Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.03.2018 22.12.2014 yildagi 352-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.03.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 213-sonli “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-dekabrdagi 352-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish yuridik shaxslar boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda tadbirkorlik subyektlari deb ataladi) dori vositalari va tibbiy buyumlarning roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi deb ataladi) berilishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi dori vositalari va tibbiy buyumlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiyot amaliyotida qoʻllash uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi 5 yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish davrida dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlaridagi maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan Bosh boshqarmaga taqdim etilgan ariza va oʻzgarishlarga taalluqli hujjatlar asosida dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorijiy dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda ular uchun roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ruxsat berishga doir talablar va shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi asosida dori vositalari va tibbiy buyumlarni tibbiy amaliyotda qoʻllashda tadbirkorlik subyekti tomonidan bajarilishi shart boʻlgan talablar va shartlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ularni tibbiy amaliyotda qoʻllashda qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish davrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi egasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida, mazkur oʻzgartirishlar kiritilishining sabablari, ularning dori vositalari va tibbiy buyumlarning samaradorligi, xavfsizligi, sifat koʻrsatkichlariga taʼsiri haqida toʻliq maʼlumot keltirilgan holda Bosh boshqarmaga axborot berish, jumladan dori vositasining farmakologik samaradorligi va xavfsizligiga doir yangi maʼlumotlar toʻgʻrisida Bosh boshqarmani muntazam ravishda xabardor qilib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarga doir texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga (keyingi oʻrinlarda normativ hujjatlar deb ataladi), dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida keltirilgan maʼlumotlarga qatʼiy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish, shuningdek dori vositalari va tabiiy buyumlar namunalarini hamda boshqa materiallarni ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va namunalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish uchun tadbirkorlik subyekti (yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli shaxs) Bosh boshqarmaga quyidagilarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Nizomning 2 (dori vositalari uchun) va 2a (tibbiy buyumlar uchun) — ilovalariga* muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tadbirkorlik subyektining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur Nizomning 3 (dori vositalari uchun) va 3a (tibbiy buyumlar uchun) — ilovalarida* nazarda tutilgan tartibda yigʻilgan, qismlar boʻyicha guruhlangan, betlari qismlar boʻyicha raqamlanib, tegishli ravishda ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarining bir xildagi ikki nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida dori vositalarining uchta sanoat seriyalarida (xorijiy dori vositalari uchun bitta seriya) uch marotaba sinovlar oʻtkazilishi uchun zarur boʻlgan miqdordagi va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlariga muvofiq sinovlar oʻtkazilishi uchun zarur boʻlgan miqdordagi standart namunalari, substansiyalar (dori moddalari), yot va oʻxshash moddalar standartlari, maxsus reaktivlar va ularning sifat sertifikatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tadbirkorlik subyektidan ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va namunalarni taqdim etishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va tegishli namunalar Bosh boshqarmaga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqidagi xabarnoma bilan birga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda namunalar bevosita yoki pochta aloqa vositasi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish uchun Bosh boshqarmaga taqdim etilgan hujjatlar va tegishli namunalar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxat hujjatlarning qabul qilingan sanasi va qabul qilgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi koʻrsatilib, imzosi qoʻyilgan holda darhol tadbirkorlik subyektiga beriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maxfiy maʼlumotlar Bosh boshqarma tomonidan oshkor qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish, guvohnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bosh boshqarma dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini belgilangan tartibda, tegishli boʻlimlar orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazining (keyingi oʻrinlarda Davlat markazi deb ataladi) hisob raqamiga oʻtkaziladi. Tadbirkorlik subyekti roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish toʻgʻrisida bergan arizasidan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy ishlab chiqaruvchining (yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli shaxsning) roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish, unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, dublikat berish, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan, Bosh boshqarmaning koʻrsatilgan tartibotlarni amalga oshirishga xarajatlari summasi doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bosh boshqarma tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish toʻgʻrisidagi arizasini ariza qabul qilingan sanadan boshlab 180 ish kunidan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqadi, roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi beradi yoki berishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish uchun umumiy belgilangan 180 ish kunidan oshmaydigan muddatga quyidagilar kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertizadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ariza beruvchi tomonidan tegishli hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan 45 ish kunidan