16.12.2014 yildagi PQ-2272-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish asosida ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh yangi yuqori texnologiyali kimyoviy mahsulot turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, shuningdek eksport salohiyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” investitsion loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslari belgilangan tartibda tasdiqlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida “Oʻzkimyosanoat” DAKka qarashli “Navoiyazot” AJ tomonidan “China SAMS Engineering So.” (XXR) kompaniyasi bilan bir yilda 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanol ishlab chiqaradigan 439,8 mln AQSH dollari miqdoriga teng summadagi kompleksni “tayyor holda topshirish” sharti bilan qurish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kuyidagilar “China SAMS Engineering So.” kompaniyasi bilan shartnomani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAKka qarashli “Navoiyazot” AJga shartnoma qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans toʻlovlarini toʻlash uchun “Asaka” DATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yil imtiyozli davr bilan, yillik 2,25 foiz stavkali, qayta moliyalashtiradigan bankning yillik 0,25 foizli marjasini ham hisobga olganda investitsiya davrida qoʻshilgan foizlarini kapitallashtirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 65,97 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma qiymatining 85 foiz toʻlovlarini toʻlash uchun qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 0,25 foizli marjasini ham hisobga olgan holda “Asaka” DATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan 373,83 mln AQSH dollari miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli xorijiy kreditlar mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asaka” DATB Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” DAK bilan birga bir oy muddatda xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan mazkur loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni jalb etishni oʻrganib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAK qarz va kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani oʻz vaqtida amalga oshirishga masʼul ijrochi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAKka qarashli “Navoiyazot” AJ loyiha doirasida jalb etilayotgan kreditlar boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi, u asosiy qarzni toʻlaydi hamda oʻzining mablagʻlari hisobidan foizlar, komissiyalar va kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAK, “Asaka” DATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi loyihani amalga oshirish uchun “Oʻzkimyosanoat” DAKka qarashli “Navoiyazot” AJga ajratiladigan qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan qattiq nazorat oʻrnatishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri “Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirish doirasida xorijiy banklarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb etilayotgan valyuta kreditlari yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” DAKka qarashli “Navoiyazot” AJ majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining kafolatini berishga vakil etib tayinlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi “Navoiyazot” AJ bilan “China SAMS Engineering So.” kompaniyasi oʻrtasida muzokaralar yakunlariga koʻra shakllantirilgan qiymat asosida imzolangan shartnoma boʻyicha xulosalar berishni taʼminlasin, bunda ortib joʻnatishdan oldingi inspeksiya va narx-navo ekspertizasi mexanizmini qoʻllagan holda loyihaning amalga oshirib borilishiga qarab uskunalar va materiallarni detallashtirish va spetsifikatsiyasini ekspertizadan oʻtkazish shart.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirish doirasida “Oʻzkimyosanoat” DAKka qarashli “Navoiyazot” AJga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“China SAMS Engineering So.” kompaniyasi bilan birgalikda 2016-yilning 1-yanvariga qadar qurilish ishlarini loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda olib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha yechimlarining obyektlardan foydalanish ishonchliligi va xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash, shuningdek kuzatib borish va texnik nazorat qilish uchun konkurs tanlovlari asosida mustaqil xalqaro maslahatchilarni jalb etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda “Asaka” DATB bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida ekspertizadan oʻtgan import shartnomalari, shuningdek mahalliy pudratchi va taʼminotchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha loyihaning texnik- iqtisodiy asosi tasdiqlangunga qadar moliyalashtirishni ochishga ruxsat berilsin.