LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2022-yil 17-noyabrdagi 8-mh-sonli ““Eksternat to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2670-2, 28.11.2022-y.) asosan 2023-yil 1-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018-yil 15-noyabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2670-1, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/2670-1/2308-son)
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 203-sonli “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standarti doirasida mustaqil o‘zlashtirgan ta’lim oluvchilarni eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
eksternat — umumiy o‘rta ta’lim hajmidagi o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari doirasida mustaqil o‘zlashtirish jarayoni;
ekstern — umumiy o‘rta ta’lim hajmidagi o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari doirasida mustaqil o‘zlashtirgan hamda attestatsiyadan o‘tkaziladigan shaxs.
2. Umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standarti doirasida mustaqil o‘zlashtirgan eksternlar mazkur Nizom asosida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqiga ega.
5. Attestatsiyada umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standarti asosida 9-sinf doirasida mustaqil o‘zlashtirgan va tegishli yilda 16 yoshga to‘ladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar, umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standarti asosida 11-sinf doirasida mustaqil o‘zlashtirgan va tegishli yilda 18 yoshga to‘ladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar qatnashishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018-yil 15-noyabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2670-1, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/2670-1/2308-son)
51. Umumiy o‘rta ma’lumot to‘g‘risida shahodatnomaga ega fuqarolar 11-sinf doirasida attestatsiyadan o‘tkaziladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018-yil 15-noyabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2670-1, 12.12.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/2670-1/2308-son)
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda hududiy boshqarma deb yuritiladi) boshlig‘ining buyrug‘i bilan har yili 1-martga qadar attestatsiya o‘tkazish uchun tegishli hudud markazida joylashgan bitta umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) belgilanadi.
7. Eksternlar tegishli yilning 1-mayiga qadar (shu kuni ham) maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etadi.
pasport nusxasi, ekstern pasport olmagan bo‘lsa, uning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018-yil 15-noyabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2670-1, 12.12.2018-y.)asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/2670-1/2308-son)
9. Ekstern tomonidan barcha zarur hujjatlar taqdim etilganda, bu haqda Eksternlarning arizalarini ro‘yxatga olish daftariga yozib qo‘yiladi.
11. Ariza bilan murojaat qilgan eksternlar ro‘yxati hujjatlarni qabul qilish muddati tugagan kundan (1-maydan) boshlab ikki ish kuni ichida maktab direktori tomonidan tegishli hududiy boshqarmaga taqdim etiladi.
Eksternlar ro‘yxati hududiy boshqarmalar tomonidan, ular maktablardan olingan kundan boshlab bir kun ichida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga yuboriladi.
12. Eksternlarning arizalari maktab pedagogik kengashi tomonidan tegishli yilning 10-mayiga qadar ko‘rib chiqiladi va eksternni attestatsiyaga qo‘yish haqida qaror qabul qilinadi. Mazkur qaror eksternlarning tanishishi uchun attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin maktab binosining barcha uchun ko‘rinarli joyiga osib qo‘yiladi.
13. Eksternlar qonunchilik hujjatlarida maktab bitiruvchilari uchun belgilangan huquqlarga ega bo‘ladi, yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqi bundan mustasno.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
14. Eksternlarni attestatsiyadan o‘tkazish Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1778, 2008-yil 20-mart) muvofiq amalga oshiriladi.
15. Ekstern 9 va 11-sinflardagi baholar (o‘zlashtirish) tabeliga asosan attestatsiya o‘tkazilmaydigan fanlardan ijobiy baholangan bo‘lsa, ushbu fanlardan attestatsiyadan ozod etiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018-yil 15-noyabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2670-1, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/2670-1/2308-son)
16. Eksternning 9 va 11-sinflardagi baholar (o‘zlashtirish) tabeli bo‘lmasa, 9 va 11-sinfda o‘qitiladigan fanlardan imtihon topshiradi, “Chizmachilik”, “Tasviriy san’at”, “Musiqa”, “Texnologiya”, “Jismoniy tarbiya” fanlari bundan mustasno.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018-yil 15-noyabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2670-1, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/2670-1/2308-son)
17. Uzrsiz sabablarga ko‘ra attestatsiyaga kelmagan eksternlar, joriy o‘quv yilida ushbu fandan qayta attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.
Uzrli sabablarga ko‘ra, attestatsiyada qatnasha olmagan eksternlar uzrli sababni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, joriy o‘quv yilida qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi.
18. Kasalligi tufayli ekstern maktabga shaxsan o‘zi kela olmasa, uning (ota-onasining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) murojaatiga asosan, maktab direktori tomonidan ushbu eksternga uy sharoitida attestatsiyadan o‘tish imkoniyati yaratiladi.
19. Eksternlarning attestatsiyasi natijalari bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtiriladi va mazkur bayonnomaning yuqori o‘ng burchagiga “eksternat” so‘zi yozib qo‘yiladi.
20. Eksternlarning attestatsiyasi tamom bo‘lgan kundan boshlab uch ish kuni ichida maktab direktori tomonidan yozma ravishda hisobot tayyorlanib, tegishli hududiy boshqarmaga taqdim etiladi.
21. Hududiy boshqarmalar tomonidan maktab direktorining hisoboti olingach, ikki ish kuni ichida ushbu hisobot asosida ma’lumot (o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha) tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga yuboriladi.
22. Eksternlarning shahodatnomalari Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-iyundagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomani bitiruvchilarga berish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq to‘ldiriladi.
23. Ekstern tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishi uchun maktab direktori mas’ul hisoblanadi.
24. Eksternlar tomonidan topshirilgan hujjatlar, Eksternlarning arizalarini ro‘yxatga olish daftari, attestatsiya bayonnomalari va attestatsiya bilan bog‘liq boshqa materiallar 3 yil davomida attestatsiya o‘tkazilgan maktabda saqlanadi.
25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)