15.01.2015 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibini keng tushuntirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 15-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 5-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom nodavlat notijorat tashkilotlarining “e-ngo.uz” elektron portali (keyingi oʻrinlarda — Tizim) orqali nodavlat notijorat tashkilotlarini, ularning yuridik shaxs hisoblangan alohida boʻlinmalarini, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini (keyingi oʻrinlarda NNT deb ataladi) ixtiyoriy hamda majburiy tugatish, shuningdek NNTlarning yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalarini yopish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning qoidalari qonunchilikda nazarda tutilgan toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlariga ega boʻlgan NNTlarni tugatishda qoʻllanmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. NNTni ixtiyoriy tugatish uning yuqori organi qaroriga binoan, majburiy tugatish esa — sud qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat fondlarini ixtiyoriy tugatish manfaatdor shaxsning arizasi asosida, sudning qaroriga binoan, mazkur Nizom II boʻlimining tegishli bandlarida koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ayrim NNTlar uchun qonunchilikda ularni tugatishning mazkur Nizomda nazarda tutilmagan boshqacha xususiyatlari va shartlari belgilanishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. NNTni ixtiyoriy tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. NNTni ixtiyoriy tugatish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. NNTni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror uning taʼsis hujjatlarida shunga vakolat berilgan yuqori organi tomonidan qabul qilinadi. Qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatish komissiyasi tarkibi (agar tugatish komissiyasi NNTning muassislari (qatnashchilari) tomonidan tayinlansa, u holda qarorda bu haqda koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning mavjud alohida boʻlinmalari roʻyxati (yuridik shaxs hisoblangan va yuridik shaxs hisoblanmagan boʻlinmalarni alohida koʻrsatgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar taʼsis hujjatlariga muvofiq alohida boʻlinmalarni tugatish ishlari ularning rahbar organlari zimmasiga yuklangan boʻlsa, alohida boʻlinmaga oʻz faoliyatini toʻxtatish va tugatish ishlarini boshlash haqidagi koʻrsatma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatishning moʻljallanayotgan muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qoladigan mol-mulkning taqdiri (unda NNTning ustavda belgilangan asosiy maqsadlari va vazifalari uchun foydalanish usuli va (yoki) ushbu mol-mulkni xayriya sifatida oluvchilar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTni tugatish komissiyasi tarkibiga, qoidaga koʻra, tegishli yuridik, iqtisodiy maʼlumotga va (yoki) buxgalteriya sohasida amaliy tajribaga ega boʻlgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish komissiyasi tarkibiga tegishli davlat organlari roziligi bilan ularning mutaxassislari ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tugatish komissiyasi tarkibi haqidagi maʼlumotlar (komissiya aʼzolarining F.I.O., yashash joyi, asosiy ish joyi va lavozimi, telefon raqamlari), shuningdek NNTni tugatish haqida uning yuqori organi tomonidan qabul qilingan qarori uch ish kuni mobaynida NNTni roʻyxatdan oʻtkazgan adliya organiga (keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb ataladi) tizim orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taʼsis hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs hisoblangan boʻlinmani tugatish uchun alohida tugatish komissiyasi tuzish talab etilmasa, asosiy tashkilot tomonidan tayinlangan yagona tugatish komissiyasi haqidagi maʼlumotlar, uning tarkibi mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan tartibda kelishilgandan soʻng alohida boʻlinmani roʻyxatdan oʻtkazgan organga tizim orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro va xorijiy NNTlar vakolatxonalari va filiallarini tugatish haqida asosiy tashkilotning markaziy organi tomonidan qabul qilingan qarori belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tizim orqali taqdim etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatish komissiyasi tarkibiga nisbatan eʼtirozi boʻlmasa, tugatish komissiyasi tarkibi haqidagi maʼlumotlar hamda NNTni tugatish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga NNTning tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi hamda bu toʻgʻrida NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati va statistika organlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) tuman (shahar) boʻlimini tizim orqali xabardor qiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatish komissiyasi tarkibiga nisbatan eʼtirozi boʻlsa, asoslantirilgan eʼtirozi va takliflarini mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan muddatda NNTning yuqori organi nomiga tizim orqali yozma ravishda maʼlum qiladi. Eʼtiroz va takliflar ushbu muddatda taqdim etilmagan taqdirda tugatish komissiyasi tarkibi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan hisoblanadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish komissiyasi tarkibi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan vaqtdan boshlab NNTni boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar unga oʻtadi. NNTning muassislari (qatnashchilari) va (yoki) rahbar organi aʼzolari uch ish kuni mobaynida NNT faoliyati bilan bogʻliq barcha hujjatlarni, shuningdek NNTning muhr va shtamplari hamda boshqa mol-mulkini roʻyxat boʻyicha tugatish komissiyasiga topshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tugatish komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tugatish ishlarini amalga oshiradi va NNTning kreditorlari, muassislari (qatnashchilari), rahbar organlari aʼzolari yoki boshqa xodimlari manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) NNT qarzdor sifatida ishtirok etadigan ijro hujjatlarining ijrosini tugatish tartiboti doirasida taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishonchnomasiz NNT nomidan vakillik qiladi, NNTning moliyaviy, toʻlov-hisob-kitob va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) NNTning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mazkur Nizomda oʻz vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tugatish komissiyasi majlislarini oʻtkazishni uning raisi tashkil qiladi. Majlisda barcha masalalar ovoz berish yoʻli bilan hal etiladi va komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda tugatish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tugatish komissiyasining vakolatlari quyidagi holatlarda toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tugatish ishlari nihoyasiga yetganda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan NNTni tugatish toʻgʻrisida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) NNT faoliyati tiklanganda — tugatish ishlari toʻxtatilganligi va NNT faoliyati tiklanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) NNT bankrot deb eʼtirof etilganda — NNT bankrot deb eʼtirof etilganligi va tugatish ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida sud qarori qabul qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yangi tugatish komissiyasi tayinlanganda — yangi tugatish komissiyasini tayinlash haqida qaror qabul qilinganda. Ushbu holatda NNTning barcha hujjatlari, muhrlari, shtamplari va boshqa mol-mulki yangidan tayinlangan tugatish komissiyasiga ikki kun muddat mobaynida roʻyxat boʻyicha topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tugatish komissiyasi, uning tarkibi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgandan soʻng uch kun muddat mobaynida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) NNTning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (keyingi oʻrinlarda asosiy hisobvaraq deb ataladi) xizmat koʻrsatuvchi bankka va NNTning xorijiy valyutadagi mablagʻlari jamlanadigan tijorat bankiga ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini hamda tugatish komissiyasi raisi imzosining namunasi qoʻyilgan varaqchani;
