OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1948-9]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi v. v. b. U. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-dekabr,
47/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 30-dekabrdagi 47/10-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 2-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar yuridik shaxsning asosiy hisobvaragʻidan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.”.
2. 13-bandda:
“b” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
“v” kichik banddan “xamda notarial tasdiqlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 14-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan ikki dona varaqcha;”.
4. 16-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan ikki dona varaqcha;”.
5. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha ikki nusxada taqdim qilinadi. Varaqchaning bir nusxasi buxgalterda, ikkinchisi esa, pul cheklarini rasmiylashtiruvchi nazoratchida turadi. Banklarda mijozlarning bir nechta hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatiladigan boʻlsa, ulardan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar qoʻshimcha ravishda talab qilinishi mumkin. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalarda hisobvaraqlarning raqamlari koʻrsatiladi.”.
6. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Yuridik shaxsning muhri oʻzgarganda, varaqchada koʻrsatilgan imzolardan birortasi almashtirilganda yoki qoʻshilganda hisobvaraq egasi yangi imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchani taqdim qiladi. Bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar yuridik shaxsning yuridik yigʻmajildiga tikiladi.”.
7. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Yuridik shaxs tugatilayotganda, uning barcha bank hisobvaraqlari tugatish komissiyasining tasarrufiga oʻtadi. Bunday holda, asosiy hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bankka tugatish komissiyasining amal qilish muddati koʻrsatilgan yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qarori hamda tugatish komissiyasi rahbari va bosh buxgalterining imzolari namunalari qoʻyilgan varaqcha taqdim qilinadi (yuridik shaxs boʻlgan nodavlat notijorat tashkilot tugatilayotganda bosh buxgalterning imzosi talab qilinmaydi). Shundan soʻng, yuridik shaxsning asosiy hisobvaragʻiga uni tugatishga doir yagona hisobvaraq maqomi beriladi.”.
8. 46-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar faqat chiqim qismida toʻxtatiladi.”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
9. 49-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda (dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bundan mustasno), banklar uch kunlik muddat ichida bunday korxonalar haqida ular hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar koʻrish uchun axborot berishlari shart.”.
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
3-ILOVA
| Old tomoni | |||||||||||
| | | | | | | | | | | | |
|
Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan |
BANK BELGISI | ||||||||||
|
VARAQChA |
|||||||||||
| Hisobvaraq egasi ____________________ |
Imzolar namunalarini qabul qilishga | ||||||||||
| | |
(toʻliq nomi) |
ruxsat berildi | | | ||||||
| __________________________________ |
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs | ||||||||||
| _____________________________ . | |||||||||||
| Manzili: | | | | |
(imzo) | ||||||
| _________________________________ _________________________________ . |
Sana: 20__ yil “___” _______________. | ||||||||||
| | | | | | | | | | | | |
| | | | | | |
BOShQA BELGILAR | |||||
| | | | | | | | | | | | |
| Orqa tomoni | | | | | | | | | | ||
| _______________________________ Hisobvaraq raqami _________________________ | |||||||||||
| (xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi) | | | | | | | |||||
|
Lavozimi |
Familiyasi, ismi, otasining ismi |
Imzo namunalari |
Birinchi yoki ikkinchi imzo huquqidan vaqtincha foydalanuvchi mansabdor shaxslarning vakolat muddati | ||||||||
|
Birinchi imzo |
|
| |||||||||
|
|
|
| |||||||||
|
Ikkinchi imzo |
|
| |||||||||
|
|
|
| |||||||||
| | | | | | | | | | | | |
| Vakolat va imzolarni tasdiqlagan xoʻjalik yurituvchi subyekt muhrining oʻrni |
| | | | | ||||||
| | | | | | | | | | | | |
|
Tasdiqlayman _____________________________ |
| | | | | ||||||
| (Yuridik shaxs rahbari) | (F.I.O. va imzo) | | | | | | |||||
| | | | | | | | | | | | |
| | |
Berilgan chek daftarchalari |
| | | | |||||
| | |
Sana |
№ dan |
| | | | | |||
| | | | | | | | | | |||
| | | | | | ”. | | | | |||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 6-son, 73-modda)