Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 10.06.2015 yildagi 154-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi hududida yashovchi aholiga kompensatsiya mablag‘lari ajratish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 18-iyundagi PQ-1985-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek “Angren — Pop” temir yo‘l qurilishi hududidagi turar joylar va yer uchastkalari egalariga kompensatsiya mablag‘lari o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Namangan viloyati hokimligi tomonidan “Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga 4,1 mlrd so‘m miqdoridagi kompensatsiya to‘lovlari belgilangan tartibda mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Namangan viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining “Angren — Pop” temir yo‘l qurilishi hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash hisobiga Namangan viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maxsus hisob raqamiga tushgan mablag‘lardan 2,0 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari to‘lash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi ushbu qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar Namangan viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maxsus hisob raqamidan Namangan viloyati hokimligining maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Namangan viloyati hokimligi viloyat hokimligining maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lardan “Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga kompensatsiya to‘lovlari to‘lash uchun maqsadli foydalanilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 24-bandining o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash hisobiga tushgan mablag‘lardan yer munosabatlari bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun foydalanish Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov va Namangan viloyati hokimi B.T. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 23-son, 304-modda)