaralmaydigan har qanday harakatlar va adashishlar boʻyicha muayyan jinoiy huquqbuzarlikda ayblanishi yoki shu ayb boʻyicha sudlanishi mumkin emas; tengma-teng ravishda ushbu jinoiy huquqbuzarlik sodir etilgan paytda qoʻllanganiga nisbatan shafqatsizroq jazo qoʻllanishi mumkin emas; agar huquqbuzarlik sodir etilganidan keyin qonun asosida nisbatan yengil jazo belgilanadigan boʻlsa, bu qonunning taʼsiri ushbu huquqbuzarga ham tegishlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) huquqbuzarlikda ayblanayotgan har qanday shaxsning aybi qonun asosida isbot etilmaguncha, u aybsiz hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) huquqbuzarlikda ayblanayotgan har qanday shaxs tegishli sudda tinglanishlarda shaxsan hozir boʻlish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) biron-bir shaxs oʻziga qarshi guvohlik berishga yoki oʻzini oʻzi aybdor deb topishga majbur etilmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) huquqbuzarlikda ayblanayotgan har qanday shaxs oʻziga qarshi koʻrsatma berayotgan guvohlarni soʻroq qilish yoki ularning soʻroq qilinishini talab etish, shuningdek, oʻziga qarshi koʻrsatma berayotgan guvohlar bilan tengma-teng sharoitda uni yoqlab koʻrsatma beradigan guvohlarni chaqirish va soʻroq qilishni talab etish huquqlariga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) biron-bir shaxsga nisbatan muayyan tomon qonunchiligi va sudlov jarayoniga muvofiq oqlash yoki jazolash yuzasidan tegishli yakuniy hukm chiqarilganidan soʻng uni shu huquqbuzarliklari uchun xuddi shu tomonning taʼqib etishi yoki jazolashi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) huquqbuzarligi uchun sudlov tartibida taʼqib etilayotgan har qanday shaxs oʻziga nisbatan sud hukmi oshkora eʼlon qilinishi huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) hukm chiqarish paytida sudlanuvchiga uning sudlov yoki boshqa tartibda shikoyat qilish huquqlari mavjudligi, shuningdek, bu huquqdan qaysi muddat mobaynida foydalanishi mumkinligi haqida maʼlum qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurolli mojaro bilan bogʻliq sabablar tufayli ozodligi cheklangan ayollar erkaklar joylashgan binolardan uzoqroq binolarga joylashtiriladi. Ular bevosita ayollarning nazoratida boʻladi. Ammo, oilalar qoʻlga olingan yoki urush tamom boʻlguncha ozodlikdan mahrum etilgan hollarda, iloji boricha ular bir joyga va har bir oila alohida tarzda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurolli mojaro bilan bogʻliq harakatlari uchun qamalgan, qoʻlga olingan yoki urush tamom boʻlguncha ozodlikdan mahrum etilgan har qanday shaxs toʻla ozod etilishi, vataniga qaytarilishi yoki joylashtirilishiga qadar, hattoki qurolli mojaro tugasa ham, mazkur moddada koʻzda tutilgan himoyadan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Harbiy jinoyatda yoki insoniyatga qarshi jinoyatda ayblanayotgan shaxslarni taʼqib etish va sud qilishga nisbatan har qanday shubha-gumonga yoʻl qoʻymaslik uchun quyidagi prinsiplar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bunday jinoyatlarda ayblanuvchi shaxslar amaldagi xalqaro huquq normalariga muvofiq taʼqib etilishi va sud qilinishi zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Konvensiyalarga muvofiq va mazkur Protokol asosida tegishli imtiyozli muomaladan foydalanmayotgan bu kabi har qanday shaxslar, ular aybdor deb qaralayotgan jinoyatlar Konvensiyalar va mazkur Protokol qoidalarini jiddiy buzish ekani yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, ushbu moddada koʻzda tutilgan muomaladan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu moddaning biron-bir qoidasi 1-bandda qayd etilgan shaxslarga nisbatan amaldagi har qanday xalqaro huquq normalariga muvofiq katta imtiyozli himoya berishni koʻzda tutuvchi yanada qulay qoidalarni cheklaydigan yoki ularga ziyon yetkazadigan mazmunda talqin etilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB.
AYOLLAR VA BOLALAR HIMOYASI BOʻYICHA CHORALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-modda — Ayollar himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ayollar alohida hurmatdan foydalanadi, ular, xususan, nomusga tegishdan, fohishabozlikka majburlashdan va boshqa har xil nomunosib tajovuzlardan himoyalangandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Homilador ayollar va yosh bolali ayollarning ishlari, agar bu bolalar ularning qaramogʻida boʻlsa, ular qurolli mojaro bilan bogʻliq sabablarga koʻra qamalgan, qoʻlga olingan yoki urush tamom boʻlguncha ozodlikdan mahrum etilgan taqdirda, birinchi navbatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nizolashayotgan tomonlar qurolli mojaro bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etgan homilador ayollar va yosh bolali ayollarga nisbatan, agar bu bolalar ularning qaramogʻida boʻlsa, oʻlim hukmi chiqarilishidan iloji boricha qochishga harakat qiladi. Bunday ayollarning huquqbuzarliklariga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmi ijro etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-modda — Bolalar himoyasi boʻyicha choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bolalar alohida hurmatdan foydalanadi va ular har qanday turdagi nomunosib tajovuzlardan himoyalangandir. Nizolashayotgan tomonlar yoshligi yoki boshqa har qanday sabablar tufayli ular uchun zarur boʻlgan tegishli himoya va yordam koʻrsatishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizolashayotgan tomonlar oʻn besh yoshga toʻlmagan bolalar harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmasligi uchun zarur boʻlgan barcha amaliy choralarni koʻradi, xususan, tomonlar ularni oʻz qurolli kuchlariga yollashdan saqlanadi. Un besh yoshga toʻlgan ammo hali oʻn sakkizga kirmaganlarni yollash paytida, nizolashayotgan tomonlar iloji boricha yoshi kattaroqlarga eʼtibor qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Istisno hollarda, 2-band qoidalariga zid oʻlaroq oʻn besh yoshga toʻlmagan bolalar harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etsa va dushman tomon hukmi ostiga tushib qolsa, ular harbiy asir ekani yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, mazkur moddada koʻzda tutilgan alohida himoyadan foydalanishda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurolli mojaro bilan bogʻliq harakatlari uchun qamalgan, qoʻlga olingan yoki urush tamom boʻlguncha ozodlikdan mahrum etilgan hollarda bolalar kattalar binolaridan ajratilgan alohida binolarga joylashtiriladi; 75-moddaning 5-bandida koʻzda tutilgan oilalarning alohida joylashtirilishi bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurolli mojaro bilan bogʻliq boʻlgan muayyan huquqbuzarlikni sodir etgan paytida oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning huquqbuzarliklariga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmi ijro etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-modda — Bolalarni evakuatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizolashayotgan tomonlarning birontasi ham bolalarni oʻzining fuqarolaridan boshqacharoq bir mazmunda xorijiy davlatga evakuatsiya qilish yuzasidan chora qoʻllamaydi; bolalarning sogʻligʻi taqozosi yoki davolanishi zarurati yoxud ular istilo etilgan hududda joylashgan boʻlsa, ularning xavfsizligi bilan bogʻliq boʻlgan shoshilinch zaruriy sabablar asosida vaqtincha evakuatsiya qilish hollari bundan mustasno. Bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vasiylarini topish mumkin boʻlgan taqdirda, bunday evakuatsiya uchun ulardan yozma rozilik olinishi zarur. Agar bunday shaxslarni topish imkonsiz boʻlsa, u holda qonun asosida yoki taomil boʻyicha bolalarga homiylik qilish uchun asosiy javobgar hisoblangan tegishli shaxslardan bunday evakuatsiya uchun yozma rozilik olinadi. Bu kabi har qanday evakuatsiya jarayoni Homiy Davlat nazorati ostida va manfaatdor tomonlar, yaʼni evakuatsiyani amalga oshiruvchi tomon, bolalarni qabul qilib oluvchi tomon va fuqarolari evakuatsiya qilinayotgan har qanday tegishli tomon oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq bajariladi. Barcha hollarda nizolashayotgan tomonlar evakuatsiyaga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan hollarga yoʻl qoʻymaslik