15.05.2015 yildagi PF-4725-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning oʻrni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagilar inobatga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va toʻsqinlik qilish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortish darajasigacha oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy mulkni himoya qilish kafolatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan maʼmuriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonini davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziyalash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni yanada soddalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik masʼul ijrochilar — tegishli vazirliklar, idoralar, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar rahbarlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2015-yilning 1-iyulidan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt jalb etgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ushbu huquqning rad etilish holatlari bundan mustasno) amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi JKning 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) birinchi marta sodir etgan, jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida davlatga yetkazilgan zararni toʻliq qoplagan, penya va boshqa turdagi moliyaviy sanksiyalarni toʻlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilmaydi va u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikning qatʼiy ijro etilishida qabul qilingan normalarni amaliyotga joriy etish ustidan nazoratni kuchaytirsin, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun vakolatli nazorat, huquqni muhofaza qilish va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilning 1-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “Oʻzbektelekom” AK Qoʻngʻiroqlarga xizmat koʻrsatish yagona markazi va Bosh prokuratura “ishonch telefoni” bazasida davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishi, tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish va mulkdorlar huquqlarining buzilishiga doir masalalar boʻyicha murojaatlarni tunu kun qabul qilish hamda tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrish tizimini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli daʼvoni koʻrib chiqish davrida tadbirkorlik subyekti tomonidan shikoyat qilinganda iqtisodiy sudlariga nazorat qiluvchi organ qarori ijrosini toʻxtatib turish huquqi beriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va bojxona qonunchiligi tadbirkorlik subyektlari tomonidan buzilishi bilan bogʻliq holatda ularning mol-mulklari faqat sud qarori boʻyicha olib qoʻyiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan eʼtiroz qilinadigan qoʻshimcha hisoblangan bojxona toʻlovlari iqtisodiy sudi qarori boʻyicha undiriladi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan hamkorlikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaat va huquqlarini ishonchli himoya qilish, tadbirkorlik subyektlari daʼvolarini koʻrib chiqish muddati, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali tezlashtirishni taʼminlash boʻyicha sud organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirish borasida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2015-yilning 1-iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun oʻrnatilgan stavkaning 30 foizi miqdorida qatʼiy belgilangan soliq toʻlash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi beriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlar kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga yollagan holatda kollejni bitirgandan boshlab oʻn ikki oy mobaynida yollanma ishchilar uchun qatʼiy belgilangan soliqdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari negizida tadbirkorlik subyektlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlarini (keyingi oʻrinlarda “bir darcha” markazlari) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilning 1-iyuliga qadar turli idoralar huzuridagi “bir darcha” xizmatlari tomonidan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazilsin, “bir darcha” markazlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tizimga integratsiya qilinsin, taʼsis hujjatlari va davlat xizmatlaridan foydalanish uchun taqdim etiladigan boshqa hujjatlar, jumladan, litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarining namunaviy shakllari ishlab chiqilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bir darcha” markazlarining faoliyati 2016-yilning 1-yanvaridan kechiktirmasdan boshlanishi taʼminlansin, shu muddatdan boshlab “bir darcha” markazlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruv organlariga tadbirkorlik subyektlaridan bevosita hujjatlar qabul qilish taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji summasining 80 foizi miqdoridagi mablagʻlar hamda Davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 18 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2023-y., 06/23/16/0067-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yoʻnaltirilgan murojaatlariga asosan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari (avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati bundan mustasno) uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4725-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA NOQONUNIY ARALASHISH VA TOʻSQINLIK QILISH, XUSUSIY MULKDORLAR HUQUQLARINI BUZGANLIK UCHUN DAVLAT, HUQUQNI MUHOFAZA QILISH VA NAZORAT QILUVCHI ORGANLARNING MANSABDOR SHAXSLARI JAVOBGARLIGINI JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTISH DARAJASIGACHA OSHIRISH

1.

Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish va noqonuniy aralashish, xususiy mulkdorlar hamda tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazuvchi boshqa huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish, shu jumladan quyidagilarga alohida maʼmuriy jarimalarni nazarda tutish:

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish tartibini buzish;

davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini buzish;

tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish;

xoʻjalik subyektlari faoliyatini va (yoki) ularning bank hisob raqamlari boʻyicha operatsiyalarni noqonuniy toʻxtatib qoʻyish;

xoʻjalik subyektlarining hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni asossiz talab qilish;

xoʻjalik subyektlarini pul ajratish bilan bogʻliq xayriya yoki boshqa tadbirlarga majburiy jalb qilish;

ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzish.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga “Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish,

qonunga xilof ravishda aralashish,

hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy

manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa qonunbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik” mazmunidagi XVI-1 alohida bob kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,

Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Savdo-sanoat palatasi

2.

