O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 2-oktabrdagi PF-2084-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda bank tizimi barqarorligini oshirish, banklar resurslarini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashda banklarning ishtirokini kengaytirish, shuningdek, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-noyabrdagi 253-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 47-son, 464-modda)
2. 16 aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida ustav sarmoyalari hajmini 15 mlrd so‘mga ko‘paytirish uchun qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, banklar ustav sarmoyasi hajmini ko‘paytirish, birinchi navbatda xorijiy investorlar mablag‘larini jalb etish, shuningdek, banklar aksiyadorlarining bo‘sh mablag‘larini jalb etish hisobiga amalga oshiriladi.
Tijorat banklariga e’lon qilingan ustav jamg‘armalarini shakllantirishni 2000-yil 1-yanvargacha tugallash tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
bitta aksiyadorning yoki o‘zaro bog‘liq aksiyadorlar guruhining bank ustav kapitalidagi ulushi (davlat ulushidan tashqari) ustav kapitali umumiy miqdorining 25 foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu norma xususiy banklarga va xorijiy kapital ishtirokidagi banklarga tatbiq etilmaydi;
(3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-noyabrdagi 253-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 47-son, 464-modda)
1999-yil 1-yanvardan boshlab bankning yangidan ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan banklar ustav sarmoyasida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklarni va shu’ba banklarni tashkil etish hollari bundan mustasno. Tijorat banklari faoliyat ko‘rsatayotgan banklar ustav sarmoyasida ularga tegishli aksiyalar paketlarini 2001-yil 1-yanvargacha sotsinlar.
“Asaka” banki bilan birgalikda bankning davlatga tegishli aksiyalarini tender asosida, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish yuzasidan bir oy muddatda takliflar ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda bankni ustav sarmoyasidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga aksiyalashtirish yuzasidan tadbirlar jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Bank kengashida tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
boshqa yuridik shaxslarga 2000-yil 1-iyundan boshlab soliq to‘lash joyidagi soliq organlarini xabardor qilgan holda bir nechta bankda schyotlar ochish huquqi berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda yuridik shaxslarning respublika tijorat banklarida ochilgan schyotlariga soliq solish maqsadida ularni avtomatlashtirilgan holda hisobga olish uchun Bank depozitorlari milliy axborot bazasidan foydalanish tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin;
bo‘sh pul mablag‘larini banklararo bozorda tezkorlik bilan va kafolatli joylashtirish shart-sharoitlarini yaratgan holda kredit resurslari kimoshdi savdosi ishini takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
8. Kreditlar bo‘yicha tijorat banklari oldidagi to‘lov muddati Hukumat qarorlariga ko‘ra kechiktirilgan qarzlar tarkibini o‘zgartirish dasturi 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy banki bilan birgalikda, ko‘rsatib o‘tilgan dasturdan kelib chiqqan holda, tijorat banklari oldidagi to‘lov muddati Hukumat qarorlariga ko‘ra kechiktirilgan qarzlarni to‘lash miqdorlari va muddatlarini qarzdor yuridik shaxslar bo‘yicha belgilasin.
to‘lov muddati kechiktirilgan kreditlarni to‘lash natijasida bo‘shayotgan mablag‘lar hisobiga markazlashtirilgan resurslar o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlasinlar;
tarkibini o‘zgartirish natijasida bo‘shayotgan o‘z mablag‘larini va jalb qilingan mablag‘larni qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)ni, dehqon va fermer xo‘jaliklarini, shuningdek, xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi kichik va o‘rta biznes korxonalarini uzoq muddatli kredit bilan ta’minlashga yo‘naltirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
11. Tijorat banklari beriladigan kreditlar hajmlari va turlarini, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar o‘rtasidagi nisbatni, qarzdorlar bo‘yicha moliyaviy axborotni tahlil qilish tartibini, kreditlar berish va ularni qaytarish tartibini, foiz siyosatini, garov bilan ta’minlashga qo‘yiladigan talablarni, kredit portfelini audit qilish jarayonini qamrab oluvchi kredit siyosati yo‘nalishlarini, shuningdek, to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanishi ta’minlanishiga, mablag‘lar qaytarilishiga qo‘yiladigan talablarni va kreditor qarzdorlikni undirish chora-tadbirlarini har yili tegishli yilning 1-fevraligacha ishlab chiqsinlar va Bank kengashida tasdiqlasinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish haqidagi takliflarni o‘n kun muddatda kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amaldagi normativ hujjatlarga bir oy muddatda tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
1 Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati (“O‘zgo‘shtsutsanoat”) davlat-aksionerlik uyushmasini boshqarishni takomillashtirish va uning faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 18-yanvardagi 30-son qarorining 8-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyatining Tomdi va Uchquduq tumanlari qorako‘lchilik fermalarini xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 11-iyuldagi 246-son qarori 5-bandi ikkinchi xatboshining to‘lov muddati uzaytirilgan qarzlarni to‘lashga oid qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 50-son, 515-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavot mahsulotlarini ulgurji xarid qilish va sotish tizimini rivojlantirish to‘g‘risida” 1997-yil 21-fevraldagi 98-son qarorining 12-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatiga ish haqi to‘lash uchun kredit berish to‘g‘risida” 1998-yil 6-maydagi 15-son protokol qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)