Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2024 19.01.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2649
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 19-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2649]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 5-fevraldagi 5-sonli ““Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-9, 22.02.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 18-dekabrdagi 21-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom talablari tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi barcha tashkilotlarda faoliyat yuritadigan vrachlar, farmatsevtlar, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (bundan buyon matnda tibbiyot va farmatsevtika xodimlari deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish ularni oʻz malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirib borishga yoʻnaltirish va moddiy ragʻbatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uchinchi, ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka toifasini olish “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari uchun ixtiyoriy boʻlib, ularning murojaatiga koʻra amalga oshiriladi. Shifokorlar har 5 yilda malaka toifasini olish boʻyicha majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Shifokorlarga qulaylik yaratish va attestatsiyani shaffof oʻtkazilishini taʼminlash uchun attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi, shuningdek onlayn tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida translatsiya qilinadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-4, 31.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uchinchi malaka toifasi — kerakli nazariy bilimga ega boʻlgan, lekin ikkinchi malaka toifasini olish uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan quyidagi vrachlarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy stomatologiya mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan vrachlarga — faqat umumiy stomatologiya mutaxassisligi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistraturani tamomlagan yoki qayta tayyorlashdan oʻtgan vrachlarga — olgan tor mutaxassisligi boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi malaka toifasi vrachlarning xususiy tibbiyot muassasalariga ishga kirishi va ushbu muassasalar faoliyatini litsenziyalashga sharoit yaratish maqsadida beriladi. Uchinchi malaka toifasiga ega davlat tibbiyot muassasalari vrachlariga malaka toifasiga ega boʻlmagan vrachlar mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ikkinchi malaka toifasi — mutaxassisligi boʻyicha kamida uch yil ish stajiga hamda zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga beriladi. Ikkinchi malaka toifasini olish uchun uchinchi malaka toifasining boʻlishi talab qilinmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 11-maydagi 11-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-7, 18.05.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 10/22/2649-7/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Birinchi malaka toifasi — mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga, yaxshi nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga hamda ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 11-maydagi 11-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-7, 18.05.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 10/22/2649-7/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy malaka toifasi — mutaxassisligi boʻyicha kamida yetti yil ish stajiga, yuqori nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga hamda birinchi malaka toifasiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 11-maydagi 11-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-7, 18.05.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 10/22/2649-7/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Malaka toifasini olish uchun murojaat qilgan vrachlarning mutaxassislik boʻyicha ish staji Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislik boʻyicha ish stajini hisoblab chiqishda mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan turdosh mutaxassisliklar boʻyicha ish staji oʻzaro hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimi mutaxassisligining nomi oʻzgarganda, uning oldingi mutaxassisligi boʻyicha olgan malaka toifasi va u boʻyicha mehnatga haq toʻlash shartlari saqlanadi, keyinchalik yangi nomdagi mutaxassislik boʻyicha malaka toifasini olish uchun murojaat qilganda oldingi mutaxassisligi boʻyicha ish staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy yoki koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda umumiy amaliyot shifokori lavozimida ishlayotgan tor mutaxassislikka ega boʻlgan vrachlar ish faoliyatini tor mutaxassisligi boʻyicha davom ettirgan taqdirda, ularning umumiy amaliyot shifokori lavozimida ishlagan davrda olgan malaka toifasi saqlanib qoladi, shuningdek tor mutaxassisligi boʻyicha malaka toifasini olish uchun murojaat qilganda umumiy amaliyot shifokori lavozimida ishlagan davridagi ish staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi hamda ular tegishli tor mutaxassisligi boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshirganidan soʻng attestatsiyadan oʻtkaziladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 16-sentabrdagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-5, 29.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2021-y., 10/21/2649-5/0912-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalarida tor mutaxassisligi boʻyicha ishlayotgan vrachlar oilaviy shifokor punktlari, oilaviy yoki koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarga umumiy amaliyot shifokori lavozimiga ishga oʻtgan taqdirda, ularning tor mutaxassislik boʻyicha olgan malaka toifasi saqlanib qoladi, shuningdek umumiy amaliyot shifokori lavozimi boʻyicha malaka toifasini olish uchun belgilangan tartibda murojaat qilganda tor mutaxassisligi boʻyicha ishlagan davrdagi ish staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshirganidan soʻng attestatsiyadan oʻtkaziladi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 16-sentabrdagi 21-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-5, 29.