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari masʼuliyatini quyidagilar orqali oshirish:

qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilganligi va tadbirkorlik faoliyati erkinligini himoya qilish sohasidagi qonunchilikni bir necha marta buzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishgacha boʻlgan jazo choralarini qoʻllash;

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi,

IIV,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Savdo-sanoat palatasi,

xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish, shu jumladan xususiy mulkka tajovuz qilish, mulkdorga nomaqbulligi oldindan ayon boʻlgan shartlarni majburan qabul qildirish, shu bilan birga mulk va mulk huquqlarini topshirishni asossiz talab qilish, shuningdek, mulkni bosqinchilik yoʻli bilan egallash yoki xususiy mulkdan voz kechishga majbur qilish.

Bunda ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs yetkazilgan moddiy zararni toʻlab bergan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi, IIV,
Davlat raqobat qoʻmitasi,
Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

3.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan tadbirkordan haq tamagirlik qilishni jazoni kuchaytiruvchi holat sifatida kvalifikatsiyalash orqali davlat organi xizmatchisining jinoiy javobgarligini kuchaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

IIV

4.

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha protsessual normalarni quyidagilar orqali yanada takomillashtirish:

davlat organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka tegishli boʻlmagan hujjatni qabul qilish natijasida tadbirkorlik subyektiga boy berilgan foyda bilan birga yetkazilgan zararni toʻliq hajmda qoplab berish mexanizmini joriy etish;

tadbirkorlik subyektiga tegishli binolar, boshqa imoratlar, inshootlar yoki olib qoʻyilayotgan yer maydonlaridagi daraxtzorlar uchun yetkazilgan zararlarni ushbu mulkka bozor qiymatida oldindan va toʻliq qoplab berilmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash.

Fuqarolik kodeksi, Xoʻjalik protsessual kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Adliya vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,
Bosh prokuratura,

Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

5.

Tadbirkorlik subyektlariga qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar ularning yozma murojaatlarisiz qoʻllaniladi.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,

Davlat raqobat qoʻmitasi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
DSQ, DBQ,
Davlat statistika qoʻmitasi,
Savdo-sanoat palatasi

6.

Tadbirkorlik faoliyati sohasida huquqiy tartibga solish tizimini quyidagilar orqali yanada takomillashtirish:

tadbirkorlik faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq hatlovdan oʻtkazish hamda huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish va keyinchalik ularni takomillashtirish va unifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish (takrorlanishni, havolaki va eskirgan normalarni, qonun hujjatlaridagi qarama-qarshiliklar va boshqalarni chiqarib tashlash);

Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiya qilish

Amalga oshirish muddati — 2015-yil may — avgust

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Oliy xoʻjalik sudi, IIV, Davlat raqobat qoʻmitasi, DSQ, DBQ

tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilikni kodifikatsiya qilish, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish amaliyotini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyati sohasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishni izchillik bilan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar tayyorlash va amalga oshirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

Amalga oshirish muddati — 2015-2016-yillar

Markaziy bank,

Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar

7.

Amaldagi “Oʻzbektelekom” AK Qoʻngʻiroqlarga xizmat koʻrsatish yagona markazi va Bosh prokuratura “ishonch telefoni” negizida davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishi, tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish va mulkdorlar huquqlarining buzilishiga doir masalalar boʻyicha murojaatlarni tunu kun qabul qilish hamda tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrish tizimini tashkil etish.

Idoraviy hujjat

2015-yil

1-iyungacha

Bosh prokuratura,

Axborot texnologiyalari vazirligi

II. XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH KAFOLATINI KUCHAYTIRISH, TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TARTIBGA SOLADIGAN MAʼMURIY VA JINOIY QONUNCHILIKNI LIBERALLASHTIRISH JARAYONINI DAVOM ETTIRISH

8.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlar munosabati bilan tekshirishni xoʻjalik yurituvchi subyekt jalb etgan advokatlar ishtirokida (xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ushbu huquqning yozma ravishda rad etilish holatlari bundan mustasno) amalga oshirish tartibini oʻrnatish orqalixoʻjalik subyektlarining huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish va ularning sudga murojaat qilish tartib-taomillarini yengillashtirish

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy xoʻjalik sudi, DSQ,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

9.