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) NNTning milliy valyutadagi ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga, jamgʻarma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga, shuningdek yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalarning depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarga — ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini NNTning milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) NNTning xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini NNTning milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani joʻnatadi.
(11-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bankning hujjatlarni qabul qilib olgan sana toʻgʻrisidagi belgisi, ularning tugatish komissiyasiga yozma yoki elektron xabari, hujjatlar bankka yuborilgani haqidagi pochta kvitansiyasi va shu kabilar mazkur hujjatlar olinganligining tasdigʻi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. NNTni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning, shuningdek uning yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalarining faoliyati toʻxtatib qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlar talablarini taʼminlash boʻyicha ilgari koʻrilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni begonalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslarga foydalanish uchun berishga sabab boʻladigan bitimlarni faqat mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha majburiyatlarni, shuningdek muddati kechiktirilgan majburiy toʻlovlarni bajarish muddati boshlangan hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) NNTga xizmat koʻrsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlaridan mablagʻlarni hisobdan chiqarishga faqat tugatish komissiyasining topshirigʻiga binoan, qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi;
(13-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son kartotekaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning milliy valyutadagi ikkilamchi, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlariga, yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalarning depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan mazkur hisobvaraqlar yopiladi, ulardagi qoldiq mablagʻlar esa toʻlov topshiriqnomasi asosida NNTning asosiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy valyutadagi ikkilamchi, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan tugatish komissiyasining ariza-topshiriqnomasi asosida mazkur hisobvaraqlar yopiladi hamda ulardagi qoldiq mablagʻlar milliy valyutadagi asosiy hisobvaraq ochilgan bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(13-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tugatish komissiyasi (uning tarkibi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgandan keyin):
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonunchilikda belgilangan tartibda NNT xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni toʻxtatish, shuningdek yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalarni yopish chora-tadbirlarini koʻradi;
(14-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) NNTning aktivlari va majburiyatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazadi, shu jumladan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;
(14-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yil boshidan boshlab NNTni tugatish toʻgʻrisida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xabardor qilingan sanagacha boʻlgan davrda NNT tomonidan toʻlanadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) NNTning debitorlik qarzlarini undirish, kreditorlarni aniqlash va ularni tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi toʻgʻrisidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) NNTning tugatilishi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda NNTning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlon berilishini tashkil qiladi. Eʼlonda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning toʻliq va qisqartirilgan nomi (shuningdek NNTning tugatishdan oldingi yil mobaynida oʻzgartirilgan barcha toʻliq va qisqartirilgan nomlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazilgan sanasi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi va manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTni tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sanasi, tartib raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarning talablari koʻrsatilgan arizalarni qabul qilish muddati. Ushbu muddat koʻrsatib oʻtilgan eʼlon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Byuroning tuman (shahar) boʻlimi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning bildirishnomasini olgan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmay ish yurituvida tugatilayotgan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatining mavjudligini belgilangan tartibda aniqlashtiradi. Tegishli ijro hujjati mavjud boʻlsa, davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qonunda belgilangan tartibda tamomlaydi va tugatish tartiboti doirasida ijro etish uchun tugatish komissiyasiga yuboradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning bildirishnomasi olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida NNT faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach va davlat soliq xizmati organi tomonidan oʻtkazilgan tekshirish natijalarini, shuningdek tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda tugatish komissiyasi oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq tugatish balansi NNTning yuqori organi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tugatish komissiyasi oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin besh ish kuni mobaynida, tasdiqnomani (qabul qilib olingan sanasi toʻgʻrisidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilarni) olgan holda har qaysi kreditorni uning talablari eʼtirof etilgani yoki rad qilingani, eʼtirof etilgan talablar summasi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab tugatish