uchun imkoniyat doirasidagi amaliy choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Evakuatsiyani 1-bandga muvofiq amalga oshirish bilan bogʻliq barcha hollarda har bir bolaga evakuatsiya davrida uni imkon qadar uzluksiz ravishda oʻqitish, shu jumladan, unga ota-onasining xohishi asosida tegishli diniy va axloqiy tarbiya berish taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaga muvofiq evakuatsiya qilingan bolalarning oʻz oilasiga, oʻz mamlakatiga qaytishini yengillatish maqsadida, evakuatsiyani amalga oshiruvchi tomon maʼmuriyati, maqsadga muvofiq topilgan hollarda esa qabul qiluvchi tomonning ham maʼmuriyati har bitta bolaga fotosuratli maxsus kartochka toʻldiradi va uni Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasining Markaziy maʼlumotlar agentligiga joʻnatadi. Har bir kartochkada, iloji boʻlgan hollarda va bu hol bolaga ziyon yetkazadigan qandaydir xatarga sabab boʻlmasa, quyidagi maʼlumotlar qayd etilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bolaning familiyasi (familiyalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bolaning ismi (ismlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) bolaning jinsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tugʻilgan joyi va sanasi (yoki tugʻilgan sanasi nomaʼlum hollarda, taxminiy yoshi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) otasining toʻliq ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) onasining toʻliq ismi va qizlik familiyasi, agar saqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bolaning yaqin qarindosh-urugʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) bolaning millati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) bolaning ona tili va u soʻzlasha oladigan boshqa har qanday tillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) bola oilasining adresi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) bolaga taalluqli har qanday shaxsiy raqam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) bola salomatligining ahvoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) bolaning qon guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) alohida belgilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) bola topilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) bola oʻz mamlakatini tark etgan sana va boradigan manzilning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
q) bola mansub boʻlgan din, agar boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) bolaning qabul qiluvchi mamlakatdagi haqiqiy adresi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) bola qaytmay turib vafot etgan taqdirda, vafotining sanasi, joyi, oʻlim sabablari va dafn etilgan manzil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB.
JURNALISTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79-modda — Jurnalistlar himoyasi boʻyicha choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qurolli mojarolar hududida xatarli xizmat safarida boʻlgan jurnalistlar 50-moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan mazmundagi fuqaro shaxslar, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shu jihatdan ular fuqaro shaxs maqomiga mos kelmaydigan hech qanday harakat sodir etmaslik va qurolli kuchlar qoshida akkreditatsiya qilingan harbiy muxbirlarning Uchinchi konvensiyaning 4-moddasi A.4-bandida koʻzda tutilgan maqomiga va tegishli huquqlariga ziyon yetkazmaslik sharti bilan tegishli Konvensiyalar va mazkur Protokolga muvofiq muayyan himoyadan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ular mazkur Protokolning II Ilovasida koʻrsatilgan namunadagidek shaxsiy guvohnomalar olishlari mumkin. Jurnalist oʻzi fuqarosi hisoblangan yoki hududida doimiy yashab turgan yoxud ishlab turgan axborot agentligi joylashgan tegishli davlat hukumati tomonidan beriladigan ushbu guvohnoma oʻz sohibi jurnalist maqomiga ega ekanini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V QISM.
KONVENSIYALAR VA MAZKUR PROTOKOLNING BAJARILISHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM.
UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-modda — Bajarish boʻyicha choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va nizolashayotgan tomonlar paysalga solmasdan Konvensiyalar va mazkur Protokolda zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarish yuzasidan zarur boʻlgan barcha choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va nizolashayotgan tomonlar Konvensiyalar va mazkur Protokolga amal qilishni taʼminlash maqsadida tegishli buyruq va farmoyishlar beradi va ularning ijrosini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-modda — Qizil Xoch va boshqa insonparvarlik tashkilotlarining faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi mojarolar qurbonlarini himoyalashni va ularga yordam berishni taʼminlash maqsadida Konvensiyalar va mazkur Protokolda oʻz zimmasiga yuklangan insonparvarlik vazifalarini yetarli darajada bajarishi uchun nizolashayotgan tomonlar unga imkoniyat doirasidagi barcha vositalarni ajratadi; Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi, shuningdek, nizolashayotgan tomonlar roziligi asosida bunday qurbonlar foydasiga qaratilgan boshqa har qanday insonparvarlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konvensiyalar va mazkur Protokol qoidalari va Qizil Xoch Xalqaro konferensiyalarida shakllantirilgan Qizil Xochning bosh prinsiplaridan kelib chiqqan holda, nizolashayotgan tomonlar oʻzlarining tegishli Qizil Xoch (Qizil Yarim Oy, Qizil Sher va Quyosh) tashkilotlariga bunday mojarolar qurbonlari foydasiga qaratilgan insonparvarlik faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan vositalarni ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va nizolashayotgan tomonlar Qizil Xoch (Qizil Yarim Oy, Qizil Sher va Quyosh) tashkilotlari va Qizil Xoch jamiyatlari Ligasi mojarolar qurbonlariga Konvensiyalar va mazkur Protokol qoidalari va Qizil Xoch Xalqaro konferensiyalarida shakllantirilgan Qizil Xochning bosh prinsiplaridan kelib chiqqan holda tegishli yordam koʻrsatishda barcha imkoniyatlardan kelib chiqib koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va nizolashayotgan tomonlar Konvensiyalar va mazkur Protokolda qayd etilgan, nizolashayotgan tomonlar tegishli tartibda vakil etib tayinlagan, Konvensiyalar va mazkur Protokol qoidalari asosida oʻz insonparvarlik faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa insonparvarlik tashkilotlariga 2 va 3-bandlarda qayd etilgani kabi vositalarni oʻz imkoniyati doirasida ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-modda — Qurolli kuchlarda yuridik maslahatchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar har doim va nizolashayotgan tomonlar qurolli mojarolar davrida yuridik maslahatchilar mavjud boʻlishini taʼminlaydi; ular zarur hollarda Konvensiyalar va mazkur Protokolning qoʻllanishi va bu borada qurolli kuchlarni muayyan tartibda instruktajdan oʻtkazish boʻyicha harbiy qoʻmondonlarga tegishli darajada maslahatlar berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83-modda — Ommalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar tinchlik davrida va qurolli mojarolar paytida ham Konvensiyalar va mazkur Protokolni oʻz mamlakatlarida imkon qadar keng ommalashtirish, xususan, ularni oʻrganish uchun harbiy taʼlim dasturlariga kiritish, fuqaro aholi oʻrganishini ragʻbatlantirish majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, toki bu hujjatlardan qurolli kuchlar va fuqaro aholi atroflicha xabardor boʻlsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har qanday harbiy yoki fuqaro maʼmurlari qurolli mojarolar davrida Konvensiyalar va mazkur Protokolning qoʻllanishi bilan bogʻliq masʼuliyatni oʻz zimmasiga olar ekan, ular bu hujjatlarning toʻliq matni bilan tanishib chiqishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-modda — Qoʻllash qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar depozitariy vositasida, zarur hollarda Homiy Davlatlar orqali mazkur Protokolning oʻzlaridagi rasmiy tarjimalarini, shuningdek, uni qoʻllash uchun qabul qilinadigan qonunlar va qoidalarni bir-birlariga zudlik bilan joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM.