Agar shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan va jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash koʻrinishidagi davlatga yetkazilgan zararni toʻliq qoplagan, penya va boshqa turdagi moliyaviy sanksiyalarni toʻlaganboʻlsa unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatmaslik va uni javobgarlikdan ozod etilishi tartibini oʻrnatish.

Bunda mazkur huquqbuzarlik fakti va uni sodir etgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi IIV Axborot markaziga majburiy hisobga qoʻyiladi.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy xoʻjalik sudi, DSQ,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

10.

Savdo-sotiq, savdo va vositachilik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklarni, bunda juda katta miqdorda sodir etilgan huquqbuzarliklarni istisno qilgan holda jinoiy yurisdiksiyadan maʼmuriy yurisdiksiyaga oʻtkazish orqali jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini dekriminalizatsiya qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

11.

Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq xoʻjalik

subyektlarining mansabdor shaxslari tomonidan soxta bankrotlik va bankrotlikni yashirganligi nazarda tutilib yetkazilgan zarar toʻliq qoplab berilganda ozodlikdan mahrum etish jazosi qoʻllanilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Adliya vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,
Bosh prokuratura,

Oliy xoʻjalik sudi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

12.

Nazorat qiluvchi organlarning vazifa va vakolatlarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish va uning natijalari asosida nazorat qiluvchi organlarning asoslanmagan va biznesni rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan amaliyotni yanada qisqartirish boʻyicha takliflar tayyorlash, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

xoʻjalik subyektlari faoliyatini tekshirishning yagona tartibini belgilash;

nazorat qilish vakolatlarini koʻrsatgan holda tekshiruvchi organlarning toʻliq roʻyxatini belgilash;

mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermerlik xoʻjaliklari uchun 4 yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun 3 yilda bir martadan koʻp boʻlmagan yagona muddatli rejali tekshiruvlar belgilash;

moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshiruvlar oʻtkazish muddatini 30 dan 10 kalendar kungacha qisqartirish;

tadbirkorlik subyektlari bilan ularning faoliyatini kompleks tekshirishlar tayinlangunga qadar huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha profilaktika ishlarini sifatli olib borish — nazorat qiluvchi organlar ishlarini baholashda asosiy mezon sifatida belgilash;

tadbirkorlik subyektlarini tekshirish davomida yoʻl qoʻyilgan xatolarni toʻgʻrilash imkonini berish;

tekshiruvlar natijasi boʻyicha tadbirkorlik subyektlarini tugatish holatlarini bartaraf etish;

tadbirkorlik subyekti faoliyatiga noqonuniy aralashish, qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek, rejadan tashqari tekshiruvlar sonini oshirishga yoʻl qoʻyishda soliqchilar, bojxona va boshqa nazorat qiluvchi organlar masʼuliyatini kuchaytirish;

tadbirkorlik subyektlarining huquqiy savodxonligini oshirish va ularning faoliyatida qonun buzilishlarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan profilaktika ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha preventiv chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

“Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahrirda)

Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish

Kompleks chora-tadbirlar

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil

II chorak

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi, DSQ,
Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
nazorat qiluvchi organlar

13.

Kichik tadbirkorlik subyektlari moliya-xoʻjalik faoliyatini soliq tekshiruvlari oʻtkazishga moratoriy qoʻllashga mezonlarni uchtadan ikkitagacha qisqartirish:

ular tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash;

ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar) hajmlari oʻsishini taʼminlash.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish

2015-yil

II chorak

DSQ,
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

14.

Tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilinishi kafolatlanishini quyidagilar orqali kuchaytirish:

xoʻjalik sudlariga nazorat qiluvchi organining shikoyat qilinayotgan harakati (qarorni) ijrosini toʻxtatib turish huquqini taqdim etish;

xoʻjalik sudlari tomonidan daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarish muddatini 10 kundan 5 kunga qisqartirish;

shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq soliq va bojxona qonunchiligini buzgan tadbirkorlik subyektlari mulkini tortib olish faqat sud qarorlari asosida amalga oshiriladi;

sud tartibida huquqiy taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash (faoliyatni toʻxtatish; atrofdagi tabiiy muhitga zararli taʼsir keltiruvchi obyektlarni tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun penya hisoblashdan tashqari moliyaviy sanksiyalar qoʻllash) toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha daʼvo qilish toifasiga kirmagan tomonlarni (nazorat qiluvchi organlar va tadbirkorlik faoliyati subyektlari) davlat boji toʻlashdan ozod qilish.