komissiyasi tomonidan kreditorlarga quyidagi navbat boʻyicha pul summalarini toʻlash amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda — fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishga va mualliflik shartnomalari boʻyicha pul toʻlovlariga doir talablarini, shuningdek fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun NNT tegishli vaqtbay toʻlovlarni soqit qilish yoʻli bilan javob beradigan talablarini qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi navbatda — Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi navbatda — boshqa kreditorlarning talablari (kalendar boʻyicha navbatli tartibda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kreditorlarning garov (ipoteka) bilan taʼminlangan talablarini qondirish NNTning (jamoat fondlari bundan mustasno) garovga qoʻyilgan mol-mulkini (garov predmetini) belgilangan tartibda sotishdan keyin tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablagʻlar qoldigʻi kreditorlar talablarini mazkur Nizomning 19-bandida belgilangan navbat boʻyicha qondirish uchun yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garov (ipoteka) predmetini sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini toʻliq qondirish uchun yetarli boʻlmasa, u holda talablarning qolgan qismi ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan navbat boʻyicha qondiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda tugatish komissiyasi tomonidan NNT mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi va mazkur mol-mulkni ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomalada cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda, qonunchilikka muvofiq koʻrsatib oʻtilgan mulkka nisbatan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdoga qoʻyilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga baholash qiymati boʻyicha, mazkur Nizomning 19-bandida belgilangan navbatga rioya etgan holda mulk etib qabul qilish taklif etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kreditorlar talablarini qondirish NNTning muassislari (qatnashchilari) hamda boshqa shaxslar tomonidan tugatilayotgan NNTning bankdagi hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kreditorlarning talablarini toʻliq hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan taqdirda, tugatish komissiyasi NNTni toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi shart. NNT toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼtirof etilgan vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi va bundan keyingi tartibot toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin NNTning mol-mulki ortib qolgan hollarda, tugatish komissiyasi tomonidan ular NNTni tugatish toʻgʻrisidagi yuqori organ qarorida koʻrsatilgan usullarda va yoʻnalishlarda foydalaniladi va (yoki) xayriya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ortib qolgan mol-mulkni NNTning maqsadlari uchun foydalanishning imkoni boʻlmasa, NNTning asosiy maqsadiga oʻxshash sohalarda vazifalarni amalga oshiruvchi notijorat tashkilotlarga mulk qilib berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hollarda mol-mulkning tasarruf etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortib qolgan mol-mulkning NNT muassislari (qatnashchilari), rahbar organi aʼzolari yoki boshqa xodimlari oʻrtasida taqsimlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tugatish komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, moliyaviy sanksiyalar summasi, shu jumladan tekshirishlar yakunlari boʻyicha toʻlangandan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk belgilangan tartibda tasarruf etilgandan soʻng tugatish balansi loyihasini tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tugatish balansi NNTning yuqori organi tomonidan tasdiqlanadi va davlat soliq xizmati organiga topshiriladi. Ayni paytda, tugatish komissiyasi tugatilayotgan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining Byuroning organlari ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Byuro hududiy boshqarmasiga soʻrov yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi, NNTning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, bu haqda bir ish kuni mobaynida tugatish komissiyasiga tegishli xulosa berishi shart. Byuroning hududiy boshqarmasi NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud boʻlmagan taqdirda, bu toʻgʻrida tugatish komissiyasiga uch ish kuni mobaynida yozma javob yuborishi shart.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosasi olingandan, shuningdek ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvda mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi olingandan keyin, tugatish komissiyasi NNTning asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankka hisobvaraqni yopish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnoma bilan murojaat qiladi. Bank bir ish kuni mobaynida NNTga tegishli boʻlgan hisobvaraqni yopadi va tugatish komissiyasiga asosiy hisobvaraq yopilgani toʻgʻrisida xulosa beradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agar NNTning yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalari mavjud boʻlsa, ularning yopilganligi haqida reyestrga yozuv kiritish uchun tugatish komissiyasi asosiy hisobvaraq yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida tegishli adliya organlariga tizim orqali xabarnomalar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomada alohida boʻlinmaning uchinchi shaxslar oldida majburiyati yoʻqligi kafolatlanishi haqida koʻrsatiladi hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida boʻlinmasini hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomani olgan adliya organi uch ish kuni mobaynida alohida boʻlinma yopilganligi munosabati bilan tizim orqali Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmalarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritadi va bu haqda ikki ish kuni mobaynida tugatish komissiyasini xabardor qiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tugatish komissiyasi asosiy hisobvaraq yopilgandan keyin, NNTning yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalari mavjud boʻlgan taqdirda esa — ularning reyestrdan chiqarilganligi haqidagi tegishli adliya organlarining xabarnomalarini olgandan keyin uch ish kuni mobaynida, qonunchilikda nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarni davlat arxiviga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar NNT yuridik shaxs hisoblangan alohida boʻlinmalarga ega boʻlsa, ularni tugatish ishlari yakunlanib, alohida boʻlinmalarni davlat reyestridan chiqarilganligi haqida ushbu Nizomning 32-bandida belgilangan tartibda adliya organlarining bergan xabarnomalari tugatish komissiyasi tomonidan olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tegishli hujjatlar davlat arxiviga topshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tugatish komissiyasi NNT tugatilganligi toʻgʻrisida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yozuv kiritish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTni tugatish toʻgʻrisidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan NNTning tugatilganligi toʻgʻrisidagi eʼlon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning ustavi (nizomi) va nodavlat notijorat tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlangan tugatish balansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning barcha hisobvaraqlari yopilganligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi banklarning maʼlumotnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar NNTning alohida boʻlinmalari mavjud boʻlsa, ularning tegishli reyestrlardan chiqarilganligi haqida adliya organlarining xabarnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin ortib qolgan mol-mulkning tasarruf etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhr va shtamplar yoʻq qilinganligi haqida tugatish komissiyasining dalolatnomasi;