KONVENSIYALAR VA MAZKUR PROTOKOL QOIDABUZARLIKLARIGA BARHAM BERISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-modda — Mazkur Protokol qoidabuzarliklariga barham berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konvensiyalarning mazkur Boʻlim bilan toʻldirilgan qoidabuzarliklar va jiddiy qoidabuzarliklarga barham berishga taalluqli qoidalari mazkur Protokol qoidabuzarliklari va jiddiy qoidabuzarliklariga barham berish uchun qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konvensiyalarda jiddiy qoidabuzarlik sifatida taʼriflangan harakatlar agar dushman tomon hukmi ostida boʻlgan va mazkur Protokolning 44, 45 va 73-moddalari himoyasidan foydalanadigan shaxslarga yoki dushman tomonga mansub boʻlgan va mazkur Protokol himoyasidan foydalanadigan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarga yoxud dushman tomon nazorati ostida boʻlgan va mazkur Protokol himoyasidan foydalanadigan tibbiy va diniy xodimlar, sanitariya-transport vositalariga qarshi amalga oshirilgan boʻlsa, u holda ular mazkur Protokolning jiddiy qoidabuzarliklari, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 11-moddada qayd etilgan jiddiy qoidabuzarliklarga qoʻshimcha sifatida mazkur Protokolning tegishli qoidalarini qasddan buzgan holda sodir etilgan va oʻlimga yoki jiddiy tan jarohatiga va yoki salomatlikka ziyon yetkazishga sabab boʻlgan quyidagi harakatlar mazkur Protokolning jiddiy qoidabuzarliklari, deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fuqaro aholini yoki alohida fuqaro shaxslarni hujum obyektiga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bunday hujum 57-moddaning “2.a.III” bandida qayd etilganidek, fuqaro shaxslar orasida haddan ortiq koʻp qurbonlar va yaradorlar paydo boʻlishiga yoki fuqaro obyektlariga ziyon yetishiga olib kelishi maʼlum boʻlgan holda, fuqaro aholiga va fuqaro obyektlariga daxl qiluvchi tanlanmagan mazmundagi hujumlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) bunday hujum 57-moddaning “2.a.III” bandida qayd etilganidek, fuqaro shaxslar orasida haddan ortiq koʻp qurbonlar va yaradorlar paydo boʻlishiga yoki fuqaro obyektlariga ziyon yetishiga olib kelishi maʼlum boʻlgan holda, xatarli kuchga ega boʻlgan qurilma va inshootlarga qarata hujum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mudofaalanmaydigan joylar va qurolsizlantirilgan zonalarni hujum obyektiga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) muayyan shaxsning harbiy harakatlarda ishtirok etishni toʻxtatganligi maʼlum boʻlgan holda, unga qarshi hujum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) qizil xoch, qizil yarim oy yoki qizil sher va quyosh kabi farqlovchi belgilardan yoxud Konvensiyalar va mazkur Protokolda eʼtirof etilgan boshqa himoya belgilaridan 37-moddaga xilof ravishda munofiqlik bilan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuqoridagi bandlarda va Konvensiyalarda qayd etilgan jiddiy qoidabuzarliklarga qoʻshimcha sifatida mazkur Protokolning tegishli qoidalarini qasddan buzgan holda sodir etilgan quyidagi harakatlar mazkur Protokolning jiddiy qoidabuzarliklari, deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) istilochi davlat tomonidan oʻziga mansub fuqaro aholining oʻzi bosib olgan hududga koʻchirilishi yoki deportatsiya qilinishi yoxud istilo etilgan hudud aholisini toʻlaligicha yoki qisman ushbu hudud ichidagi yoxud undan tashqaridagi hududlarga Toʻrtinchi konvensiyaning 49-moddasiga xilof ravishda koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harbiy asirlar yoki fuqaro shaxslarni vataniga qaytarishni asossiz holda toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) aparteyid amaliyotini va boshqa shu kabi gʻayriinsoniy va haqoratomuz, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, irqiy kamsitishlarga asoslangan harakatlarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xalqlarning madaniy yoki maʼnaviy merosi hisoblangan va muayyan shartnomalar, masalan, vakolatli tashkilotlar doirasida tuzilgan maxsus bitimlar yordamida himoyalangan va aniq-ravshan koʻzga tashlanib turgan tarixiy yodgorliklarni, sanʼat asarlari yoki ibodat maskanlarini hujum obyektiga aylantirish, oqibatda dushman tomon 53-moddaning “b” bandini buzgani haqida tegishli maʼlumotlar mavjud boʻlmagan va ushbu tarixiy yodgorliklar, sanʼat asarlari yoki ibodat maskanlari harbiy obyektlarning bevosita yaqinida joylashmagan holda, ularni keng miqyosda vayron etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Konvensiyalarda yoki mazkur moddaning 2-bandida qayd etilgan himoyadan foydalanuvchi shaxslarni xolis va odatiy tartibda sudlanish huquqidan mahrum etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konvensiyalar va mazkur Protokolning qoʻllanishiga ziyon yetkazmagan holda, ushbu hujjatlarni jiddiy ravishda buzish hollari harbiy jinoyat, deb qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-modda — Chora koʻrmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va nizolashayotgan tomonlar chora koʻrish zarur boʻlgan holda chora koʻrilmaganligi oqibatida sodir etiladigan jiddiy qoidabuzarliklarga barham berishi va Konvensiyalar va mazkur Protokolni buzish hisoblanuvchi boshqa barcha qoidabuzarliklarga barham berish uchun tegishli choralar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konvensiyalar va mazkur Protokol qoidabuzarliklarining tobe shaxs tomonidan sodir etilganligi fakti uning boshliqlarini jinoiy yoki intizomiy javobgarlikdan ozod etmaydi; bunda ularning oʻsha paytdayoq ushbu oʻzlariga tobe shaxs bu qoidabuzarlikni sodir etayotgani yoki sodir etish maqsadida yurgani haqida tegishli xulosa chiqarish imkonini beruvchi muayyan axborotga ega boʻlgan-boʻlmaganligi, bunday qoidabuzarlikning oldini olish yoxud unga barham berish uchun oʻz vakolatlari doirasida tegishli barcha amaliy choralarni koʻrgan-koʻrmaganligi bilan bogʻliq holatlardan kelib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-modda — Komandirlarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va nizolashayotgan tomonlar oʻzlariga tobe qurolli kuchlar tarkibidagi va oʻz qoʻl ostlaridagi boshqa muayyan shaxslardan iborat harbiy komandirlardan Konvensiyalar va mazkur Protokol qoidabuzarliklariga yoʻl qoʻymaslikni va zarur hollarda bunday qoidabuzarliklarga barham berishni va bular haqida vakolatli maʼmuriyatlarni xabardor etishni talab qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoidabuzarliklarga barham berish va ularning oldini olish maqsadida Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va nizolashayotgan tomonlar komandirlardan ular muayyan vakolatlari doirasida oʻzlariga boʻysunuvchi qurolli kuchlar tarkibidagi shaxslarning Konvensiyalar va mazkur Protokolda oʻz zimmalariga yuklangan majburiyatlardan xabardor boʻlishlari uchun tegishli choralar koʻrishni talab qilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va nizolashayotgan tomonlar oʻziga tobe yoki bevosita nazorati ostida boʻlgan shaxslarning Konvensiyalar yoxud mazkur Protokol qoidabuzarligini sodir etgani yoki sodir etishga ahd qilganidan xabardor boʻlgan har bir komandirdan Konvensiyalar yoxud mazkur Protokol qoidabuzarligini sodir etganlarga nisbatan ogohlantiruvchi choralar koʻrishni va zarur hollarda bunday qoidabuzarlikni sodir etganlarga qarshi intizomiy yoki jinoiy tergov ishlari boshlashni talab qilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88-modda — Jinoiy taʼqib masalalarida oʻzaro yordam berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar Konvensiyalar va mazkur Protokolni jiddiy buzish xollarida qoʻzgʻatiladigan jinoiy taʼqib munosabati bilan bir-birlariga iloji boricha koʻproq koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konvensiyalarda va mazkur Protokolning 85-moddasi 1-bandida belgilangan huquq va majburiyatlarga ziyon yetkazmagan holda va sharoit shuni taqozo etganda, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ushlab berish yuzasidan hamkorlik qiladi. Ular tegishli davlatning goʻyoki oʻz hududida xuddi shunday huquqbuzarlik sodir etilgani haqidagi iltimosini tegishli darajada inobatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qanday holda ham ushlab berish haqida iltimos kelib tushgan Oliy Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi qoʻllanadi. Ayni chogʻda, yuqoridagi