Xoʻjalik protsessual kodeksiga,

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Oliy xoʻjalik sudi,

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

15.

Quyidagi tartibni oʻrnatish orqali eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlarini kafolat va huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, unga muvofiq:

toʻlovchi tomonidan eʼtiroz qilinadigan qoʻshimcha hisoblangan bojxona toʻlovlari sud qarori boʻyicha undiriladi;

ortiqcha toʻlangan summa yoki undirilgan bojxona toʻlovlari qaytarilishi yoki toʻlovchining talabiga koʻra bunday toʻlovlar toʻlanganidan yoki undirilganidan boshlab uch yil davomida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda kelgusidagi toʻlovlar hisobiga hisoblanishi lozim.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

DBQ, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,
Oliy xoʻjalik sudi,

Savdo-sanoat palatasi

16.

Jinoyat kodeksiga noqonuniy ravishda moddiy haq olingani (tijoratda pora) va vakolatlari suiisteʼmol qilingani uchun jazolashning yengilroq chorasini nazarda tutuvchi alohida moddalar kiritish orqali

tadbirkorlik tuzilmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarda maʼmuriy taqsimlash va maʼmuriy xoʻjalik vakolatlarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlikni yengillashtirish yoʻli bilan jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish.

Bunda koʻrsatilgan huquqbuzarliklar natijasida yetkazilgan moddiy zarar toʻliq qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum etish koʻrinishidagi jazo qoʻllanilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

III. BARCHA TURDAGI ROʻYXATDAN OʻTKAZISH, RUXSAT BERISH VA LITSENZIYALASH, TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISH TARTIB-TAOMILLARINI YANADA SODDALASHTIRISH

17.

Tuman (shahar) hokimiyatlari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasi negizida turli idoralar huzuridagi davlat xizmatlarining alohida turlari boʻyicha mavjud boʻlgan “yagona darcha” oʻrniga tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlarini tashkil etish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan foydalanish tartib-tamoyillarini soddalashtirish, davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonlarini unifikatsiyalash va avtomatlashtirish hisobiga hujjatlar sonini va ularning muddatlarini kamaytirish;

davlat xizmatlarini koʻrsatishda davlat organlari faoliyatining axborot taʼminoti darajasini oshirish hisobiga davlat xizmatini taqdim etish haqida qaror qabul qiluvchi mansabdor shaxslar bilan buyurtmachilarni toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalariga yoʻl qoʻymaslik;

mansabdor shaxslarning davlat xizmatlari koʻrsatishida shaffoflikni oshirish va faoliyatini nazorat qilishni kuchaytirish.

“Yagona darcha” markazlarini mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan zamonaviy kompyuter texnikasi va orgtexnika bilan jihozlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Kompleks

chora-tadbirlar

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun



Mexanizmni joriy etish —

2016-yil yanvar oyidan

2015-yil III chorak

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,
Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Moliya vazirligi, DSQ,
Adliya vazirligi, “Oʻzbekenergo” DAK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

18.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ortiqcha hujjat va tartib-taomillarni qisqartirish, bunda quyidagi majburiy talablarni ishlab chiqish:

kichik tadbirkorlik subyektlari uchun dumaloq muhrning mavjud boʻlishi;

xoʻjalik shartnomalari tuzilganda tadbirkorlik subyektlari uchun yuridik xizmatning xulosasi yoki jalb etilgan advokatlar boʻlishi;

vakolatli organlar orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali boj toʻlovlari toʻlanganligi haqidagi maʼlumotlarni majburiy kiritish mexanizmini saqlab qolgan holda davlat bojxona xizmati organlariga bojxona toʻlovlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish;

tadbirkorlik subyektlari ruxsatnoma olish jarayonida, litsenziyalash va boshqa davlat xizmatlari olishlarida davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxasini taqdim etish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi, TIAISV, DSQ, Markaziy bank, DBQ, Axborot texnologiyalari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
Oliy xoʻjalik sudi

19.

Yuridik shaxslar tomonidan xodimlarining jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ajratiladigan toʻlovlar tizimini soddalashtirish, jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi yagona elektron maʼlumotlar bazasini yanada takomillashtirish, bunda:

Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Xalq bankining jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarining elektron reyestrlarini qabul qilish va qayta ishlash tartibini joriy etish;

tadbirkorlik subyektlariga elektron shaklda rasmiylashtirilib beriladigan arizani interaktiv tarzda rasmiylashtirib fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish, shuningdek, Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida shaxsiy “tadbirkorlik subyekti kabineti” orqali shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻini ochish;

jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestriga

Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali yuridik shaxslarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish imkonini berish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil

II chorak

Joriy etish mexanizmi — 2015-yil 1-iyuldan

Xalq banki,

Moliya vazirligi,

Markaziy bank, DSQ, Axborot texnologiyalari vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

20.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga doir tartib-tamoyillarni soddalashtirish, bunda:

eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab qilinadigan hujjatlarning toʻliq roʻyxatini tasdiqlash;

ushbu hujjatlar roʻyxatida nazarda tutilmagan qoʻshimcha hujjatlarni talab qilishni taqiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

TIAISV, DBQ,

Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Savdo-sanoat palatasi

21.

Tijorat faoliyati uchun tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat koʻrsatishi tartibini quyidagilar orqali soddalashtirish:

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va davlat bojxona xizmati organlarida tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibini bekor qilish;

import qilinadigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlar sonini ortiqcha va zamonaviy talabga javob bermaydigan hujjatlarni chiqarib tashlagan holda qisqartirish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

DBQ, DSQ, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

22.

Yer uchastkalarini taqdim etish va qurilishga tegishli ruxsatnomalar olish bilan bogʻliq jarayonlarni yanada takomillashtirishni quyidagilar hisobiga amalga oshirish:

qurilish obyektlari boʻyicha davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari tomonidan xabardor qilish tartibini joriy etish va tadbirkorlik subyektlari orqali zarur hujjatlarni taqdim etgan holda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga (qurilish obyektini majburiy davlat tekshiruvidan oʻtkazishdan oldin qurilish-montaj ishlari davrida inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirishga shartnoma tuzgan holda) ruxsatnoma berish;

qurilishga tegishli ruxsatnoma olish bilan bogʻliq tayyorgarlik jarayonlari va muddatlarini optimallashtirish, yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni kelishish va tayyorlash, shuningdek, tartib-tamoyillarni soddalashtirish;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlarini olish, ART (I va II-qismlari) loyiha tashkilotiga ishlab chiqish va topshirish, bino va inshootning tashqi koʻrinishini (fasad) va obyektning bosh rejasini oʻzgartirishga kelishish vazifasini arxitektura va qurilish hududiy boshqarmalar zimmasiga yuklash.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi,
Davlat raqobat qoʻmitasi,
Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

23.

Tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish mexanizmini soddalashtirish, bunda hududiy ekspluatatsiya korxonalariga texnik shartlarni olishdan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni amalga oshirish orqali “tayyor holda topshirish” shartlarida ularni ulash mexanizmini joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi,

“Oʻzkommunxizmat” agentligi,
“Oʻzbekenergo” DAK,
“Oʻzdavenergonazorat” DI,
Moliya vazirligi, DSQ,
Savdo-sanoat palatasi

24.

Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining yagona markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

DSQ,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Markaziy bank,

Savdo-sanoat palatasi

25.

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdolar vositasida tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlarning (ishlar, xizmatlar) davlat xaridini amalga oshirish tartibini soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Moliya vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,
Iqtisodiyot vazirligi,
OʻzRTXB,
Savdo-sanoat palatasi

26.

“Elektron hukumat” tizimi doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq jarayonlarni 2015-yil oxirigacha tugatgan holda elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish:

barcha roʻyxatga olish va nazorat qiluvchi davlat organlari hamda kredit tashkilotlarining maʼlumotlar bazasini integratsiya qilishni hisobga olgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish;

yer uchastkalari hamda qurilishga tegishli ruxsatnoma berish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga oid tartib-taomillarni interaktiv shaklga oʻtkazish;

davlat xizmatlarini taqdim etishning barcha tartib-taomillaridan oʻtish hamda xizmatlar uchun toʻlovlarni “yagona darcha” tamoyili boʻyicha elektron shaklda amalga oshirish imkoniyatini taʼminlash uchun “Soliq”, “Bojxona”, “Litsenziya”, “Kommunal” axborot tizimlar kompleksini yaratish va yagona platformaga integratsiyalash;

Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida axborotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalangan holda

tadbirkorlik subyektlari uchun statistika, soliq, moliya va boshqa hisobotlarni shakllantirish imkonini beruvchi yagona elektron hisobot tizimini joriy etish.