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2021-y., 10/21/2649-5/0912-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda boshqaruv xodimlari sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash mutaxassisligi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda boshqaruv xodimlari gigiyena mutaxassisligi boʻyicha malaka toifasi olish uchun murojaat qilishlari mumkin.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Malaka toifasi “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimining murojaatiga koʻra asosiy va oʻrindosh ish joyidagi mutaxassisliklardan bittasi boʻyicha yoki ularning har biri boʻyicha alohida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifokorlarga malaka toifasini olish boʻyicha attestatsiya majburiy boʻlib, asosiy va oʻrindosh ish joyidagi mutaxassisliklarning har biri boʻyicha malaka toifasini olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi tegishli mutaxassislik boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan talablarga javob berishi kerak.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-4, 31.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Malaka toifasi besh yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimiga u faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasasi rahbarining taqdimnomasiga asosan muddatidan oldin, biroq oxirgi malaka toifasi berilgan kundan kamida bir yildan keyin navbatdagi malaka toifasi berilishi mumkin.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2019-yil 31-oktabrdagi 95-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-3 13.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 10/19/2649-3/4019-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga berilgan malaka toifalari ularga tabaqalashtirilgan haq toʻlash uchun asos boʻladi, uchinchi malaka toifasi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot muassasalarida bevosita diagnostika va davolash-profilaktika faoliyati bilan shugʻullanayotgan ilmiy darajasi mavjud boʻlgan, shuningdek mazkur Nizomning 4 — 6-bandlariga muvofiq ish stajiga, yuqori nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislarga istisno tariqasida, bir pogʻona yuqori malaka toifasi beriladi. Bunda, sogʻliqni saqlash vazirining taqdimnomasiga koʻra ilmiy darajasi mavjud boʻlmagan mutaxassislarga ham bir pogʻona yuqori malaka toifasi berilishi mumkin.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 16-sentabrdagi 21-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-5, 29.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2021-y., 10/21/2649-5/0912-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berishni tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Ixtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalarini tuzish va ularning ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Malaka toifalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini malaka toifasi olish uchun attestatsiyadan (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi) oʻtkazish natijalariga koʻra beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi uchun ixtiyoriylik, shifokorlar uchun majburiylik, davriylik, xolislik va oshkoralik prinsiplari asosida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) huzurida hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari (bundan buyon matnda attestatsiya komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Attestatsiya komissiyalarini tashkil etish uchun Markaz tomonidan kamida yetti nafar aʼzodan, shu jumladan attestatsiya komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari va kotibidan iborat tarkibda nomzodlar roʻyxatlari shakllantiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyalarining tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyalari tarkibi har yili qayta tasdiqlanadi. Bunda attestatsiya komissiyasi tarkibining kamida yigirma foizi yangilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyalari aʼzolari attestatsiya komissiyasi tarkibiga shartnoma asosida jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Attestatsiya komissiyalarining soni, har bir attestatsiya komissiyasining ixtisosligi va ular tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladigan mutaxassisliklar tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyasining ixtisosligi attestatsiya komissiyasi aʼzolarining mutaxassisligiga muvofiq boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markaz huzurida tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, oliy tibbiyot taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davolash-profilaktika muassasalari, tarmoq kasaba uyushmasi respublika kengashi vakillari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tarkibiga Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, oliy tibbiyot taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari filiallari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davolash-profilaktika muassasalari, hududiy kasaba uyushma birlashmalari kengashlari vakillari kiritilishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan quyidagi malaka toifalarini berish boʻyicha attestatsiyalar oʻtkaziladi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vrach va farmatsevtlarga — uchinchi, ikkinchi hamda birinchi malaka toifasi berish boʻyicha, mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan vrach va farmatsevtlar bundan mustasno;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlariga — ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalarini berish boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaz huzurida tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga barcha turdagi malaka toifalarini berish boʻyicha attestatsiyalar oʻtkaziladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faqat Markaz huzurida tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vrach va farmatsevtlar — oliy malaka toifasi berish boʻyicha;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash mutaxassisligi boʻyicha ishlayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari;
