Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.01.1999 yildagi 41-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARGʻONA “AZOT” ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASIDA NATRIY XLORAT VA MAGNIY XLORAT DEFOLIANTI ISHLAB CHIQARISHLARINI REKONSTRUKSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika qishloq xoʻjaligini defoliant bilan taʼminlash, natriy xlorat va magniy xlorat defolianti ishlab chiqarish boʻyicha mavjud quvvatlarni rekonstruksiya qilish uchun jahon standartlariga javob beruvchi zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasining Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida yiliga 20 ming tonna natriy xlorat va 11,8 ming tonna magniy xlorat defolianti ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan ishlab chiqarishlarini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi va Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasiga texnik hujjatlarni tayyorlash, asbob-uskunalar, materiallarni yetkazib berish, otaliq montajni amalga oshirish va asosiy ishlab chiqarishlarning texnologik asbob-uskunalarini foydalanishga topshirishga texnik rahbarlik qilish yuzasidan “Krebs” (Fransiya) firmasi bilan, quvvatlarni ishga tushirish muddati kontrakt kuchga kirgandan keyin 24 oy boʻlgan kontrakt tuzishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish, asbob-uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish muddatlari 1-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, loyihaning valyuta qismini mablagʻ bilan taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 85 foizi — xorijiy bankning “Kofas” jamiyati sugʻurtasi ostida sugʻurta toʻlovlarini hisobga olgan holda 153990 ming Fransiya franki miqdoridagi 7 yil muddatga beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalanadigan krediti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 15 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 24657 ming Fransiya franki miqdoridagi 7 yil muddatga beriladigan krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinayotgan kreditlar boʻyicha asosiy qarzni, foizlarni toʻlash va boshqa moliyaviy chiqimlar Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasining oʻz mablagʻlari hisobiga 2 va 3-ilovalarga* muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2, 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasida natriy xlorat va magniy xlorat defolianti ishlab chiqarishlarini rekonstruksiya qilishning texnik-iqtisodiy asoslanishiga muvofiq har yili 1,5 ming tonna magniy xlorat va 6,5 ming tonna natriy xlorat defolianti eksport qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda xorijiy bank bilan “Kofas” jamiyati sugʻurta qoplamasi ostida kredit shartnomasi tuzsin va xorijiy bankning mablagʻlari Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi uchun qayta moliyalanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyiha uchun valyutada va soʻmda jalb qilinayotgan kreditlar boʻyicha xorijiy bankka, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha yuridik xulosani rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Natriy xlorat va magniy xlorat defolianti ishlab chiqarishlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha qurilish-montaj ishlari loyihalashtirish bilan birgalikda olib borilishiga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi loyiha boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini toʻqqiz oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-son