Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Xalqaro avtomobil transporti qatnovi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Belarus Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataladi,
oʻzaro munosabatlar asosida ikkala davlat oʻrtasida avtomobilda yoʻlovchilar va yuk tashish va ularning hududlari orqali uchinchi davlatlarga tranzit qatnovini rivojlantirish, shuningdek, ushbu qatnovlarga koʻmaklashish istagiga amal qilib quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
Taʼriflar
1-modda
1-modda
1. “Tashuvchi” iborasi ikkala davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq xalqaro tashuvlarni bajarishga vakolatli har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsni anglatadi.
2. “Avtotransport vositasi” iborasi quyidagilarni anglatadi:
yoʻlovchilar tashishda — avtobusni, yaʼni haydovchi oʻrnini hisobga olmagan holda yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan va kamida 8 oʻringa ega boʻlgan mexanik transport vositasini anglatadi;
yuklarni tashishda — yuk avtomobilini, pritsepli yuk avtomobilini, shatakka oluvchi avtomobilni yoki yarimpritsepli shatakka oluvchi avtomobillarni anglatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Ruxsatnoma” tushunchasi Axdlashuvchi tomonlar davlatlarining hududlari oʻrtasida, ularning hududlaridan tranzit tarzda, shuningdek, boshqa Ahdlashuvchi tomon davlati hududidan uchinchi davlat hududiga va/yoki uchinchi davlat hududidan boshqa Axdlashuvchi tomon davlati hududiga (yoʻl yigʻimlari toʻlovi bilan yoki yoʻl yigʻimlari toʻlovisiz) amalga oshiriladigan tashishlar huquqini beruvchi hujjatni anglatadi.
(1-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Yoʻlovchilarni muntazam tashish” iborasi qatnovning boshlangʻich va soʻnggi punktlari va toʻxtash punktlari koʻrsatilgan, oldindan kelishilgan qatnash jadvali va marshruti boʻyicha Axdlashuvchi tomonlar davlatlarining avtotransport vositalari tomonidan amalga oshiriladigan tashuvlarni anglatadi.
(1-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
5. “Yoʻlovchilarni nomuntazam tashish” iborasi qolgan barcha turdagi tashuvlarni anglatadi.
6. “Tranzit tashuvlar” iborasi kelish va ketish punktlari ahdlashuvchi Tomonning hududidan tashqarida boʻlgan holda davlatlardan birining hududi orqali yoʻlovchilar va yuklar tashuvini anglatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Vakolatli organlar” tushunchasi quyidagilarni anglatadi:
Oʻzbekiston Respublikasi uchun — Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi;
Belarus Respublikasi uchun — Transport va kommunikatsiyalar vazirligi.
(1-moddaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
Yoʻlovchilar tashish
2-modda
2-modda
1. Mazkur Bitimga muvofiq yoʻlovchilarni avtobuslarda tashish ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Yoʻlovchilarni avtobuslarda tashish oʻzaro kelishuvlar boʻyicha Axdlashuvchi tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshirilishi kerak. Vakolatli organ ruxsatnomani oʻz davlati hududidan oʻtadigan marshrut uchastkasi uchun beradi.
(2-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
3. Kuyidagi hollarda yoʻlovchilarni avtobuslarda tashishni amalga oshirish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi:
a) avtobus roʻyxatga olingan davlat hududida boshlanadigan va tugaydigan butun safar davomida oʻsha avtobusning oʻzida aynan oʻsha guruh tashilganda;
b) avtobus roʻyxatga olingan davlat hududidan boshlanadigan va boshqa davlatning hududida tugaydigan safar davomida avtobusda bir yoʻnalishda aynan oʻsha guruh tashilganda.
4. Tashuvchi tomonidan foydalanishga yaroqli avtobusga almashtirish hollari 3-bandda koʻrsatib oʻtilgan tashishlar xarakteriga taʼsir etmaydi.