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 8-oktabrdagi 27-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-6, 11.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2021-y., 10/21/2649-6/0949-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yuritayotgan joydagi Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari tarkibida mutaxassisligi boʻyicha attestatsiya komissiyasi aʼzosi mavjud boʻlmagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari.
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Attestatsiya komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkaziladigan talabgor haqida qisqacha axborotni tinglaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtadigan talabgorga savollar beradi, uning javoblari natijalari boʻyicha ochiq ovoz berishni oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya natijasi boʻyicha talabgorga baho beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtgan talabgor faoliyatini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya savollarini tuzadi va ularni yangilab boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyasi yigʻilishi uning ishida attestatsiya komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Markaz huzuridagi attestatsiya komissiyasining doimiy ishchi organi Markazning tegishli tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ishchi organ xodimlaridan bir nafari attestatsiya komissiyalari yigʻilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 8-oktabrdagi 27-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-6, 11.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2021-y., 10/21/2649-6/0949-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Doimiy ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning mazkur Nizomning 22-bandi talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning hujjatlarini attestatsiya komissiyasida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkaziladigan talabgorlar roʻyxatini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya savollari roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyani oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi, shuningdek uzrli sabablarga koʻra ularning oʻzgarganligi haqidagi maʼlumotlarni attestatsiya komissiyasi aʼzolariga hamda talabgorlarga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan attestatsiya komissiyalarida doimiy ishchi organning vazifalari tegishliligi boʻyicha Markazning mazkur hududlardagi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Har bir attestatsiya komissiyasining yigʻilishlari Markaz tomonidan tasdiqlanadigan yillik jadval asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz huzurida hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari yigʻilishlarining yillik jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-sayti va tizimidagi ommaviy axborot vositalarida yanvar oyining oʻn beshinchi sanasiga qadar eʼlon qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Talabgorlarning arizalarini qabul qilish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizomning 1-bobi talablariga muvofiq tegishli malaka toifasini olish huquqiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-ilovasida belgilangan kreditlar hajmini toʻplagan hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq malaka oshirgan talabgorlar malaka toifasi olish uchun attestatsiyadan oʻtkazuvchi tegishli organga ariza bilan murojaat qiladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-4, 31.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada talabgorning biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi, raqami, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda tugʻilgan yili) koʻrsatiladi, shuningdek arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 16-sentabrdagi 21-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-5, 29.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2021-y., 10/21/2649-5/0912-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning uchinnchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 16-sentabrdagi 21-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-5, 29.09.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2021-y., 10/21/2649-5/0912-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 11-maydagi 11-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-7, 18.05.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 10/22/2649-7/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 11-maydagi 11-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-7, 18.05.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 10/22/2649-7/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoki undan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka toifasi berilganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning nusxasi (malaka toifasiga ega boʻlgan talabgorlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislik boʻyicha malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning nusxasi;
(22-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy seminarlar, syezdlar, konferensiyalarda qatnashganligi hamda xorijiy davlatlarda malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarning (diplom, guvohnoma, sertifikat va h.k.) nusxasi (mavjud boʻlganda);
