1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-dekabrda 2646-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va ularga qulaylik yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir N. YO‘LDOSHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 311-mh-son buyrug‘iga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jismoniy va yuridik shaxslar (bundan buyon matnda murojaat qiluvchilar deb yuritiladi) notarial idoralarga bevosita kelib yoki telefon orqali, yozma yoxud elektron shaklda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “E-notarius.uz” axborot portali (bundan buyon matnda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari deb yuritiladi) orqali o‘zlari uchun qulay va aniq vaqtda murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Murojaat qiluvchilarning murojaatlari notarius yoki uning xodimlari tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Murojaatlarni navbatma-navbat qayd etish elektron ro‘yxatiga (bundan buyon matnda elektron ro‘yxat deb yuritiladi) qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektron ro‘yxat har bir notarius tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat notarial idoralari notariuslarining ish kunlari va vaqti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idoralari notariuslarining ish kunlari va vaqtini belgilashda muayyan davlat notarial idorasi yoki notarius tomonidan haftaning shanba va yakshanba kunlarida ham notarial harakatlar amalga oshirilishi nazarda tutiladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga bo‘ysunuvchi tuman (shahar) doirasida faqat bitta notarius faoliyat yuritadigan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning ish kunlari va vaqti ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Bunda mazkur ma’lumotlar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan bir ish kuni davomida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishi shart.
(1 — 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Elektron ro‘yxatni yuritish va murojaat qiluvchilarni qabul qilish
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Notarius yoki uning xodimi kelib tushgan har bir murojaatni navbat bo‘yicha elektron ro‘yxatga kiritadi, notariusning ish kuni va vaqtini hamda murojaat qiluvchi uchun qulay vaqtni inobatga olgan holda, notariusning qabul kuni va soatini belgilaydi hamda bu haqda murojaat qiluvchini xabardor qiladi. Bunda murojaat qiluvchi murojaat kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan notarius tomonidan qabul qilinishi lozim.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir murojaat ushbu yilda yuritiladigan elektron daftar bo‘yicha takrorlanmaydigan tartib raqamiga ega bo‘ladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Murojaat qiluvchining istagiga ko‘ra, uning murojaati elektron daftarga qayd etilganligi haqida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma taqdim etiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Murojaat qiluvchi belgilangan vaqtda notarius qabulida hozir bo‘lishi shart. Mazkur talab bajarilmaganda murojaat qiluvchini qabul qilish umumiy asoslarda yoki qabul vaqtini qaytadan belgilash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilangan vaqtdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Murojaat qiluvchi notarius tomonidan belgilangan vaqtda qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Murojaat qiluvchi notarius tomonidan qabul qilinganda, muayyan kamchiliklar sababli tegishli notarial harakatlarni amalga oshirish imkoni yo‘qligi aniqlangan taqdirda, mazkur kamchiliklarni darhol bartaraf etish choralari ko‘riladi. Aniqlangan kamchiliklarni darhol bartaraf etish imkoni bo‘lmagan taqdirda, murojaat qiluvchiga ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli muddat beriladi. Bunda murojaat qiluvchi berilgan muddatdan keyin navbatdan tashqari qabul qilinadi va bu haqda elektron daftarga tegishli izoh kiritiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Murojaat qiluvchilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni jo‘natgan holda tegishli hujjatlar loyihalarining oldindan tayyorlab qo‘yilishini so‘rab murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Murojaat qiluvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali notarius qabuliga yozilish bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari elektron ro‘yxatga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Murojaat qiluvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandga muvofiq yo‘llangan murojaat bo‘yicha notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar loyihalari notarial idora tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qo‘yilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Quyidagi hollarda notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli notarial harakat bo‘yicha mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq yoki kommunal xizmatlardan qarzdorlik holati tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda qarzdorlik aniqlangan bo‘lsa. Ushbu bandda nazarda tutilgan murojaatni ko‘rib chiqishni rad etishga asos mavjud bo‘lganda, notarius murojaat qiluvchiga uning murojaati kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay tegishli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mazkur Nizomning 21-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboradi.
(21-bob O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Notarius elektron ro‘yxatning o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishini ta’minlashi lozim.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 43-moddasi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
(murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining F.I.O.)
Sizning murojaatingiz Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomgamuvofiq, Murojaatlarni navbatma-navbat qayd etish elektron ro‘yxatida____-tartib raqami bilan qayd qilindi.
Sizga 20___ yil “___” _______ kuni soat __:__ da notarius ______________________ qabulida bo‘lishingiz lozimligi ma’lum qilinadi.
(notariusning F.I.O.)
_______________________________
(notarial idoraning nomi)
Notarius
______________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “______” ________________
M.O‘.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
(murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining F.I.O.)
Sizning murojaatingiz Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomgamuvofiq, Murojaatlarni navbatma-navbat qayd etish elektron ro‘yxatida____-tartib raqami bilan qayd qilindi.
Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 134-bandiga asosan _______________________________________ni bartaraf etib, ushbu kamchiliklar (aniqlangan kamchiliklar) bartaraf etilganidan so‘ng takroran murojaat qilishingiz mumkinligi ma’lum qilinadi.
_______________________________
(notarial idoraning nomi)
Notarius
______________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “______” ________________
M.O‘.
(21-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 52(I)-son, 648-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)