3-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Ikkala Ahdlashuvchi tomonlar davlatlarining vakolatli organlari avtobuslarning muntazam qatnovini ochish toʻgʻrisida bir-birlariga takliflar beradilar. Ushbu takliflar marshrutga, qatnov jadvaliga va tariflarga oid maʼlumotlarni, shuningdek, avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish boʻyicha moʻljallanayotgan vaqtni oʻz ichiga olishi kerak.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
4-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Yoʻlovchilarni avtobusda nomuntazam tashishni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bir Ahdlashuvchi tomon davlatining vakolatli organi tomonidan bevosita boshqa Axdlashuvchi tomon davlatining vakolatli organiga yoʻllanadi. Unda tashuvlar xarakteri, avtobuslarning boriladigan davlatda boʻlish vaqtlari toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlishi kerak.
(4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
5-modda
Yengil avtomobillardagi safarlar uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
Yuklarni tashish
6-modda
6-modda
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ahdlashuvchi tomonlar davlatlarining hududlari oʻrtasida, ularning hududlaridan tranzit tarzda yuk tashishlar, shuningdek, boshqa Ahdlashuvchi tomon davlati hududidan uchinchi davlat hududiga va/yoki uchinchi davlat hududidan boshqa Ahdlashuvchi tomon davlati hududiga yuk tashishlar Axdlashuvchi tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tarafidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi, mazkur Bitimning 7-modsasida nazarda tutilgan tashishlar bundan mustasno.
2. Har bir avtotransport vositasi uchun alohida ruxsatnoma berilishi lozim. Har bir shunday ruxsatnoma bir marotaba manzilga borish va qaytishni amalga oshirish huquqini beradi.
3. Ruxsatnoma har bir mexanik uzatmali avtotransport vositasi uchun talab etiladi. U bir vaqtning oʻzida tirkama yoki yarim tirkama uchun ham, uning roʻyxatga olingan joyidan qatʼi nazar, haqiqiy hisoblanadi. Tashish jarayonida tirkama yoki yarim tirkama almashtirilgan taqdirda qoʻshimcha ruxsatnoma talab etilmaydi.
4. Ahdlashuvchi tomonlar davlatlarining vakolatli organlari har yili teng shartlar asosida (yoʻl yigʻimlari toʻlovi bilan yoki yoʻl yigʻimlari toʻlovisiz) yuklarni tashish uchun ruxsatnoma blankalari sonini oʻzaro kelishib oladilar va bir birlariga takdim qiladilar. Yil davomida berilgan ruxsatnomalar kelgusi yilning 31-yanvariga qadar haqiqiy hisoblanadi.
(6-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
7-modda
1. Ushbu Bitimning 5-moddasida koʻrsatib oʻtilgan ruxsatnomalar quyidagi tashuvlarni amalga oshirishda talab qilinmaydi:
a) yarmarkalar va koʻrgazmalar uchun moʻljallangan eksponatlar va asbob-uskunalarni va materiallarni tashishda;
b) chorva mollari, shuningdek, sport tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan turli xil anjomlarni, jihozlarni, transport vositalarni tashishda;
v) teatr dekoratsiyalarini va rekvizitini, musiqa asboblarini, kinoga olishda, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalarni va ashyolarni tashishda;
g) vafot etganlarning jasadi va xokini tashishda;
d) shikastlangan yoki avariyaga uchragan avtotransport vositalarini tashishda;
e) koʻchish vaqtida mol-mulklarni tashishda;
j) tabiiy ofatlar roʻy berganda, yordam tariqasida yetkazib beriladigan tibbiy asbob-uskunalarni va dori-darmonlarni tashishda;
Oldingi tahrirga qarang.
z) yuk koʻtarish qobiliyati tirkama bilan 3,5 tonna yoki ruxsat etilgan umumiy ogʻirligi tirkama bilan birga 6,0 tonnagacha boʻlgan avtotransport vositalarida amalga oshiriladigan tashishda.
(7-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnomaga asosan “z” kichik band bilan toʻldirilgan)
Shuningdek, buzilgan avtotransport vositasini shatakka olish maqsadida “texnik yordam” mashinalarining yurishi uchun ruxsatnomalar talab qilinmaydi.