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 11-maydagi 11-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-7, 18.05.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 10/22/2649-7/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 11-maydagi 11-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-7, 18.05.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 10/22/2649-7/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi ikki yil davomida talabgor faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan talabgorning mehnat faoliyati haqidagi hisobot, ushbu davrda talabgorning ish joyi oʻzgargan taqdirda, oldingi ish joyidagi mehnat faoliyati haqidagi hisobot bilan birga (6 varaqdan oshmasligi lozim);
(22-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-4, 31.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilgan attestatsiya varaqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (diplom yoki malaka toifasi olgandan soʻng familiyasi oʻzgargan talabgorlar uchun), tibbiy yoki farmatsevtik maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari, shuningdek ish stajini tasdiqlovchi maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali doimiy ishchi organ tomonidan mustaqil ravishda soʻrab olinadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 11-maydagi 11-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-7, 18.05.2022-y.) asosida toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 10/22/2649-7/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya oʻtkazish uchun amalga oshirilgan toʻlov hujjatining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlardan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni soʻrab olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun talabgor va tashkilot rahbari masʼul hisoblanadi.
(22-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning elektron pochta manzili orqali ham taqdim etilishi mumkin. Bunda talabgor attestatsiyaga ishtirok etish uchun kelganida elektron pochta orqali joʻnatilgan hujjatlarining qogʻoz nusxalarini taqdim etishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda taqdim etilgan ariza va unga ilova qilinayotgan har bir hujjat alohida fayl koʻrinishida boʻlishi hamda har bir fayl oʻlchami 10 mbdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar “PDF” formatida skaner qilingan holda yuboriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-4, 31.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Attestatsiya oʻtkazish uchun vrach va farmatsevt talabgorlardan qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida toʻlov undiriladi. Attestatsiyadan oʻtkazish uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlaridan toʻlov undirilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-4, 31.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida koʻrib chiqiladi. Quyidagi hollarda talabgorni attestatsiyadan oʻtkazish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor mazkur Nizomning 1-bobi talablariga muvofiq, tegishli malaka toifasini olish huquqiga ega boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-ilovasida belgilangan kreditlar hajmini toʻplamagan yoki Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq malaka oshirmagan taqdirda;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-4, 31.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki qalbakilashtirilgan maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bu haqda talabgorga yozma ravishda asoslantirilgan xabar beriladi va koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun uch oy muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan kamchiliklar talabgor tomonidan uch oy ichida bartaraf etilgan taqdirda, attestatsiya oʻtkazish uchun qayta murojaat qilish, shu jumladan takroran toʻlov amalga oshirish talab etilmaydi. Ushbu muddat oʻtgach, talabgor attestatsiyadan oʻtish uchun umumiy asoslarda qayta murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan kamchiliklar talabgor tomonidan uch oy ichida bartaraf etilgan taqdirda, attestatsiya oʻtkazishni ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Malaka toifasi muddati tugashi bilan egallab turgan yoki boshqa malaka toifasini olish istagida boʻlgan talabgor, amaldagi malaka toifasi muddati tugashidan kamida uch oy oldin attestatsiyadan oʻtish toʻgʻrisida murojaat qilishi lozim. Bunda mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda, ushbu talabgor uch oy ichida attestatsiyadan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor amaldagi malaka toifasi muddati tugagandan keyin ham malaka toifasi olish uchun murojaat qilishga haqli. Malaka toifasi muddatining tugaganligi talabgorga ushbu malaka toifasi yoki navbatdagi malaka toifasi berishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifasi berish
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Attestatsiya 5 ta savoldan iborat bilet asosida suhbat shaklida oʻtkaziladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar attestatsiyaga pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya savollari komissiya raisi va masʼul kotibning imzolari bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savollarga tayyorlanish uchun talabgorlarga 15 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savollarga tayyorlanish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyali telefon, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob yoki shpargalkalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorga attestatsiya natijasi eʼlon qilinmaguncha xonadan tashqariga chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning mazkur qoidaga amal qilmasligi uni attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holatda masʼul kotib tomonidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va komissiya aʼzolarining kamida uch nafari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor olti oy davomida keyingi attestatsiyalarga qoʻyilmaydi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-4, 31.