(30-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mavjud boʻlsa, barcha litsenziyalar va ruxsatnomalarning, shuningdek NNT ramzi davlat roʻyxatiga olinganligi haqidagi guvohnomaning asl nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqida Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi;
(30-bandning oʻn ikkinchi hatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNT hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin besh ish kuni mobaynida tizim orqali yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga NNT tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritadi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hujjatlarning toʻliq roʻyxati taqdim etilmasa yoki ular zarur tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, shuningdek taqdim etilgan hujjatlarda atayin notoʻgʻri maʼlumot keltirilganligi yoxud NNTni tugatishning qonunchilikda belgilangan tartibi buzilganligi aniqlansa davlat reyestriga yozuvlar kiritilishi rad etilishi mumkin.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat reyestriga yozuv kiritish rad etilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan xabarnomani tizim orqali tugatish komissiyasiga beradi hamda olingan barcha hujjatlarni qaytaradi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat reyestriga yozuv kiritish haqidagi qaror roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrugʻi shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat reyestriga NNT tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNT tugatilganligi toʻgʻrisida tugatish komissiyasini, davlat soliq xizmati va statistika organlarini belgilangan tartibda xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTga berilgan litsenziya va ruxsatnomalarni (ular mavjud boʻlgan taqdirda) ularni bergan organlarga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Nodavlat notijorat tashkilotlarini majburiy tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. NNTni majburiy tugatish mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. Roʻyxatdan oʻtkazuvi organ NNTlarning oʻz faoliyati toʻgʻrisida har yili 1-fevralga qadar hisobot topshirishi holatini monitoring qiladi. Monitoring natijasi boʻyicha joriy yilning 1-mart kuniga qadar NNTlarning faollik holatiga baho beriladi, hisobot topshirmagan NNTlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda taʼsir choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi holatlardan birida NNTning faollik holati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning xulosasi asosida uzoq muddat faoliyat koʻrsatmayotgan holatga oʻzgartiriladi hamda Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan NNTlarning davlat reyestriga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkasiga uch yil davomida oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim qilmaganda. Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan NNTga nisbatan taʼsir choralari koʻrilgan boʻlishi, NNTning rahbar organiga hisobot taqdim etilmaganligi yuzasidan ogohlantirish yuborilgan boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan faoliyat koʻrsatmayotgan NNTning yuridik manzili joyiga chiqilgan holda oʻrganilib, tashkilotning mazkur yuridik manzilda faoliyat yuritmasligi yuzasidan dalolatnoma tuzilganda. Bunda NNTning yuridik manzili oʻzgarganligiga aniqlik kiritish yuzasidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan NNTning rahbar organlariga tegishli xatlar yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning joriy rahbar organlari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda. Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNTga, uning tashabbuskorlari yoki taʼsischilari (muassislari)ga tegishli xatlar yuboradi, NNTning rahbar organlarini aniqlash yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xulosalarini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning soliq va boshqa qarzdorligi mavjudligi sababli, uning maqsad va vazifalarini amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan taqdirda. Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan soliq xizmati organlari va boshqa tashkilotlardan NNTning qarzdorligi boʻyicha tegishli xulosalar olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan NNTlarning davlat reyestriga kiritilganligi haqida tizimda va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy veb saytida eʼlon beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNT faoliyatiga oid maʼlumotlarni olish uchun tizim orqali quyidagi idora va tashkilotlarga soʻrovnoma yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika organiga — taqdim etilgan hisobotlar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmati organiga — taqdim etilgan hisobotlar va NNTning qarzdorligi yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga — yuridik manzili va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlari yuzasidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilarida koʻrsatilgan idora va tashkilotlar tegishli soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida oʻzlarining maʼlumotlar bazalarida NNT toʻgʻrisida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni Tizim orqali taqdim etadi. Bunda tegishli idora va tashkilotlar tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladigan maʼlumotlar tarkibi oʻzaro maʼlumot almashish boʻyicha kelishuvlarga asosan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan NNTlarning davlat reyestriga kiritilgandan boshlab 1 yil davomida mazkur bandning uchinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganda, NNT ushbu reyestrdan chiqariladi. Bunda NNTning rahbar organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ariza taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan NNTlarning davlat reyestriga kiritilgan va bir yildan ortiq mazkur reyestrdan chiqarilmagan NNTlarga nisbatan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan qonunchilikka muvofiq NNTning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yuzasidan sudga taqdimnoma kiritiladi va kelgusida faoliyatini tugatish boʻyicha choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332. Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan (taʼlim, sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va boshqa) sohalarda faoliyat yuritgan va Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan NNTlarning davlat reyestridan chiqarilgan NNTlarga bir yil davomida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyat koʻrsatuvchi jamoat fondlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNT faoliyati tiklanishiga koʻmaklashish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNT faoliyatini moliyaviy holati barqarorligini taʼminlash maqsadida subsidiya shaklida bir martalik moliyaviy koʻmak ajratilishi yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyat koʻrsatuvchi jamoat fondlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ga NNTlarni joylashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkida boʻlgan boʻsh turgan binolar va inshootlarda NNTni uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga joylashtirish choralarini koʻrish boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNTning ustav maqsadlariga muvofiq, manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini oʻrnatishga hamda respublika yoki xalqaro grant tanlovlarida ishtirok etishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati tiklanilishiga koʻmaklashilgan NNTlar kamida bir yil davomida moliyaviy barqarorligini taʼminlab boradi hamda oʻz faoliyatiga respublika yoki xalqaro grantlarni jalb qilish boʻyicha choralar koʻradi.
(331 va 332-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. NNTni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda sud tomonidan qabul qilinadi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qarorda tugatish komissiyasi tarkibi hamda NNTning mavjud alohida boʻlinmalari roʻyxati koʻrsatiladi;
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 54-moddasiga muvofiq, tugatish komissiyasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda sud tomonidan tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tugatish komissiyasi sudning qarorini olgandan keyin uch ish kuni mobaynida uning nusxasini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tizim orqali taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNTni tugatish toʻgʻrisidagi sud qarori nusxasini olgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga NNTning tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi hamda bu toʻgʻrida NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati va statistika organlarini, shuningdek Byuroning tuman (shahar) boʻlimini tizim orqali xabardor qiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sudning qarori qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab NNTni boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar tugatish komissiyasiga oʻtadi. NNTning muassislari (qatnashchilari) va (yoki) rahbar organi aʼzolari uch ish kuni mobaynida NNT faoliyati bilan bogʻliq barcha hujjatlarni, shuningdek NNTning muhr va shtamplarini hamda boshqa mol-mulkini roʻyxat boʻyicha tugatish komissiyasiga topshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tugatish ishlari mazkur Nizomning 8 — 22-bandlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oraliq tugatish balansi tugatish komissiyasi tomonidan NNTni roʻyxatga olgan organ bilan kelishilgandan soʻng tasdiqlanadi. Oraliq tugatish balansi loyihasini qabul qilib olgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan bir hafta muddat mobaynida yozma eʼtiroz berilmagan taqdirda oraliq tugatish balansi kelishilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin NNTning mol-mulki ortib qolgan hollarda, tugatish komissiyasi ulardan NNTni tugatish toʻgʻrisidagi sudning qarorida koʻrsatilgan yoʻnalishlar uchun foydalaniladi. Bunda mol-mulkning tasarruf etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar NNTni tugatish toʻgʻrisidagi sudning qarorida mol-mulk taqdiri hal etilmagan boʻlsa, tugatish komissiyasi kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin besh ish kuni mobaynida ortib qolgan mol-mulkning taqdirini hal qilish yuzasidan sudga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tugatish komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, moliyaviy sanksiyalar summasi, shu jumladan tekshirishlar yakunlari boʻyicha toʻlangandan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin qolgan mol-mulkdan sudning qarorida koʻrsatilgan yoʻnalishlar uchun foydalanilgandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish balansi NNTni roʻyxatga olgan organ bilan kelishilgandan soʻng tugatish komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Tugatish balansi loyihasini olgan roʻyxatga oluvchi organ tomonidan bir hafta muddat mobaynida yozma eʼtiroz berilmagan taqdirda tugatish balansi kelishilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tugatish balansi tasdiqlangandan soʻng davlat soliq xizmati organiga topshiriladi. Ayni paytda, tugatish komissiyasi tugatilayotgan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining mavjudligi yuzasidan Byuro hududiy boshqarmasiga soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi, NNTning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida tugatish komissiyasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berishi shart. Byuroning hududiy boshqarmasi, NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud boʻlmagan taqdirda, bu haqda tugatish komissiyasiga uch ish kuni mobaynida yozma javob berishi shart.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. NNTni tugatishning keyingi jarayonlari hamda NNT tugatilganligi toʻgʻrisida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish mazkur Nizomning 27 — 32-bandlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. NNTning tugatilganligi haqida yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yozuv kiritilishidan oldin ixtiyoriy tugatishning boshqa har qanday bosqichida NNTning vakolatli yuqori organi tomonidan faoliyatni tiklash va tugatish jarayonini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. NNTni ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab yetti oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar koʻrsatilgan muddat mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmasa yoki NNTning vakolatli yuqori organi tomonidan faoliyatni tiklash va tugatish jarayonini toʻxtatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilinmasa roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatish komissiyasiga taqdimnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdimnomada koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ aybdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda taʼsir choralarini qoʻllaydi va NNTni majburiy tugatish choralarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. NNT muassislari (qatnashchilari), rahbar organi aʼzolari yoki boshqa xodimlari hamda tugatish komissiyasi aʼzolari oʻzlari tayyorlagan hujjatlarning toʻgʻriligi va qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, shu jumladan oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik natijasida kreditorlarga, muassislarga (qatnashchilarga), rahbar organ aʼzolariga yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlarini ixtiyoriy tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