8-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Yuk ortilgan yoki yuksiz avtotransport vositasining gabaritlari yoki uning ogʻirligi boshqa davlat hududida oʻrnatilgan normalardan oshgan taqdirda, shuningdek, xavfli yuklarni tashishda tashuvchi boshqa Axdlashuvchi tomon davlatining vakolatli organidan maxsus ruxsatnoma olishi kerak.
(8-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Axdlashuvchi tomonlar davlatlarining vakolatli organlari oʻz davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq kechi bilan oʻn kun mobaynida bunday ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga javob qaytarishlari kerak.
(8-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
Umumiy qoidalar
9-modda
9-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Tashuvchilar va ularning avtotransport vositalari ekipajlari boshqa Axdlashuvchi tomon davlati hududida tashishlarni amalga oshirishda mazkur Ahdlashuvchi tomon davlatining milliy qonunchiligiga, shuningdek, Ahdlashuvchi tomonlarning davlatlari ishtirokchilar hisoblangan xalqaro shartnomalar koidalariga rioya etishlari lozim.
(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
10-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimni imzolash vaqtida amalda boʻlgan avtotransport ishini tartibga soluvchi qoidalarni, nizomlarni, yoʻriqnomalarni, standartlarni va texnik shartlarni saqlab qolishga kelishib oldilar.
11-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Bir Ahdlashuvchi tomon davlatining avtotransport korxonalari, tashkilotlari, ushbu Ahdlashuvchi Tomon davlatining vakolatli organining ruxsati bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organi bilan kelishgan holda yoʻlovchilar va yuk tashuvlarini amalga oshirishni tashkil etish maqsadida uning hududida oʻz vakolatxonalarini taʼsis etishlari mumkin.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
12-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻz davlati hududida boshqa Axdlashuvchi tomon davlatining vakolatli organi tomonidan avtomobil transporti vositalariga berilgan roʻyxatga olish hujjatlarini va nomer belgilarini, shuningdek, avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi malaka guvohnomalarini tan oladi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
13-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Bir Ahdlashuvchi tomon davlati tashuvchisi tomonidan boshqa Axdlashuvchi tomon davlatining hududida joylashgan ikki punkt oraligʻida amalga oshiriladigan yoʻlovchi yoki yuklarni tashishlar (kabotaj) taʼqiklanadi.
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
14-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Bitim asosida amalga oshiriladigan xalqaro avtomobil qatnovlari bilan bogʻliq tashkiliy, texnikaviy va tijorat masalalari Axdlashuvchi tomonlar davlatlarining vakolatli organlari oʻrtasida tuziladigan ikki tomonlama protokollar va shartnomalar bilan tartibga solinadi.
(14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
15-modda
Ushbu Bitimning bajarilishidan kelib chiqadigan hisob-kitoblar va toʻlovlar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida tuzilgan toʻlovlar toʻgʻrisidagi bitimlar asosida amalga oshiriladi.
16-modda
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Bitim doirasida tashishlarni amalga oshirayotgan va yigʻimlarni toʻlamaslik huquqini beruvchi ruxsatnomaga ega boʻlgan bir Axdlashuvchi tomon davlatining avtotransport vositalari avtotransport vositasiga egalik qilish yoki undan foydalanish, boshqa Axdlashuvchi tomon davlatining avtomobil yoʻllaridan foydalanish yoki ularni sakdash bilan bogʻliq yigim va toʻlovlardan oʻzaro ozod etiladi, quyidagilar bundan mustasno:
avtotransport vositasining vazni, gabaritlari va yuk koʻtarish qobiliyati ushbu Ahdlashuvchi tomon davlatining milliy qonunchiligida belgilangan meʼyorlardan oshib ketganligi uchun yigʻim va toʻlovlar;
pullik avtomobil yoʻllari, avtomagistrallar, koʻpriklar va tonnellardan foydalanganlik uchun yigʻim va toʻlovlar, basharti bunday yigʻim va toʻlovlar, shu jumladan, ushbu Ahdlashuvchi tomon davlatining avtotransport vositalaridan ham undirilishi lozim boʻlsa.