oshmaydigan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik sinovlar oʻtkazish uchun tegishli tartibda kelishilgan klinik bazalarga ariza beruvchi tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlar namunalarini hamda klinik sinovlar dasturlarini taqdim etish uchun belgilangan 45 ish kunidan oshmaydigan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita klinik sinovlarning oʻtkazilish muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish uchun eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Davlat markazining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bosh boshqarma mazkur Nizomga muvofiq, amalga oshirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish ishlari natijalari boʻyicha tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay tadbirkorlik subyektiga roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berishi yoki bunday hujjatni berishning rad etilganligi toʻgʻrisida uni yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bosh boshqarma dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini baholash doirasida ishlab chiqarish sharoitlarini, dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini, sifati, samaradorligi va xavfsizligi, qoʻllashda kutilayotgan samaraning inson salomatligi xavfiga nisbatini dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish maqsadida mustaqil ravishda yoki uchinchi tomonni yoxud xolis ekspertlarni jalb etgan holda quyidagi ekspertiza ishlari, tekshiruvlar, sinovlar, tahlillar, tadqiqotlar, oʻrganishlar va ilmiy-texnik baholashlarni oʻtkazishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish sharoitlari, ishlab chiqaruvchi muassasaning ishlab chiqarishni tashkil etish va sifat nazoratini olib borish qoidalari talablariga muvofiqligini, sifatni boshqarish tizimini (dori vositalarining sifatini muvofiqlashtiruvchi xalqaro standartlar ishlab chiqaruvchi tashkilotda joriy etilgan boʻlsa) baholash, aniqlash maqsadida inspeksion tekshiruvlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning laboratoriya sinovlari va tahlillarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar boʻlgan dori vositalari hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakologik, toksikologik tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinikadan oldingi tadqiqotlar, bioekvivalentlik sinovlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazishda Bosh boshqarma boʻlimlari ushbu Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza qabul qilingandan soʻng ariza hamda unga ilova qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarning namunalari va roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini birlamchi (dastlabki) ekspertizadan (tekshiruvdan) oʻtkazadi. Ekspertiza jarayonida ariza va hujjatlarni taqdim etishning maqsadi, dorining turi va farmakoterapevtik guruhiga muvofiq mazkur Nizomning 3 (dori vositalari uchun) va 3a (tibbiy buyumlar uchun) — ilovalarida* talab etilgan hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha tegishli yozishmalar olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi (dastlabki) ekspertizaning ijobiy natijalari asosida Davlat markazi va arizachi oʻrtasida shartnoma tuzilishini taʼminlaydi va hisob varaqasini rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan yigʻim summasi tadbirkorlik subyekti tomonidan toʻlangandan keyin dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza hamda ilova qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning namunalarini va roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun Davlat markaziga, Farmakologiya, Farmakopeya, Yangi tibbiy texnika qoʻmitalariga, shuningdek Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasiga (dori vositalari tarkibida giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud boʻlgan taqdirda) taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Davlat markazi laboratoriyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarining maʼmuriy, kimyoviy, farmatsevtik, biologik va texnik qismlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ hujjatlarni baholaydi, dori vositalari va tibbiy buyumlar namunalarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash boʻyicha sinovlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovlar bayonnomalarini, dori vositalari yoki tibbiy buyumlar hujjatlarini Farmakopeya, Farmakologiya va Yangi tibbiy texnika qoʻmitalariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Farmakopeya qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarining maʼmuriy, kimyoviy, farmatsevtik va biologik qismlarini, laboratoriya sinovlari bayonnomalarini ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini, shuningdek taʼsir etuvchi va yordamchi moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini hisobga olgan holda, ariza beruvchidan normativ hujjatlarga muqobil usullarni, qoʻshimcha tahlil qilish koʻrsatkichlari va usullarini kiritishni yoki ularni almashtirishni talab qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini ekspertizadan va takroriy ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish usullarini takrorlash mumkin boʻlmaganda, ularning oʻziga xos xususiyatlari, sezgirligi va aniqligi yetarli boʻlmaganda qoʻshimcha sinovlar, shuningdek normativ hujjatlar usullariga sinovdan oʻtkazish talab qiladigan oʻzgartirishlarni kiritish uchun Davlat markazining tegishli laboratoriyalariga dori vositalarining namunalarini va hujjatlarini yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlar va ekspertlar xulosalari asosida dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida Ekspertlar kengashiga tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Farmakologiya qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakologiya va (yoki) dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarining maʼmuriy, farmakologik, toksikologik va klinik qismlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda farmakologik va (yoki) dori vositalarining hujjatlarini ekspertizadan yoki qayta ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovlar turlarini belgilaydi, klinik sinovlar oʻtkazish uchun tegishli klinik bazalarni maʼqullaydi, klinik sinovlar dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar beradi va ularni maʼqullaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan maʼlumotlar va ekspertlar xulosalari asosida Ekspertlar