bandlarning qoidalari jinoiy taʼqib masalalari boʻyicha oʻzaro yordam koʻrsatish tartibini toʻliq yoki qisman belgilab bergan yoki belgilab beradigan har qanday ikki tomonlama yoxud koʻp tomonlama bitimlar qoidalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-modda — Hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyalar va mazkur Protokolni jiddiy buzish hollari yuz berganda, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar birgalikda yoki alohida tartibda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq ravishda tegishli choralarni koʻrish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-modda — Faktlarni aniqlash boʻyicha xalqaro komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. a) Faktlarni aniqlash boʻyicha xalqaro komissiya (bundan keyin “Komissiya” deb ataladi) yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan va xolislikda eʼtirof etilgan oʻn besh nafar aʼzodan iborat tarkibda taʼsis etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Kamida yigirmata Oliy Ahdlashuvchi Tomon Komissiya vakolatini 2-bandga muvofiq tarzda qabul qilishga rozilik bildirganidan keyingina depozitariy chaqiriladi, kelgusida esa har besh yilda Komissiya aʼzolarini saylash maqsadida ushbu Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning vakillari ishtirokida konferensiya chaqirib turiladi. Konferensiyada vakillar Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri bittadan nomzod kiritadigan roʻyxat asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Komissiya aʼzolarini saylaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) Komissiya aʼzolari shaxsiy sifatlarini namoyish etadi va oʻz faoliyatini navbatdagi konferensiyada yangi aʼzolar saylab olinishiga qadar davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Saylash paytida Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar Komissiyaga saylanuvchi har bir shaxs oʻzining alohida muhim sifatlariga ega boʻlishiga va toʻliq tarkibdagi Komissiya barcha jugʻrofiy hududlardan tegishli vakillar bilan adolatli ravishda taʼminlanganligiga eʼtibor qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Koʻzda tutilmagan vakansiya paydo boʻlgan taqdirda, Komissiyaning oʻzi yuqoridagi bandlar qoidalarini tegishli tartibda hisobga olgan holda ushbu vakansiyani toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) Depozitariy Komissiya oʻz faoliyatini bajarishi uchun unga maʼmuriy tomondan zarur boʻlgan tegishli yordamni koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. a) Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar Protokolni imzolash, ratifikatsiya qilish yoki unga qoʻshilish davrida va yoxud kelgusida boshqa har qanday paytda xuddi shu kabi majburiyatlarni, mazkur moddada koʻrsatilgan tartibda tegishli tomonning arizasini tekshirish borasidagi Komissiya vakolatini oʻz zimmasiga oluvchi har qanday Oliy Ahdlashuvchi Tomonga nisbatan ipso fakto holatini maxsus bitimlarsiz ham eʼtirof etishi haqida bayonot berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Yuqoridagi bayonotlar depozitariyga topshiriladi va u oʻz navbatida mazkur bayonotlar nusxalarini Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) Komissiya quyidagi vakolatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) Konvensiyalar va mazkur Protokolda jiddiy qoidabuzarlik sifatida belgilanganligi koʻzda tutilayotgan yoki Konvensiyalar va mazkur Protokolni jiddiy buzish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa har qanday faktlarni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) oʻzining gʻamxoʻrligi bilan Konvensiyalar va mazkur Protokolga hurmat koʻrsatish munosabatlarini tiklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Boshqa holatlarda Komissiya nizolashayotgan tomonlarning iltimosiga muvofiq ayni chogʻda boshqa manfaatdor tomon yoki tomonlarning roziligi asosidagina tekshirishni tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Ushbu bandning yuqoridagi qoidalarini hisobga olgan holda Birinchi, Ikkinchi, Uchinchi va Toʻrtinchi Konvensiyalarning tegishli tartibda 52, 53, 132 va 149-moddasi qoidalari Konvensiyalarni buzish hisoblanuvchi har qanday ehtimol tutilayotgan hollarga nisbatan qoʻllanishda davom etadi va mazkur Protokolga taalluqli har qanday ehtimoldagi qoidabuzarlik uchun tegishli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. a) Manfaatdor tomonlar oʻrtasida boshqa bitimga kelinmagan boʻlsa, u holda barcha tekshirishlar quyidagi tartibda tayinlanadigan yetti aʼzodan iborat Palata tomonidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) Komissiyaning nizolashayotgan tomonlardan birontasining ham fuqarosi hisoblanmagan besh nafar aʼzosi nizolashayotgan tomonlar bilan oʻzaro maslahatlashuvdan soʻng jugʻrofiy hududlardan vakillar adolatli tartibda mavjud boʻlishi nuqtayi nazaridan kelib chiqib tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) nizolashayotgan tomonlardan birontasining ham fuqarosi hisoblanmagan ikki nafar maxsus aʼzo har bir tomondan bittadan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisida iltimos kelib tushishi bilan Komissiya Raisi Palatani taʼsis etish uchun zarur boʻlgan tegishli muddatni belgilaydi. Belgilangan muddat davomida qaysidir maxsus aʼzo tayinlanmay qolgan taqdirda, Rais Palata tarkibini toʻldirishi mumkin boʻlgan Komissiya aʼzosi yoki aʼzolarini zudlik bilan tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. a) Tekshirish oʻtkazish uchun 3-bandga muvofiq taʼsis etiladigan Palata nizolashayotgan tomonlardan oʻziga yordam koʻrsatishni va dalil-isbotlar keltirishni soʻraydi Palata, shuningdek, oʻzi zarur deb hisoblagan boshqa dalil-isbotlarni surishtirishi va joyning oʻzida tekshirishlar oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Barcha dalil-isbotlar toʻlaligicha manfaatdor tomonlar eʼtiboriga havola etiladi va tomonlar ushbu dalil-isbotlar yuzasidan Komissiyaga oʻz fikr-mulohazalarini taqdim etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) har bir manfaatdor tomon ushbu dalil-isbotlarni inkor etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. a) Komissiya Palata tomonidan aniqlangan faktlar toʻgʻrisidagi maʼruzani oʻzi zarur hisoblagan tavsiyalar bilan birgalikda manfaatdor tomonlarga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Palata obyektiv va xolis xulosalar tayyorlash uchun yetarli darajada dalil-isbotlarni olish imkoniga ega boʻlmagan taqdirda, Komissiya buning sabablari haqida maʼlumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) Komissiya oʻz xulosalari toʻgʻrisida ommaviy maʼlumot bermaydi; barcha nizolashayotgan tomonlarning Komissiyadan bu haqda soʻrashlarigina bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya oʻzining protsedura tartib-qoidalarini, shu jumladan, Komissiyaga raislik qilish va Palataga raislik qilishga taalluqli qoidalarni oʻzi belgilaydi. Bu tartib qoidalar Komissiya Raisi oʻz faoliyatini har qanday paytda bajara olishini, tekshirish oʻtkazilayotgan davrda esa bu faoliyat nizolashayotgan tomonlardan birontasining ham fuqarosi hisoblanmagan shaxs tomonidan bajarilishini taʼminlaydi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiyaning maʼmuriy sarf-xarajatlari 2-bandga muvofiq bayonot beradigan Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar badallari va ixtiyoriy badallar hisobidan qoplanadi. Tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat qilgan nizolashayotgan tomon yoki tomonlar Palata xarajatlarini qoplash uchun zarur boʻlgan mablagʻni avans tariqasida ajratadi va ularga bu mablagʻ bunday iltimos bilan murojaat qilishga sababchi boʻlgan tomon yoki tomonlar hisobidan Palata xarajatlariga doir mablagʻning ellik foizi miqdorida olib beriladi. Palataga har ikki tomon birdek iltimos bilan murojaat qilgan taqdirda, har qaysi tomon kerakli mablagʻning ellik foizi miqdorida avans ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-modda — Javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyalarni yoki mazkur Protokolni buzgan tegishli nizolashayotgan tomon bunga asos mavjud boʻlgan hollarda yetkazilgan zararni qoplashi zarur. U oʻzining qurolli kuchlari tarkibiga kiruvchi shaxslar tomonidan sodir etiladigan barcha xatti-harakatlar uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI QISM.
YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-modda — Imzolash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokol Yakuniy hujjat imzolanganidan soʻng olti oy oʻtgach, Konvensiya ishtirokchilari imzolashlari uchun ochiq hisoblanadi va oʻn ikki oy davomida ochiq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-modda — Ratifikatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokol iloji boricha tezroq ratifikatsiya qilinishi zarur. Ratifikatsiya yorliqlari saqlash uchun Shveysariya Federal Kengashiga, Konvensiya depozitariysiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94-modda — Qoʻshilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokol uni imzolamagan har qanday Konvensiya ishtirokchisi uchun ochiqdir. Qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar saqlash uchun Konvensiya depozitariysiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-modda — Kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Protokol ikkita ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilganidan soʻng olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Protokol keyinchalik uni ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan har qaysi Konvensiya ishtirokchisi uchun ana shu ishtirokchilar tomonidan ularga tegishli ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilganidan soʻng olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96-modda — Mazkur Protokol kuchga kirganidan keyingi shartnomaviy munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Konvensiyalar ishtirokchilari mazkur Protokolning ham ishtirokchilari hisoblansa, u holda Konvensiyalar mazkur Protokolda ularga kiritilgan qoʻshimchalar bilan birgalikda qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar nizolashayotgan tomonlardan biri mazkur Protokolga daxldor boʻlmasa, u holda oʻzaro munosabatlarda mazkur Protokol uning ishtirokchisi hisoblangan tomonlar uchun majburiyligini saqlab qoladi. Bundan tashqari, mazkur Protokolga daxldor boʻlmagan, ammo uning qoidalarini tan oladigan va qoʻllaydigan har qaysi tomon bilan ularning oʻzaro munosabatlarida ham mazkur Protokol majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq vakolati asosida biron-bir Oliy Ahdlashuvchi Tomonga qarshi 1-moddaning 4-bandida qayd etilgan turdagi qurolli mojaroda kurashayotgan hokimiyat depozitariyga bir tomonlama ariza berish yoʻli bilan bunday mojaroga nisbatan Konvensiyalar va mazkur Protokolni qoʻllash majburiyatini oʻz zimmasiga olishi mumkin. Bunday ariza depozitariyga kelib tushgach, tegishli mojaroga nisbatan quyidagi harakatlar amalda boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nizolashayotgan tomonlar uchun boʻlgani kabi ushbu hokimiyat uchun ham Konvensiyalar va mazkur Protokol zudlik bilan kuchga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Konvensiyalar va mazkur Protokol yuzasidan Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar qanday huquqlarga ega boʻlib, qaysi majburiyatlarni zimmasiga olgan boʻlsa, ushbu hokimiyat ham xuddi shunday huquq va majburiyatlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) Konvensiyalar va mazkur Protokol ushbu mojaroda ishtirok etayotgan barcha tomonlar uchun bir xil darajada majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-modda — Tuzatishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri mazkur Protokolga oʻz tuzatishlarini tavsiya etishi mumkin. Har qanday tavsiya etilgan tuzatishning matni depozitariyga joʻnatiladi va u barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi bilan maslahatlashuvdan soʻng tuzatish yoki tuzatishlar boʻyicha tegishli tavsiya yuzasidan konferensiya chaqirish kerakmi-yoʻqligini hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Depozitariy ushbu konferensiyaga barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarni, shuningdek, Konvensiyalar ishtirokchilarini, ular mazkur Protokolni imzolaganmi-yoʻqligidan qatʼi nazar, taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-modda — I Ilovani qayta koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Protokol kuchga kirgandan soʻng uzogʻi bilan toʻrt yildan kechiktirmay, keyin esa kamida har toʻrt yilda Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar bilan mazkur Protokolning I Ilovasi yuzasidan maslahatlashib boradi va agar u zarur deb hisoblasa, I Ilovani qayta koʻrib chiqish va unga kiritish lozim topilayotgan tuzatishlar boʻyicha takliflarni oʻrganish uchun texnik ekspertlar kengashini chaqirishni taklif etishi mumkin. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarga bunday kengash chaqirish haqidagi takliflar maʼlum qilinganidan soʻng olti oy davomida Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning uchdan bir qismidan bu haqda eʼtirozlar tushmagan taqdirda, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi bu kengashni chaqiradi va unga, shuningdek, tegishli xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni ham taklif etadi. Bunday kengash Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi tomonidan Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning uchdan birining iltimosi asosida har qanday vaqtda chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengashdan soʻng texnik ekspertlar kengashi tavsiya etgan tuzatishlarni koʻrib chiqish maqsadida Depozitariy Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi yoki Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning uchdan birining iltimosi asosida Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va Konvensiyalar ishtirokchilari boʻlgan tomonlarning konferensiyasini chaqiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bunday konferensiyada hozir boʻlgan va ovoz berishda qatnashayotgan Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi asosida I Ilovaga tuzatishlar qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Depozitariy Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va Konvensiyalar ishtirokchilari boʻlgan tomonlarga shu tartibda qabul qilingan har qanday tuzatishlar toʻgʻrisida xabar beradi. Tuzatish toʻgʻrisida bunday xabar berilganidan soʻng bir yil muddat oʻtgach, oʻtgan vaqt davomida Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning kamida uchdan bir qismining nomidan depozitariyga tuzatish qabul qilinmaganligi haqida bayonot kelib tushmasa, u holda ushbu tuzatish qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 4-bandga muvofiq qabul qilingan deb hisoblangan tuzatish u qabul qilinganidan soʻng uch oy muddat oʻtgach barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar uchun kuchga kiradi; ushbu bandga muvofiq tuzatishni qabul qilmaganlik haqida bayonot bergan tomonlar bundan mustasno. Bu haqda bayonot bergan har bir tomon istalgan paytda oʻz bayonotini qaytarib olishi mumkin va bunday hollarda mazkur tomon uchun tegishli tuzatish oradan uch oy muddat oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Depozitariy Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va Konvensiyalar ishtirokchilari boʻlgan tomonlarga qabul qilingan har qanday tuzatishning kuchga kirishi, bu tuzatish taalluqli boʻlmagan tomonlar, uning har bir tomon uchun kuchga kirish muddatlari, 4-bandga muvofiq tegishli tuzatishni qabul qilmaganlik haqida berilgan bayonotlar va bunday bayonotlarning qaytarib olingani toʻgʻrisida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-modda — Denonsatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Ahdlashuvchi Tomon mazkur Protokolni denonsatsiya qilgan taqdirda, bu haqdagi hujjat kelib tushganidan soʻng bir yil muddat oʻtgachgina denonsatsiya kuchga kiradi. Ammo bir yillik muddat tugagan paytda denonsatsiya haqida bayonot bergan tomon 1-moddada qayd etilgan vaziyatlardan biriga tushib qolgan boʻlsa, denonsatsiya qurolli mojaro yoki istilo tugamaguncha, har holda Konvensiyalar va mazkur Protokol himoyasidan foydalanuvchi shaxslarni toʻla ozod etish, vataniga qaytarish yoxud joylashtirish bilan bogʻliq amaliyotlar nihoyasiga yetmaguniga qadar