NNTning vakolatli yuqori organi

1. Tugatish komissiyasini tayinlaydi (tugatish komissiyasi NNT muassislari (qatnashchilari) tomonidan tayinlanishi bundan mustasno)

2. Alohida boʻlinmalarga oʻz faoliyatini toʻxtatish va tugatish ishlarini boshlash haqida koʻrsatma beradi, agar taʼsis hujjatlarida alohida boʻlinmalarni tugatish ishlari ularning rahbar organlari zimmasida yuklatilgan boʻlsa)

3. Tugatishning rejalashtirilayotgan muddatini belgilaydi.

4. Kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qoladigan mol-mulkning taqdirini belgilaydi.

1 — 4. Ixtiyoriy tugatish haqida qaror qabul qilingandan boshlab

5. Tugatish komissiyasi tarkibi haqidagi maʼlumotni hamda tugatish haqida NNT yuqori organi qarorini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tizim orqali taqdim etadi.

5. Qaror qabul qilingandan keyin 3 ish kuni mobaynida Xalqaro hamda chel el NNTning markaziy organi qabul qilgan qarori legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgandan soʻng 15 kun mobaynida

2-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

1. Tugatish komissiyasi tarkibiga eʼtirozi boʻlmasa, davlat reyestriga NNTning tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi hamda bu haqda soliq xizmati va statistika organlarini, Byuroning tuman (shahar) boʻlimini tizim orqali xabardor qiladi.

2. Agar tugatish komissiyasiga eʼtirozi mavjud boʻlsa, bu haqda NNTning yuqori organiga tizim orqali xabardor qiladi.

Hujjatlar kelib tushgan kundan soʻng 2 ish kuni mobaynida

3-bosqich

NNT muassis (qatnashchi)lari va rahbar organi aʼzolari

1. NNT faoliyati bilan bogʻliq barcha hujjatlarni, shuningdek NNTning muhr va shtamplari hamda boshqa mol-mulkini roʻyxat boʻyicha tugatish komissiyasiga topshiradi.

1. Tugatish komissiyasining tarkibi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida

2. Tugatish jarayoni ishlarini amalga oshirishga kirishadi.

2. Tugatish komissiyasi tarkibi kelishilgan kundan boshlab.

Tugatish komissiyasi

3. Xizmat koʻrsatuvchi banklarga tugatish haqidagi qaror loyihasini hamda tegishli ariza-topshiriqnomalarni joʻnatadi.

3. Tugatish komissiyasi tarkibi kelishilgandan soʻng 3 kun muddat mobaynida

4-bosqich

Xizmat koʻrsatuvchi banklar

1. 2-son kartoteka amal qilishini toʻxtatadilar.

2. NNTning milliy va xorijiy valyutadagi ikkilamchi, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlarini, yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalarning hisobvaraqlarini yopadilar va ulardagi qoldiqlarni asosiy hisobvaraqqa oʻtkazadilar.

1-2. Xizmat koʻrsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab 1 ish kuni mobaynida

Byuroning tuman (shahar) boʻlimi

3. Ish yurituvida tugatilayotgan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjati mavjudligini aniqlashtiradi. Tegishli ijro hujjati mavjud boʻlsa, uning boʻyicha ijro ishi yuritishni qonunda belgilangan tartibda tamomlaydi va tugatish tartiboti doirasida ijro etish uchun tugatish komissiyasiga yuboradi.

3. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning bildirishnomasi olingan kundan keyin 10 kun mobaynida

Soliq xizmati organi

4. NNT faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi.

4. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning bildirishnomasi olingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida (taftish muddati 30 kalendar kundan oshmaydi)

5-bosqich

Tugatish komissiyasi

Soliq xizmati organi oʻtkazgan tekshirish natijalari hamda tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi, uni tasdiqlash uchun NNT yuqori organiga taqdim etadi.

Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach

6-bosqich

Tugatish komissiyasi

1. Kreditorlarning talabi eʼtirof etilgani yoki rad qilingani haqida ularni xabardor qiladi.

1. Oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin 5 ish kuni mobaynida

2. Navbat boʻyicha kreditorlarga pul summalarini toʻlaydi.

3. Hisob-kitob qilish uchun mablagʻ yetarli boʻlmasa NNT mol-mulkini sotishni tashkil etadi.

2-3. Oraliq tugatish balansi tasdiqlangan kundan boshlab

4. Ortib qolgan mol-mulkni belgilangan tartibda tasarruf etadi.

4. Kreditorlar talabi toʻliq qondirilgandan soʻng

5. Tugatish balansi loyihasini tuzadi, uni tasdiqlash uchun NNT yuqori organiga kiritadi.

5. Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandida koʻrsatilgan jarayonlar yakunlangandan soʻng

6. Tugatish balansini soliq xizmati organiga topshiradi.

7. NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan hujjatning mavjudligi yuzasidan Byuro tuman (shahar) boʻlimi hududiy boshqarmasiga soʻrovnoma yuboradi.