kengashiga klinik sinovlarsiz yoki klinik sinovlar asosida dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomani yoki ularga kiritiladigan oʻzgartirishlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmokologik ogohlik boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Yangi tibbiy texnika qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarining maʼmuriy, kimyoviy, biologik, texnik qismlarini, laboratoriya tahlillari bayonnomalarini, shuningdek klinik (tibbiy) sinovlar materiallarini ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda tibbiy buyumlarning roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini ekspertizadan va takroriy ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarda yoki tibbiy buyumlarning oʻrnatilgan joyida sinovlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik (tibbiy) sinovlar dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar beradi va klinik (tibbiy) sinovlar dasturlarini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovlar turlarini belgilaydi, klinik (tibbiy) sinovlar oʻtkazish uchun tegishli klinik bazalarni maʼqullaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlarning klinik sinovlari oʻtkazilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlarni qoʻllash va markirovka qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni yoki ularga kiritiladigan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlarning normativ hujjatlarini kelishishga yoki tasdiqlashga tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlar va ekspertlarning xulosalari asosida Ekspertlar kengashga tibbiy buyumlarni klinik sinovlarsiz yoki klinik (tibbiy) sinovlar asosida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida tavsiyalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud boʻlgan dori vositalarining roʻyxat oʻtkazish hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud boʻlgan dori vositalarini ekspertizadan oʻtkazishda davlat nazoratida boʻlgan giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar roʻyxatida ushbu moddalarning mavjudligini, ularni tibbiyotda qoʻllashga ruxsatnomalarni, shuningdek ularni shifokor retsepti boʻyicha berish zarurligini koʻrib chiqadi hamda Farmakologiya va Farmakopeya qoʻmitalariga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Farminspeksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi dori shakli yoki tibbiy buyumning turini ishlab chiqarish, sifatini nazorat qilish tashkil etilgan taqdirda dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish va sifatni nazorat qilish sharoitlarining ishlab chiqarishni tashkil etish hamda sifatni nazorat qilish qoidalariga muvofiqligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish natijalariga koʻra dori vositasi va tibbiy buyumning tegishli turini ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilish sharoitlarining mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Xalqaro standartlarni farmatsevtika sohasiga joriy etishni muvofiqlashtirish boʻlimi tekshirish natijalariga koʻra dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish korxonasining xalqaro standartlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish Ekspertlar kengashining Farmakopeya va Farmakologiya qoʻmitalari ekspertlarining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha xulosalari asosida qabul qilinadigan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekspertlar kengashi Farmakopeya, Farmakologiya, Yangi tibbiy texnika qoʻmitalari, shuningdek Bosh boshqarmaning boshqa boʻlinmalari xulosalari asosida tibbiyot amaliyotida dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qoʻllashga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida yetti ish kuni mobaynida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bosh boshqarma Ekspertlar kengashi qarori qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi Bosh boshqarma buyrugʻiga muvofiq bir ish kuni mobaynida subyektga roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini ushbu Nizomning 4 (dori vositalari uchun) va 4a (tibbiy buyum uchun) — ilovalariga* muvofiq rasmiylashtiradi va beradi (yoki yuboradi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2 — 4a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Quyidagilar roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berishni rad etish uchun asos boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning, dori vositalari va tibbiy buyumlar namunalarining va boshqa talab qilinadigan materiallarning tadbirkorlik subyekti tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektining ruxsat berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq amalga oshirilishi majburiy boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni oʻrganish, tadqiq qilish, tekshirish yoki boshqa ilmiy-texnik baholash (dori vositalari va tibbiy buyumlarning roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati, xavfsizligi va samaradorligini xarakterlovchi laboratoriya yoki klinik (tibbiy) sinovlarning) yakunlari boʻyicha asoslantirilgan salbiy xulosalar olinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berishning boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablari boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berishning rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga yozma shaklda, rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari hamda tadbirkorlik subyekti koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi yoki beriladi (taqdim etiladi). Tadbirkorlik subyekti rad etish sabablarini bartaraf etishga va takroriy koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli boʻlgan muddat roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan boshlab 10 ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish va ekspertiza jarayonini davom ettirish Bosh boshqarma tomonidan subyektning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi hamda rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi, ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti arizasining takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar rad etish sabablarining tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf etilishi dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati, samaradorligi va xavfsizligi xossalarining oʻzgarishiga olib kelsa, u holda ariza yangidan berilgan