kuchga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Denonsatsiya toʻgʻrisidagi bildirish yozma tarzda depozitariyga joʻnatiladi va depozitariy uni barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Denonsatsiya faqat denonsatsiya haqida bayonot bergan tomonga nisbatangina kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hech qanday denonsatsiya 1-bandga muvofiq denonsatsiya haqida bayonot bergan tomon bunday denonsatsiya kuchga kirishiga qadar sodir etgan har qanday harakatlariga nisbatan oldinroq qurolli mojaro munosabati bilan mazkur Protokolga binoan zimmasiga olgan majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-modda — Bildirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozitariy barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarga, shuningdek, Konvensiyalar ishtirokchilariga, ular mazkur Protokolni imzolaganmi-yoʻqligidan qatʼi nazar, quyidagilarni bildiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Protokolga qoʻyilgan imzolar, shuningdek, 93 va 94-moddalarga muvofiq ratifikatsiya yorliqlari va qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlarning saqlashga topshirilishi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 95-moddaga muvofiq mazkur Protokol kuchga kiradigan sana haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) 84, 90 va 97-moddalarga muvofiq kelib tushgan xabarlar va bayonotlar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 96-moddaning 3-bandiga muvofiq kelib tushgan eng tezkor usulda xabar qilinadigan bayonotlar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 99-moddaga muvofiq denonsatsiyalar haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-modda — Roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Protokol kuchga kirganidan soʻng depozitariy uni roʻyxatga olish va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 102-moddasiga muvofiq eʼlon qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyatiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Depozitariy, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyatini mazkur Protokol boʻyicha oʻziga kelib tushgan barcha ratifikatsiya yorliqlari va qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar haqida xabardor etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-modda — Matnlarning autentligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokolning asliyati boʻlgan ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tilidagi oʻzaro teng darajada asl nusxaga muvofiq matnlar saqlash uchun depozitariyga topshiriladi va depozitariy asliyatning tasdiqlangan nusxalarini Konvensiyalarning barcha ishtirokchilariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I Ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TANIB OLISHGA DOIR NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1993-yil 30-noyabrdagi tuzatishlar bilan birga)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Ilovadagi tanib olishga doir Nizom Jeneva konvensiyalari va Protokolidagi tegishli qoidalarning ijrosini taʼminlash yoʻlida tuzilgan; mazkur Nizomning maqsadi Jeneva konvensiyalari va Protokoli himoyasida boʻlgan xodimlar, mol-mulk. tuzilmalar, transport vositalari va qurilmalarini tanib olishga koʻmaklashishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom oʻz holicha himoyalash huquqi bilan taʼmin eta olmaydi. Bu huquq Konvensiyalar va Protokolning tegishli moddalariga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatli maʼmuriy organlar, Jeneva konvensiyalari va Protokolining tegishli qoidalariga amal qilish sharti bilan, farqlovchi emblemalar va belgilarni joylashtirish va yoritish hamda ularni tanib olish imkoniyatlariga taalluqli qoidalarni har qanday paytda joriy etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarga, xususan, nizolashayotgan tomonlarga tanib olishni osonlashtirishi mumkin boʻlgan va bu boradagi ilgʻor texnika yutuqlaridan toʻla foydalanish imkonini beradigan qoʻshimcha va boshqa xildagi belgilar, vositalar va sistemalar toʻgʻrisida har qanday paytda oʻzaro kelishib olish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB.
SHAXSIY GUVOHNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Doimiy fuqaro tibbiy va diniy xodimlari uchun shaxsiy guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Protokolning 18-moddasi 3-bandida qayd etilgan doimiy fuqarolik tibbiy va ruhoniy xodimlari uchun shaxsiy guvohnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) farqlovchi emblemaga va choʻntakka sigʻadigan oʻlchamga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) imkon qadar chidamli boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) milliy yoki rasmiy tilda va bundan tashqari, zarur hollarda, muayyan mahalliy joy tilida tayyorlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) unda guvohnoma egasining ism-familiyasi, tugʻilgan sanasi (yoki bu sana aniq boʻlmagan taqdirda, guvohnoma berilgan paytdagi yoshi) va agar shaxsiy raqami mavjud boʻlsa, ushbu raqam qayd etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) guvohnoma egasi Konvensiyalar va Protokol bilan beriladigan himoya boʻyicha qanday huquqlarga ega ekanligi koʻrsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) guvohnoma egasining surati, shuningdek, imzosi yoki bosh barmogʻining izi yoki har ikkisi aks etgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) vakolatli hokimiyat organining muhri va imzosi mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) shaxsiy guvohnomaning berilgan sanasi va amal qilish muddati tugaydigan sana koʻrsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) imkoni bor joyda, guvohnomaning orqa tomonida uning egasining qon guruhi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxsiy guvohnoma har bir Oliy Ahdlashuvchi Tomonning butun hududida bir xil boʻlishi va iloji boricha nizolashayotgan barcha tomonlar uchun bir xil koʻrinishda boʻlishi lozim. Nizolashayotgan tomonlar bir tilda tuzilgan va 1-rasmda tasvirlangan namunaga amal qilishlari mumkin. Agar bu shakl 1-rasmda tasvirlangan namunadan farq qilsa, harbiy harakatlar boshlanganidan soʻng tomonlar bir-birlariga oʻzlari foydalanadigan shakl namunasini yuboradi. Shaxsiy guvohnoma imkon qadar ikki nusxada tuziladi, ulardan biri guvohnoma bergan hokimiyat organlarida saqlanadi, ular oʻzlari bergan guvohnomalar ustidan nazorat olib borishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy fuqarolik tibbiy va ruhoniy xodimlari hech qanday holatda shaxsiy guvohnomalaridan mahrum etilmasligi kerak. Shaxsiy guvohnoma yoʻqolgan taqdirda uning egasi dublikat olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Vaqtincha fuqaro tibbiy va diniy xodimlari uchun shaxsiy guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vaqtincha fuqaro tibbiy va ruhoniy xodimlari uchun shaxsiy guvohnoma imkon qadar mazkur Nizomning 2-moddasida nazarda tutilgan guvohnomaga oʻxshash boʻlishi zarur. Nizolashayotgan tomonlar 1-rasmda tasvirlangan guvohnoma namunasiga asoslanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vaqtincha fuqaro tibbiy va ruhoniy xodimlariga tavsifi mazkur Nizomning 2-moddasida qayd etilgan guvohnomaga oʻxshash shaxsiy guvohnoma berish vaziyatga toʻgʻri kelmaydigan hollarda, bunday xodimlarga vakolatli maʼmuriy organ tomonidan imzolangan va ushbu hujjat berilgan shaxsga vaqtincha xodimlar tarkibida muayyan vazifani bajarish yuklatilganini tasdiqlovchi va bu vazifaga tayinlanish sanasi hamda iloji boʻlsa xodimning farqlovchi emblema taqish huquqiga ega ekani ham koʻrsatilgan maʼlumotnoma berilishi mumkin. Unda maʼlumotnoma egasining ism-familiyasi, tugʻilgan sanasi (yoki bu sana aniq boʻlmagan taqdirda, maʼlumotnoma berilgan paytdagi yoshi), bajaradigan vazifasi va agar shaxsiy raqami mavjud boʻlsa, ushbu raqam qayd etilishi kerak. Maʼlumotnomada uning egasi imzosi va bosh barmogʻi izi yoxud ikkisidan biri boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-rasm. Shaxsiy guvohnoma namunasi (oʻlchami 74x105 mm)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB.