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzkimyosanoat” DAK “Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” loyihasining texnik-iqtisodiy asosini vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishib olinishini va 2015-yilning 1-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi belgilangan tartibda ushbu loyiha boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi amalga oshirilishini taʼminlab, qurilish ishlarining bajarilish sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirish doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“China SAMS Engineering So.” kompaniyasi va uning yordamchi pudratchi tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida Navoiyazot AJ, olib keladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyum va uzellar, ehtiyot qismlar, xom ashyo va materiallar, texnologik jihozlar, shuningdek yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va metall prokat uchun 2020-yilning 1-apreliga qadar bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi PQ-3146-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilning 1-apreligacha “Oʻzkimyosanoat” DAKka qarashli “Navoiyazot” AJ va “China SAMS Engineering So.”kompaniyasi hamda uning yordamchi pudratchi tashkilotlari oʻzlarining doimiy muassasalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida vaqtincha olib keladigan uskunalar, maxsus texnika, mashina va mexanizmlar uchun davriy toʻlanadigan boj toʻlovlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamchi pudratchi transport kompaniyalari — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirish yigʻimini toʻlashdan va Oʻzbekiston Respublikasining umum foydalanadigan avtomobil yoʻllaridan ogʻir yukli va yirik gabaritli transport vositalarining yurishi uchun toʻlovlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ish (xizmat)lar, shuningdek mahalliy taʼminotchi va yordamchi pudratchi tashkilotlarning “China SAMS Engineering So.” kompaniyasiga amalda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqilmasdan sotadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“China SAMS Engineering So.” kompaniyasi va uning yordamchi pudratchi tashkilotlari, chet el moliya institutlari va konsalting kompaniyalari, shuningdek ularning doimiy muassasalari — Oʻzbekiston Respublikasining norezident — yuridik shaxslari tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan barcha soliqlardan (shu jumladan toʻlov manbaidan undiriladigan foyda soligʻini toʻlashdan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining norezident-jismoniy shaxslari — loyihani amalga oshirish doirasida olinadigan jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan xizmatlar, olib kelinayotgan tovarlar, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyum va uzellar, ehtiyot qismlar, xom ashyo, materiallar va texnologik jihozlarni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash va sertifikatlash uchun yigʻimlar, davlat bojlari va toʻlovlar toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada tegishli akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda, import qilinadigan uskunalar, asboblar, xom ashyo va materiallar, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlash jarayonidan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzqurilishmateriallari” AK va “Oʻzbekneftgaz” MXK mazkur loyihani amalga oshirish doirasida “Oʻzkimyosanoat” DAK tomonidan taqdim etiladigan talabnomalar boʻyicha “China SAMS Engineering So.” kompaniyasiga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida, erkin almashtiriladigan valyutaga, tartibga solinadigan narxda — sement, kelishilgan narxda — metall prokati, birja kotirovkasining oʻrtacha meʼyordagi narxlaridan — yoqilgʻi-moylash mahsulotlari ajratilishini va sotilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirish uchun ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi guruhi tashkil etilsin, uning zimmasiga loyihani, shuningdek ushbu qaror talablarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalar kompleksini oʻz vaqtida va tezkorlik bilan hal etish uchun vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAKning talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda koʻp martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAKka qarashli “Navoiyazot” AJning talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmagan holda koʻp martalik kirish vizalari berish va muddatini uzaytirish, shuningdek muvaqqat yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish va muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzkimyosanoat” AJga karashli “Navoiyazot” AJning talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnoma berishni (muddatini uzaytirishni) taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 16-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2272-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 16-dekabrdagi PQ-2272-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISHCHI GURUH TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

G.I. Ibragimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari

N.S. Ibragimov

“Oʻzkimyosanoat” DAK raisi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

B.A. Xoʻjayev

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

B.M. Yusupov

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.A. Tulyaganov

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari

R.A. Gulyamov

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori

J.T. Mirzamaxmudov

“Oʻzkimyosanoat” DAK raisining oʻrinbosari

B.Ya. Raimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

M.I. Shodiyev

“Davarxitektqurilish” raisi oʻrinbosari

D.A. Isakulov

“Oʻzbekenergo” DAK raisining birinchi oʻrinbosari

A.S. Sultanov

“Oʻzbekneftgaz” MXK raisining birinchi oʻrinbosari

Sh.Sh. Ismatullayev

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK raisi oʻrinbosari

lavozimiga koʻra

“OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti direktori

M.K. Turayev

“Oʻzkimyosanoatloyiha” instituti direktori

E.O. Turdimov

Navoiy viloyati hokimi

S.D. Djamalov

“Navoiazot” AJ boshqaruvi raisi

M.M. Kambarov

Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari ATD shuʼba mudiri, ishchi guruhi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52(I)-son, 639-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 21.10.2017-y., 07/17/3343/0151)