LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda tarkibiy qayta o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 4-martdagi PF-4707-son Farmonini izchil amalga oshirish, shuningdek yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, mineral-xomashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni faol jalb etish asosida Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash, daromadlari va turmush darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini yanada jadal rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari hisoblansin:
Surxondaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash, asosan yuqori qo‘shilgan qiymatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish hisobiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada barqaror ko‘paytirish va diversifikatsiyalash uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
yangi, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish;
oziq-ovqat sanoatining, shu jumladan meva-sabzavot, qandolatchilik va go‘sht-sut sanoatining yangi, zamonaviy qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarini tashkil etish, ularni istiqbolli rivojlantirish uchun zarur xomashyo bazasini kengaytirish;
zamonaviy, talab barqaror ravishda katta bo‘lgan yengil sanoat tovarlari hamda boshqa nooziq-ovqat iste’mol tovarlari turlarini ishlab chiqaradigan korxonalarni rivojlantirish, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish uchun xomashyo bazasini kengaytirish.
2. 2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi ma’qullansin, Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatida sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning asosiy maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Real iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha Surxondaryo viloyatining yangi sanoat korxonalari quvvatlarini tashkil etish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlar 2 — 5-ilovalarga* muvofiq.
2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan mas’uliyat Surxondaryo viloyati (T.N. Mamaraimov), aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, yirik korxonalar, tijorat banklari rahbarlari — mas’ul bajaruvchilar zimmasiga yuklansin.
3. 2015 — 2017-yillarda Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruh (Sh.M. Mirziyoyev):
vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari hamda yirik korxonalar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning va investitsiya loyihalarining belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan faoliyati muvofiqlashtirilishini va nazorat qilinishini;
tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda Dasturga zarurat bo‘lganda tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin.
4. “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zvinosanoat-xolding” XK, “O‘zbekyengilsanoat” DAK, “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallari” AK, “O‘zfarmsanoat” DAK, “O‘zeltexsanoat AK, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekenergo” DAK, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK Surxondaryo viloyati hokimligi hamda tegishli tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda investitsiya loyihalarining TIA tayyorlasinlar hamda obyektlarning 2 — 5-ilovalarda belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini ta’minlasinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-apreldagi 103-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 132-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “O‘ztadbirkoreksport” AJ bilan birgalikda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga ular ishlab chiqarayotgan sanoat mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etishda ko‘maklashsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, boshqa vakolatli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarining o‘z vaqtida berilishini hamda obyektlarni qurishga ruxsatnomalarning “bir oyna” tamoyili bo‘yicha berilishini;
qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini, amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan zarur darajada davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi va kelgusi yillardagi Investitsiya dasturini shakllantirishda unga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari kiritilishini nazarda tutsin.
o‘n kun muddatda Dastur parametrlari viloyatning barcha tumanlari va shaharlariga, shuningdek manfaatdor tashkilotlarga manzilli yetkazilishini ta’minlasin;
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.