FARQLOVCHI EMBLEMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda — Emblema shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farqlovchi (oq asosdagi qizil) emblema tegishli sharoit taqozo etadigan darajada katta oʻlchamda boʻlishi kerak. Xoch, yarim oy yoki sher va quyosh shakllarini ifodalashda Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar 2-rasmda tasvirlangan namunalarga asoslanishi mumkin (1980-yildan buyon bironta davlat qizil sher va quyosh emblemasidan foydalanmayapti).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-rasm. Farqlovchi (oq asosdagi qizil) emblema
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda — Emblemadan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Farqlovchi emblema imkon qadar tekis yuzaga, jumladan, bayroqqa yoki boshqa biron-bir taxlitda tegishli joyga shunday tasvirlanishi kerakki, u barcha tomondan, uzoq masofalardan, xususan, osmondan yaqqol koʻrinib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qorongʻi paytlarda yoki koʻrish imkoniyati cheklangan hollarda farqlovchi emblema yoritib qoʻyilishi yoxud yaltirab turadigan boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Farqlovchi emblema aniqlashning texnik vositalari koʻmagida tanib olish imkonini beradigan materiallardan tayyorlanishi ham mumkin. Emblemani tanib olishni. ayniqsa, uni qorongʻi paytlarda infraqizil asboblar koʻmagida koʻrishni osonlashtirish maqsadida emblemaning tegishli qismidagi qizil rangni qora tusdagi sathga chizish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jang maydonida oʻz vazifasini oʻtayotgan tibbiy va diniy xodimlar imkon qadar farqlovchi emblemali bosh kiyim va liboslarda boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB.
FARQLOVCHI SIGNALLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda — Signallardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu bobda sanab oʻtilgan barcha farqlovchi signallar tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalari tomonidan ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bu signallar, yorugʻlik signalini (quyida 3-bandga qarang) istisno etganda, faqat tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalaridagina foydalanish uchun moʻljallangan va ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida yer usti sanitariya-transport vositalari, sanitar kemalar va suzish vositalarini tanib olish uchun moviy nurli shula yorugʻidan foydalanish huquqini mustahkamlab qoʻyish uchun tuziladigan maxsus bitimlar mavjud boʻlmagan hollarda boshqa yer usti sanitariya-transport vositalari, sanitar kemalar va suzish vositalarining bunday signaldan foydalanishi taqiqlamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vaqt yetishmasligi yoki texnik holati tufayli farqlovchi emblema bilan belgilanmagan vaqtincha sanitar uchish apparatlari mazkur bobda ruxsat etilgan farqlovchi signallardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda — Yorugʻlik signali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moviy nurli shula yorugʻi koʻrinishidagi chaqnoq yorugʻlik signali, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining doc.9051 raqamli Uchishga yaroqlilik boʻyicha texnik qoʻllanmasida belgilanganidek, sanitar uchish apparatlariga ularni tanib olish uchun oʻrnatiladi. Boshqa biron-bir uchish apparati bu signaldan foydalanishi mumkin emas. Moviy nurli chaqnoq yorugʻlikdan foydalanadigan sanitar uchish apparatida nur manbai shunday oʻrnatilishi kerakki, to yorugʻlik signali imkon qadar koʻproq tomondan koʻrinib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro dengiz ishlari tashkiloti Xalqaro signallar kodining XIV bob 4-bandi qoidalariga muvofiq 1949-yilgi Jeneva konvensiyalari va Protokoli himoyasida boʻlgan kemalarda hamma tomondan koʻrinib turadigan bitta yoki bir nechta moviy nurli yaltiroq shula manbalari mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yer usti sanitariya-transport vositalarida imkon qadar uzoq masofadan koʻrinib turadigan bitta yoki bir nechta moviy nurli chaqnoq yorugʻlik manbalari mavjud boʻlishi kerak. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar, xususan, nizolashayotgan tomonlar boshqa rangdagi shuladan foydalanayotgan hollarda, bu haqda bir-birlarini xabardor etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tavsiya etilayotgan moviy yorugʻlik Xalqaro yoritish komissiyasining ranglar diagrammasi doirasidagi ranginlik darajasida hosil qilinadi va quyidagi oʻlchovlarga muvofiq ravishda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashil rang chegarasi y=0,065+0,805 x;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oq rang chegarasi y=0,400 — x;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻq qizil rang chegarasi x=0,133+0,600 y.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiya etilayotgan moviy nurli yorugʻlikning chaqnash chastotasi minutiga 60 — 100 tadan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda — Radiosignal
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Radiosignal, Xalqaro elektr aloqalari ittifoqining Radioaloqa reglamentida (PP, 40 va N40-moddalarda) tasvirlanganidek, shoshilinch signal va farqlovchi signaldan iborat boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandda qayd etilgan shoshilinch va farqlovchi signaldan iborat radioxabar ingliz tilida tegishli interval va chastotada yoki Radioaloqa reglamentida shu maqsadda belgilangan chastotalarda uzatiladi hamda sanitariya-transport vositalariga nisbatan quyidagi maʼlumotlarni oʻzida jamlagan boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chorlash signali yoki eʼtirof etilgan boshqa tanib olish vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) joylashgan manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) yer usti transport vositalarining soni va turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) taxminiy yoʻnalishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yoʻlda sarflanadigan vaqt va sharoit taqozosiga bogʻliq holda joʻnab ketish va yetib kelish vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) radiochastota kuzatuvi ostida boʻlgan parvoz balandligi, shuningdek, ikkilamchi radiolokatsion tanib olish sistemasining shartli tili, ish rejimi va kodi kabi boshqa har qanday axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1 va 2-bandlarda qayd etilgan xabarlarni, shuningdek, Protokolning 22-23 va 25 — 31-moddalarida qayd etilgan xabarlarni uzatishni osonlashtirish maqsadida, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar, nizolashayotgan tomonlar yoxud nizolashayotgan tomonlardan biri oʻzaro kelishgan holda yoxud alohida harakat qilgan holda, Elektr aloqasi boʻyicha xalqaro konvensiyaga ilova qilingan Radioaloqa reglamentining Chastotalarni taqsimlash jadvaliga muvofiq bunday xabarlarni uzatishda oʻzlari foydalanadigan milliy chastotalarni aniqlab olishi va chop etishi mumkin. Radio boʻyicha butunjahon maʼmuriy konferensiyasi tasdiqlagan protsedura boʻyicha bu chastotalar haqida Xalqaro elektr aloqalari ittifoqiga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda — Elektron tanib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1944-yil 7-dekabrda qabul qilingan va vaqti-vaqti bilan oʻzgartirishlar kiritilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Chikago konvensiyasining 10-Ilovasida tavsifi berilgan Ikkilamchi radiolokatsion tanib olish sistemasi (SSR) sanitar uchish apparatlarini tanib olish va ularning yoʻnalishini kuzatib borish maqsadida qoʻllanilishi mumkin. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar, nizolashayotgan tomonlar yoxud nizolashayotgan tomonlardan biri oʻzaro kelishgan holda yoxud alohida harakat qilgan holda, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tavsiya etgan protseduraga muvofiq sanitar uchish apparatlaridagina foydalanish moʻljallangan SSR ish rejimi va kodini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Himoyaga olingan sanitariya-transport vositalari oʻzini tanitish va joylashgan manzilini koʻrsatish uchun odatdagi aviatsiya radiolokatsion otvetchiklari va (yoki) dengiz qidiruv va qutqaruv radiolokatsion otvetchiklaridan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoyaga olingan sanitariya-transport vositalari ikkilamchi tanib olish radiolokatsion stansiyasi bilan jihozlangan boshqa kemalar yoki uchish apparatlari tomonidan sanitariya-transport vositalaridagi radiolokatsion (masalan, 3/A rejimdagi) otvetchiklar uzatgan kod yordamida tanib olinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-transport vositasi uzatadigan kod mazkur transport vositasiga vakolatli maʼmuriy organlar tomonidan birkitib qoʻyiladi va bu haqda barcha nizolashayotgan tomonlarga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sanitariya-transport vositalari suvosti kemalari tomonidan sanitariya-transport vositasi uzatadigan tegishli suvosti akustik signallari yordamida tanib olinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvosti akustik signali kemaning “VVV” yakka guruhida xabardor etiladigan, tegishli akustik chastotada, masalan 5 kGs chastotasida, Morze alifbosida uzatiladigan chorlash signalidan (yoki boshqa har qanday eʼtirof etilgan sanitariya-transport vositasini tanitish vositasidan) iborat boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida tavsiflangan suvosti akustik signalidan foydalanish istagida boʻlgan nizolashayotgan tomonlar ana shu signallar toʻgʻrisida barcha manfaatdor tomonlarga imkon qadar tezroq xabar beradi va oʻziga qarashli gospital kemalardan foydalanish haqida maʼlumot yetkazishda qoʻllaydigan chastotasini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nizolashayotgan tomonlar yer usti sanitariya-transport vositalari, shuningdek, sanitar kemalar va suzish vositalarini tanib olishda foydalanish uchun maxsus bitimga muvofiq oʻz oʻrtalarida bunday elektron sistemani oʻrnatishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-rasm. Fuqaro mudofaasi xodimlari uchun shaxsiy guvohnoma namunasi (oʻlchami 74x105 mm)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOB.