2. Ushbu Bitimga asosan tashishlar amalga oshirilayotganda, quyidagilar boshqa Axdlashuvchi tomon davlatining hududiga vaqtincha olib kirishda bojxona toʻlov va yigʻimlaridan tegishli Axdlashuvchi tomon davlatining milliy qonunchiligida oʻrnatilgan tartibda ozod etiladi:
a) ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan har bir avtotransport vositasi modeli uchun koʻzda tutilgan, dvigatelning taʼminot tizimi bilan texnologik va konstruktiv bogʻliq boʻlgan sigʻimlardagi yoqilgʻi, shuningdek, refrijeratorning sovutgich uskunalari ishlashi uchun moʻljallangan yoqilgʻi;
b) tashish jarayonida avtotransport vositasini normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur miqdordagi moylash materiallari;
v) xalqaro tashishlarni bajarayotgan avtotransport vositalarini taʼmirlash uchun moʻljallangan ehtiyot qismlar va asboblar.
3. Asboblar va foydalanilmagan ehtiyot qismlar qayta olib chiqib ketilishi lozim, almashtirilgan ehtiyot qismlar esa Ahdlashuvchi tomon davlatining hududidan olib chiqib ketilishi yoki yoʻq qiliiishi yohud tegishli Ahdlashuvchi tomon davlatining milliy qonunchiligida belgilangan tartibda topshirilishi lozim.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)
17-modda
Chegara, bojxona va sanitariya nazoratiga oid, shuningdek, ushbu Bitimda alohida kelishib olinmagan boshqa barcha masalalarga nisbatan ikkala davlatning milliy qonunchiligi qoʻllaniladi.
18-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining tegishli organlari ogʻir kasallarni, yoʻlovchilarni avtobuslarda muntazam tashuvlarni, shuningdek, chorva mollarini, tez ayniydigan va xavfli yuklar tashuvlarini chegara, boj va sanitariya nazoratidan navbatsiz oʻtkazadilar.
19-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar vakolatli organlar vakillaridan iborat Aralash Komissiyani tuzadilar. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻladi:
a) ushbu Bitimning bajarilishini taʼminlash;
b) ruxsatnomalar shakllarini, vaqtini, marshrutlarini, kontingentini belgilash hamda ruxsatnomalar ayirboshlashni tashkil etish;
v) ushbu Bitim bilan hal etilmagan muammolar yechimini oʻrganish va ularni hal etish boʻyicha takliflar kiritish;
g) mazkur Bitimni qoʻllash boʻyicha bahsli masalalarni koʻrib chiqish va ularni hal etish.
Aralash Komissiya Ahdlashuvchi Tomonlardan birining iltimosiga koʻra yigʻiladi.
Aralash Komissiya ushbu Bitimga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqishi va ikkala davlatlarning milliy qonunchiligiga muvofiq ularni koʻrib chiqish uchun kiritishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
191-modda
Ushbu Bitimga Axdlashuvchi tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida uning ajralmas kismi hisoblanadigan va Bitimning 20-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(191-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnomaga asosan kiritilgan)
20-modda
Ushbu Bitim uning kuchga kiritilishi uchun har ikkala davlatlarda ichki davlat rasmiy tartiblari bajarilganligi haqida diplomatik yoʻllar orqali yozma ravishda ogohlantirish olingan kundan boshlab kuchga kiradi. Mazkur Bitim noaniq muddatga tuzilgan va u Ahdlashuvchi Tomonlardan biri uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida ikkinchi ahdlashuvchi Tomonni diplomatik yoʻllar orqali uch oy oldin ogohlantirgungacha amal qiladi.
1994-yil 22-dekabrda Toshkent shahrida oʻzbek, belarus va rus tillarida ikki nusxada tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir. Mazkur Bitimning qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)