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Talabgorning savollarga javoblari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mutaxassisligi boʻyicha tayyorgarlik darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy faoliyati natijalari, umumiy va maxsus bilim hamda amaliy koʻnikmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xizmat faoliyatini tahlil qila olish va kasbiga bogʻliq vaziyatli masalalarni toʻgʻri hal qilish qobiliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy profilaktika standartlari, diagnostika va davolash usullarini bilishi hamda amaliyotda qoʻllay olishi (vrachlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot deontologiyasi va kasb etikasi asosiy prinsiplarini bilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlar, shu jumladan tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimidan xabardorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning har bir savolga javobi attestatsiya komissiyasi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan oʻn ballik tizimda baholanadi. Ovozlar teng boʻlganda attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika miqyosida favqulodda vaziyatlar yoki karantin tartibi eʼlon qilingan davr mobaynida attestatsiya quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi hamda talabgorga hujjat qabul qilinganligi, attestatsiya kuni va soati toʻgʻrisida xabar yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya ogʻzaki imtihon shaklida masofadan turib (onlayn rejimda) oʻtkaziladi. Attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi. Bunda talabgorga mutaxassisligi boʻyicha oʻn ballik tizimda baholanadigan 5 ta savol beriladi va savollarga tayyorlanish uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Talabgor tomonidan toʻplangan ballar mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq baholanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-4, 31.12.2020-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Attestatsiyada olingan ballar har bir talabgor boʻyicha attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagicha qaror qabul qilinishi uchun asos boʻladi:
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 65 foizi va undan yuqori ball uchun — talabgorlik qilayotgan malaka toifasiga loyiq deb topish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 56 foizidan 64 foizigacha ball uchun — talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan bir pogʻona past malaka toifasi berish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 46 foizidan 55 foizigacha ball uchun — talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan ikki pogʻona past malaka toifasi berish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 40 foizidan 45 foizigacha ball uchun — talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan uch pogʻona past malaka toifasi berish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 40 foizidan kam ball uchun yoki mazkur bandning uchinchi — beshinchi xatboshilariga muvofiq tegishli past pogʻonadagi malaka toifasi mavjud boʻlmagan hollarda — malaka toifasi berishga noloyiq deb topish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar tomonidan attestatsiyada olingan ballar hamda attestatsiya komissiyasi qarori shu kunning oʻzida ularga oʻqib eshittiriladi.
(31-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda attestatsiya komissiyasi yetarli ball toʻplay olmagan shifokorlar boʻyicha malaka toifasi berishga noloyiq deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, unda ular Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida oʻz hisobidan navbatdan tashqari bir oylik malaka oshirishi va attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab toʻqqiz oy oʻtgach umumiy asoslarda qayta attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-4 31.12.2020-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Attestatsiya natijasi hamda har bir talabgor boʻyicha attestatsiya komissiyasi qarori talabgorning attestatsiya varaqasiga kiritiladi hamda ushbu varaqa attestatsiya komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Attestatsiya davomida attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan bayonnoma yuritiladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya oʻtkazilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya boshlangan va tugallangan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyada qatnashgan attestatsiya komissiyasi aʼzolarining ismi va otasining ismi bosh harflari, familiyasi hamda lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyaning umumiy natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomaga attestatsiyada hozir boʻlgan va kelmagan talabgorlar roʻyxati kiritilgan jadval ilova qilinadi. Mazkur jadvalda har bir talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili, ish joyi, lavozimi, mutaxassisligi, umumiy ish staji, mutaxassisligi boʻyicha ish staji, malaka oshirgan vaqti, amaldagi malaka toifasi va berilgan yili, talabgorlik qilayotgan malaka toifasi, attestatsiyada olingan ballar hamda attestatsiya komissiyasining qarori koʻrsatiladi.
(33-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma attestatsiya komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bayonnomaga asosan, attestatsiya tugagan kundan boshlab oʻn kun ichida attestatsiya yakunlari boʻyicha attestatsiya oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrugʻi qabul qilinadi hamda malaka toifasi berilgan talabgorlarga Malaka toifasi berilganligi toʻgʻrisida sertifikat (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi. Bunda barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun (birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlaridan tashqari) mazkur Nizomning 3-ilovasiga, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlari uchun mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi sertifikat beriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron hamda qogʻoz shaklda berilgan sertifikatlar teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda berilgan sertifikatning qogʻoz shakli talabgorning arizasiga koʻra, qatʼiy hisobda turadigan blanklarda elektron sertifikatni rasmiylashtirgan organ rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifokorlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan boshqa tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritganda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikat olish uchun umumiy asoslarda attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-4, 31.12.2020-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sertifikat berilganligi uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlaridan qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlaridan qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-4, 31.