6-7. Tugatish balansi tasdiqlangandan soʻng

7-bosqich

Soliq xizmati organi

1. NNTning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi haqida tugatish komissiyasiga xulosa beradi.

1. Tugatish balansini qabul qilib olgandan keyin 1 ish kuni mobaynida

Byuro tuman (shahar) boʻlimi

2. NNTning qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan hujjat ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatish komissiyasiga yozma javob beradi.

2. Soʻrovnomani olgandan keyin 3 ish kuni mobaynida

8-bosqich

Tugatish komissiyasi

NNTning asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankka hisobvaraqni yopish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnoma bilan murojaat qiladi.

Soliq xizmati organi xulosasi va Byuro tuman (shahar) boʻlimining yozma javobi olingan kunda

9-bosqich

Asosiy hisobvaraq ochilgan bank

NNTga tegishli boʻlgan hisobvaraqni yopadi va tugatish komissiyasiga asosiy hisobvaraq yopilgani toʻgʻrisida xulosa beradi.

Ariza-topshiriqnoma qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida

10-bosqich

Tugatish komissiyasi

NNTning yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalari yopilganligi haqida tegishli adliya organlariga xatlar yuboradi (agar mavjud boʻlsa).

Asosiy hisobvaraq yopilgandan keyin 3 ish kuni mobaynida

11-bosqich

Alohida boʻlinmani hisobga olgan adliya organi

1. Yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinma yopilganligi munosabati bilan tegishli reyestrga yozuv kiritadi.

1. Xatni olgandan soʻng 3 ish kuni mobaynida

2. Tugatish komissiyasini yozma ravishda xabardor qiladi.

2. Reyestrga yozuv kiritilgandan soʻng 2 ish kuni mobaynida

12-bosqich

Tugatish komissiyasi

1. Buxgalteriya va boshqa hujjatlarni davlat arxiviga yuboradi.

2. Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga topshiradi.

Asosiy hisobvaraq yopilgandan yoki yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinma yopilganligi hamda yuridik shaxs hisoblangan boʻlinma tugatilganligi haqida tegishli adliya organi xabarnomalari olingandan keyin 3 ish kuni mobaynida

13-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

1. Davlat reyestriga tizim orqali NNT tugatilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritadi.

1. Barcha hujjatlar olingandan keyin 5 ish kuni mobaynida

2. Tugatish komissiyasi, soliq xizmati va statistika organlarini tizim orqali xabardor qiladi.

3. NNTning litsenziya va ruxsatnomalarini (agar mavjud boʻlsa) ularni bergan organlarga topshiradi.

2-3. Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilgandan keyin 2 ish kuni mobaynida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlarini majburiy tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Sud

Fuqarolik kodeksining 54-moddasiga muvofiq, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tugatish komissiyasini tayinlaydi.

NNTni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda

2-bosqich

Tugatish komissiyasi

NNTning tugatish toʻgʻrisidagi sud qarorining nusxasini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tizim orqali taqdim etadi.

Sudning qarorini olgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga NNTning tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi hamda bu haqda NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi soliq organi va statistika organlarini, shuningdek Byuroning tuman (shahar) boʻlimini tizim orqali xabardor qiladi.

NNTni tugatish toʻgʻrisida sud qarori nusxasini olgandan soʻng 2 ish kuni mobaynida

4-bosqich

NNT muassis (qatnashchi)lari va rahbar organi aʼzolari

1. NNT faoliyati bilan bogʻliq barcha hujjatlarni, shuningdek, NNTning muhr va shtamplarini hamda boshqa mol-mulkini roʻyxat boʻyicha tugatish komissiyasiga topshiradi.

1. Sudning qarori qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida

2. Tugatish jarayoni ishlarini amalga oshirishga kirishadi.

2. Sudning qarori qonuniy kuchga kirgan vaqtdan eʼtiboran

Tugatish komissiyasi

3. Xizmat koʻrsatuvchi banklarga tugatish haqidagi qaror nusxasi hamda tegishli ariza-topshiriqnomalarni joʻnatadi.

3. Sudning qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng 3 kun muddat mobaynida

5-bosqich

Xizmat koʻrsatuvchi banklar

1. 2-son kartoteka amal qilishini toʻxtatadilar.

2. NNTning milliy va xorijiy valyutadagi ikkilamchi, jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlarini, yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalarning hisobvaraqlarini yopadilar va ulardagi qoldiqlarni asosiy hisobvaraqqa oʻtkazadilar.

1-2. Xizmat koʻrsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab 1 ish kuni mobaynida.

Byuroning tuman (shahar) boʻlimlari

3. Ish yurituvida tugatilayotgan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjati mavjudligini aniqlashtiradi. Tegishli ijro hujjati mavjud boʻlsa, uning boʻyicha ijro ishi yuritishni qonunda belgilangan tartibda tamomlaydi va tugatish tartiboti doirasida ijro etish uchun tugatish komissiyasiga yuboradi.

3. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning bildirishnomasi olingan kundan keyin 10 kundan kechiktirmay.

