Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017 13.02.2015 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 329-sonli “Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamol topayotgan avlodning jismoniy va maʼnaviy salomatligini shakllantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ommaviy bolalar sporti rivojlantirilishini taʼminlash, yosh avlodning sogʻlom turmush tarziga va sportni sevishga intilishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning tashkiliy asoslarini tubdan qayta koʻrib chiqish hamda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Markaz yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-oʻqituvchilar tarkibini qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-oʻqituvchilar tarkibini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni zamonaviy darajada, oʻqitishning xalqaro eʼtirof etilgan metodlaridan foydalangan holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-oʻqituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha normativlar hamda oʻquv-metodik materiallarni ilgʻor xalqaro tajribadan va zamonaviy taʼlim dasturlaridan foydalangan holda ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar-oʻsmirlar sport maktablari trener-oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga sportchilar tayyorlash sohasidagi mutaxassislarning kasbiy bilimlarini takomillashtirishga, shuningdek ularda iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash mahorati va koʻnikmalarini rivojlantirishga hamda ulardan xalqaro sport arenalarida respublika sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan professional sportchilarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan zamonaviy va samarali dasturlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-oʻqituvchilari tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha taʼlim jarayoni sifati va natijalarini tizimli tahlil qilishni, monitoringini, ularning zamonaviy talablarga muvofiq yuqori sifatli oʻquv-trenirovka jarayonini taʼminlash uchun zarur boʻlgan kasbiy koʻnikmalari va layoqatini rivojlantirish dinamikasini baholashni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz xodimlarining lavozim maoshlari respublika oliy taʼlim muassasalari tegishli lavozimlarining mehnatga haq toʻlash boʻyicha lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Markaz ustavining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini, shuningdek uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni yuqori malakali va tashabbuskor xodimlar hamda mutaxassislar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini va trener-oʻqituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish parametrlarini har yili sport turlari boʻyicha qayta tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan tartibda aniqlasin va tasdiqlasin, bunda tinglovchilarning malaka oshirish kurslaridan har 5 yilda kamida bir marta oʻtishi davriyligiga rioya etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning joriy taʼminotiga hamda respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-oʻqituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga, malaka oshirishning belgilangan davriyligini hisobga olgan holda ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va maqsadli badallari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va donor tashkilotlari grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Markaz faoliyatini moliyalashtirish va unga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur budjet mablagʻlarini “Taʼlim” sohasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus avtotransport vositasi bilan taʼminlashga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuboriladigan tinglovchilarning asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi ularning ishdan ajralgan holdagi butun oʻqish davrida saqlanib qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga ishdan ajralgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirishga boshqa hududlardan yuboriladigan tinglovchilar oʻqish davrida yotoqxonada yashash joylari bilan taʼminlanadi, shuningdek ularning oʻqish joyiga borishi va u yerdan qaytishi uchun bir martalik yoʻlkira xarajatlari ularni yuborayotgan tomon hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Koʻkcha darvozasi koʻchasi, 27-uy manzilidagi binolar va inshootlarga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi 2015/2016 oʻquv yili boshlangungacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Koʻkcha darvozasi koʻchasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq 98-son maktab-internat binolari va inshootlarini tezkor boshqaruv huquqi bilan Markazga tekin bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning binolari va inshootlarining bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinishini hamda zarur oʻquv-laboratoriya va sport anjomlari, kompyuter texnikasi, mebellar, sport inventarlari va boshqa inventarlar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi Markazga ajratilgan binoni rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Markazning binolari va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda uni zarur oʻquv-laboratoriya va sport anjomlari, kompyuter texnikasi, mebellar, sport inventarlari va boshqa inventarlar bilan jihozlash boʻyicha xarajatlarni qoplash manbai etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Markaz binosini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 13-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-fevraldagi 27-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibidan tashqari) — 16 shtat birligi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 9 shtat birligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Markaz xoʻjalik boʻlimining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari hamda kafedralarining oʻquv-yordamchi xodimlari soni qonun hujjatlarida oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 7-son, 80-modda; 2016-y., 26-son, 316-modda)