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Attestatsiyada toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 65 foizidan kam ball olgan talabgorlar attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab toʻqqiz oy oʻtgach, malaka toifasi olish uchun umumiy asoslarda qayta murojaat qilishlari mumkin.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2019-yil 31-oktabrdagi 95-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-3 13.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 10/19/2649-3/4019-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilgan, biroq bir yil ichida attestatsiyada ishtirok etmagan talabgorlar malaka toifasi olish uchun umumiy asoslarda qayta murojaat qilishlari mumkin.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor attestatsiyadan oʻtmagan yoki unda ishtirok etmagan yoxud malaka toifasini olishdan bosh tortgan taqdirda, attestatsiya oʻtkazish uchun qilingan toʻlovlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sertifikatning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Quyidagi hollarda sertifikatning amal qilishi tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot yoki farmatsevtika xodimining faoliyatida bemorning oʻlimiga sabab boʻluvchi qoʻpol xato va buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan yoxud nogironlik tayinlanishiga olib keluvchi ogʻir tan jarohatlari yetkazilganligi sudning qarori bilan aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka toifasi muddati tugagunga qadar attestatsiyada ishtirok etgan talabgorga amaldagi malaka toifasidan pastroq malaka toifasi berilgan yoki malaka toifasi berilmagan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatning amal qilish muddatini oldin tugatish uni bergan attestatsiya oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Bunda sertifikatning amal qilishi mazkur buyruq qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Malaka toifasi soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi sudning qarori bilan aniqlanganda sertifikat bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatni bekor qilish uni bergan attestatsiya oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Bunda sertifikat u berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Sertifikatning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish haqidagi buyruqning nusxasi oʻn kun ichida uning egasiga va u faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatning amal qilishi tugatilgan yoki u bekor qilinganda talabgor tomonidan qilingan toʻlovlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Apellatsiya shikoyati berish va uni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kalendar kun mobaynida Markaz huzurida tuziladigan apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda apellatsiya shikoyati berish yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi. Attestatsiya komissiyasi aʼzolari apellatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Apellatsiya shikoyatini apellatsiya komissiyasi tomonidan ikki hafta ichida talabgor ishtirokida, zarur hollarda attestatsiya komissiyasi aʼzolari va betaraf mutaxassislarni taklif qilgan holda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyatida koʻrsatilgan vajlar apellatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiya materiallari asosida oʻrganiladi. Apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalariga koʻra uni qanoatlantirish yoki attestatsiya komissiyasi qarorini oʻzgartirishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Apellatsiya komissiyasining apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Sertifikatning dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikatning oʻrniga ushbu sertifikat egasining arizasiga koʻra oʻn besh kun ichida uning dublikati berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Sertifikat dublikatida uning avvalgi hisobga olish raqami, belgilangan amal qilish muddati hamda yuqori oʻng burchagiga “DUBLIKAT” yozuvi koʻrsatiladi. Sertifikatning dublikatini berganlik uchun attestatsiyadan oʻtish va qoʻshimcha haq toʻlash talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berish hamda sertifikatlar rasmiylashtirish uchun talabgorlardan undiriladigan toʻlovlar Markazning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan yillik jadval boʻyicha barcha yigʻilishlar oʻtkazilgandan keyin, biroq keyingi yil yanvar oyining oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmasdan oʻtkazilgan attestatsiya natijalari haqida Markazga axborot taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga berilgan malaka toifalarining hisobi Markaz tomonidan yuritiladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 33-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-8, 21.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 16-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 16-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 16-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka toifasini olish uchun murojaat qilgan vrachlarning mutaxassislik boʻyicha ish stajini hisoblab chiqarishda oʻzaro hisobga olinadigan turdosh mutaxassisliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mutaxassislik nomi