Soliq xizmati organi

4. NNT faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi.

4. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning bildirishnomasi olingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida (taftish muddati 30 kalendar kundan oshmaydi)

6-bosqich

Tugatish komissiyasi

1. Soliq xizmati organi oʻtkazgan tekshirish natijalari hamda tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi, uni kelishish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi.

1. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach

2. Oraliq tugatish balansi loyihasi yuzasidan bir hafta muddat mobaynida eʼtiroz bildirilmagan taqdirda uni tasdiqlaydi.

2. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ loyihani qabul qilib olgan kundan eʼtiboran 1 haftadan soʻng

7-bosqich

Tugatish komissiyasi

1. Kreditorlarning talabi eʼtirof etilgan yoki rad qilingan haqida ularni xabardor qiladi.

1. Oraliq tugatish balansi tasdiqlangan keyin 5 ish kuni mobaynida

2. Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandida koʻrsatilgan navbat boʻyicha kreditorlarga pul summalarini toʻlaydi.

3. Hisob-kitob qilish uchun mablagʻ yetarli boʻlmasa NNT mol-mulkini sotishni tashkil etadi.

2-3. Oraliq tugatish balansi tasdiqlangan kundan boshlab

4. Ortib qolgan mol-mulkni sud qarorida koʻrsatilgan yoʻnalishlarga sarflaydi.

5. Agar sud qarorida mol-mulk taqdiri hal etilmagan boʻlsa, uning taqdirini hal qilish yuzasidan sudga ariza bilan murojaat qiladi.

4-5. Kreditorlar talabi toʻliq qondirilgandan soʻng

6. Tugatish balansi loyihasini tuzadi va uning kelishish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga joʻnatadi.

6. Kreditorlar talabi toʻliq qondirilgandan soʻng 5 ish kuni mobaynida Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandida koʻrsatilgan jarayonlar yakunlangandan soʻng

7. Tugatish balansi loyihasi yuzasidan bir hafta muddatda eʼtiroz bildirilmagan taqdirda tasdiqlaydi.

7. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ loyihani qabul qilib olgan kundan boshlab 1 haftadan soʻng

8. Tugatish balansini soliq xizmati organiga topshiradi.

9. NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan hujjatning mavjudligi yuzasidan Byuroning hududiy boʻlimiga soʻrovnoma yuboradi.

8-9. Tugatish balansi tasdiqlangandan soʻng

8-bosqich

Soliq xizmati organi,

1. NNTning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi haqida tugatish komissiyasiga xulosa beradi.

1. Tugatish balansi qabul qilib olgandan keyin 1 ish kuni mobaynida

Byuroning hududiy boshqarmasi

2. NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan hujjat ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatish komissiyasiga yozma javob beradi.

2. Soʻrovnoma olgandan soʻng 3 ish kuni mobaynida

9-bosqich

Tugatish komissiyasi

NNTning asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankka hisobvaraqni yopish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnoma bilan murojaat qiladi.

Soliq xizmati organining xulosasi hamda Byuroning hududiy boshqarmasining yozma javobi olingan kunda

10-bosqich

Asosiy hisobvaraq ochilgan bank

NNTga tegishli boʻlgan hisobvaraqni yopadi va tugatish komissiyasiga asosiy hisobvaraq yopilgani toʻgʻrisida xulosa beradi.

Ariza-topshiriqnoma qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida

11-bosqich

Tugatish komissiyasi

NNTning yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinmalari yopilganligi haqida tegishli adliya organlariga xatlar yuboradi (agar mavjud boʻlsa)

Asosiy hisobvaraq yopilgandan keyin 3 ish kuni mobaynida

12-bosqich

Alohida boʻlinmani hisobga olgan adliya organi

1. Yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinma yopilganligi munosabati bilan tegishli reyestrga yozuv kiritadi.

1. Xatni olgandan soʻng 3 ish kuni mobaynida

2. Tugatish komissiyasini yozma ravishda xabardor qiladi.

2. Reyestrga yozuv kiritilgandan soʻng 2 ish kuni mobaynida

13-bosqich

Tugatish komissiyasi

1. Buxgalteriya va boshqa hujjatlarni davlat arxiviga topshiradi.

2. Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga topshiradi.

Asosiy hisobvaraq yopilgandan yoki yuridik shaxs hisoblanmagan alohida boʻlinma yopilganligi hamda yuridik shaxs hisoblangan boʻlinma tugatilganligi haqida tegishli adliya organi xabarnomalari olingandan keyin 3 ish kuni mobaynida

14-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

1. Davlat reyestriga tizim orqali NNT tugatilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritadi.

1. Barcha hujjatlar olingan keyin 5 ish kuni mobaynida

2. Tugatish komissiyasi, soliq xizmati va statistika organlarini tizim orqali xabardor qiladi.

3. NNTning litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud boʻlsa) ularni bergan organlarga topshiradi.

2-3. Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilgandan keyin 2 ish kuni mobaynida

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddat faoliyat yuritmayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT REYESTRI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomi

Reyestr tartib raqami

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana

Qayta roʻyxatdan oʻtkazish sanasi

NNT yuridik manzili (toʻliq)

STIR

KTUT

Reyestrga yozuv kiritgan shaxsning FIO va sanasi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

1.

2.

3.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 3-son, 29-modda; 2017-y., 33-son, 864-modda, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)