ALOQA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda — Radioaloqa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 8-moddada koʻzda tutilgan shoshilinch signal va farqlovchi signal tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalari Protokolning 22-23 va 25 — 31-moddalarida ifodalangan protseduralarni qoʻllashi jarayonida nazarda tutilgan tegishli radioxabarlardan oldinroq uzatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro elektr aloqalari ittifoqi (XEAI) Radioaloqa reglamentining 40 (II boʻlim, 3209-son) va N40-(III boʻlim, 3214-son) moddalarida qayd etilgan sanitariya-transport vositalari, shuningdek, XEAI Radioaloqa reglamentining harakatdagi yer sunʼiy yoʻldoshi xizmatlari toʻgʻrisidagi 37, N37 va 59-moddalari qoidalariga muvofiq yer sunʼiy yoʻldoshi aloqasi tizimi orqali ham radioxabarlar uzatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda — Xalqaro kodlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalari, shuningdek, Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti hamda Xalqaro dengiz ishlari tashkiloti tomonidan belgilangan kodlar va signallardan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda — Boshqa aloqa vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki tomonlama radioaloqa oʻrnatish mumkin boʻlmagan hollarda, Xalqaro dengiz ishlari tashkiloti tomonidan tasdiqlangan, Xalqaro signallar kodida nazarda tutilgan yoki 1944-yil 7-dekabrda qabul qilingan va vaqti-vaqti bilan oʻzgartirishlar, kiritilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Chikago konvensiyasining tegishli Ilovasida qayd etilgan signallardan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda — Parvoz rejalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protokolning 29-moddasida nazarda tutilgan parvoz rejalariga oid bitim va bildirishlar imkon qadar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tomonidan joriy etilgan protseduralarga muvofiq belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda — Sanitar uchish apparatini tutish uchun signallar va protseduralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tutuvchi uchish apparatidan parvozdagi sanitar uchish apparatini tanib olish yoki uni Protokolning 30-31-moddalariga muvofiq yerga qoʻnishga majbur etish maqsadida foydalanilayotgan boʻlsa, u holda 1944-yil 7-dekabrda qabul qilingan va vaqti-vaqti bilan oʻzgartirishlar kiritilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Chikago konvensiyasining 2-ilovasida nazarda tutilgan odatdagi vizual tutish va radio toʻlqinlari orqali tutish protseduralari tutuvchi va sanitar uchish apparatlari tomonidan qoʻllanilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOB.
FUQARO MUDOFAASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda — Shaxsiy guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Protokolning 66-moddasi, 3-bandida nazarda tutilgan fuqaro mudofaasi xodimlari shaxsiy guvohnomalari mazkur Nizomning 2-moddasiga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqaro mudofaasi xodimlarining shaxsiy guvohnomalari 3-rasmda tasvirlangan namunaga muvofiq holda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar fuqaro mudofaasi xodimlariga yengil shaxsiy qurol olib yurish uchun ruxsat etilgan boʻlsa, shaxsiy guvohnomada bu haqda tegishli yozuv qayd etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda — Xalqaro farqlovchi belgi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Protokolning 66-moddasi, 4-bandida nazarda tutilgan fuqaro mudofaasining xalqaro farqlovchi belgisi 4-rasmda tasvirlangan toʻq sariq taglikdagi teng tomonli zangori uchburchak koʻrinishidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-rasm. Toʻq sariq taglikdagi zangori uchburchak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tavsiya etiladiki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar uchburchak bayroq, bogʻich yoki yopqichga tasvirlangan boʻlsa, u holda shu bayroq, bogʻich yoxud yopqich toʻq sariq rangli taglik vazifasini oʻtasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uchburchak burchaklaridan biri yuqoriga tik holda qaratilgan boʻlsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) uchburchakning biron-bir burchagi taglik chetiga tegmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro farqlovchi belgi tegishli shart-sharoit taqozo etgan darajada katta oʻlchamda boʻlishi kerak. Iloji boʻlgan hollarda bu belgi imkon qadar barcha tomondan va imkon qadar uzoq masofadan koʻrinadigan tarzda tekis yuzaga yoxud bayroqqa chiziladi. Vakolatli maʼmurlar yoʻl-yoʻrigʻiga muvofiq fuqaro mudofaasi xodimlari, iloji boʻlgan hollarda, xalqaro farqlovchi belgili bosh kiyim va liboslarda yurishi zarur. Qorongʻi paytlarda yoki koʻrish imkoniyati cheklangan hollarda farqlovchi belgi yoritib qoʻyilishi yoxud yaltirab turadigan boʻlishi mumkin; u aniqlashning texnik vositalari koʻmagida tanib olish imkonini beradigan materiallardan tayyorlanishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOB
XATARLI KUCHGA EGA QURILMA VA INSHOOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda — Xalqaro maxsus belgi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xatarli kuchga ega qurilma va inshootlar uchun xalqaro maxsus belgi, Protokolning 56-moddasi, 7-bandida nazarda tutilganidek, bir chiziqda joylashgan uchta och-sariq doiralar guruhidan iborat boʻlib, har bir doira oraligʻidagi masofa 5-rasmda tasvirlangan namunaga muvofiq holda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgi tegishli shart-sharoit taqozo etgan darajada katta oʻlchamda boʻlishi kerak. Keng yuzaga chizish paytida belgi tegishli shart-sharoit taqozo etgan darajada bir necha bor takrorlanishi mumkin. Iloji boʻlgan hollarda bu belgini tekis yuzaga yoxud bayroqqa shunday chizish kerakki, to u imkon qadar barcha tomondan va uzoq masofadan koʻrinib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bayroqda belgining tashqi chegaralari va bayroqning yondosh tomonlari oʻrtasidagi masofa bir doira radiusiga teng boʻladi. Bayroq toʻgʻri burchakli shaklda va uning sathi oq rangda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qorongʻi paytlarda yoki koʻrish imkoniyati cheklangan hollarda belgi yoritib qoʻyilishi yoxud yaltirab turadigan boʻlishi mumkin; u aniqlashning texnik vositalari koʻmagida tanib olish imkonini beradigan materiallardan tayyorlanishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-rasm. Xatarli kuchga ega qurilma va inshootlar uchun xalqaro maxsus belgi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II Ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XATARLI XIZMAT SAFARIDAGI JURNALISTNING GUVOHNOMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш