25.04.2015 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining sogʻligʻini saqlash va mustahkamlashga, kasalliklarning oldini olishga, shuningdek tibbiyot fani talablariga muvofiq aholi turli guruhlarining sogʻlom ovqatlanishga boʻlgan ehtiyojlari qondirilishini taʼminlaydigan shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan sogʻlom ovqatlanish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlashning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi sogʻlom turmush tarzining asosi sifatida sogʻlom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borishni tashkil etish va shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan faol foydalangan holda targʻib qilishni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga qaratilgan sogʻlom ovqatlanish masalalari boʻyicha aholining turli guruhlari uchun taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, sogʻlom ovqatlanish sohasida fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoalarda tashkil etilgan ovqatlanishni tashkil etishni takomillashtirish, homilador va bola emizuvchi ayollarning, shuningdek 3 yoshgacha boʻlgan bolalarning toʻlaqonli ovqatlanishini tashkil etish, davolash jarayonining ajralmas qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhezli (davolash va profilaktik) ovqatlanishni yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat va xavfsizlikka qoʻyiladigan zamonaviy talablarga muvofiq oziq-ovqat xom ashyosining asosiy turlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishini kengaytirish, almashtirib boʻlmaydigan komponentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari va bolalar ovqatlanishi uchun ixtisoslashtirilgan mahsulotlar, parhezli (davolash va profilaktik) oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatga biologik aktiv qoʻshimchalar ishlab chiqarishni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosiga tegishli boʻlgan texnik reglamentlar va milliy standartlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va chet eldan yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosining sifati ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish, belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan va qalbakilashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilganligi uchun ishlab chiqaruvchining javobgarligini kuchaytirishni qonunchilik yoʻli bilan mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda ovqatlanishning maxsus tadqiqotlarini oʻtkazish asosida aholining ovqatlanishi va sogʻligʻi sohasida monitoring dasturlarini, shu jumladan xavfsizlik va tarqalgan alimentar-bogʻliq holatlar rivojlanishi masalalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi quyidagilarni taʼminlasin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasida chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar muassasalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash sohasida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat sanoati tizimiga va qishloq xoʻjaligiga xalqaro tashkilotlar, xorijiy investorlarning mablagʻlarini jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining sogʻlom ovqatlanishi sohasida chora-tadbirlar kompleksi bajarilishi ustidan muntazam monitoring olib borilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasidagi Konsepsiyani va chora-tadbirlar kompleksini uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida Respublika diyetologiya oʻquv-ilmiy markazi (keyingi oʻrinlarda Diyetologiya markazi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Diyetologiya markazi yuridik shaxs tashkil etmasdan Toshkent tibbiyot akademiyasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Diyetologiya markazining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligining zamonaviy xalqaro standartlariga muvofiq sogʻlom ovqatlanish va diyetologiya sohasida yagona ilmiy va amaliy siyosatni olib borish boʻyicha bosh tashkilot funksiyalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash tarmoqlari mutaxassislari va aholining turli guruhlari uchun sogʻlom va parhezli ovqatlanish masalalari boʻyicha samarali metodikalar va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, sogʻlom ovqatlanish masalalari boʻyicha mutaxassislar, bakalavrlar, magistrlar va klinik ordinatorlarni oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat va sogʻlom ovqatlanishning zamonaviy talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ovqatlanishi tarkibini yaxshilash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Respublika diyetologiya oʻquv-ilmiy markazining tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektoriga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Toshkent tibbiyot akademiyasi va Diyetologiya markazining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tibbiyot akademiyasi taʼminoti uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grant mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va donorlik tashkilotlarining grantlari, pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Diyetologiya markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diyetologiya markazi Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasi boʻlimlarida klinik bazaga ega;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 355-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2019-y., 09/19/355/3024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda — “diyetologiya” mutaxassisligining magistratura va klinik ordinatura oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga oʻzgartirishlar kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda — turgʻun davolash-profilaktika muassasalari shtat normativlariga diyetolog vrach lavozimi kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda — Diyetologiya markazining yangi binosi qurilishi uchun Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasi hududida yer uchastkasi ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi Diyetologiya markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirsin, shuningdek Diyetologiya markazi amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali tashabbuskor kadrlar bilan butlanishiga koʻmaklashsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Diyetologiya markazi binosi qurilishi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Birlashgan qurilish direksiyasi — buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzshaharsozlikLITI” aksiyadorlik jamiyati — bosh loyiha tashkiloti etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudratchi tashkilot — tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi loyiha tashkiloti bilan birgalikda 2015-yil uchun “Sogʻliqni saqlash” tarmogʻi boʻyicha sogʻliqni saqlash obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun nazarda tutilgan Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga 3 oy muddatda Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasi hududida Diyetologiya markazining yangi binosini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Diyetologiya markazining yangi binosi qurilishini moliyalashtirishning aniq manbalari boʻyicha takliflar kiritsinlar, davlat maqsadli jamgʻarmalari va xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobiga uni zarur asbob-uskunalar va inventar bilan bosqichma-bosqich jihozlashni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin va qurilish-montaj ishlari bajarilishi sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha “Taʼlim” tarmogʻiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida Diyetologiya markazining joriy taʼminotiga 2015-yilda zarur budjet mablagʻlarini ajratsin va keyingi yillarda ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 28-noyabrdagi PQ-1652-son qaroriga muvofiq respublikaga olib kiriladigan tibbiyot inventari va asbob-uskuna, ularga ehtiyot qismlar va sarflash materiallari 2018-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent tibbiyot akademiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 29-iyuldagi 178-son qarorining 1-bandi va qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-apreldagi 102-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tibbiyot akademiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 86 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibiy boʻlinmalarning shtatdagi xodimlari soni qonun hujjatlarida oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlar boʻyicha aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Laboratoriya taʼminoti xarajatlari Davlat ilmiy dasturlari doirasida oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalariga koʻra ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-apreldagi 102-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Respublika diyetologiya oʻquv-ilmiy markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Budjetdan moliyalashtiriladigan xodimlarning cheklangan soni — 7 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 5 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Parhez taomlar oshxonasi xoʻjalik hisobidagi boʻlinma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professor-oʻqituvchilar, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda normativlar boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar kontrakt asosida jalb etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 17-son, 206-modda; 2016-y., 14-son, 132-modda; 2017-y., 19-son, 342-modda, 37-son, 996-modda, 38-son, 1040-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son; 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 26.04.2019-y., 09/19/355/3024-son; 23.01.2021-y., 09/21/36/0063-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)