2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi qarori

Tasdiqlash — 2015-yil iyun

Amalga oshirishni yakunlash — 2015-yil oxiriga qadar

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Davlat statistika qoʻmitasi,
DSQ, DBQ, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi

27.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimi orqali Internet tarmogʻida tunu-kun amalga oshirish tartibini oʻrnatish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2015-yil II chorak

Mexanizmni joriy etish — 2016-yil

1-apreldan

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini taqdim etish tartib-taomillarini takomillashtirish, shu jumladan ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish boʻyicha qabul qilingan normalarni amaliyotga joriy etish haqidagi materiallarni har oyda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish orqali jamoat nazoratini kuchaytirish.

Materiallarni nashr qilish

Har oyda

Savdo-sanoat palatasi,
vazirlik va idoralar,
MTRK, OʻzMAA

IV. XUSUSIY MULK VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI JADAL RIVOJLANTIRISH UCHUN ZARUR SHART-SHAROIT VA IMKONIYATLAR YARATISH, ULARNI KREDITLASH HAJMLARINI OSHIRISH VA BIZNES MUHITNI YAXSHILASH

29.

Quyidagilar orqali tovar bozorlarida tadbirkorlik subyektlarining ishtirok etish darajasini oshirish:

tadbirkorlar tomonidan ochiq birja savdolari orqali yuqori likvidlik mahsulotlarni realizatsiya qilish hajmlarini oshirish;

ochiq elektron savdolar orqali korporativ va davlat xaridlarini amalga oshirish tizimini kengaytirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2015-2016-yillar

OʻzRTXB,
Davlat raqobat qoʻmitasi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi

30.

2015 — 2019-yillarda tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan investitsiya maqsadlarida (ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash, zamonaviy yuqori texnologiyali innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etishga) ajratiladigan kreditlar hajmini 2,5 barobarga kengaytirish.

Banklar kengashlari va kredit qoʻmitalari qarorlari

2015 — 2019-yillar

Tijorat banklari,

Markaziy bank

31.

Xususiy tadbirkorlarga faoliyat turiga qarab yuridik shaxs tashkil etmasdan bittadan uchtagacha ishchilarni yollashi mumkin boʻlgan huquqni taqdim etish.

Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibini tasdiqlash, bunda yollanadigan xodimlarning cheklangan sonini faoliyat turiga qarab belgilash hamda xususiy tadbirkorlar uchun ular tomonidan yollangan xodimlarga qonunchilikda qatʼiy belgilangan soliq toʻlovidan ozod qilish boʻyicha imtiyozlar joriy etishni nazarda tutish.

Soliq kodeksi va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish

Vazirlar Mahkamasi qarori

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

DSQ,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Mehnat vazirligi,

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

32.

Shunday tartib oʻrnatilsin, unga muvofiq:

ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalarining homiylikka va boshqa begʻaraz yordamga sarflanadigan har yilgi xarajatlari oʻtgan yilda olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi kerak hamda bu xarajatlar tashkilotlar biznes-rejasining oʻtgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi koʻrsatkichlari bajarilganda amalga oshiriladi;

homiylik xayriyalari va boshqa yordam olgan shaxslar mazkur axborotni OAV va tashkilotning rasmiy veb-saytlarida (mavjud boʻlsa) oshkor etishi va ularning alohida hisobini yuritishi shart.

Qonun hujjatlari va ustavlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish

2015-yil III chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi

33.

Oʻzbekiston Respublikasida, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holatini baholash uchun har bir mintaqada tadbirkorlik subyektlarini reprezentativ tanlash asosida soʻrov oʻtkazish va soʻrov natijalarini Iqtisodiyot vazirligiga kiritish.

Soʻrovnomalar oʻtkazish

Har chorakda

Davlat raqobat qoʻmitasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti,
Savdo-sanoat palatasi,

Iqtisodiyot vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari tegishli huquqiy munosabatlarini tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 251-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda, 22-son, 411-modda, 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 30.12.2021-y., 06/21/45/1228-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 02.02.2023-y., 06/23/16/0067-son)