Oʻzaro hisobga olinadigan mutaxassisliklar nomi

1.

“Psixiatriya”

“Narkologiya”, “Psixoterapiya”, “Sud-psixiatriya ekspertizasi”, “Suitsidologiya”

2.

“Terapiya”

“Gastroenterologiya”, “Geriatriya”, “Diyetologiya”, “Klinik farmakologiya”, “Nefrologiya”, “Kasb kasalligi”, “Pulʼmonologiya”, “Revmatologiya”, “Tez tibbiy yordam”

3.

“Pediatriya”

“Neonatologiya”, “Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi”, “Bolalar nefrologiyasi”, “Bolalar pulmonologiyasi”, “Bolalar gastroenterologiyasi”, “Tez tibbiy yordam”

4.

“Tibbiy radiologiya”

“Intervension radiologiya”, “Rentgenologiya”, “Ultratovush tashxisi”, “Yadroli tibbiyot”

5.

“Umumiy gigiyena”

“Mehnat gigiyenasi”, “Ovqatlanish gigiyenasi”, “Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi”, “Kommunal gigiyena”, “Radiatsion gigiyena”, “Pestitsid va mineral oʻgʻitlarning qoʻllanilishini nazorat qilish gigiyenasi”

6.

“Umumiy amaliyot shifokori”

Barcha tor mutaxassisliklar

7.

“Oʻsmirlik davri va xizmatga chaqiriluvchi yoshlar kasalliklarining tibbiy ekspertizasi”

“Umumiy amaliyot shifokori”, “Terapiya”, “Pediatriya”

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tibbiy mehnat ekspertiza inspeksiyasi tizimida ekspert

“Nevrolog”, “Terapevt”, “Xirurg”, “Oftalmolog”, “Ftiziatr”, “Psixiatr” va boshqa mutaxassisliklar

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 25-dekabrdagi 131-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-2 27.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 10/17/2649-2/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 20-oktabrdagi 115-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-1 16.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎
‎MALAKA TOIFASI BERILGANLIGI TOʼGʼRISIDA

‎SERTIFIKAT

AA 000000 ‎ ‎

‎‎‎‎Ushbu sertifikat ____________________________________________________________________________ ga ‎

‎‎‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

‎‎_______________________________________________________________________________________ ning

‎‎(attestatsiya oʼtkazuvchi organ nomi)
‎‎‎‎‎

‎‎‎‎20__ -yil “___”_____________ dagi _______________ -son buyrugʼi bilan ____________
‎‎________________________________________________________________________ mutaxassisligi boʼyicha

‎‎‎‎(mutaxassislik nomi)‎

‎‎_____________________________________________________________ malaka toifasi berilganligini tasdiqlaydi.‎

‎‎(malaka toifasi turi)

Berilgan sana: ‎

Amal qilish muddati: ‎

‎20 ___ yil “___” __________ ‎‎

‎20 ___ yil “___” __________ ‎‎

‎‎Sertifikatni rasmiylashtirgan organ rahbari:

___________‎

_______________‎

(imzo‎‎)‎

‎(F.I.O.)‎

Mazkur sertifikat Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga (roʼyxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) muvofiq shakllantirilgan barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun (birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʼlgan hamshiralar, oʼrta tibbiyot va oʼrta farmatsevtika xodimlaridan tashqari) berilgan sertifikatning elektron nusxasi hisoblanadi. Elekton hujjatning nusxasida koʼrsatilgan maʼlumotlar toʼgʼriligini tekshirish uchun toifareestr.uz portaliga oʼting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling. ‎‎
‎Diqqat! Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga (roʼyxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) muvofiq elektron va qogʼoz shaklda berilgan sertifikatlar teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.

QR-kod‎

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649-4, 31.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎
‎MALAKA TOIFASI BERILGANLIGI TOʼGʼRISIDA

‎‎ SERTIFIKAT

AA 000000 ‎ ‎

‎‎‎Ushbu sertifikat ____________________________________________________________________________ ga ‎

‎‎‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

‎‎_______________________________________________________________________________________ ning

‎‎(attestatsiya oʼtkazuvchi organ nomi)
‎‎‎‎‎

‎‎‎‎20__ -yil “___”_____________ dagi _______________ -son buyrugʼi bilan ____________
‎‎________________________________________________________________________ mutaxassisligi boʼyicha

‎‎‎‎(mutaxassislik nomi)‎

‎‎_____________________________________________________________ malaka toifasi berilganligini tasdiqlaydi.‎

‎‎(malaka toifasi turi)

Berilgan sana: ‎

Amal qilish muddati: ‎

‎20 ___ yil “___” __________ ‎‎

‎20 ___ yil “___” __________ ‎‎

‎‎Sertifikatni rasmiylashtirgan organ rahbari:

___________‎

_______________‎

(imzo‎‎)‎

‎(F.I.O.)‎

Mazkur sertifikat Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga (roʼyxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) muvofiq shakllantirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʼlgan hamshiralar, oʼrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun berilgan sertifikatning elektron nusxasi hisoblanadi. Elekton hujjatning nusxasida koʼrsatilgan maʼlumotlar toʼgʼriligini tekshirish uchun toifareestr.uz portaliga oʼting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
‎ Diqqat! Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga (roʼyxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) muvofiq elektron va qogʼoz shaklda berilgan sertifikatlar teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.

QR-kod‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Imtixon jarayonidan chetlashtirish haqida
‎DALOLATNOMA

‎‎‎20___ yil “______” ____________

‎‎Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, talabgor __________________________________________________________________________________________

‎‎(talabgorning F.I.O.)

‎‎quyidagi cabablarga (keraklisi tagiga chiziladi) koʻra imtixondan soat _____:_____ da chetlatildi:

‎

‎‎uyali aloqa vositalari, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob yoki shpargalkalardan foydalandi;

‎

‎‎boshqa talabgorlar bilan suhbatlashdi;

‎

‎‎attestatsiya yakuniga yetmasdan xonadan tashqariga chiqdi.

‎‎Natijada talabgor tomonidan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 29-bandi talablari buzildi.

‎‎Komissiya aʼzosi

_______________‎‎

__________________________ ‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎Komissiya aʼzosi

_______________??‎

__________________________ ‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎Komissiya aʼzosi

_______________‎‎

__________________________ ‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

(4-5-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-4, 31.12.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 3-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/2649-1/0267-son; 27.12.2017-y., 10/17/2649-2/0467-son, 13.11.2019-y., 10/19/2649-3/4019-son, 31.12.2020-y., 10/20/2649-4/1699-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 29.09.2021-y., 10/21/2649-5/0912-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2021-y., 10/21/2649-6/0949-son; 18.05.2022-y., 10/22/2649-7/0430-son; 21.08.2023-y., 10/23/2649-8/0630-son)