hisoblanadi va Bosh boshqarma tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Bosh boshqarma tomonidan ilgari ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berishning rad etilgani toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin tadbirkorlik subyekti tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va Bosh boshqarma tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tadbirkorlik subyekti ruxsat berish tusidagi hujjatni berishning rad etilishi, shuningdek Bosh boshqarma mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Dori vositalari va tibbiy buyumlarning roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida keltirilgan maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati davomida oʻzgargan taqdirda tadbirkorlik subyekti Bosh boshqarmaga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi hamda zarurat boʻlganda namunalar va standartlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻzgartirishlar dori vositasi va tibbiy buyumning sifati, samaradorligi va xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlarda Bosh boshqarma oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni asosli ravishda rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi arizasi Bosh boshqarmaning tegishli boʻlinmalari vakolatlari doirasida 90 ish kunidan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqiladi. Tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasida keltirilgan maʼlumotlarni oʻzgartirishni talab qilgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ham ushbu Nizom VI boʻlimining 33, 34 va 35-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatlar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tadbirkorlik subyekti qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi oʻzgarganda, faoliyat koʻrsatish joyini (pochta manzilini) oʻzgartirmasdan tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Bosh boshqarmaga roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida, koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan Bosh boshqarmaga bevosita yoxud pochta aloqa vositasi orqali, ularning yetkazib berilganligi yoki elektron shaklda olinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi qayta rasmiylashtirilgungacha, roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi dori vositasi va tibbiy buyumni qoʻllashni roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida, vakolatli organning arizani qabul qilish sanasi toʻgʻrisidagi belgisi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirishda Bosh boshqarma berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomalari reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish va berish roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda Bosh boshqarma tomonidan olingan kundan boshlab 5 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi arizasi Bosh boshqarma tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Davlat markazining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati tadbirkorlik subyekti tomonidan Bosh boshqarmaga zarur hujjatlar ilova qilingan holda berilgan arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza Bosh boshqarmaga uning amal qilish muddati tugashidan oldin uch oy mobaynida berilishi kerak. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Davlat markazining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda tadbirkorlik subyektining arizasiga binoan uning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi dublikatini ariza, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda — uning asl nusxasi hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi dublikati berilganligi uchun tadbirkorlik subyekti tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda berishi yoki yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi dublikati berilganligi uchun Bosh boshqarma tomonidan tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun dublikat berish toʻgʻrisidagi ariza berilgan sanada toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Davlat markazining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Quyidagilar roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilinishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻladigan, ruxsat berish talablari va shartlarining bir marotaba qoʻpol ravishda buzilishiga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini tekshiruvlardan bosh tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular uchun roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berilgan harakatlarni va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish yoxud zarar yetkazilishining real xavfini paydo qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomalari reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bosh boshqarma berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomalari reyestrini yuritadi va uni oʻz saytlarida joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomalari reyestrida tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, manzili, telefoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasining savdo, xalqaro patentlanmagan nomi, dorining shakli, dozasi, chiqarilish shakli va tibbiy buyumlarning nomi, modeli, shakli, turi, sarflash va butlovchi qismlari va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining berilgan sanasi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, uni bekor qilish va uning dublikatini berishning asosi va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomalari reyestridagi maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish uchun umumiy belgilangan 180 ish kunigacha boʻlgan muddatga quyidagilar kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertizadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni ariza beruvchi tomonidan bartaraf etish va tegishli hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan 45 ish kunidan oshmaydigan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning namunalarini, klinik sinovlar oʻtkazish uchun ariza beruvchi tomonidan tegishli tartibda kelishilgan klinik bazalarda oʻtkaziladigan klinik sinovlar dasturlarini taqdim etish uchun belgilangan 45 ish kunidan oshmaydigan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita klinik sinovlarning oʻtkazilish muddati.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52-son, 620-modda)